Vitamin V1 (tiamin). Markaziy va pereferik nerv tizilmasining mo’'tadil ishlab turishida qatnashib, tanada karbonsuvlar hamda oqsil almashinuvini bir me'yorda saqlaydi. Kishining kundalik ovqatida karbonsuvlar miqdori ko’paysa vitamin V1-ga bo’lgan ehtiyoj ham oshadi. Agar bunday paytda tiamin yetarli miqdorda qabul qilinmasa karbonsuvlar chala parchalanib, tanada sut va pirouzum kislotasi ko’payib ketadi. Yana u yog’ almashinuvida ham faol qatnashadi. Vitamin V1-ning yetishmasligidan uyqusizlik, serjahllik, qon bosimining pasayishi hamda oshqozon-ichak tizilmasida noxush holatlar ro’y beradi.
Bu vitamin asosan donlarning po’stida ko’p bo’ladi. Agar oziq ovqatga ishlatiladigan donlar po’stidan obdon tozalansa Vitamin V1-ga nisbatan yuzaga keladi. Shuning uchun, po’sti olinmagan donlarni ovqatga ishlatish muhim ahamiyatga ega. Bunga eng oddiy misol tariqasida xalqimiz azaldan sevib iste'mol qilib keladigan yormani olish mumkin. Tiaminga bo’lgan ehtiyoj har xil adabiyotlarda turlicha, o’rtacha 1 kecha-yu kunduzda undan 1,5-2,5 mg olib turilsa bas.
Do'stlaringiz bilan baham: |