1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Oq qon tanachalari (leykotsitlar)



Download 491 Kb.
bet38/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Oq qon tanachalari (leykotsitlar) eritrotsitlarga nisbatan ancha kam, odam qonining 1 mm3 da 6000-8000 ta bo’ladi. Ularning soni sutkaning turli soatlarida va orga­nizmning har xil funksional holatlaridla o’zgarib turadi (ko’payishi- leykotsitoz, kamayishi-leykopiniya).
Leykotsitoz 2 xil ya'ni fiziologik (xomiladorlik dav­rida, ovkatlanishdan, jismoniy ishdan keyin, ruxiy-xis­siy kechinmalar, ogriq natijasida) va resaktiv (organiz­mda bo’ladigan yallig’lanish va infeksion kasalliklar tu­fayli). Leykopiniya ko’pincha nur kasalligiga yo’liqish va dori-dormonlarni ko’plab qabul qilish natijasidir. Barcha turdagi leykotsitlar amyobasimon harakat qiladi (40 mkm/min tezlik bilan). Leykotsitlar ma'lum ximiyaviy qitiqlagich ta'sirida kapilyarlar endoteliysidan chiqadi va mikroblarni o’z plazmasi bilan o’rab olib hazm qiladi (fa­gotsitoz), bir leykotsit 15-20 bakteriyani saranjomlaydi. Leykotsitlar organizmni himoya qiladigan maxsus modda an­titelalar ishlab chiqaradi (antibakterial, antitoksin xu­susiyatlariga ega bo’lgan), ular yaralarni tez yaxshi qiladi va fagotsitor xususiyatlarga ega. Leykotsitlarda yana bir qator fermentlar ham bo’ladi (proteazalar, peptidazalar, liga­zalar, lipazalar, dizoksiribonuklienkislatalar). Leyko­sitlar sitoplazmasida donachalari bor (granulatsitlar) va donachalari yo’q (agnulotsitlar) guruhlariga bo’linadi.
Granulotsitlar umumiy leykotsitlarning 60 % tashkil qiladi va yashash muddati 2 sutka. Ularning o’zi rang­lanish xususiyatiga ko’ra uchga bo’linadi (eozinofil, bazofil, neytrofil. Agronulotsitlar ikkiga bo’linadi, ya'ni limfo­sitlar va monotsitlar. Limfotsitlar limfatik tugunlarda, appendeksda, taloqda, ayrisimon bezda, ilikda, monotsitlar esa suyak iligida hosil bo’ladi. Leyko­sitlarning umumiy umri 8-10 kun. Odam qonidagi (perife­rik qonda) barcha leykotsitlarning bir-biriga nisbatan miqdoriy ko’rsatgichi leykotsitar formula deyiladi.
Trombotsitlar yoki qon plastinkalari (soni 1 mkl da 200.000-400.000) 5 -11 kun yashaydi. Ovqatlanishdan keyin jismoniy ish bajarganda trombotsitlar soni ko’payib ke­tadi. Ular qon ivishida qatnashadi (o’zidan maxsus fer­mentlar ajratib), organizmning immunobiologik reaksiya­larida katnashadi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish