1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


- Ma'ruza Yurak fiziologiyasi



Download 491 Kb.
bet41/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

10- Ma'ruza
Yurak fiziologiyasi

R e j a:





  1. Yurak funksiyalari.

  2. Tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Yurak muskullari (avtomatiya, qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik)

  4. Yurakning mexanik ishi.

  5. Yurak tonlari.

  6. Yurak faoliyatining asosiy ko’rsatgichlari.

Hayvonot dunyosining dastlabki vakillarida hujayraga kerakli narsalarni o’tkazish, ularni o’rab turgan suv harakati tufayli bo’lgan (sodda hayvonlarda - diffuziya, bulutlar va kovak ichlilar xivchinlari bilan suvni tana bo’shlig’i orqali xaydaydi). Gemolimfani harakatga keltiradigan yurak va ochiq tizim bo’g’imoyoqlilar, yumshoq tanlilar, tuban xordalilarga kelib paydo bo’ladi. Ularda gemolimfa to’qimalararo suyuqliklar bilan aralashadi, hujayralar orasiga kiradi va qaytib yana yurakka keladi. Polixitalar, oligoxitalar va boshoyoqli yumshoqtanlilarda yopiq qon aylanish tizimi vujudga keladi, qonni so’rib harakatga keltiradigan bitta yoki bir nechta maxsus tugunlar (nasoslar) hamda kapillyarlar hosil bo’ladi va shu davrdan boshlab ikki xil ichki muhit, ya'ni qon (tomirlarda harakat qiladi) va limfa (to’qimalar orasida) paydo bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilar va yumshoq tanlilarga kelib, yurak ancha mukammallashadi, ba'zi bir hashoratlarda muskullarga ²ochilib² joylashgan bo’ladi.


Qon aylanish evolyusiyasining yangi davri bu ko’p kamerali yurak, hamda katta va kichik qon aylanish doiralarining hosil bo’lishidir. Baliqlarda yurak ikki kamerali va bitta qon aylanish doirasi bor. Hayvonot dunyosining quruqlikka chiqishi bilan yurakka tushadigan yuklama ko’payadi, u mukammallashadi, qon aylanish amfibiya vakillarida ikki doiraga to’liq bo’linmasada bo’lina boshlaydi (ularda yurak ikki bo’lma va bir qorinchaga ega). Reptiliyalarga (timsohlar) kelib yurak to’rt kameraga bo’lindi.
Yurak taraqqiyotida unga nerv tizimi hosil bo’la boshlaydi (minoga, miksinalar), ularda yurak innervatsiyasi adashgan nerv orqaligina amalga oshiriladi, simpatik tolalar hali bo’lmaydi. Shuning uchun ham bu hayvonlar muhit sharoiti o’zgarishiga unchalik yaxshi moslasha olmaydi.
Yurak funksiyalari. Tomirlarda qon harakati yurak urishi bilan amalga oshiriladi. Felogenitik rivojlanishida uch xil yurak farqlanadi. Tomir urishi (qisqaruvchi tomirlar), naysimon yuraklar, kamerali yuraklar va qo’shimcha ampulyar yuraklar.
Qisqaruvchi tomirlar xalqali chuvalchanglarda yaxshi rivojlangan, ulardan suyuqlik sekin o’tadi.
Naysimon yurak bo’g’imoyoqlilarning ko’pida mavjud. Bunday yurakka qon bir juft tomirdan kirib bitta yoki bir nechta arteriya orqali oqib chiqadi.
Kamerali yurak yumshoq tanlilar va baliqlarga kelib yuzaga keladi. Amfibiyada o’pkaning yuzaga kelishi kamerali yurak paydo bo’lishiga olib keladi.
Ampulyar qo’shimcha yurak kuchli qarshilikka ega, tomirlarda qon harakati uchun kerak (qo’shimcha qon bosimi hosil qilish uchun) yumshoq tanlilar jabralarida va hashoratlarda (qanot va qo’l-oyoqlarning tanaga birlashgan joyida).
Yuqori umurtqalilarda yurak (to’rt kamerali) o’ng va chap bo’laklarlardan iborat, ulardagi kameralar antroventrikulyar teshiklar ham, ikki tabaqali (chap) va uch tabaqali (o’ng) klapanlarga ega. Qorinchalar tomonidan bu klapanlar poyli iplariga berkitilgan va shuning uchun shu tomonga ochiladi. Aorta - katta qon aylanish doirasi, o’pka arteriyasi - kichik qon aylanish doirasining boshlanishi ular yarim oysimon klapanlarga ega. Faqat yurak qorinchalari qisqarganida ochiladi, xolos. Yurak devori uch qavatli endokard-miokard va epikard. Miokard muskul tolalari - to’qimalari mitoxondriyalarga juda boy. Shuning uchun u yerda moddalar almashinuvi yuqori (chap qorincha miokardining qalinligi).
Yurak miokardida maxsus muskul birliklari bo’lib, ular o’tkazuvchi tizimni tashkil qiladi. Miokard tolalari bir-biri bilan maxsus chambar (disk) ya'ni yassi plastinkalar - neksuslar orqali bog’langan (bo’lar past elektr qarshiligiga ega). Neksuslar orqali barcha hujayralarga bir yo’la qo’zg’alish o’tib turadi. Shuning uchun ham yurak muskullari ²yo bor, yo yo’q² qonuniga amal qiladi (bir yo’la javob beradi). Tana muskullarida bunday chambarlar yo’q, har bir hujayra alohida qo’zg’alish xususiyatiga ega.
Yurak muskullarining xususiyatlari to’rtta: avtomatizm, qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik.
Yurak avtomatiyasi yurak muskullariga chetdan alohida impuls kelmasidan ritmik holda qisqarishidir. Bu vaqtda impulslar yurak muskullarining o’zida (miogen) yoki nerv gangliyalarida (neyrogen) yuzaga keladi. (Petri kosachasida yurakning ishlab turishi). Odam embrioni 18-20 kunligidanoq uning yuragida ritmik qisqarish kuzatiladi. Odam yuragidagi barcha muskul tolalari ham avtomatizm xususiyatiga ega bo’lmasdan ayrimlaridagina (atipik to’qimalar) bor, xolos. Bunday nuqtalar ko’pincha o’tkazuvchi tizim yonida joylashgan muskul hujayralaridir (peysmeker). Bunday hujayralar tizimi yurak o’tkazuvchi tizimini tashkil qiladi, birinchisi, sinus-bo’lma (sinus, sinoarterial, Keyt-flan), bo’lib uni birinchi peysmeker deyiladi. Ikkinchi atriventrikulyar (bo’lma-qorinchali, Ashof-Tovar) tugun, u ikkinchi peysmeker bo’lma va qorinchalar orasida joylashgan. Bu tugundan impuls o’tguncha 0,02-0,04 sm-gacha sekinlashadi (atrioventrikulyar kechikish). Uning ahamiyati shukndaki bu vaktda korinchalarda kiskarish to’liq amalga oshiriladi. O’tkazuvchi tizimdagi uchinchi tugun Gis bog’lami va Purkine tolalaridir. Gis bog’lamidagi chap va o’ng oyoklar tarmoqlanib Purkine tolalariga birlashadi, ular o’z navbatida miokardga impulslar o’tkazadi. Yurak qiskarishi utkazuvchi tizim bo’ylab yuqoridan pastga qarab bo’ladi. Bu tizimda ma'lum avtomatizm gradienti (pasayib boruvchi) bor. Sinus bo’lma tugunida 60-80 mkp/min bo’lma qorincha tugunida 50, Gis tugunida 30-40 va Purkine tola­larida 20 imp/min shunga ko’ra yurak avtomatiyasi sinus bo’lma tuguniga yakinlashish bilan oshib boradi. Uni yurak avtomatiyasi gradienti qonuni deyiladi. Sinus tuguni va atreoventrikulyar tugunlar orasida nerv hujayralari metosimpatik tizimga kiradi.
Qo’zg’alishning o’tish tezligi bo’lma va qorincha muskul­larida 0,9-1,0 min/sek bo’lsa, atreoventrikulyar tugunda 0,05 min/sek, Gis tugunida 1,0-1,5 min/sek, Purkine tolalarida 3,0 min/sek.
Yurak o’tkazuvchi tizimining anatomik butunligi muhim. Yurak harakati tana massasi va organizm massasiga (moddalar almashinuv intensivligiga) bog’liq. Sichqonda-300-500 marta/min, quyonda-200, mushukda-125, kuchukda 80, ot va filda-25-40.
Qo’zg’aluvchanlik yurakda elektr, ximiyaviy, termik va boshqa qitiqlanish tufayli yuzaga keladi. Uning asosida qitiqlanish berilgan nuqtada dastlab yuzaga keladigan manfiy elektr aktivlik yotadi. Boshqa to’qimalar singari yurak membranasi ham tashqaridan musbat, ichkaridan man­fiy zaryadlangan bo’ladi. Miokardda tinchlik potensiali 60-80 mV. Yurakka qanday qitiqlagich berilmasin o’sha nuqtada Na hujayra ichiga kirib, yuzaga manfiy zaryad hosil bo’ladi. U harakat potensialini hosil qiladi (100 mV) va qo’zg’alish yurak bo’ylab tarqaladi. Yurakni elektr toki bilan qo’zg’alishga uchratish fiziologiya amaliyo­tida muhimdir. Sistola payti (absolyut refraktorlik) yurakka berilgan ta'sirotga har qanday javob olinmaydi. Sistola tugab diastola boshlanishi bilan (nisbiy refrak­torlik) ta'sirot berilsa navbatdan tashqari qisqarish ku­zatiladi (ekstrosistola), ekstrosistoladan keyingi davr (tinchlik davri) biroz cho’ziqroq bo’ladi (kompensator pauza).
Qisqaruvchanlik miokardda shunday xususiyatga egaki, pog’ona kuchi unda ham pog’ona usti kuchi hisoblanadi (pog’ona osti kuchiga qisqarish yo’q, pog’ona va pog’ona usti kuchiga bir xil qisqarish kuzatiladi). Bu xususiyat miokardni tana muskulidan funksional jihatdan farq qildiradi (yo bor, yo yo’q qonuni). Buning asosiy sababi miokard tolalarining past qarshilikka ega chambar bilan birikkanligidir.
Yurakning mexanik ishi ---- qon tomirlari bo’ylab to’xtovsiz qon harakatini ta'minlaydi. Uning o’tkazuvchi tizimi, miokard xususiyatlari bir yo’la ikkala bo’lmaning, sal keyinroq ikkala qorinchaning birdaniga qisqarishini ta'minlaydi (sistola va diastolalarni tushuntirish kerak). Ikki tabaqali klapan yana metral klapan ham deyiladi. Yurak sikli - 0,8 sekund (75 marta yurak urganda) uch qismdan, ya'ni bo’lmalar sitstolasi, qorinchalar sistolasi va umumiy pauzadan iborat. Bo’lmalar qisqarishi 0,1 sekund davom etib bu vaqtda atreoventrikulyar klapanlar ochilib, qorinchalar bo’shashgan bo’ladi va qon faqat shu tomonga oqib o’tadi (kovak venalarga qaytib kirmaydi, chunki ular burishib, kichrayib qoladi, o’pka arterialari ham yurak quloqlarining qon bilan to’lganligi uchun yopishib qoladi). Bo’lmalar sistolasi tugashi bilan qorinchalar sistolasi boshlanadi (0,3 sek). Bu vaqtda bo’lmalar bo’shasha boshlaydi. Qorinchalarda bosim osha borib (130/mm sim. ust), yarimoy­simon klapanlar ochilib, qon tomirlarga oqib chiqadi, keyin bosim asta-sekin pasayib yarimoysimon klapanlar yopiladi, atreoventrikulyar klapanlar ochilib qon yurak qorinchalarga o’tadi va umumiy pauza boshlanadi.
Yurak tonlari ikki xil, sistolik (atrioventrikulyar klapanlar ochilishi bilan yuzaga keladi) va diastolik (yari­moysimon klapanlarning yopilishi bilan yuzaga keladi). (Au­skultatsiya ahamiyati haqida gapirish kerak).
Yurak faoliyatining ko’rsatgichlari, qorinchalar qisqarganda haydab chiqarilgan qon bilan o’lchanib, tinch turgan holatda u chap va o’ng qorinchalarda bir xil-70-75 ml (sistolik hajm). Uni bir minutdagi yurak urish soniga ko’paytirib minutlik hajmini (4,5-5 litr) topish mumkin. bu ko’rsatgichlar doimiy bo’lmasdan jismoniy mashq qilgan odamlarda maksimal minutlik hajm (20-30 litr) sistola hisobidan, mashq qilmaganlarda esa chastota hisobidan amalga oshiriladi.
Yurak faoliyatining yana bir ko’rsatgichi bu yurak in­deksi, ya'ni minutlik hajmining tana yuzasiga nisbati. Yana yurakning tashqi ishi ham o’rganiladi (minutlik hajmi va aortadagi o’rtacha bosim o’lchami), u tinch turganida 70-110 J gacha, jismoniy ish qilganda esa 800 J-gacha chiqishi mumkin.
EKG-yurak miokardidagi depolyarizatsiya va repolyari­zatsiyaning qayd qilinishi. U birinchi bor 1687 yili aniqlangan (A.D.Uller). Uchta ulash usuli bor I-o’ng va chap qo’l, II-o’ng qo’l, chap oyoq, III- chap qul, chap oyoq. Yana ko’krak ulashlari ham bor.
R-bo’lmalarda qo’zg’alish (0,1 sek), PQ-qo’zg’alishning bo’lma tugunidan o’tishi (0,12-0,18 sek), QRST-qo’zg’alishning qorinchalar miokardida hosil bo’lishi va tarqalishini ta'riflagani uchun qorincha kompleksi deb yuritiladi. R - qo’zg’alishning qorinchalar asosida tarqalishi, S - qorinchalarning qo’zg’alish bilan to’liq ishg’ol qilinishi, QRS-davom etishi 0,06-0,08 sek. U bo’lmalar rtpolyarizatsiya ciga to’g’ri keladi.
T-tish miokard repolyarizatsiyasini ko’rsatadi. TR-kom­pleksi pauza va diastiolani ko’rsatadi. QRST-ning umumiy uzunligi 0,36 sek ga teng.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish