Vitamin V9 (folatsin) qon hosil bo’lishi va ovqat hazm qilish tizilmasi faoliyatida qatnashadi. U non, ko’katlar, hamda hayvon mahsulotlarida ko’p uchraydi. Unga bo’lgan sutkalik talab -200 mikrogramm atrofida. Ovqat bilan qabul qilingan folatsin miqdori kamayib ketsa kamqonlik, oshqozon-ichak kasalliklari kelib chiqadi.
Vitamin V12 (siankobalamin) yuqori biologik faollikka ega. Organizmda yetarli darajada qon hosil bo’lishi va moddalar almashinuvining maqsadga muvofiq bo’lishi vitamin V12 faoliyati bilan bevosita bog’liq. U aminokislotalardan metionin, tirozin, serinlarning sintezida qatnashadi.
Vitamin V12 yetishmasligidan kamqonlik, kamdarmonlilik, bosh aylanish, ishtahaning bug’ilishi, hamda nerv tizilmasi faoliyatining pasayib ketishi kuzatiladi. Faqat hayvon mahsulotlari tarkibida bo’ladi. Shuning uchun bunday kasalliklar ham vegetarianslarda (faqat o’simlik mahsuloti bilan ovqatlanadiganlarda) uchrashi mumkin. Unga bo’lgan kunlik talab 3 mikrogramm atrofida.
Vitamin V3 (pantoten kislotasi) lipidlar va aminokislotalar almashinuvida qatanashadigan fermentlar tarkibiga kiradi. Bu vitamin ko’p qirrali, shuning uchun ham unga pantoten kislotasi nomi berilgan (yunoncha pantos-hamma yerda bor). Vitamin V3ning nerv tizilmasi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga faol ta'sir etishi qayd qilinadi. Unga bo’lgan sutkalik talab 5-10 milligramm. Pantoten kislotasining miqdori xamirturush achitqisida 4-5 mg %, mol jigarida 6-7 mg % sutida - 0,4 mg %, go’shtida - 0,6-1,0 mg %.
Vitamin V6 (piridoksin) oqsil, karbonsuv va yog’ almashinuvida faol qatnashadi. Markaziy va pereferik nerv tizilmasining ishini yaxshilab turadi. Keyingi paytlarida aniqlanishicha peridoksin ateroskleroz va qon hosil bo’lishida ham ishtirok qiladi. Unga bo’lgan kunlik talab 1,5-3,0 milligram. U mol jigarida 0,7 mg %, tovuq go’shtida 0,52 mg %, tuxumda 0,14 mg %, bug’doy nonida 0,30 mg % qizil bulg’ori qalampirida 0,50 mg % bo’ladi.
Piridiksinning yetishmasligi tez charchash va achiiqlanishga, ko’p uxlashga, teri kasalliklariga olib keladi. Alkogolli ichimliklarni ko’p iste'mol qiladiganlarda bu vitamin juda tez kamayib ketadi.
Vitamin N (biotin) yog’ va aminokislotalar almashinuvini boshqaradigan fermentlar tarkibida kiradi. Yotishmasligidan qo’l terisi, bo’yin terisi kasallanadi. Yana bu paytda qonda eritrotsitlar kamayib xolesterin ko’payib ketadi. Unga bo’lgan sutkalik talab 0,15 - 0,30 mg, biotin jigarda 80-140 mkg %, tuxumda 28 mkg %, soyada 60 mkg%, nonda 4,8 mkg %.
Do'stlaringiz bilan baham: |