Qon plazmasi - to’qimalar orasidagi suyuqlik tarkibini bir xil saqlash, kerakli moddadalar transportirovkasini tashkil qiladi. Unda 90% suv, 7,8% oqsillar bor. Qon plazmasidagi oqsillar turli xil bo’lib (30 dan oshiq), ular qonga kolloidlik beradi va yopishqoqligini aniqlashda qatnashadi. Qon plazmasida o’rtacha 200-300—g oqsil bo’ladi, ular albumin, globulin ko’rinishida uchraydi. Albumin qon oqsillarining 60 % tashkil qilib, u o’zi bilan bilirubin og’ir metallarning tuzlarni, yog’ kislotalari, farmokologik moddalarni tashiydi. Bir molekula albumin 25-50 molekula belirubinni biriktirish xususiyatiga ega. Globulinlar 1, 2, 2 va - globulinlar xolida bo’ladi. globulinlarga glikoproteinlar, mukoproteinlar kiradikim ular glyukoza va mukopolisaxaridlarni (polisaxarid- sinovial suyuqlik, giporin- ²yog’lovchi sifatida²) tashiydi. globulinlar fosfolipidlar, xolesterin, steroid gormonlar, metal kationlarni traniportirovka qiladi. Bu xildagi globulin transferrin temirni transportirovka qiladi. - globulinlar organizmni zarali virus va mikroblardan himoya qiladi. Globulinlarga yana fibrenogen ham kiradi (u qon ivishida qatnashadi). Qon zardobi o’zida fibrinogenni bo’lmasligi bilan qon plazmasidan farq qiladi. Albumin fibrinogenlar jigarda, globulin jigarda, ilikda, taloqda, limfa tugunlarida hosil bo’ladi. Ovqatlanish me'yorida bo’lsa sutka davomida odamda 17 g albumin, 5 g globulin hosil bo’ladi.
Plazma oqsillari yordamida oziq moddalar, fermentlar, vitaminlar, gormonlar, mikroelementlar va moddalar almashinuvi mahsulotlari tashiladi.
Yana plazma oqsillari o’zlariga ko’p miqdorda past molekulali birikmalarni yopishtirib olishligi bilan osmotik bosimni bir xil saqlashda, limfa, siydik hosil bo’lishida va suvning so’rilishida faol qatnashadi.
Qonning shaklli elementlari barcha jonivorlarda bir xil tarqalmagan, masalan, eritrotsitlar ko’pgina umurtqasizlarda yo’q, leykotsitlar esa barcha ko’p hujayralilarda bor (gemolimfada ham bor bo’lgan tanacha). Trombotsitlar ba'zi bir umurtqasizlarda bo’lib, umurtqalilarda takomillashadi. Qushlarda qon plastinkalari bo’lmaydi.
Eritrotsitlardagi nafas olish pigmenti gemoglobin O2 va SO2 tranportirovka qiladi. Baliqlar, amfibiya, repteliya va qushlarda eritrotsitlar yadroli, tirik, sut emizuvchilarda yadrosiz. Ular elastik bo’lib, diametri tor bo’lgan kapilyarlardan cho’zilib o’tish xususiyatiga ega. Ularning umumiy yuzasi odamda 3800 m2 (tanasidan 1500 marta katta). Eritrosit membranasi orqali suv, gazlar, N+ ioni, ON- anionlari o’tib, ko’pgina kationlar va oqsillar o’ta olmaydi. Eritrositlarning kuruq qoldig’ida 95% gemoglobin, qolganlari lipid, uglevod, tuzlar va fermentlardir. Eritrotsitning yorilib, gemoglobin chiqishi gemoliz deyiladi. Eritrotsitlarning soni muhit, sharoitga qarab o’zgarib turadi. Eritrotsitoz (ko’payishi), anemiya (kamayishi). Odamda oqib turgan qondagi eritrotsitlar soni 25·1012 -30·1012 gacha. Vazifalari: 1) O2 vaSO2 tashish; 2) oziq moddalarni (oqsillarni) biriktirib olib tashiydi; 3) organizmda kislorta-ishqor nisbatini bir xil saqlash; 4) suv-tuz almashinuvida qatnashadi; 5) zaharlarni biriktirib immunitet jarayonida ishtirok qiladi. 6) qon ivish jarayonini faollashtirishda qatnashadi. Eritrotsitlarda mavjud bo’lgan oqsillardan gemoglobin muhim ahamiyatga ega bo’lib, u barcha umurtqalilar va ayrim umurtqasizlar (chuvalchanglar, yumshoqtanlilar, bug’imoyoqlilar, ignatanlilar) qonida uchraydi. Bitta eritrotsitda 400 mln gemoglobin molekulasi bo’ladi. Uning tarkibi oddiy oqsil globin va oqsilsiz pigment-gemdan iborat (gemoglobinning molekulyar massasi 64500 ga teng). Gemoglobin oqsillari albuminsimon bo’ladi va turli hayvonlarda u o’zining aminokislotalari turi bilan farq qiladi. Gemoglobin tarkibida 2 valentli G’e- bo’ladi. 1 g gemoglobinda 3,5 mg temir elementi bo’ladi. O2 va SO2 tashilishida asosiy funksiya gemoglobinga tegishlidir. Odam qonida gemoglobin miqdori -14,0 g/100 sm3 .O’rtacha 65 kg odamda tanasida 600 g gemoglobin bo’ladi. O2 bilan birikkan gemoglobin (NO2) oksigemoglobin deyiladi. Oksigemoglobin ochiq rangli. Shuning uchun arterial qon aynan shu rangda bo’ladi. O2 dan ajralgan gemoglobin dezoksigemoglobin deyiladi va qoramtir qizil rangda bo’ladi (venoz qoni) SO2 bilan birikkan gemoglobin karbogemoglobin deyiladi. Gemoglobin SO bilan ancha barqaror birikma hosil qiladi (O2 vaN ning yaqinligiga nisbatan SO va Nv yaqinligi 300 marta kuchli ) va bunday birikma O2 tashilishi uchun yaroqsiz. Shuning uchun bunday paytda kislorodga nisbatan kuchli chanqoqlik paydo bo’ladi (qusish, bosh og’rig’i, xushdan ketish).
Yurak va tana muskullarida yana bir pegment-mioglabin bo’lib, u o’zidan O2 saqlab turish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu muskullar qisqarib turganida aynan shu O2 hisobidan foydalaniladi (oksidlanish uchun).
Eritrotsitlar ma'lum cho’kish reaksiyasiga ega (plazmaga nisbatan solishtirma massasi yuqoriligi uchun). Erkaklarda bir soatda 5-9 mm, xotin qizlarda 8-10 mm. Homiladorlik, tanadagi yallig’lanish bu jarayonni tezlashtiradi. Kuchli jismoniy mashq bu protsessni sekinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |