1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Yurak faoliyatining boshqarilishi



Download 491 Kb.
bet42/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Yurak faoliyatining boshqarilishi. Har xil sharoitlar (kuchli jismoniy va ruhiy ke­chin­malar payti, harakatning keskin o’zgarishi va bo­shqalar), yurak faoliyatining nisbatan turg’unligi, bu ti­zimning o’ta mukammal yo’l bilan boshqarilishini ko’rsa­tadi. Sut emizuv­chilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va am­fibiya vakillarida yurak faoliyatining boshqarilishi prinsip jihatidan bir xil bo’lib, ikki xil yo’l bilan ya'ni yurakning aynan o’ziga te­gishli ichki mexanizmlarda va chetki (tashqi) omillar orqali amalga oshiriladi. Ichki me­xanizmlarga to’qimalar ichida yuz beradigan boshqaruv, to’qimalararo boshqaruv hamda yurakning (shaxsiy) o’z nerv tizimi orqali boshqaruv kirsa, tashqi omillar orqali bo­shqariluvga umumiy nerv va gumoral yo’l bilan idora qilish kiradi.
To’qimalar ichida yuz beradigan boshqaruvda kardiome­o­sitlar yurak muskul tolalari tomonidan qisqarish jarayo­nida sarf bo’lgan (parchalangan) oqsil molekulalariga mo­nand ra­vishda yangi oqsillar sintezlanishi bilan tushun­tiriladi. Yurak faoliyati uchun (energiya) quvvat beruvchi manbalar ATF va gligogen asosan sistema paytida (QRS - tishlari davomida) parchalanadi. Bu moddalarning reson­tezi esa diastola payti yuz beradi (qayta tiklanish). Shu sababli yurak ishi fa­vqulodda tezlashib, kuchayib ketsa diastola davri cho’ziladi (resintezni to’liq amalga oshirish uchun). Karbiomiotsitlar o’zlariga oqib kelgan qondagi ke­rakli energiya beruvchi mod­dalarning saralab beradigan bioenergetik moddalarni as­sorbsiya qilish xususiyatiga ega, bu moddalarga katixolamin­lar (adrenalin va noradre­nalin) kiradi.
To’qimalararo boshqariluv yurak muskul tolalari ora­sida zarur moddalar transportini amalga oshiruvchi, meo­fib­rillarni bir-biriga bog’lab turuvchi qo’zg’alish jarayo­nini o’tkazib turuvchi - maxsus yassi plastinkalar - cham­barlar, ne­ksuslarning borligi tufayli ro’y beradi. Ne­ksuslar yurak miokardining qo’zg’alishga bir butun ya'ni sinsitik to’qimalari holida re­aksiya berishini amalga oshiradi (sin bir xil, sito-hujayra). Shuning uchun ham neksuslar faoliyati buzilsa yurak ishida davriylik buziladi (arit­miya va boshqalar).
Yurakning o’z nerv tizim orqali boshqaruv yuzasidagi intromural gangliyalarda joylashgan metosimpatik nerv hujayralari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday metosimpatik tizimda sezuvchi harakatga keltiruvchi, interotsiya­lovchi qismlar (neyronlar) mavjuddir. Yurakdagi bu tizim undagi qisqarish ritmini o’tkazuvchanlikni va diastolik bo’shashish davomiyligini boshqarib turadi. Ushbu avtonom metosimpa­tik tizim yurak transplantatsiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega, ya'ni yurakka keladigan barcha nerv tolalari kesilganidan keyin ham uning mustaqil holda ma'lum tar­tibda davriy qisqarib turishi kuzatiladi. yurak metosim­patik tizimining faoliyati tufayli qon tomirlariga (aor­taga) qon haydalishi va qonning yurakka qo’yilishi ma'lum holatda ushlab turiladi, qon bosimi stabillashgan holda turadi.
Yurak faoliyatining chetki (tashqi) omillar vositasida idora qilinishi yoki ekstrakardial nerv boshqarilishi unga boradigan adashgan va simpatik nerv tolalari orqali amalga oshiriladi. Bunday tolalarning markazi uzunchoq miya, Vo­rolev ko’prigida bo’ladi.
Vagus ta'siri. Uzunchoq miya­dagi adash­gan nerv markazidan yurakka chap va o’ng adashgan tolalar bo­radi. Chap tola yurakdagi metosimpatik neyron­lar orqali bo’lma-qorincha o’tkazuvchanligiga o’z ta'sirini o’tkazadi. O’ng tola esa ko’proq o’ng bo’lma bo’ylab o’z impuls­larini tarqatadi va yurak urish chastotasiga ta'sir qiladi. Adashgan nervning yurak faoliyatiga ta'sirini birinchi marta 1845 yilda aka-uka Veberlar ochgan, u qitiqlanganida yurak urish chas­totasi kamayib, harakat kuchsizlanadi (tormozlanish). Agar bu nervning qitiqlash juda kuchli bo’lsa, yurak urishdan tamo­man to’xtashi ham mumkin. Yana shu narsa muhimki, adashgan nerv qitiqlanishning ef­fekti yurakda qancha qon bo’lish daraja­siga bog’liq, u qonga to’lgan payt faoliyat tormozlanadi, qon miqdori kam bo’lgan paytda esa kuchayadi (tezlashadi).
Yurak faoliyatiga simpatik ta'sir I.P.Pavlov tomonidan o’rganilgan, u adash­gan nerv ta'sirida qarama-qarshi xususiyatga ega sim­patik tola qitiqlanganida yurak urish chastotasi oshadi (musbat xromotrop effekt), bo’lmalar va qorinchalarning qisqarishi kuchayadi (musbat inotrop effekt), yurakda o’tkazuvchanlik yaxshilanadi (musbat dromotrop effekt), quzg’aluvchanlik oshadi (musbat batmotrop effekt).
Har xil nerv tolalari qitiqlanishining yurak fao­liya­tiga ta'siri ayni paytda shu ta'sirot natijasida yurakka hosil bo’ladigan biologik faol moddalar bilan aniqlanadi. Buni birinchi marta Avstriyalik farmakolog O.Levi (1931) ochgan. Ichiga maxsus suyuqligi bo’lgan idishda ikkita konyula orqali baqa yuraklari birlashtirilib bi­rinchi yurak adashgan nervi qitiqlanganida, nafaqat shu yurak ikkinchi yurak ham urishidan to’xtalgan. Simpatik nerv qitiqlanganida esa har ikkala yurak ishi ham tezlash­gan. Aniqlanishicha, birinchi holda, birinchi yurak qitiqlanganida «vagusshtoff» (atse­tilxolin) hosil bo’lib, suyuqlik orqali ikkinchi yurak fao­liyatini tormozlagan. Ikkinchi holatda esa «simpatikussh­toff» (adrenalin va noradrenalin) hosil bo’lar ekan.



Atsetilxolin ta'sirida yurak hujayralari membranasida K+ o’tishi kuchayadi va oqibatda depolyarizatsiya jarayoni su­sayadi. Noradrenalin esa membranadan Sa++ o’tishini tez­lashtiradi. Bunday o’zgarishlar o’z navbatida teskari ef­fektlarga olib keladi.


Gumoral boshqaruv yurak faoliyatida asosan endokrin bezlardan ajraladigan biologik faol moddalar orqali amalga oshiriladi Bu o’rinda dastavval buyrak usti bezi miya­simon qismidan ajraladigan adrenalin muhim ahamiyatga ega. Turli stress omillar ta'sirida ko’paygan adrenalin kardio­miotsitlardagi  - adrenoretseptorlar bi­lan hamkorlikda hujayralardagi ferment adenilatsiola­zani faollashtiradi. Natijada sAMF hosil bo’lishi ku­chayadi, u o’z navbatida no­faol fosforilazani faollashti­rish uchun kerak. Fosfori­laza esa glyukogenni glyukozaga ay­lantirib miokardni kerakli quvvat (energiya) bilan ta'minlaydi. Yana adrenalin miokard membranada Sa++ o’tishini ham yaxshilaydi.
Boshqa gormonlardan glyukagon (meda osti bezi gor­moni) bo’lmalar va qorinchalar qisqarishini kuchaytiradi. Musbat inotrop effekt, tiroksin yurak urish chastotasini oshiradi, kartikosteroid yana to’qimalar bo­shqarilishidagi muhitda har xil ionlar konsentratsiyasi ham sezilarli ta'sir etadi. Agar bu yerda K+ ko’paysa yurak ishi susayadi, Sa++ ko’paysa yurak faoliyati kuchayadi.
Yurak nervlarining tonusi adashgan va simpatik nerv tolalaridan keladigan impulslar orqali ta'minlanib tu­radi. Agar yurakka boradigan xar ikkala adashgan nerv ham kesilsa yurak urishi tezlashib ketadi, demak, odatda vagus impulslari yurak urishini biroz susaytirib tartibga so­lib turar ekan. Unga beriladigan simpatik tolalar kesil­ga­nida esa yurak urishi itlarda 15-20 % sekinlashadi. De­mak, simpatik tolalar impulsi yurak faoliyatini kuchay­tiruvchi, uni tonusini me'yor darajasida ushlab turadi. Yurak tonusi yana bir qator biologik faol moddalar (gor­monlar) bilan har bir me'yorda saqlanadi. Nafas olish sikli ham bu borada o’z ta'sirini beradi, nafas chiqarilganda (kuchli) yurak nervlari tonusi oshib, yurak urish chastotasi kamayadi (nafas olish aritmiyasi).
Gipotalamus boshqaruv. Gipotalamusning turli nuqtalarini qitiqlab yurak faoliyatiga bevosita ta'sir qilish mumkin, ba'zi nuqtalar yurak urish ritmiga, ba'zi­lari esa qisqarish kuchiga, yana boshqalari chap qorincha bo’shashish darajasiga ta'sir etadi. Gipotalamusning yurak faoliyatiga ta'siri ham simpatik, ham parasimpatik mexa­nizmlar yo’li bilan amalga oshiriladi, chunki u o’z faoliya­tini miya stvoli orqali amalga oshiradi. Gipotala­musning bu boradagi faoliyatini organizm har xil emotsio­nal holatlarga tushganidagi ehtiyojini qarab yurak uri­shini o’zgartiradigan interatsiyalovchi qism deb qarash lo­zim. Lekin uning faoliyati bir butun holda miya limbik sistemasi (tizimi) va po’stloq ishiga bog’liq.
Miya po’stlog’i faoliyati tomonidan boshqaruv yurak fao­liyatidagi eng oliy boshqaruv, uning istagan nuqtasi elektr toki bilan qitiqlanganida yurak ishida o’zgarish be­vosita ku­zatiladi. Turli emotsional holatlarda yurak fao­liyatini o’zgarishi po’stloqdagi nerv markazlari tomonidan yurak ishi boshqarilishini kuzatadi. Xursandchilik, xafa­chilik, qo’rqish va boshqa emotsional reaksiyalar yurak fao­liyatiga miya po’stlog’i funksional holatining o’zgarishi orqali ta'sir etadi. Bunda po’stloq gipotalamus, gipofiz, buyrak usti bezi tizimida o’zgarish bo’lib, qonda adrenalin miqdori oshib ke­tadi (ayniqsa sportchilarda bo’ladigan sport oldi reaksiyasi davrida yurak urishning tezlashishi). Turli xil nevrozlar paytida yurakdagi o’zgarishlar ham yuqoridagi fikr bilan tushuntirilishi mumkin.
Reflektor boshqaruv. Yurak faoliyati markaziy va pe­re­ferik nerv tizimida yuz beradigan reflektor o’zgarishlar bilan boshqarilib bu holat murakkab reflek­tor mexanizmi asosida amalga oshiriladi. Tanadagi har xil intero va eks­troretseptorlarning qitiqlanishi maxsus ef­fektor yo’l bi­lan yurak ishiga o’z ta'sirini beradi.
Kovak venalar aorta yoyi va uning tarmoqlanish joy­la­rida ko’pgina mexano va xemoretseptorlar bo’lib, ular qon ay­lanishidagi (gemodinamikadagi) har qanday o’zgarishlarni qabul qilib markaziy nerv tizimiga o’tkazadi va yurak fao­liyatida tegishli o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kovak venalardagi retseptorlar qon bosimi oshganda qitiqlanib yurak urishini tezlashtiradi. Aorta yoyidagi retseptorlar qon bosimi osh­ganda kuchli qitiqlanib yurak urishini sekinlashuviga olib keladi. O’pka arteriyasidagi xemoretseptorlar kichik qon ayla­nish doirasida qon bosimi oshganida qitiqlanib yurak uri­shini sekinlashtirishi mumkin (Paren refleksi).
Interoretseptorlar qitiqlanishi ham yurak faoliya­tiga ta'sir qiladi. Masalan, baqa qorin qismiga pensit bi­lan me­xanik ta'surot yuborilib, yurak faoliyatini susayti­rish yoki to’xtatish mumkin (Gol refleksi). Odamda ham qorin oblas­tiga kuchli zarba berilganida yurak to’xtab qolishi mumkin (boksyordagi holat). Odamda ko’z olmalariga barmoqlar bilan bosish tufayli yurak urishining siyrak­lashuvi ham (Danin-Ashner refleksi) oddiy reflektor eks­troretseptiv bo­shqaruvdir.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish