Jinsiy bezlar.
Jinsiy bezlar yoki gonadlarda jinsiy hujayralar va jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi (ikki xil funksiya bajaradi). Turli xil hayvonlarda jinsiy hujayralarning yetilishi ko’payish bir-biridan farq qiladi, masalan baliqlar, amfibiya, reptiliya hamda qushlarda embrion rivojlanishi uchun zarur sariq qism tuxum ichida mavjud bo’lib undan foydalanish ona tanadan tashqarida bo’ladi, sut emizuvchilarda esa bunday jarayon bachadonda bo’ladi. Embrion rivojlanishida faol qatnashadigan gormonlar, steroidlar 2 gruppaga bo’linadi: ekstrogenlar va antrogenlar. Shulardan birinchi xotin-qizlar gormoni (estrodeon, estron va progestrom) (yunoncha oestrus-kuyikish, yunoncha-andras-erkak), erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) deyiladi. Har ikkala gormon ham erkaklarda, ham ayollarda ajraladigan (siydik tekshirilib aniqlanadi), lekin ularning miqdori turlicha. Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyat bola tug’ish bilan bog’liq davrlarni yuzaga keltirish, ikkinchi tartibi jinsiy belgilarni paydo qilish bilan xarakterlanadi (jinsiy sikllar, laktasiya, homiladorlik, jinsiy uyg’onish va boshqalar).
Jinsiy bezlarni olib tashlash - bichish ko’pincha chuqur fiziologik o’zgarishlarga olib keladi (Hayvonlar, odamlar hayotidan-qullarni bichish xaram og’asi uchun). Jinsiy yetishishgacha va jinsiy yetishishdan keyingi bichish turli o’zgarishlarga olib keladi (misollar keltirish). Interseksual nost-erkaklarda ayollik gormonining me'yoridan ziyod bo’lishi tufayli ayollik alomatlari (xulq aktvorda), ayollarda esa bunday paytlari erkaklik alomatlarining hosil bo’lishi. Jinsiy gormonlar xolestirin va dezoksikortikostriondan hosil bo’ladi.
Jinsiy bezlar faoliyati markaziy nerv sistemasi va gipofiz bezi orqali boshqarib boriladi (kuchli his-tuyg’u, qo’rqish jinsiy siklni buzadi). Gipofizdan ajraladigan gormonlar o’z navbatida (folikulotrop, metotrop, prolakton) jinsiy gormonlarning ajralishiga va urug’, tuxum hujayralarining pishib yetilishiga olib keladi. Jinsiy yetishish davrida gipofiz olib tashlansa jinsiy taraqqiyot yuzaga kelmaydi, jinsiy qobiliyat paydo bo’lmaydi.
Buyrak usti bezlari. Ular ham morfologik ham funksional jihatdan bir-biridan farq qiladigan po’stloq va mag’iz qismlaridan iborat. Miyasimon qism xromorfin to’qimalardan iborat. Bunday to’qimalar tanada yana boshqa organlar tarkibida ham uchraydi, shuning uchun ular ishlab chiqaradigan gormonlar (adrenalin va noradrenalin) bez olib tashlansada qonda ancha muncha mavjud bo’ladi. Adrenalin aminokislota tirozinning hosilidir, noradrenalin esa mediator bo’lib, simpatik tolalar uchidan ajralib chiqadi, dimetiladrinalindir. Bu gormonlar «katixolamin» nomi bilan yuritiladi.
Adrenalin moddalar almashinuviga faol ta'sir qilib, glikogen parchalanishini kuchaytiradi (insulinning antogonisti). Uning ta'sirida muskullarda glikogenoliz kuchayadi. Bu jarayon pirouzum va sut kislotalarining oksidlanishi, hamda glikoliz sodir bo’lishi bilan xarakterlanadi. Glikoliz-uglevodlarning (glyukoza) anaerob shaproitda parchalanishi (sut kislotasi) hosil bo’ladi. Jigarda glikogendan glyukoza hosil bo’lib, qonda glyukoza ko’payib ketadi. Muskullar ishlashi uchun sharoit yaratadi. Adrenalin yurak urishini kuchaytiradi, unda o’tkazuvchanlikni yaxshilaydi. U oshqozon-ichaklar harakatini kamaytiradi, ayniqsa peristaltik va mayatniksimon kisqarishlar tamoman yo’qoladi, ko’z qorachig’ini kengaytiradi. Adrenalin qo’shimcha yuborilsa muskullar qisqarishi kuchayadi. Shuning uchun uni ektrimal holatlarga organizmni moslashtiruvchi gormon ham deyiladi. Noradrenal ko’pincha adrenalinga o’xshab ta'sir qiladi. Lekin farqi ham bor, masalan u sistolik va diastolik bosimlarni ham oshiradi (adrenalin faqat sistolik bosimini orshiradi), kalamush bachadoni muskulini qisqartiradi (adrenalin kengaytiradi). Kuchli jismoniy nagruzka va emotsional holatlar adrenalin ajralishini kuchaytiradi.
Po’stloq qism uch qavatdan iborat bo’lib, 50 dan ortiq kartikosteronlar ajratib olingan, shulardan 8 tasi fiziologik faol hisoblanadi. Uning gomonlari uch guruhga bo’linadi. Mineralokartikoidlar - aldosteron, dizoksikartikosteron, glyukokortikoidlar - gidrokartizon, kartizon va kartikosteron, jinsiy gormonlar androgenlar, estrogenlar, progestronlar.
Mineralokartikoidlar tanada mineral moddalar almashinuvini (birinchi navbatda plazmadagi natriy va kaliy miqdorini boshqaradi). Ulardan eng faol aldosteron bo’lib, u kuchli terlash vaqtida ko’plab natriy ajralib chiqishining oldini oladi (buyraklar va teriga ta'luqli ferment tizimini faollashtirish yo’li bilan). Hayvonda bu bez olib tashlanganidan keyin ko’p miqdorda natriyni yuqotish tufayli organizm halok bo’ladi. Glyukokortikoidlar oqsil, karbonsuv va yog’lar almashinuviga kuchli ta'sir qiladi. Glyukokortikoidlar ta'sirida aminokislotalarda dizaminlanish bo’lib, ularning azotsiz qismidan glyukoza hosil bo’ladi (glikoneogeniz) va qonda glyukoza ko’payadi. Bir vaqtning o’zida jigarda glikogen miqdori ko’pligicha saqlanib qoladi, chunki oqsil hisobidan glyukoza hosil bo’ladi (glyukoneogenez) va qonda glyukoza ko’payadi. Agar oraganizmga qo’shimcha gidrokortizon yuborilsa oqsil parchalanishi yuqoridagi yo’l bilan kuchayib manfiy azot balansi vujudga keladi. Glyukokortikoidlar ta'sirida yog’ depolaridagi yog’ sarflanishi ham kuchayadi. Ular MNS qo’zg’alishni kuchaytirib uyqusizlik holatlarini, hayajonlanishni keltirib chiqaradi. Glyukokortikoidlar ko’p yuborilsa muskullar atrofiyalanishiga olib keladi, ajinlar ko’payadi. Har xil ekstremal holatlarda (sovuq, issiq, ruhiy ezilish va boshqalar) glyukokortikoidlar ko’payib ketadi. Bu vaqtda yana katexolaminlar ham ko’payadi. Bu yerda asosiy rolni gipofizning oldingi qismidan ajraladigan AKTG bajaradi.
1. Davrda AKTG koyekolaminlar va genomokortikoidlar ko’payadi.
2. Davr rezistentlik yuqori darajadagi gormonlar organizmlar rezistentligini oshiradi.
3. AKTG, glyukokortikoidlar kamayib holdan toyish davri boshlanadi.
Jinsiy gormonlar bolalarda jinsiy yetishishini ta'minlaydi. Jinsiy yetishish davriga kelib ularning ahamiyati biroz kamayadi, lekin keksarib (klimaks holatidan keyin) qolganda jinsiy gormonlar asosan po’ltoq qismidan ishlab chiqarib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |