Immunitet.
Odam va hayvonlar organizmi evolyusion rivojlanish davomida ular ichki muhitini buzadigan yot moddalar va yuqimli kasallik tarqatadigan mikroorganizmga qarshi ko’rashadigan xususityatga ega bo’ladi. Bunday himoyalanish 2 xil nospetsifik va spitsefik mexanizm asosida amalga oshiriladi. Ular gumoral va to’qimaviy bo’lishi mumkin.
Nospetsifik mexanizmning ta'sir doirasi keng, u orqali organizm ilgari uchratmagan yot moddalarga ham qarshi kurishib zararsizlantirishi kuzatiladi (irsiy immunitet).
Spetsifik mexanizm ilgari tanish (ma'lum) bo’lgan zaharli moddalar, tanachalarga qarshi ko’rashish bilan xarakterlanadi, masalan, organizmga yuqumli kasallik agenti- antigen kiritilsa, unga nisbatan antitellalar hosil bo’ladi. Antetelalar antigenlarni neytrallaydi. Antigen yuqori molekulali oqsil yoki lipid vositachi tashigich bo’lib u o’ziga aynan olingan kasallikni yuzaga keltiradigan gapten guruhini biriktirgan bo’ladi. Antetellalar esa qon gamma - globulini bo’lib, uning yuzasida aynan olingan antigen gaptenini biriktirib oladigan chuqurcha bo’ladi. Bunday antitela kasallik antigeni bilan uchrashganda uni qulf kalit antigen, antitela degan mustahkam kompleks hosil qiladi.
Immunologik reaksiyalar nafaqat organizmga maxsus infeksion qo’zg’atuvchi yuborilganida hosil bo’ladi, balki qon quyish bilan organlarni ko’chirish bilan yot tanalar kiritilganida ham yuzaga keladi.
Nospetsifik gumoral immunitet qon plazmasidagi himoyalovchi moddalar lizotsimlar, interferonlar va propirdenlar tufayli sodir bo’ladi, ular tug’ma immunitet hosil qiladi.
Lizotsim so’lak, ichak, burun shillig’ida, ko’z yoshida ko’p bo’lib, fermentativ va mukolitik faollikka ega, ko’pgina bakteriyalarni zararsizlaydi, ko’paytirmaydi. U leykosit tarkibidan chiqadi.
Interferon - plazma globulinidir, u viruslarni yo’qotadi.
Trotserdin - oqsilsimon birikma bakteriya va viruslarni yo’qotadi.
Nospetsifik to’qimaviy immunitet granulatsitlar - monotsitlar, limfotsitlar va trombotsitlarning fagotsitarlik xususiyati bilan xarakterlanadi. Bunday hujayralar ichida lizosima fermentlari ko’p bo’lib, ular yot moddalarni eritib yuboradi (fagotsitoz I.I.Mechnikov).
Spetsifik to’qimaviy immunitetda asosiy vazifani immunokomponentli T-limfotsitlar o’ynaydi. Bunday limfotsitlar ayrisimon bezda hosil bo’lib qonga qo’shiladi. Ular antigenlar uchratganidan keyin antigenni parchalaydi. T-limfotsit antigen bilan membranasidagi maxsus oqsil retseptor bilan birlashadi.
Spetsifik gumoral immunitet tomoqdagi bodomsimon bezlar va limfatik tugunlarda hosil bo’ladigan -limfositlar orqali sodir bo’ladi. Ular antitelalar bilan uchrashishi bilanoq bo’linib ko’payadi, ulardan gumoral antigenlar ajralib chiqadi.
Orttirilgan yoki sun'iy immunitet embrion organizmiga esh orqali antitela o’tishidan yoki kasallangan odam va hayvonlardan tayyorlangan immuno globulinlarni bevosita vaksina ko’rinishida sog’lom kishi organizmiga ma'lum kasallikka nisbatan birlamchi immun javob hosil qilinadi. Kasallik tarqalib, uning antitelasi bevosita organizmga kirganidan keyin esa, unga qarshi ko’rashish faol tusga kiradi (organizm tayyor turadi).
Gomeastaz yoki qon ketishining to’xtatilishi organizmning evolyusion himoya reaksiyasi hisoblanadi. U qon tomirlarining torayishi va kesilgan tomirni yopib qo’yadigan quyqalar yuzaga kelishi bilan amalga oshiriladi. Umurtqasizlarga gemolimfaning oqib ketmasligi uchun asosiy ish teri-muskul qavat hosil qiladi (burishadi). Sut emizuvchilarda esa bu jarayonda qon tomirlari to’qimalari, qon plazmasi, trombotsitlar ishtirok qiladi. Yana bularda qon ivishiga ta'sir qiladigan maxsus biologik faol moddalar bo’ladi. Ba'zilarida ivishi tezlashsa, ba'zilarida esa sekinlashtiradi va hokoza).
Do'stlaringiz bilan baham: |