1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


-ma'ruza Moddalar va energiya almashinuvi



Download 491 Kb.
bet49/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

15-ma'ruza
Moddalar va energiya almashinuvi
R e j a.

  1. Umumiy tushuncha.

  2. Oqsillar almashinuvi

  3. Yog’lar almashinuvi

  4. Karbonsuvlar almashinuvi

  5. Vitaminlar

  6. Ma' danli moddalar

  7. Suv almashinuvi

  8. Energiya almashinuvining mohiyati.

  9. Foydali ish koeffetsenti.

  10. Nafas olish koeffetsenti.

  11. Organizmda energiya sarfini o’lchash.

  12. Umumiy va asosiy almashinuv.

  13. Rubner qonuni.

  14. Energiyaga bo’lgan me'yoriy talablar.

Moddalar almashinuvi tiriklik asosi bo’lib, u tufayli tanada doimiy ravishda to’qima, ho’jayralar o’sadi, rivojla­nadi, yangilanadi, turli xil ximiyaviy moddalar parchalanadi, birikadi. Moddalar almashinuvi hisobidan potensial xi­miyaviy energiya boshqa turdagi energiyaga aylanadi (kinetik, mexanik, issiklik elektr).


Tirik organizm faoliyatlari uchun sarflangan energiya­ning o’rni tashqaridan qabul qilinadigan oqsil, yog’, karbon­suvlar hisobidan qoplanadi. Bevosita moddalar almashinu­vida vitaminlar, madanli moddalar va suv faol qatnashadi. Bularning sutkalik miqdori bir-biriga nisbati organizm­ning jismoniy holatiga, muhim sharoitlariga bog’liq. Orga­nizm uchun aytilgan moddalarning qabul qilinishi ovqatla­nish tufayli amalga oshirilsa, moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari (siydik, axlat va boshqalar) ajratish tizimi yordamida bartaraf qilinadi. Biz quyida turli mod­dalar almashinuvini alohida-alohida ko’rib o’tamiz, bunday usul faqat o’rganishni yaxshilash uchun qo’llaniladi, haqiqatan esa odam va hayvonlar tanasida qayd qilingan barcha modda­larning almashinuvi murakkab fizialogik va biokimyoviy jarayonlar tarzida bir yo’la sodir bo’lib turadi.
Moddalar almashinuvidagi barcha fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar asosan to’rtta atama bilan tushuntiriladi, ya'ni assimilyasiya, dissimilyasiya, anabolizm va katabolizm. Assi­miliyasiya va anabolizm bir-biriga yaqin terminlar bo’lib, bir xil ma'no beradi, ya'ni to’qima va hujayralar va bir bu­tun organizmlarning turli xil moddalarni ximiyaviy parcha­lab, zarur holga keltirib, o’zlashtirib olishi dissimilyasiya va katabolizm buning teskarisi, ya'ni hujayra va to’qimalar tarkibining parchalanib, yemirilib borishi demakdir (buning natijasida tegishli energiya ajraladi).
Batafsilroq tushuntirsak anabolizm hayotiy jarayonlar uchun zarur birikmalarning, to’qima va hujayralar tarkibi­ni oziq moddalardan fermentativ sintezidir. Bu tushuncha ko’pincha oqsillarga nisbatan ishlatiladi va organizmning bevosita ichkarisida bo’ladigan jarayon.
Assimilyasiya - tirik materiya hosil bo’lishdagi fizika­viy-kimyoviy jarayonlar majmuasi (tashqaridan zarur oziq moddalarni qabul qilish; to’qima va ho’jayralar uchun zarur va mos moddalarni yaratish; to’qima, hujayralar tarkibini, fer­mentlarni oddiy moddalardan sintez qilish; organizm uchun zahiralar tayyorlash. Katabolizm yemirilish, yirik moleku­lali moddalarning fermentativ parchalanishi (oksidlanish asosida) yo’li bilan organizmning energiya va plastik modda­larga talabini qondirish uchun zarur jarayonlar majmuasi. Yirik molekulalarning parchalanishdan hosil bo’lgan erkin energiya ATF tarkibida to’planadi.
Dissimillyasiya - tirik materiyaning parchalanishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasi (tanadan zahiralarning sarfla­nishi; murakkab moddalarning sodda moddalarga aylanishi; energiyaga boy birikmalarning parchalanib kerakli energiya ajratishi, to’qima va hujayralardagi eskirgan moddalarning yemirilishi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish