1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet43/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

11 - Ma'ruza
Qon tomir tizimi fiziologiyasi
Qon oqishining fizikaviy qonunlari.
Arteriyalar.
Arteriolalar.
Venalar..
Qon harakatining nerv va gumoral boshqarilishi.

Qon tomirlar tizimi fiziologiyasi. Qon tomirlarning faoliyat tasnifi. qonning qon tomirlardagi harakatini o‘rganuvchi fan gemodinamika gidrodinamikaning bir qismi. Gidrodinamika qonuniyatiga ko‘ra, naylarda suyuqlikning oqishi suyuqlik harakatini yuzaga keltiruvchi bosim (ya’ni nayning boshi va oxiridagi) farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko‘rsatilayotgan qarshilikka bog‘liq. Bu kuchlarning birinchisi - bosimlar farqi - suyuqlikni harakatga keltirsa, ikkinchisi - gidravlik qarshilik suyuqlik harakatiga to‘sqinlik qiladi. Bosimlar farqining qarshilikka nisbati vaqt birligida naylardan oqayotgan suyuqlik xajmini, ya’ni suyuqlik oqimining xajm tezligini belgilaydi. Bu bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Q q P1- P2 : R. qon tomirlarda qon oqishiga qarshilik tomirlarning uzunligi, diametri va qonning yopishqoqligiga bog‘liq. Turli tomirlardagi qarshilikni ularning uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish mumkin: qon oqimiga qarshilik qancha katta bo‘lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha ko‘p kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko‘p pasayadi. qon oqishining chiziqli va xajm tezligi. Chiziqli tezlik qon zarrachalarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi. Uning o‘lchash birligi – mm.s yoki sm.s. Xajm tezlik, u qon tomirdan vaqt birligida oqib o‘tgan qonning xajmini ko‘rsatadi va ml.s da o‘lchanadi. Aorta yoki kovak venalar orqali, o‘pka arteriyasi va va o‘pka venalari orqali bir daqiqada o‘tadigan qon xajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan qonning miqdori, unga kelayotgan qon miqdoriga teng. Katta va kichik qon aylanish doirasining butun arterial tizimi orqali bir daqiqada o‘tgan qon xajmi bir xil. Chiziqli tezlik tomirlarning umumiy kengligiga (eniga) bog‘liq. Qon tomirlar tizimining eng tor joyi aorta. Arteriyalar shoxlanganda, har bir tarmoq o‘zini ajratgan arteriyaga nisbatan torroq bo‘lishiga karamaydi, tarmoqlar yig‘indisining kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar to‘ri hammadan keng, chunki barcha kapillyarlar diametrining yig‘indisi aorta diametridan tahminan 600-800 marta katta. Shunga binoan, aortada qon kapillyarlardagiga qaraganda juda tez harakatlanadi. qon yurakdan uzluksiz ravishda chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun arteriyalardagi qon oqimi bir tekisda bo‘lmaydi. Arteriola, kapillyar va venalarda qon oqimi uzluksiz - doimiydir. Buning sababi arteriyalar devorining tuzilishida.


Qon tomirlari bajaraligan faoliyatga ko‘ra 6 turga bo‘linadi: 1) amortizatsiyalovchi, tekislovchi (elastik turdagi) qon tomirlar; 2) rezistiv (qarshilik ko‘rsatuvchi) qon tomirlar; 3) sfinkter (jumrak) qon tomirlar; 4) almashinuv qon tomiralar; 5) xajmli qon tomirlar; 6) ulovchi (shuntlovchi) qon tomirlar.
Qon umumiy xajmining 84% katta qon aylanish, 16% kichik qon aylanish doirasiga to‘g‘ri keladi. Katta qon aylanish doirasi arteriyalarida umumiy qon xajmining 18% saqlanadi, shundan 3% arteriolalarga to‘g‘ri keladi. Kapillyarlarda qonning tahminan 6% saqlanadi va ko‘p qismi (64%) venalarda bo‘ladi.
Arteriyalarda qon oqishi va uning bosimi. Qon oqimining pulsga bog‘liq o‘zgarishlari. Yurak qisqarganda qon chap bo‘lmadan aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismiga faqat xaydalish davrida chiqadi. Bu yerda qon oqishi tezligi aorta qopqoqlar ochilganda tez ortib, davrning 1/3 o‘tganida eng yuqori darajaga yetadi. Xaydalish davrining oxiriga borib qon oqishi to‘xtaydi. Bo‘shashish davri boshlanishidan aorta qopqoqlari berkilishigacha o‘tgan vaqt orasida qon chap qorinchaga qayta oqadi. Diastola vaqtida ko‘tariluvchi aortada qon harakat qilmaydi. Tinch xolatda bo‘lgan odamning ko‘tariluvchi aortasida qon oqish tezligi xaydalish fazasining boshlarida 100sm s dan ko‘proq bo‘ladi. Bu davr butun olinganda, qon oqishining o‘rtacha tezligi 70sm s atrofida bo‘ladi. Yurakdan uzoqlashish bilan oqish tezligining o‘zgarish amplitudasi asta-sekin kamayadi. Ammo, ko‘krak aortasida va periferik arteriyalarda ham diastola vaqtida qonning orqaga oqishi kuzatiladi. Arteriyalarning oxirgi shoxlarida va arteriolalarda qonning pulslanib oqishi asta-sekin uzluksiz qon oqishiga o‘tadi.
Qon oqish tezligi. Aorta va yirik arteriyalarda qon oqimi yurak qisqarishiga qarab o‘zgarib turadi. qon oqishining o‘rtacha chiziqli tezligi aortada 40sm.s. Yurakdan otilib chiqdigan qon miqdori oshganda qon oqishining chiziqli tezligi 100sm.s dan ham oshib ketadi. qon oqishining o‘rtacha tezligi tomirlarning ko‘ndalang kesimiga teskari proporsional bo‘lganidan (bu tezlik perifirik arteriyalarda ancha past, 20-30sm.s) ayniqsa oxirgi arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi. Qon oqishining chiziqli tezligi kapillyarda (0,75mm) qon 2,0 - 2,5 soniyada o‘tadi.
Kapillyarlardan boshlanadigan venoz tomirlar yurakka yaqinlashar ekan, bir-biriga qo‘shilib borgan sari kichiklashib boradi. Shuning uchun qon oqishining chiziqlik tezligi venoz tizimining boshida juda kichik, yurakka yaqinlashgan sari osha boradi va kovak venalarda 20sm.s ni tashkil qiladi.
Sistolik, diastolik bosim, puls va o‘rtacha bosim. Arteriyalarning asosiy vazifasi qonning kapillyarlardagi uzluksiz harakatini ta’minlash uchun doimiy bosimni hosil qilishdan iborat.
Arteriyalardagi bosim (R) yurak qisqarishi natijasida arteriolalar hamda kapillyarlarda qon oqimi uchratadigan qarshilikka (R)bog‘liq. Bu bog‘lanish oddiy tenglama PQ.R bilan ifodalanadi.
Arteriyalardagi qon bosimi doim bir xilda turmaydi. qon bosimi o‘rtacha bir miqdordan ko‘tarilib-tushib turadi. Bu o‘zgarishlar 3 xil to‘lqin shaklida kuzatiladi. Birinchi tartibdagi to‘lqinlar hammadan ko‘p bo‘lib, yurak qisqarishiga bog‘liq bo‘ladi. har bir sistola vaqtida ma’lum miqdordagi qon arteriyalarga chiqib, ularning elastik cho‘zilishini oshiradi. qorinchalar sistolasi vaqtida aorta va o‘pka arteriyasiga keladigan qonning miqdori ketadigan qon miqdoridan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ularda qon bosimi ko‘tariladi. Diastola vaqtida qorinchalardan arterial tizimga qon chiqishi to‘xtaydi. Yirik arteriyalardan qon oqib ketishida davom qiladi, arteriyalarning cho‘zilishi kamayadi va qon bosimi pasayadi. Sistola natijasida arteriyalarda bosimning ko‘trarilishi sistolik bosimni ifodalaydi. Diastola vaqtida qon bosimining pasayishi esa eng kam yoki diastolik bosimni ifodalaydi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim orasidagi farq ya’ni bosimning o‘zgarish amplitudasi puls bosimi deb ataladi.
Puls bosimi yurakka yaqin arteriyalarda eng yuqori bo‘lib, yurakdan uzoqlashgan sari pasaya boradi, ya’ni sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq asta-sekin kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda qon bosimining puls to‘lqinlari yo‘q, ularda bosim turg‘un bo‘ladi, sistola va distola vaqtida o‘zgarmaydi.
O‘racha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim orasidagi miqdor bo‘lib, qonning uzluksiz harakat energiyasini ifodalaydi. Markaziy yirik arteriyada o‘rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimining yarim yig‘indisiga teng: Ro‘r q RD q Rs -_ Rd: 2 .size 12. Periferik arteriyalarda o‘rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimning uchdan biri yig‘indisiga teng: Ro‘r q RD q Rs _- Rd:3.size 12
Yosh odamning ko‘tariluvchi aortasida sistolik bosim simob ustuning 120mm ga teng, diastolik bosim esa - 80mm ni tashkil qiladi. Bunda puls bosimi 40mm s.u. ga o‘rtacha bosim esa 100mm s.u. ga teng bo‘ladi: 80mm q 40mm : 2 q 100mm.
Aortaning ko‘krak kafasidagi va qorin bo‘shlig‘idagi sohalarida qon bosimi sal kamayadi. Arteriyalarning oxirgi tarmoqlarida va arteriolalarida esa qon bosimi keskin pasayadi va arteriolalarning oxirida 30 - 35mm s.u. ni tashkil qiladi.
Qon bosimining egri chizig‘ida puls to‘lqinlaridan tashqari, nafas harakatlariga bog‘liq ikkinchi tartibdagi to‘lqinlar ham kuzatiladi, shu sababli ularni nafas to‘lqinlari deb ataladi, nafas olganda qon bosimi pasayadi, nafas chiqarganda esa ko‘tariladi.
Qon bosimining egri chizig‘ida ba’zan uchinchi tartibdagi to‘lqinlarni ko‘zatish mumkin. Ularning kelib chiqishi tomirlarni harakatga keltiruvchi markaz tonusining o‘zgarishiga bog‘liq.
Arterial puls deb arteriyalardagi bosimning sistolada ko‘tarilishiga bog‘liq bo‘lgan arteriya devorining ritmik tebranishiga aytiladi. Puls to‘lqini, ya’ni bosimning ko‘tarilish to‘lqini aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so‘nadi. Puls to‘lqinining tarqalish tezligi qon oqish tezligiga bog‘liq emas. Arteriyalarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3m.s dan oshmaydi. Yosh va o‘rta yoshli odamlarda puls to‘lqinninig tarqalish tezligi aortada 5,5 - 8m.s ga, periferik arteriyalarda esa – 6 -9,5m.s ga yetadi.
Aorta va yirik arteriyalarga puls egri chizig‘ida (sfigmogrammada) ikkita asosiy qism: ko‘tarilish - anakrota va tushish – katakrota tafovut qilinadi. Katakrota qismida insizura (chuqurcha) va diokrit ko‘tarilishni ko‘rish mumkin. Insizura va diokrotik ko‘tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oysimon qopqoqlarni yopib, orqaga qaytishiga bog‘liq.
Pulsni paypaslab tekshirish juda keng qo‘llaniladi. Bunga uning bir qancha xususiyatlariga: chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmga ahamiyat berish kerak.
Venalarda qon harakati umuman qon aylanishining muhim omili xisoblanadi, chunki diastola vaqtida yurakning qonga to‘lishi shu omil bilan belgilanadi. Venalarning mushak qavati uncha qalin bo‘lmaganidan devori arteriyalar devoriga nisbatan ko‘proq cho‘ziladi. Shu sababdan venalardagi bosim xatto oz bo‘lganda ham, devori ancha cho‘ziladi va ularda anchagina qon to‘planib qolishi mumkin.
Venalarda qonning oqish tezligi va bosimi. Venalarda bosim tez pasayadi. Postkapillyarlarda qon bosimi 20mm s.u. ga teng bo‘lsa, mayda venalarda 12-15mm s.u. ga teng bo‘ladi. Ko‘krak qafasida bo‘lmagan yirik venalarda bosim 5 - 6mm s.u. ga teng, venalarning o‘ng bo‘lmaga o‘tadigan qismida 2-5mm s.u. teng, nafas olganda bosim nol atrofida bo‘ladi.
Venoz tizimining boshlanishidagi bosim yurakning qonga baxsh etgan bosim qoldig‘idir. Qorinchalarning qisqarishda qonga bergan kinetik energiya qon kapillyarlaridan o‘tganidan keyin ham qisman saqlanib qoladi. Bu qoldiq bosimdan tashqari, qonning venalar orqali yurakka qaytib kelishida ko‘krak qafasining suruvchi ta’siri katta ahamiyatga ega. Nafas olgan paytda ko‘krak kafasi kengayadi, ko‘krak bo‘shlig‘ida bosim manfiylashadi (ya’ni atmosfera bosimidan past bo‘lib qoladi). Venalar devori yupqa bo‘lgani uchun bu manfiy bosim ularga ham tarqaladi, natijada qonning yurak tomon harakati tezlashadi. Demak, venalarning boshlanish qismida bosim 12 - 15mm s.u. ni tashkil qilsa, oxirida 2-5mm s.u. ni tashkil qiladi. Nafas olgan paytda bosim xatto manfiy bo‘ladi. Bosimdagi bu farq qonning yurak tomonga harakatini ta’minlovchi dastlabki kuchdir.
Skelet mushaklarining ritmik qisqarishlari ham (masalan, yurgandagi, o‘tin arralagandagi harakatlar va boshqalar) venalarda qon oqishiga yordam beradi. qisqargan mushak ichidagi va yonidagi venalarni qisib, ulardagi qonni siqib chiqaradi. Venalardagi qopqoqlar siqib chiqarilgan qonni faqat yurak tomon harakat qilishini ta’minlaydi.
Periferik venalarda qon oqishining chiziqli tezligi 6-14sm s bo‘lsa, kavak venalarda 20sm s bo‘ladi. Venalarda qon oqishini arteriyalarga nisbatan sekinroq bo‘li-shining sababi shundaki, ularning arteriyalarga qaraganda 2-3 barobar kengligidadir.
Vena pulsi, deb yurakka yaqin joylashgan venalardagi bosim va hajm o‘zgarish-lariga aytiladi. Vena pulsining kelib chiqishiga asosan o‘ng bo‘lmada bosimning o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Vena pulsining egri chizig‘ida – flebogrammada - uchta a,s va v tishlari tish ajratiladi: a tish o‘ng bo‘lma sistolasiga to‘g‘ri keladi. Undang so‘ng vena pulsining egri chizig‘ida s tish paydo bo‘ladi. Bu buyinturuq venaning yonida va undan pastroq joylashgan uyqu arteriyasining to‘rtkisidir. v - tishning paydo bo‘lishi qorinchalar sistolasi oxirida bo‘lmalar qonga to‘lib, ularga qon tushishi biroz to‘xtab qolishiga bog‘liq. Shu paytda venalarda bosim oshib, v - tishni paydo qiladi.
Qon aylanish doiralarning hamma qismidan qon o‘tishi uchun zarur vaqt qonning aylanib chiqish vaqti deb ataladi va u odamda o‘rtacha 27 sistolaga teng. Tinch xolatda, yurak bir daqiqada 70-80 marta urganda 20-23 sekundni tashkil qiladi. qon aylanib chiqadigan vaqtning 1/5 qismi qon aylanishning kichik doirasiga, 4/5 qismi esa katta doiraga to‘g‘ri keladi.
Mayda qon tomirlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyatsiya) va uning boshqarilishi. Yurak va tomirlar tizimining asosiy vazifasi qonni kapillyarlardan oqib o‘tishi uchun meyoriy bosimni ta’minlashdan iborat.
Qon tomirlar tizimining faoliy ahamiyati bo‘yicha kapillyarlar eng muhim qism xisoblanadi. Ularda qon va to‘qimalar aro suyuqlik o‘rtasida modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Bunday almashinuv venalarda ham kuzatiladi. Venulalar, arteriolalar, metarteriolalar (met-o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda ishtirok qiladi. Shuning uchun bu tomirlar umumiy faoliy birlik xisoblanadi. Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar mikrotsirkulyatsiya tomirlar xavzasini tashkil qiladi.
Kapillyarlar radiusi 4,5 - 3,0 mkm atrofida o‘rtacha uzunligi 750 mkm. ga teng. Odam organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo‘lib, ular orqali moddal almashadigan samarali yuza 1000m2 ga teng. 1mm3 to‘qimada 600ga yaqin kapillyar bor. 100g to‘qimaga to‘g‘ri keladigan kapillyar yuzasi 1,5m2 ga yaqin.
Massa birligiga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar soni to‘qimalarning faolligiga bog‘liq. Yurak mushagida kapillyarlarning soni skelet mushaknikidagidan ikki baravar ko‘p. Miyaning kulrang moddasi oq moddaga nisbatan kapillyarlarga boyroq.
Ko‘pincha “chin” kapillyarlar arteriolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri venulalar bilan bog‘lamaydi. Ular metarteriolalardan asosiy kanaldan to‘g‘riburchak hosil qilib boshlanadi. Metarteriola va asosiy kanalni tashkil qiluvchi tomirlar devoridagi silliq mushak tolalari, ularning proksimal qismidan distal qismiga qarab kamaya boradi. Metarteriolalardan kapillyarlarning boshlanadigan qismida bu silliq muo‘ak tolalari prekapillyar sfinkterlarini hosil qiladi. Kapllyarlarning boshqa qismlarida qisqa-ruvchi unsurlar yo‘q. «Chin» kapillyarlar orqali oqib o‘tadigan qon miqdori prekapillyar sfinkterlarni qisqarib, bo‘shashiga bog‘liq.
Mikrotsirkulyator tomirlar xavzasida arterio-venoz anastomozlar ko‘p uchraydi. Bu anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita bog‘laydi. Anastomozlarning devori silliq mushak tolalariga boy. Ularning soni qo‘l, oyoq, quloq terisida ko‘p. harorat boshqariluvida tananing bu sohalardagi ahamiyati katta.
Kapillyarlarda modda almashinuvi jarayonlari. Kapillyarlarning modda almashi-nuvida ishtirok etish darajasi ularning tuzilishiga bog‘liq. Devorining ultra-strukturasiga ko‘ra, kapillyarlar uch turga: 1) devori uzluksiz, butun kapillyarlar; 2) fenestratsiyalangan, devori romsimon teshikli kapillyarlar va 3) devorlari uzilgan kapillyarlarga bo‘linadi. Bu kapillyarlarni somatik, visseral va sinusoid turdagi kapillyarlar ham deyiladi.
Birinchi turdagi kapillyarlarning devori jips joylashgan endotelial hujayra-lardan iborat. Endotelial hujayralar membranasidagi teshiklar juda kichik. Bunday kapillyarlar devori orqali suv, elektrolitlar va kichik molekulali moddalar almashadi. Organizmda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u silliq va targ‘il muskullarda, yog‘da va o‘pkada ko‘p bo‘ladi.
Ikkinchi turdagi visseral kapillyarlar devorida diametri 0,1 mkm li teshikchalar (romchalar, fenestrlar) bor. Bu xildagi kapillyarlar so‘rilish jarayoni juda jadal a’zo-larda, masalan, buyrakda va ichakning shilliq pardasida ko‘p uchraydi.
Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar devori ko‘p yerda uzilgan bo‘lib, bu joylarda suyuqlik, molekulalari katta moddalar va qon hujayralar o‘tishi mumkin. Bu turdagi kapillyarlar ko‘mik, jigar va taloqda uchraydi.
Mikrotsirkulyator xavzada diffuziya yo‘li bilan modda almashinuvi. qon va to‘qimalarda suyuqlik o‘rtasida suv va modda almashinuvida ikki taraflama diffuziyala-nishning roli juda katta. Bu diffuziyalanishning tezligi juda yuqori, qon kapillyardan o‘tguncha plazmadagi suyuqlik, to‘qimalararo suyuqlik bilan 40 marotaba almashadi. Bir daqiqada hamma kapillyarlar orqali 60l, bir kecha kunduzi 85000l suyuqlik diffuziya-lanib o‘tadi.
Natriy, xlor, glyukozaga o‘xshagan suvda eruvchi moddalar suv bilan to‘lgan govaklar orqali diffuziyalanadi. Kapillyarlarning turli moddalarni o‘tkazuvchanligi, bu moddalarning molekulalarini katta-kichigligi va govaklarning kattalik nisbatiga bog‘liq. Agar suvning kapillyar orqali o‘tkazuvchanligini 1ga teng deb qabul qilinsa, uning glyukoza uchun o‘tkazuvchanligi 0,6 dan, albumin molekulalari uchun esa 0,0001 dan kam bo‘ladi. Albuminning kapillyar devori orqali o‘tishi juda qiyin bo‘lganidan uning qon plazmasi va to‘qimalararo suyuqlikdagi miqdorida farqi katta. Buning ahamiyati juda muhim.
Molekulalari yirik bo‘lib, kapillyar teshiklaridan o‘ta olmaydigan moddalar kapillyar devori orqali pinotsitoz yo‘li bilan o‘tadi.
Mikrotsirkulyator xavzada filtrlanadigan moddalar almashinuvi. Tomirlar-dagi va to‘qimalararo fazalar o‘rtasidagi modda almashinuvini ta’minlovchi ikkinchi mexanizmi filtrlanish va reabsorbsiyadir. YE.Starling nazariyasiga binoan, kapillyar-larning arterial uchidan filtrlanib o‘tadigan suyuqlik xajmi va venoz tarafida qayta so‘riladigan suyuqlik xajmi o‘rtasida dinamik muvozanat saqlanish kerak.
Kapillyarlarda filtrlanish va qayta so‘rilishning tezligi quyidagi kuchlarga: 1) kapillyardagi qonning gidrostatik bosimga (Rkkg); 2) to‘qimalararo suyuqlikning gidro-statik bosimiga (Rtsg); 3) kapillyardagi qonning onkotik bosimiga (Rkko); 4)to‘qimalararo suyuqlikning onkotik bosimiga (Rtsg); 5) kapillyardagi qonning onkotik bosimiga (Rkko); 6) to‘qimalararo suyuqlikning onkotik bosimiga (Rtso) va 7) filtrlanish koeffitsiyentiga (da K) bog‘liq. Kapillyardagi bosim va to‘qimalardagi onkotik bosim suyuqlikning kapillyardan chiqishini ta’minlaydi, to‘qimadagi gidrostatik bosim va qonning onkotik bosimi suyuqlikni to‘qimadan qonga o‘tkazadi. Bir daqiqalik filtrla-nishni quyidagi tenglama yordamida xisoblash mumkin: V Q (Rkkg Q Rkko – Rtsg - Rtso) da K. Agar V musbat chiqsa - filtrlanish manfiy bo‘lsa - qayta so‘rilish jarayoni sodir bo‘ladi. Kapillyarning boshida gidrostatik bosim 30 - 35mm s.u. teng bo‘lsa, oxirida 15 - 20mm s.u. ga teng bo‘ladi. Shunday qilib, kapillyardagi o‘rtacha bosim 25mm s.u. ga teng. To‘qima suyuqligi bosimini bevosita o‘lchash mumkin emas. Bu suyuqlikning bosimi odatda 0-3mm s.u. ga teng.
Plazmaning onkotik bosimi 25mm s.u. ga teng, to‘qima suyuqligining onkotik bosimi esa 4, 4mm s.u. atrofida.
Shularga asoslanib, suyuqlikning kapillyarlar va to‘qimalararo bo‘shliq o‘rtasidagi harakatining soddalashtirilgan chizmasini tuzish mumkin.
Kapillyarning arterial uchida tashqariga qaratilgan 37mm s.u. (Rkkg + Rtso = 32,5 + 4,5 = 37mm s.u.) ga teng bosim hosil bo‘ladi. Unga 28mm s.u. ga teng va kapillyar ichiga qaratilgan bosim qarshilik qiladi (Rkko + Rtsg + 25 +3 = 28 mm s.u.). Shu tarzda samarali filtrlovchi bosim 9mm s.u. (37mm - 28mm = 9mm s.u.) bo‘ladi Kapillyarning venoz uchida tashqariga qaratilgan bosim 22mm s.u. teng (Rkkg + Rtso = 17,5 + 4,5 = 22mm s.u.) samarali reabsorbsiyani ta’minlovchi bosim esa 6mm s.u. ni tashkil qiladi.
Filtrlovchi bosim reabsorbsiyani ta’minlovchi bosimdan yuqori (9mm s.u. >6mm s.u.). Shuning uchun kapillyarni arterial qismida filtrlangan suyuqlikning faqat 90% venoz qismida qayta so‘riladi. Suyuqlikni 10% esa, to‘qimalararo bo‘shliqdan limfa bilan chiqib ketadi.
Organizmning hamma kapillyarlari orqali filtrlanadigan suyuqlik miqdori 1 daqiqada 14 ml ni, bir kecha kunduzi 20 litrni tashkil qiladi. Reabsorsiyaning tezligi daqiqada 12,5ml, bir kecha kunduzda 18l ga yaqin, qolgan 2l suyuqlik limfa tomirlariga so‘riladi.
Filtrlanishning tezligi qon bosimi oshganda, plazmaning onkotik bosimi pasayganda (gipoproteinemiyada), kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi oshganda, to‘qima suyuqligining osmotik bosimi ko‘tarilganda kuchayib, shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy (regional) qon aylanishining boshqarilishi. Organizmning muayyan qismlarida qon oqimining miqdori, bu miqdorni a’zolarning qonga bo‘lgan talabiga moslashuvi asosan tomirlar diametrini o‘zgartirish va qon oqimiga qarshilikni boshqarish yo‘li bilan ta’minlanadi. Periferik qon tomirlarda qon oqimining o‘zgarishi o‘sha joyning o‘zida vujudga keladigan (mahalliy) mexanizmlar yordamida, asab va gumoral yo‘l bilan ro‘yobga chiqadi. Asab va gumoral omillardan boshqa, periferik qon aylanishining metabolik yo‘l bilan, o‘z-o‘zidan boshqarilishini ahamiyati katta.
Qonda kislorodning miqdorini kamayishi periferik tomirlarni (arteriolalarni) kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va kislorod sarfining kucha-yishi a’zolarning faolligi oshganda kuzatiladi. Faolligi oshgan to‘qimalarda miqdori ko‘payadigan metabolik moddalarning ko‘pchiligi, masalan karbonat angidrid, vodorod, piruvat, ADF, AMF, adenozin tomirlarni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning ta’siri mikrotsirkulyator tomirlarda yaqqol bilinadi.
Mahalliy qon oqishini boshqarishda ba’zi biologik faol moddalarning masalan, kininlar, gistamin, adrenalin va noradrenalinlarning ahamiyati nihoyatda katta.
Xazm tizimi bezlari qo‘zg‘alib, shira ishlab chiqara boshlaganda qon tomirlari kengayadi. Bu asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlarning samarasi xisob-lanadi. Masalan, bez hujayralari kallikrein, degan enzimni ishlab chiqaradi. Bu enzim plazmaning b-globulinini parchalab, polipeptid kallidin paydo bo‘lishiga olib keladi. Kallidin bradikininga aylanadi. Kallidin va bradikinin tomirni sezilarli darajada kengaytirish xususiyatiga ega.
Gistamin asosan teri va shilliq pardalar jarohatlanganda ajaraladi. To‘qimalar jarohatlanganda u bazofillar va boshqa hujayralardan ajralib chiqib erkin xolatga o‘tadi. Gistamin arteriola va venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Adrenalin va noradrenalin buyrak usti bezlarining mag‘iz qismida oz miqdorda uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq mushaklariga ta’sir qiladi. Noradrenalin asosan tomirlarni toraytiradigan asablarning mediatori sifatida xizmat kilsa, adrenalin ularni kengaytiradigan gormon rolini bajaradi. Buyrak usti bezidan ajraladigan katexolaminlarning 80% adrenalinga, 20% noradrenalinga to‘g‘ri keladi. Vaziyatning turli o‘zgarishlari, masalan qo‘rqish, g‘azablanish va boshqalar katexolaminlarning qonga o‘tishini tezlashtiradi. Adrenalin ba’zi tomirlarni toraytirib, ba’zilarini esa, aksincha kengaytiradi. Katexolamin-larning qon tomirlar silliq mushaklariga ta’siridagi farqni qon tomirlarda adrenoretseptorlarning ikki turi, ya’ni b–adrenoretseptor va v-adrenoretseptorlar borligi bilan izohlash mumkin. b-retseptorlarning qo‘zg‘alishi tomir mushaklarining qisqarishiga, tomirning torayishiga olib kelsa, v- retseptorlarning qo‘zg‘alishi tomirlarni kengaytirishga olib keladi. Noradrenalin ko‘proq b-adrenoretseptorlarga, adrenalin esa b- va v–adrenoretseptorlarga ta’sir qiladi. Ko‘pchilik qon tomirlarda retseptorlarning ikkala turi ham bor. Ammo ularning nisbati bir xil emas. Agar qon tomirda b-adrenoretseptor ko‘proq bo‘lsa, adrenalin uni toraytiradi, v-adrenoretseptor ko‘p bo‘lsa, aksincha kengaytiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, v- retseptorlarning qo‘zg‘alish bo‘sag‘asi b-retseptorlarnikiga qaraganda past. Demak, qonda adrenalin miqdori fiziologik nuqtai nazardan kam bo‘lsa, u faqat betta retseptorlarni qo‘zg‘atib, tomirlarni kengaytiradi. qonda adrenalin ko‘payib ketsa, b-retseptorlar ham qo‘zg‘aladi, natijada tomirlar torayadi. Bordiyu b- va v-retseptorlar birdan qo‘zg‘alsa, b-retseptorlarning qo‘zg‘alish samarasi ustun chiqadi, ya’ni tomir torayadi.
Qon aylanishni boshqarishda mahalliy mexanizmlarning roli katta. Ammo bu mexanizmlarning o‘zi qon aylanishini muhitning tez o‘zgarishlariga to‘la moslashtira olishmaydi. Bunga mahalliy mexanizmlar bilan bir vaqtda markaziy boshqaruv mexanizmlari ishtirok etganidagina erishish mumkin.
Tizim qon aylanishining boshqarilishi. Yurak va qon tomirlarning asosiy vazifasi qon aylanishini ta’minlab turishga zarur bo‘lgan bosim gradiyentini (farqini) ta’minlashdan iborat. Bunga organizm bir-biriga bog‘liq bo‘lgan periferik qarshilikni va yurakdan otilib chiqadigan qon miqdorini o‘zgartirish yo‘li bilan erishadi.
Sharoit o‘zgarishlariga qon aylanishining moslashishini vujudga kelish tezligiga qarab, 3 guruhga: 1) qisqa muddatli mexanizmlarga; 2) o‘rtacha muddatli mexanizmlarga va 3) uzoq davom etuvchi mexanizmlarga bo‘lish mumkin.
Qisqa muddatli boshqaruv mexanizmlari. Bu mexanizmlarga asosan reflektor yo‘l bilan vujudga keladigan quyidagi reaksiyalar: 1) baroretseptor reflekslar; 2) xemoretseptor reflekslar; 3) MAT ishemiyaga uchraganda paydo bo‘ladigan reflekslar kiradi. Bu reflekslarning hammasi juda ham tez, ya’ni bir necha lahzada vujudga keladi.
Baroretseptor reflekslar. Ko‘krak qafasidagi tomirlar va bo‘yin arteriyalari devorida juda ko‘plab baroretseptorlar yoki prossororetseptorlar joylashgan. qon bosimi oshib, tomirlar devori cho‘zilganda ular qo‘zg‘aladi. Eng muhim baroretseptorlarga aorta ravog‘i, karotid sinus va o‘pka arteriyasi kiradi. Aorta ravog‘ida joylashgan retsep-torlardan markazga intiluvchi chap depressor asab boshlanadi, karotid sinus retseptorlarini til-halqum asabining tarkibidagi sinokariotid asab MAT bilan bog‘laydi.
Baroretseptorlarda hosil bo‘lgan afferent impulslar uzunchoq miyaning kardioingibitor va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlariga yetib boradi. Bu impulslar simpatik markazlarni tormozlab, parasimpatik markazlarni ko‘zg‘atadi. Natijada tomirlarni toraytiruvchi simpatik tolalar tonusi pasayib, yurak urishi sonlari va kuchi kamayadi.
Baroretseptorlarni meyoriy arterial bosim ham ta’sirlanib turadi, ulardan MAT ga boradigan impulslar uzluksiz ravishda depressor ta’sir ko‘rsatadi. qon bosimi ko‘tarilganda biroretseptorlardan MAT ga intiluvchi impulslar soni oshadi, tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tormozlanishi kuchayadi. Natijada tomirlar yana ham kengayadi. Rezistiv tomirlarning kengayishi umumiy periferik qarshilikni kamaytiradi, sig‘imli tomirlarning kengayishi natijasida tomirlarning sig‘imini oshishiga olib keladi. Bularning har ikkovi ham qon bosimining pasayishiga olib keladi.
Xemoretseptor reflekslar. Qonda kislorodning miqdori kamayib, karbonat angidridning miqdori ko‘payganda xemoretseptorlarning qo‘zg‘alishi kuchayadi. Impulslar sonining oshishi nafas markazi bilan bir qatorda tomirlarni harakatlantiruvchi va yurakni boshqaruvchi markazga ham yetib keladi. Natijada qon tomirlarning torayishi, yurakning qisqarishlari kamayadi. Ammo, qon tomirlarning torayishi natijasida qon bosimini oshiruvchi samara yurak ishining salbiylashgani natijasida qon bosimini kamaytiruvchi samaradan ustunlik qiladi. Shu sababli ham qon bosimi ko‘tariladi - pressor refleks vujudga keladi.
Tomirlarning MAT ishemiyasiga sezgirligi. MAT ning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashsa, ya’ni ishemiya rivojlansa, uzunchoq miyaning tomirlarni harakatlanti-ruvchi markazi qo‘zg‘aladi, qon tomirlar torayib, qon bosimi ko‘tariladi, natijada qon oqimi tezlashadi va miyaning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi.
O‘rta muddatli boshqaruv mexanizmlari. Bu mexanizmlarni quyidagi omillar: 1) kapillyar orqali almashinuvning o‘zgarishi; 2) tomirlar tarangligining o‘zgarishi; 3) renin-angiotenzin tizimining faollashuvi ishga tushirishi mumkin. Aytib o‘tilgan omillar ta’sirida gemodinamika bir necha daqiqadan keyin o‘zgara boshlaydi, o‘zga-rishlarning rivojlanishi uchun soatlab vaqt kerak bo‘ladi.
Kapillyarlarda almashinuvning o‘zgarishi. Odatda kapillyarlarda bosimning ko‘tarilishiga arterial va venoz bosimning ko‘tarilishi sababchi bo‘ladi. Natijada suyuqlikning filtrlanishi kuchayib, tomirlardagi qonning xajmi kamayadi, arterial qon bosimi pasayadi. Aksincha, arterial bosim pasaysa, reabsorbsiya kuchayib, qonning xajmi oshadi, qon bosimi ko‘tariladi.
Bosim ko‘tarilishi natijasida tomirlar kengayib devori “yumshaydi” cho‘ziluvchanligi oshadi, qarshilik kamayib bosim tushadi. Tomirlardagi suyuqlik hajmi kamaysa, tomir devorlarining cho‘zilishi qiyinlashadi, natijada bosim ko‘tariladi. Shuning uchun ham tomirlardagi suyuqlikni xajmi salgina o‘zgarsa ham qon bosimi 10 - 60 daqiqada asli xoliga qaytadi.
Renin-angiotenzin tizimi. Renin enzimi buyrakning yukstaglomerulyar hujayra-larida sintezlanadi va saqlanadi, qonga o‘tib, angiotenzinogenni (b - globulin) parchalaydi va dekapeptid angiotenzin 1 ni hosil qiladi. Boshqa bir enzim ta’sirida angiotenzin I Angiotenzin II oktalepid angiotenzin II ga aylanadi. Bu mexanizmning ishga tushishi buyraklarning qon bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Buyraklarning qon bilan ta’minlanishi kamaysa reninning qonga o‘tishi kuchayadi. Juda kuchli bevosita tomir toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sirida buyrak, ichak va teridagi prekapillyar arteriolalar torayadi, yurak, miya va buyrak usti bezlari tomirlari kengayadi. Tizimning faolligi juda kuchayib ketsa, bu tomirlar ham torayadi. Bundan tashqarii, angiotenzin II markaziy va periferik simpatik tuzilmalarni ko‘zgatadi. Natijada periferik qarshilik va qon bosimi ko‘tariladi.
Renin-angiotenzin tizimining ta’siri juda kuchli bo‘lishi uchun 20 daqiqacha vaqt kerak bo‘ladi. Bu ta’sir so‘ngra susaymasdan uzoq vaqt davom etishi mumkin. Arterial bosim (yoki qon xajmi) patologik kamayib ketganda, renin-angiotenzin tizimning qon bosimini meyoriga tushirishda ahamiyati katta bo‘ladi. qonda renin-angiotenzinning miqdori oshganda tashnalik kuchayadi. Ko‘p qon yo‘qotgandan keyin tashna bo‘lishning sababi ham shunda.
Renin-angiotenzin tizimning kuchayishi ba’zan buyrakka aloqador giperten-ziyaning sababi bo‘lishi ham mumkin.
Uzoq muddatli boshqaruv mexanizmlari. Gemodinamikaning davomli boshqaruv mexanizmlariga: 1) buyraklarning suyuqlik xajmini o‘zgartirish jarayoni; 2) vazopres-sin va 3) aldosteronlar kiradi.
Buyraklarning suyuqlik xajmini o‘zgartirish. Qon bosimi ko‘tarilishi natijasida: 1) buyraklar orqali suyuqlik ajralishi ko‘payadi; 2) buning natijasida qon hajmi kamayadi; 3) qon xajmining kamayishi venalar orqali sistolik xajmning kamayishi qon bosimini meyoriga keltiradi. Qon bosimi kamayganda aksincha xodisa ro‘y beradi. qon bosimi salgina oshganda ham buyraklar orqali suyuqlik ajralishi sezilarli darajada ko‘payadi. Arterial bosimni ko‘tarilishini siydik ajralishini ko‘paytiradigan dorilar yordamida pasaytirish mumkin.
Vazopressin yoki antidiuretik gormon o‘rta va yuqori dozalarda tomirlarni (asosan arteriolalarni) toraytiradi. Ammo bu gormonning asosiy ta’siri buyraklarda suvning so‘rilishini ta’minlashdan iborat. Vazopressin suyuqlik hajmini boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. qondagi bu gormon miqdorining reflektor o‘zgarishlari tomirlardagi suyuqlik hajmi barqarorligini ta’minlaydi. Qon xajmi ko‘paysa vazopressinning qondagi miqdori 10-20 daqiqada kamayadi, buyraklarda suvning qayta so‘rilishi kamayadi, siydik hajmi oshib, tomirlarda qon hajmi kamayadi va bosim pasayadi.
Buyrak usti bezining aldosteroni buyraklarda NaQ ni qayta so‘rilishini tezlashtiradi, suv yo‘qotish kamayadi, qon xajmi ko‘tarilib bosim ko‘tariladi. Aldoteron tomirlarning silliq mushaklarini angiotenzin II ga sezuvchanligini oshiradi. Aldosteronning ta’siri bir necha soatdan keyin boshlanib, bir necha kun davom etadi. Aldosteronning qondagi miqdori xaddan tashqari ko‘payib ketsa, organizmda suv va tuzlar yig‘ilib qoladi, gipertenziya xolati rivojlanadi. Gormon yetishmovchiligi gipotoniyaga olib keladi.
Yuqoridagilardan ayonki gemodinamikani boshqarishda ishtirok qiladigan turli mexanizmlardan xech qaysisi faqat bir ko‘rsatkichga ta’sir qilmaydi. Ularning deyarli hammasi qaysi darajada bo‘lmasin yurakdan xaydalayotgan qon miqdoriga, qon oqimiga bo‘lgan umumiy qarshilikka, tomirlar sig‘imiga va ulardagi qonning xajmiga ta’sir qiladi. qon bosimi va hajm doimiyligini uch pog‘onadagi boshqaruv mexanizmlar ta’minlaydi. qon bosimining qisqa muddatli o‘zgarishlarini tomirlar tizimining xajmini o‘zgartiruvchi mexanizmlar meyoriga keltiradi. Bosimning o‘zgarishi davomli bo‘lsa, qon xajmiga ta’sir qiluvchi mexanizmlar ishga tushadi. Dastlab, qonda suv va elektrolitlar miqdori o‘zgaradi, keyin esa plazmadagi oksillar miqdori va shaklli elementlar soni ham o‘zgarishi mumkin.
MATning qon aylanishini boshqarishdagi ishtiroki. MAT ning hamma qismlari yurak-tomir tizimi faoliyatini boshqarishda ishtirok qiladi va ularning qon aylanishini boshqarishdagi o‘zaro munosabatlari juda murakkab. Ular tomirlar faoliyatiga bevosita, refleks yo‘l bilan yoki ichki sekretsiya bezlari orqali, ularning xolatini o‘zgartirib, ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy sharoitda bu ta’sirlarni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Agar bu jarayonlarni juda soddalashtirsak, qon aylanishini boshqarishda MAT ning ishtirokini 4 bosqichga bo‘lish mumkin. Eng pastki bosqichda orqa miya markazlari turadi. Bu markazlarning qon aylanishiga ta’siri orqa miya ko‘ndalang kesilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Agar kesim oxirgi bo‘yin segmenti va birinchi ko‘krak segmenti o‘rtasiga tushsa, hayvon mustaqil nafas olish imkoniyatini saqlab qoladi. Bunday hayvonning qon bosimi avvaliga keskin pasayib ketadi va spinal karaxtlik xolatiga tushadi. Keyin bosim asli xoliga qaytadi. Endi hayvonlarda qon aylanishini o‘zgargan sharoitga bemalol moslashishini kuzatish mumkin. Masalan, tomirlardagi qonning 25% tashqariga chiqarilsa, bosim sog‘ hayvonlarda kuzatiladigan tezlikda asli xoliga keladi. Bu moslashish reaksiyasini orqa miyadagi simpatik markazlar ta’minlaydi. Tabiiy sharoitda orqa miya markazlarining gemodinamikaga ta’siri unchalik sezilarli emas.
Miya stvolidagi markazlar qon oqishini boshqarishda yetakchi rol o‘ynaydi. Bu ikkinchi bosqichdagi markazlarni uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigida joylashgan tuzilmalar tashkil qiladi. Ulardan biri V.F.Ovsyannikov kashf etgan tomirlarni harakatlantiruvchi markazdir. Markaz shikastlanganda qon bosimi 60-70mm s.u. gacha pasayib ketadi. Demak, tabiiy sharoitda tomirlarni harakatlantiruvchi markaz doimiy tonusga ega bo‘lib, tomirlarni toraytirib turadi. Markaz pressor va depressor qismlardan tuzilgan. Pressor markazning qo‘zg‘alishi arteriyalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi, depressor markaz ko‘zg‘alganda arteriyalarni kengaytiradi va qon bosimini pasaytiradi. Miyaning stvol qismidagi markazlar organizm tinch xolatda bo‘lganda gemodinamikaning asosiy ko‘rsatkichlarini bir meyorda simpatik asablarni tonusini o‘zgartirish yo‘li bilan ta’sir qiladi. o‘z navbatida bu asablar tonusi tomirning refleksogan sohalaridan keladigan afferent impulslar ta’sirida o‘zgartirib turadi. Afferent impulslarning kuchayishi vazokonstriktorlar tonusini oshirib, tomirlarni toraytiradi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi markazga qo‘shni nafas markazidan va MAT ning yuqorigi qismlaridan keladigan impulslar ham ta’sir qiladi. Yuqorigi markazlardan birinchi galda gipotalamusning gemodinamikaga ta’siri kuchli. Miyaning bu qismi stvol qismidagi markazlarni uzluksiz nazoratda tutib turadi, ularning tonusi va reflektor faoliyatini o‘zgartirib, tana xududlari o‘rtasida qonni qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari, gipotalamus turli xissiyotlar (qo‘rqish, g‘azablanish, quvonch) bilan bog‘liq gemodinamika o‘zgarishlarini shakllaydi. Gipotalamus qon aylanishini boshqaruvchi mexanizmlarning uchinchi bosqichi bo‘lsa, to‘rtinchi eng yuqori bosqichi miya yarim sharlari po‘stlog‘idir. Bu yerda qon aylanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi sohalar bir nechta. Birinchidan, bu premotor va motor sohalar. Ularning qo‘zg‘alish pressor reaksiyalarni yuzaga chiqaradi. Yarim sharlarning medial yuzasidagi sohalar, peshona va tepa sohalarning bazal yuzasi ham ko‘zgalganda qon aylanishiga ta’sir qilib, bosimni pasaytiradi.
Miya po‘stlog‘i rejalashtirilgan xatti-harakatlardan oldin maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan gemodinamika o‘zgarishlarini shakllaydi. Bu muhim reaksiyalar VAT tomonidan boshqariladigan qon aylanishini somatik asablar yordamida idora etiladigan skelet mushaklarning faollik darajasiga moslashishini ta’minlaydi.
Faoliyat boshlanishidan oldin rivojlanadigan gemodinamika o‘zgarishlari shartli refleks yo‘li bilan yuzaga chiqishi mumkin.
Ba’zi a’zolarda qon aylanishining xususiyatlari. o‘pkada qon aylanishi. O‘pkada ikkala qon aylanish doirasiga aloqador tomirlar bor. o‘pkaning arteriya va venalari katta qon aylanish doirasi tomirlariga qaraganda ancha kalta va diametri kengroq. Yirik arteriyalarning devori ancha yupqa, silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan tipik arteriolalar o‘pkada uchramaydi. o‘pka kapillyarlari diametri tahminan 8mkm ga teng. Bu kapillyarlar bir-biriga ulangan bo‘lib, alveolalarni qalin to‘r kabi o‘rab turadi. o‘pka kapillyarlarining “funksional uzunligi” (alveola devori bilan chatishgan qismi) o‘rtacha 350mkm ga teng. qon bu masofani 0,7 - 1 sekundda bosib o‘tadi. Tinch xolatda o‘pka kapillyarlarining yuzasi 60m2 ni tashkil qiladi, jismoniy ish bajarganda yopiq alveolalar va kapillyarlar ishga tushib, bu yuza 90m2 ga yetadi.
Sog‘ odamning o‘pka arteriyasida sistolik bosim 20mm s.u. ga, diastolik bosim 8mm s.u. ga, o‘rtacha bosim esa 13mm s.u. ga teng bo‘ladi yoki aortadagi o‘rtacha bosimdan 5 - 6 marta kam. o‘pka kapillyarlarida o‘rtacha bosim 6,5mm s.u. ga teng. Kichik qon aylanish doirasining oxiri xisoblangan chap bo‘lmada bosim 5,5mm s.u. ni tashkil qiladi. Demak, bu doirada qon harakatini ta’minlovchi bosimlar o‘rtasida farq katta qon aylanish doirasining tegishli qismlaridagi bosimlar farqidan bir necha marta kam.
O‘pka qon tomirlaridagi qon oqimiga bo‘lgan qarshilik ham katta qon aylanish doirasi tomirlaridagidan 10 baravar kam. Yirik o‘pka arteriyalarida puls to‘lqinining tarqalish tezligi 1-2m.s. Bu ko‘rsatgichni katta qon aylanish doirasidagi arteriyalarni-kidan 3 - 5 marta kichik bo‘lishi o‘pka tomirlarining juda cho‘ziluvchanligiga bog‘liq.
Qon oqishining chiziqli tezligi o‘pka arteriyasida 18sm.s, (aortada 30-50sm s ni tashkil qiladi. Kapillyarlarda bu tezlik kamayadi va tizim qon aylanish kapillyar-laridagi tezlikdan sezilarli farq qilmaydi. o‘pka tomirlaridan oqib o‘tadigan qon miqdori (o‘pka perfuziyasi) gidrostatik bosimga bog‘liq. Katta yoshli odam o‘pkalarining cho‘qqisi odam tik turganda o‘pka arteriyasi asosidan 15sm baland. Shuning uchun o‘pka yuqori bo‘lagining arterial tomirlaridagi bosim gidrostatik bosimga teng. Bu sharo-itda o‘pka cho‘qqisidagi kapillyarlardan qon kam oqadi yoki oqmaydi. O‘pkaning pastki qismidagi tomirlarda gidrostatik bosim arterial bosimga qo‘shiladi va tomirlarni kengaytirib turadi. Demak, o‘pka tomirlarida qon oqishi notekis va tana xolatiga bog‘liq. O‘pka tomirlaridagi bosimga plevra bo‘shlig‘idagi va alveolalardagi bosimning o‘zgarishi ham ta’sir qiladi.
O‘pka qon tomirlaridagi qonning miqdori tahminan 450ml ga teng. Bu miqdorning 70ml kapillyalarda, qolgan qismi esa arteriya va vena o‘rtasida teng bo‘lingan bo‘ladi. o‘pka venalari juda cho‘ziluvchan bo‘lganidan ulardagi qonning miqdori 50% ga ko‘payishi mumkin. o‘pka tomirlaridan umumiy qon aylanishiga qisqa vaqt orasida 300ml atrofida qon o‘tadi.
Yurakda qon aylanishi. Miokardni chap va o‘ng toj arteriyalar qon bilan ta’minlaydi. Tinch xolatda bu tomirlardan daqiqada 250ml qon oqib o‘tadi. Jismoniy ish vaqtida miqdor 1250ml ga yetadi. Yurakning qon bilan ta’minlanishi aortadagi bosimga, yurakning urish tezligiga, vegetativ nervlarning ta’siriga bog‘liq. Ammo metabolik omillar toj tomirlarda qon oqishiga juda kuchli ta’sir qiladi.
Kislorod yetishmovchiligi toj tomirlarni kengaytiradigan juda kuchli omillardan biri xisoblanadi. qondagi kislorod miqdorining 5% kamayishi ham yurak tomirlarini kengayishiga olib keladi.
Yurak tomiridan qon oqishi uning ish sikliga bog‘liq. Sistola vaqtida yurak mushagi qisqarib, tomirlarni siqadi. Natijada chap toj arteriyasida qon oqishi butunlay to‘xtaydi, faqat diastola vaqtida miokard bo‘shashganda qon oqish tezlashadi. O‘ng toj arteriyasi sistola vaqtida ko‘p siqilmaydi, Bu tomir orqali qonning oqishi asosan aortada qon bosimining o‘zgarishiga bog‘liq.
Miokarda kapillyarlar soni nihoyatda ko‘p, deyarli har bir tolaga bitta kapillyar to‘g‘ri keladi. Kapillyarlardan o‘tgan qon miokarda chuqur joylashgan sinuslarda yig‘iladi. Miokarda ko‘p tomir bo‘lmagan kanallar ham bor (tebezi kanallari). Bu kanallar yurak bo‘shliqlariga bevosita ochiladi. Sistola vaqtida qonning yurak sinuslaridan va Tebezi kanallaridan oqib chiqishi tezlashadi.
SAT toj tomirlarni kengaytirib toraytirishi mumkin. Natija katexolaminlar-ning qondagi miqdoriga va ular ta’sir qiladigan retseptorlarga (b- yoki v-adreno-retseptorlarga) bog‘liq. PSAT toj qon tomirlaridan qon oqishni kamaytiradi.
Bosh miyada qon oqishi. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi boshqa a’zolarnikiga nisbatan ko‘proq. Yurakdan katta qon aylanish doirasiga chiqqan qonning 15% miya tomirlaridan o‘tadi. Miya tomirlarining adrenergik inervatsiyasi yaxshi rivojlangan. Bu esa tomirlarni keng chegarada kengayib torayishini ta’minlaydi.
Miyaga qon yumshoq miya pardasi tomirlaridan radial yo‘nalishda tarqalgan arteriyalar orqali o‘tadi. Arteriya va venalar o‘rtasida anastomozlar yo‘q kapillyar ochiq bo‘ladi. Kulrang moddada kapillyarlar soni oq moddadagidan ko‘proq. Miyadan o‘tgan qon qattiq miya pardasida sinuslar hosil qiladigan venalarga yig‘iladi.
Miya tomirlarining miogen o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi yaxshi rivojlangan. Bu tananing fazodagi xolati o‘zgarganda miya tomirlari orqali qon oqishining barqa-rorligini saqlashga imkoniyat tug‘diradi.
Jigarda qon aylanishi. Jigar ayni bir vaqtda arteriya va venadan qon oladi. Arteriya qonni jigar arteriyasi olib keladi, venoz qon esa qopqa vena orqali jigarga yetib keladi. qopqa venaga hazim tizimi a’zolari va taloqdan o‘tgan qon yig‘iladi. Demak, qopqa venadagi qon kapillyardan ikki marta: birinchi safar ichak, me’da va boshqa a’zolardagi kapillyardan, ikkinchi marta eca jigar parenximasidagi kapillyarlardan o‘tadi. qonning jigar kapillyarlaridan o‘tishi gepatotsitlarni ichakda so‘rilgan moddalar bilan ta’minlaydi, zaharli moddalarni zaharsizlantirish va organizmdan chiqarib tashlash uchun o‘ta muhim. Agar qopqa venadagi qonni jigardan o‘tkazmasdan, bevosita pastki kovak venaga oqizib yubirilsa hayvon tez kunda zaharlanib o‘ladi.
Qopqa vena va jigar arteriyasi jigar to‘qimalarida yoyilib, jigar bo‘lakchalarida sinusoid kapillyarlar hosil qiladi. Sinusoid kapillyarlarda qon juda sekin oqadi, bu moddalar almashunivi uchun qulay sharoit tug‘diradi. qopqa qon aylanishi sinusoid kapillyarlarning kirish va chiqish sfinikterlari ochilishi yoki yopilishi yo‘li bilan boshqariladi



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish