Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlarining ichki sekretsiyasi.
Qalqonsimon bez qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan 1 minutda bez o’zidan massasiga qaraganda 3-7 marta ziyod qon oqib o’tadi. Agar yosh bolada bez gipofunksiyasi kuzatilsa (gipoterioz kretinizm), tana a'zolarining disroporsiyasi, jinsiy yetishmaslik holatlari paydo bo’ladi. Bunday odamning og’zi doim ochiq bo’ladi. Chunki, tili me'yordan katta bo’ladi. Katta odamlardagi gipoterioz miksedemaga olib keladi. Ularda asosiy almashinuv 30-40 % kamayib, tana massasi to’qimalararo suyuqlikning ko’payishidan oshib ketadi. Miksedemada oqsillar almashinuvi buzilib to’qimalarda albumin ko’payadi, ular ko’p miqdordagi suvni ushlab qoladi, shishlar (atek) paydo bo’ladi. Natijada fikrlash, gapirish sekinlashadi, yuz, ko’zlar shishadi, jinsiy qobiliyat pasayadi, tana harorati pasayadi. Suv, tuproq, o’simliklarda (tog’li rayonlarda yod kam o’lkalarda) istiqomat qiladigan odamlarda bu hol tez-tez uchraydi, bunda bez shishib kattalashadi, lekin sekretsiya kamayadi. Bunday o’lkalarda tuzga yod qo’shish bilan buqoq oldi olinadi. Bezning giperfunksiyasi (giperterioz) Bezedov kasalligiga olib keladi (bez kattalashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, harorat ko’tariladi, yurak tez uradi, kuchli qo’zg’aluvchanlik sodir bo’ladi, ko’z chaqchayadi va hakozo).
Bezdagi gormon ishlab chiqaruvchi to’qimalar tarkibida yod konsentratsiyasi qon plazmasidan 300 marta oshiq. To’qimada yodning o’z konsentratsiyasi gradientiga qarshi holda o’tishi uchun maxsus «yodli nasoslar» bo’lib, ularda ko’p miqdorda ATF parchalanadi (faol transport bo’lishi uchun ATF energiya beradi). Yod bez gormonining sintezlanishi uchun kerak ekan, agar u yetishmasa gormon ishlab chiqaruvchi to’qimalar o’sib bez kattalashadi. Bezdan asosan ikki xil gormon ajraladi - triyoditironin va tiroksin. Tiroksin qonda u yerdagi oqsillar bilan birikkan va birikmagan (erkin) holda bo’ladi. Fiziologik ta'surotni erkin holda ishtirokini bajaradi (uning miqdori umumiy tiroksin miqdorining 0,1% tashkil qiladi. Bog’langan (birikkan) tiroksin esa erkin tiroksin kamayishi bilan peshma-pesh o’zidan erkin tiroksin ajrataveradi. Triyodtironning tiroksinga nisbatan juda faol, lekin uning miqdori kam tiroksinga nisbatan 20 marta kam. Bu gormonlar organizmga yuborilsa ma'lum vaqt o’tishi bilan (12 soat triyodtiroksin, 24 soat tiroksin) moddalar almashinuvi kuchayib ketadi. Bunda mitoxondriyalarda yuz beradigan oksidlanish ancha kuchayib, natijada to’qimada energiya almashinuvi oshib ketadi. Natijada organizm tomonidan ko’p kislorod sarflanib, ko’p SO2 chiqariladi, u kislorod kamchiligiga chiday olmaydi, tanadan ko’p issiqlik ajratiladi, tez charchaydi. Oqsil, yog’, karbonsuvlar parchalanishi kuchayib organizm oriqlab keta boshlaydi, yog’, glyukogen va oqsillar zahirasi kamayib, siydikda mochevina ko’payib ketadi. Gormonning ta'siri natijasida kuzatiladigan energiya almashinuvi kuchayishi asosan to’qima mitoxondriyalaridagi oksidlanishning kuchayishi tufayli bo’lganligi uchun u effektli bo’lmaydi. ATF hosil bo’lishi kamayib ketadi.
Qalqon bezdan yana yodi bo’lmagan trikalsitotsin gormoni ham ajraladi, u tanada kalsiy miqdorini me'yorda saqlaydi. Yodli gormonlar bezning follikulyar to’qimalaridan, trikalsiytotsin esa porofillikulyar to’qimalari tomonidan sintez qilinadi. Qalqonsimon bez gormonlari organizmni har xil sharoitlarda moslashtirish adaptatsiya uchun ham xizmat qiladi.
Qalqonsimon bez oldi bezlari odamda 2 juft bo’lib, umumiy massasi 100 mg. Ular olib tashlanganidan bir necha kun o’tishi bilan itlarda tana muskullari tortishib qaqshaydi (sudorga yoki tetaniya). Nafas muskullarining tortishib qolishidan, hayvon bunday operatsiyadan keyin o’ladi. Tetaniya holatining paydo bo’lishi qon va orqa miya suyuqligida Sa moddasining kamayib ketishi natijasida bo’ladi. Demak, bu bez gormonlari Sa almashinuvini boshqarib borar ekan. Bezning gipofunksiyasi har doim tetaniya paydo qiladi. MNS-ning qo’zg’aluvchanligini oshirib yuboradi. Bez giperfunksiyasida qonda Sa ko’payib, suyak to’qimalari yemirilib ketadi (osteoporoz), muskullar kuchsizlanadi, bel, oyoq, qo’llar qaqshab og’riydi.
Bu bezlarning gormonlarini paratgormonlar deyiladi. Bu gormonlar suyakdan Ca ni qonda kuplab chiqaradi (9-11 mg % Sa o’rniga qon plazmasida 18 % Sa bo’ladi), u siydik bilan ajralib chiqa boshlaydi. Oshqozon osti bezining Langergans orolchalaridagi to’qimasi ichki sekretorlik vazifasini bajaradi. XIX asrdayoq bu bez olib tashlanganidan keyin itlar siydigida shakarning ko’p ajralib chiqishi aniqlangan. Bunday hayvon ko’p suv ichadi, oriqlab ketadi, ko’p ovqat yeydi. Odamdagi shakarli diabet aynan shunday simptomlarga ega bo’lgan (giperglikemiya), qonda shakar miqdori 200 mg % gacha oshadi (me'yorda 100-120 mg %) bu vaqtda buyraklardagi tanachalar shakarni birlamchi siydikdan reabsorbsiya qilmaydi va siydikdagi shakar ko’p ajraladi (glyukozuriya) natijasida organizm suvsizlanib ko’p suv ichiladi (polidipsiya). Karbonsuvlarning foydasiz holda ko’p chiqib ketishi o’z navbatida tanada oqsil va yog’larni kuchli parchalanishiga olib keladi. Bu oziq moddalari (oqsil, yog’) oxirigacha parchalanmaganligi tufayli qonda ketonli moddalar oqsil, yog’ va atsetosirka kislotalar ko’payib, uning reaksiyasi kislotali tomonga oqadi (alsidov). Bunday paytda organizm diabet koma (og’ir bexushlik) nafas olish va qon aylanish buzilishiga olib keladi (o’lim).
Bezning Langergans orolchalari uch xil α, β, γ to’qimalardan iborat, shundan β to’qimalar insulin γ to’qima somotostatin gormonlari ajratadi. Bu hujayralardan yana lipokain, vagatanin, sentropnin gormonlari ajralishi aniqlangan. Insulin polipeptid bo’lib, kesilgan pankreasdagi mavjud tripsin ta'sirida tez parchalanadi, shuning uchun uni uzoq vaqtlar toza ajratib olish qiyin bo’lgan. U toza holda 1922 yilda Banteng va Best tomonidan ajratib olingan, shakarli diabetga uchraganlarning (yer shari bo’yicha taxminan 30 mln. aholining) joniga insulin oro kirmoqda. U sun'iy yo’l bilan sintez qilib olingan birinchi gormondir. Insulin ko’pgina umurtqasizlarda ham uchraydi, uning ta'sirida qondagi glyukozaning muskul va yog’ to’qimasiga o’tishi 20 marta oshadi. Insulinga aynan to’qima membranasining glyukoza o’tkazuvchanligini kuchaytirar ekan. Glyukoza to’qimaga kirib glikogenga aylanadi, yoki oksidlanib va fosforlanish tufayli utilizatsiya qilinadi. Yog’ to’qimasida o’tgan glyukozadan yog’ sintezlanishi yuzaki keladi. Insulin yuborilishi natijasida muskullar yog’ to’qimalariga glyukozaning shiddat bilan o’tishi MNS - uni kamaytirib yuborib gipoglikemik komaga (xushidan ketish) ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun shakarli diabetik uchratishlarga insulin yuborishda ehtiyotlik kerak.
Glikogen jigarda glikogendan glyukoza hosil qiluvchi ferment fosforilazani faollashtiradi va shu yo’l bilan qonda glyukoza miqdorini oshiradi (glikogenolizni kuchayishi). Yana u bir vaqtning o’zida jigarda aminokislotalardan glikogen hosil bo’lishini ta'minlaydi (glikoneogenez) va yog’ni parchalaydigan jigar lipazasini ham faollashtiradi. U miokard qisqarishini kuchaytiradi.
Oshqozon-ichak tizimining gormonlari peptidlar hisoblanadi, ulardan eng yaxshi o’rganilganlari gastrin, sekretin va xolitsistokinindir (pankreazimin). Yana bu yerda glikogen ham sintez qilinadi (enteroglikogen). Oshqozon ichaklardan ajraladigan gormonlarni enterin gormonlar deyiladi (A.M.Ugolev), hali ularning ko’plari yaxshi o’rganilmagan. Enterin gormonlarning ta'siri asosan oshqozon-ichak motorikasi va sekretsiyasini kuchaytirishdir. Masalan, gastrin ta'sirida fundal qismidan xlorid kislota ajralishi kuchayadi. Sekretin va xolitsistokinin esa pankreas ekzosekretsiyasini kuchaytiradi (sekretin me'da osti shirasini kuchaytirsa pankreazimin fermentlarni ko’paytiradi). Enterin gormonlar umurtqalilar va umurtqasizlarda, molyuskalardan ham topilgan.
Periferik a'zolar va to’qimalar gormonlari ular alohida olingan bez yoki to’qimalar to’plami tomonidan sintezlanmaydi, mediatorlarga o’xshab ajralib turadi, ancha faol. Ularga kapilyar misol bo’la oladi. Ular silliq tolali muskullarni qisqartiradi (bronxlar, qon tomirlari, ichaklardagi). Kininlarga ter suyuqligi ajralishida paydo bo’ladigan bradikinin kiradi, u qon tomirlarini toraytirib termoregulyasiyada ishtirok qiladi. Prostoglandinlar dastlab prostata bezi va urug’donlardan topilgan, gormonlar ta'sirini yaxshilaydi. Buyraklarda eritropoetin topilgan, u eritrotsitlar hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Serotonin gipotalamus va epifizning nerv hujayrasi va oshqozon-ichak sistemasidan ajraladi, ta'siri tomirlarni toraytirish. Uni xulq-atvorni belgilovchi gormon deb qarashadi. Yana termoregulyasiyada va oshqozon-ichak motorikasini boshqarishida qatnashadi. Gistamin oshqozon-ichak trakti, gipotalamus va epifizda topilgan, qon tomirlarini kengaytiradi, silliq muskullarni qisqartiradi, me'da shirasida xlorid kislota miqdorini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |