1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet30/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

7-M a ' r u z a
Oliy nerv faoliyati
R e j a:

  1. I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ma'lumoti.

    1. I.M.Sechenovning ruhiy faoliyatni tushunish haqidagi fikrlari.

    2. Oliy nerv faoliyatini o’rganishda I.P.Pavlovning eksperiment metodi.

    3. Shartli reflekslarni o’rganish usullari.

    4. Shartli reflekslarning shartsiz reflekslardan farqi.

  2. Shartli reflekslarning hosil bo’lishi.

    1. Shartli refleks hosil bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar.

    2. Vaqt shartli qitiqlagich.

    3. Shartli reflekslar klassifikatsiyasi.

Oliy nerv faoliyati deganda bosh miya ishlashining qonuniyat va mexanizmlari nazarda tutiladi. Oliy nerv faoliyati tufayli organizm va tashqi muhit orasida bog’lanish tug’ma va orttirilgan reflekslar yordamida amalga oshirib boriladi. Oliy nerv faoliyati haqidagi tushunchani dastlab ob'ektiv holda tushuntirgan olim I.M.Sechenov bo’lib, akademik I.P.Pavlov unga ancha aniqlik kiritdi, rivojlantirdi. Lekin sovet davrida unga o’ta katta e'tibor berildi, har qanday hayotiy jarayonlarni shartli reflekslarsiz tushunib bo’lmaydi degan fikrlar ham tarqaldi. 1863 yili I.M.Sechenovning "Bosh miya reflekslari" degan mashhur asari bosmadan chiqdi va unda ilk bor psixik (ruhiy) faoliyatning reflektor tabiati ilmiy tadqiqotlar bilan har tomonlama isbotlandi. Uning ta'kidlashicha, har qanday fikr, ta'sirlanish o’z-o’zidan bo’lmasdan, ma'lum fiziologik qitiqlanish oqibatida sodir bo’ladi. I.M.Sechenov ishlariga qadar reflektor faoliyat faqat markaziy nerv tizimining pastki qatlamlariga mansub narsa, bosh miya esa fiziologik jihatdan o’rganib bo’lmaydigan ilohiy jarayonlar sodir bo’ladigan a'zo deb qarashgan. I.M.Sechnikov esa barcha psixik jarayonlar fiziologik jihatidan tahlil qilinishi kerak, degan ilg’or g’oyani oldinga surdi. Olimning aytib o’tilgan asarida yosh boladagi axloq taraqqiyotida tugma reflekslarning katta odamlarda qanday qilib murakkablashib borishini dalillar bilan ko’rsatiladi.
Bosh miya faoliyatidagi reflektor prinsip u yaratgan markaziy tormozlanish, izda qolish hodisasi, pog’ona osti kuchlarining summatsiyasi va elektr faoliyatidagi ritmlilik qonuniyatlarida to’liq ta'kidlangan (ushbu qonuniyatlarni qisqacha ta'riflab berish).
I.M.Sechenov ishlari inson ruhiyatini, psxikasini ob'ektiv tushunishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. U qo’lga kiritgan yutuqlar oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limotning yuzaga kelishida ilmiy asos bo’lib xizmat qildi.
Ma'lumki, I.P.Pavlov o’zining ilmiy tadqiqotlarini asosan ovqat hazm bo’lishiga bag’ishladi. So’lak ajralish jarayoniga psixik (ruhiy) holatlarning ta'siri borligini sezganidan keyin bu holat uning ONF fiziologiyasi bo’yicha ishlari uchun turtki bo’ldi. Ovqatni ko’rish, hidini sezish, idish-tovoqlar tovushining so’lak va me'da shirasini ajratishi kuchaytirishni I.P.Pavlov ilk bor reflektor jarayon deb tushuntirdi. Uning ishlarida bir butunlilik va "nervizm" prinsiplariga asosiy e'tibor beriladi (batafsil tushuntirish kerak).
I.P.Pavlov laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar bosh miya funksiyasini fiziologik nuqtai nazardan o’rganish lozimligini va hech qanday alohida psixologik jarayon bo’lmasligini ko’rsatdi. I.P.Pavlovning ovqat hazm bo’lishi va qon aylanishi bo’yicha olib borgan ishlari oqibatida refleks prinsipi bosh miya va uning po’stloq qismi faoliyati bilan bog’liq psixologik jarayonlarni tushuntirishda asos bo’lishi isbotlandi, ko’pgina qarama-qarshiliklarga uchradi. Olimlar psixologik so’lak ajralish fiziologiya predmeti emas, uni psixologik usullar bilan o’rganish kerak deb chiqishdi. I.P.Pavlov eksperiment o’tkazib so’lak ajralishi tug’ma emas, u hayot jarayoni davomida hosil bo’lishini ta'kidladi. Ovqat berilishi bilan, ovqat olib keluvchining borib kelishi bir necha bor birgalikda takrorlanganidan keyin psixologik so’lak ajralish yuzaga keladi. Bu narsa tegishli nerv markazlari orasida yangicha bog’lanish (vaqtincha bog’lanish) hosil qiladi va u hosil bo’lgan refleksni shartli refleks deb atadi.
I.P.Pavlov yaratgan reflekslar nazariyasi uchta asosiy prinsipga asoslanadi: 1) determinizm - bosh miyadagi har qanday jarayon organizmda va uning tashqarisida sodir bo’ladigan ma'lum moddiy o’zgarishlar natijasidir. 2) tarkib prinsipi, ya'ni, bosh miya funksiyasi uning butunligi (tarkibi bilan bog’liq). 3) analiz va sintez prinsipi I.P.Pavlovning ishlari shogirdlari tomonidan rivojlantirildi (P.S.Kupalov, E.A.Aoratiyan, P.K.Anoxin, A.A.Orbeli, D.A.Bryukov, P.G.Voronin, K.M.Bekov, V.N.Chernigovskiy va boshqalar).
Shartli reflekslar katta biologik ahamiyatga ega (tashqi muhit sharoitiga moslashish, ovqat topish, xavf-xatarlardan qutulish va boshqalar asosida shartli reflekslar yotishini tushuntirish).
Hozirgi paytda shartli reflekslar elektrofiziologik, biokimyoviy, gistologik usullar qo’llanilgan holda hujayra sathida o’rganilmoqda. Bu holat bosh miyaning o’rganilmagan sirlarini ochishda yaqindan yordam beradi.
Shartli reflekslar ichkaridan va tashqaridan beriladigan qitiqlagichlarga ta'sirchan bo’lganligi uchun I.Pavlov ularni o’rganish uchun maxsus kameralar yasab tekshiruvchi va tekshiriluvchi ob'ektlarni bir-biriga xalaqit qilmasligini alohida ta'kidladi (shartli kamera haqida ma'lumot berish).
Shartli signal shartsiz signaldan 1-5 sekund oldin berilishi kerak (refleks hosil bo’lishida). Refleks mustahkamlanganidan keyin esa bu vaqt 8-10 sekunddan 20-30 sekundgacha. Keyingi yillarda I.P.Pavlov yaratgan shartli refleks hosil bo’lishining klassik usuli bir qator tadqiqotchilar tomonidan elektrofiziologik usullar qo’llanilishi bilan rivojlantirildi. (M.N.Livanov, A.B.Kogan, A.I.Roytbak, Yu.K.Krotin), (slayda va chizmalar yordamida mikroelektrodlar tayyorlash, shartli reflekslar va yozuvini tushuntirish).
Shartsiz reflekslar tug’ma va nasldan-naslga beriladi, ancha turg’un bo’ladi. Shartli reflekslar hayot jarayoni davomida hosil bo’ladi, nasldan-naslga berilmaydi, bir qator shartli reflekslar hosil bo’lishida bosh miya yarimsharlari po’stlog’ida shartli va shartsiz qitiqlagichlar markazlari orasida yangicha bog’lanish (vaqtincha bog’lanish) hosil bo’ladi.
Shartsiz reflekslar ma'lum vaqt o’tishi bilan shartli reflekslarga aylanishi mumkin, masalan qush bolasini boqishda daraxt shoxining silkinishi, dastlab himoya refleksini yuzaga keltiradigan shartsiz qitiqlagich bo’lsa, bu holatning ko’plab takrorlanishi silkinishni shartli qitiqlagichga aylantirib qo’yadi). Ba'zi bir olimlar esa bu instinksiv holat deb ham tushuntiradi (instinkt -- shartsiz va shartli reflekslarning biridan ikkinchisiga o’tuvchi oraliq turidir). Bosh miya yarimsharlarining po’stloq qismi olib tashlansa oldindan hosil bo’lgan shartli reflekslar yo’qolib shartsiz reflekslar esa qoladi.
Shartli reflekslar hosil bo’lishida asosiy shartlardan biri o’z kuchini ma'lum vaqtdan keyin yo’qolib farqsiz bo’lib qolishi indifferent qitiqlagichning va refleks chaqiradigan shartsiz qitiqlagichlarning vaqt nuqtai nazardan ma'lum tartibda birgalikda takrorlanishidir. Bu xil qitiqlagichlar bir yo’la baravariga shartli refleks hosil bo’lishi ancha qiyin bo’ladi (oradagi farqning 15 sekund bo’lishi ancha qiyin bo’ladi). Shartli refleks vaqti-vaqti bilan shartsiz qitiqlagich bilan mustahkamlanib turishi kerak. Aks holda u so’nib ketadi.
Ikkinchi talab shundan iboratki, refleks hosil bo’lishida bosh miya yarimsharlarining po’stlog’i boshqa qo’shimcha qitiqlagichlardan xoli bo’lishi kerak. Yana shu narsa muhimki, shartli refleks chaqiradigan qitiqlagich (shartli) o’ta kuchli bo’lmasligi kerak yoki o’ta kuchsiz ham bo’lmasligi kerak.
Shartsiz qitiqlagich kuchi ham optimal holda bo’lishi kerak. Bundan tashqari shartli reflekslar hosil bo’lishia organizmning individual xususiyatlari ham hisobga olinadi.
Tekshirishlar shu narsani ta'kidlaydiki, fiziologik ritmlar organizmning vaqtni hisoblash qobiliyati borligidan darak beradi (doim bir vaqtda uyg’onish, tegishli vaqt yaqinlashganida ayrim ko’rsatgichlarning kuchayishi yoki susayishi va boshqalar). Vaqtning shartli qitiqlagichi ilk bor I.P.Pavlov laboratoriyasida tasdiqlandi. Vaqtning shartli qitiqlagichga aylanishi uchun u bilan bog’liq qitiqlagichlar aniq bir belgilangan muddatda takrorlanib turishi kerak.
Signallarning xususiyatlariga ko’ra shartli reflekslar natural va sun'iy reflekslarga bo’linadi. Natural shartli reflekslar tabiiy qitiqlagichlar ta'siriga nisbatan hosil bo’ladi (ovqatning hidi va rangiga shira ajratish). Ular ancha mustahkam va tez hosil bo’ladi.
Sun'iy shartli reflekslar shartsiz qitiqlagichlarning tabiati bilan bogiq bo’lmagan qitiqlagichlar xususiyatiga ko’ra hosil bo’ladigan reflekslardir (masalan, qo’ng’iroq tovushi va boshqalar). Yana ekstroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar ham bo’ladi

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish