1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet52/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Karbonsuvlar almashinuvi. Karbonsuvlar organizm uchun asosiy engergiya manbai bo’lib hisoblanadi (1 g glyukoza parchalanganida 4,1 kkal energiya ajraladi). Glyukozaning darhol oksidlanishi va depolardan tez chiqishi bu borada ancha qo’l keladi, masalan kuchli jismoniy yuklama bajarish uchun yoki ruhiy kechinmalarda ko’p miqdordagi energiya juda tez ta­lab qilinadi.
Qonda me'yoriy glyukoza miqdori 80-120 mg% (4,4-6,7 m mol/l). Bu ko’rsatgichning kamayishiga (gipoglekemiya) MNS juda sezgir, shuning uchun kuchsiz gipoglekemiya tez charchash va umumiy kuchsizlik keltirib chiqaradi. Agar glyukoza miqdori qonda 50-40 mg %-ga tushsa tomir tortishish, talvasaga tushib hushdan ketish, ko’p terlash holatlari paydo bo’ladi. Shu payti qonga glyukoza yuborilsa yoki qand iste'mol qilinsa ancha foydali.
Ichaklardan qonga so’rilgan glyukoza jigarga borib glyu­kogenga aylanadi. Glikogen bu zahira karbonsuv, katta odam­larda uning umumiy miqdori 150-200 g.ga yetadi. Glyukozadan glikogen hosil bo’lishi ancha-muncha tez bo’ladi. Shuning uchun qonga asta-sekin glyukoza yuborilsa uning qondagi miqdori birdaniga oshib ketmaydi. Agar hazm yo’llarida tez parchala­nadigan karbonsuvlar, shakar ko’p bo’lsa qonda glyukoza miqdori oshib ketadi (giperglikemiya) u ovqat giperglike­miyasi deyiladi. Bu holat siydik bilan glyukozaning ajrali­shiga (glyukozuriya) olib keladi (agar glyukoza miqdori 160-180 mg% bo’lsa ). Agar ovqat bilan karbonsuvlar umuman iste'mol qilinmasa oqsil va yog’larning parchalanishidan glyukoza hosil bo’ladi (glyukoneogenez). Jismoniy mehnat qilish tufayli qondagi glyukozaning sarflana borishi jigardan glyukogen­ning glyukozaga aylanib qonga chiqishiga olib keladi. Glyuko­gen sklet muskullarida ham bo’ladi (1-2 %), kuchli jismoniy ish payti u fosforilaza fermenti ta'sirida glyukozaga ay­lanadi. Har xil a'zolar qon bilan oqib kelgan glyukozadan turlicha miqdorda ushlab qoladi (miya-12 %, ichaklar-9 %, mus­kullar-7 %, buyraklar-5 %). Glyukozaning tanada parchalanishi kislorod ishtirokida (oksidlanish) N2O va SO2 gacha va ki­slorodsiz holda (glikoliz) sut kislotasi hosil bo’lishigacha boradi.
Qonda glyukoza miqdorini qayd qiladigan maxsus retsep­torlar (glyukoretseptorlar) qon tomirlari va jigarda ko’p bo’ladi. Yana gipotalamusning ventramedial qismida ham bun­day retseptorlar va markazlar bo’lib ular qonda glyukoza miqdorini bir xil saqlashda ishtirok qiladi.
Karbonsuvlar almashinuviga kuchli ta'sir qiladigan gormon bu insulin, u qonga qo’shimcha yuborilsa glyukoza ka­mayadi. Agar bu gormon me'yoridan kam ishlab chiqarilsa qonda glyukoza ko’payib shakarli diabet kasalligi paydo bo’ladi. Faqat insulin qondagi glyukozani kamaytirish xususiyatiga ega. Boshqa glyukogen, adrenalin, glyukokortikoidlar, somototrop gormonlar, tiroksin, triyoditirozinlar qonda glyukoza miqdorini ko’paytiradi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish