1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Me'da bezlarining sekretor funksiyasi. Meda shirasining xususiyatlari va tarkibi



Download 491 Kb.
bet48/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Me'da bezlarining sekretor funksiyasi. Meda shirasining xususiyatlari va tarkibi.Odam me'dasida 25 000 000 ga yaqin shira ishlab chiqaradigan bezlar bo’lib, me'da shirasi ovqat hazm bo’lishiga muhim hissa qo’shadi. Odamda bir sutkada 1,5-1,2 l, itlarda 2,0-3,0 l, ot va sigirlarda 10-30 l me'da shirasi ajraladi.
Me'da shirasi rangsiz suyuqlik bo’lib, kislotali reak­siyaga ega (rN = 1,0-1,5). Uning tarkibida suv, har xil tuzlar, fermentlar, shilliq modda (mutsin) va kislota bo’ladi. Anor­ganik moddalardan xloridlar, fosfatlar, azotli tuzlar, te­mir uchrasa organik moddalardan sut kislotasi, pirouzum ki­slota, kreatinfosfat kislota, shakar, fermentlar, nukleo­tidlar mavjud. Me'da shirasida 4 xil hazm fermenti pepsin, gastriksin, pepsin V va ransin borligi aniqlangan. Gastrik­sin asosan odamda uchraydi va oqsillarni masalan, gemoglo­binni parchalaydi (rN = 3,2 bo’lganida faol bo’ladi) ximozin sutni ivitadi va rebonukleazani inaktivatsiya qiladi. Pepsin ham oqsillarni parchalaydi (rN = 3,2-3,5 bo’lganida). Yana me'da shirasida lipolitik fermentlar bo’lib, ular asosan sutdagi yog’larga ta'sir ko’rsatadi. Yana shi­rada lizotsin, amilaza fermentlari ham uchraydi.
Shira tarkibidagi xlorid kislota quyidagi ahamiyatlarga ega.

  1. Pepsin fermentini faollaydi.

  2. Oqsillar uning ta'sirida bo’kadi.

  3. Me'dadagi bezlar faoliyatiga ta'sir etuvchi gormon gastrinnni faollaydi.

  4. O’n ikki barmoqli ichakda sekretin gormonni sti­mullaydi, qaysikim me'da osti bezi sekretsiyasini kuchaytiradi.

  5. Reflektor hamda me'daning pelorik sfenktirini yopilishiga olib keladi.

  6. Bakteritsid xususiyatiga ega. Suyaklarni kalsiy­sizlaydi.

Shiradagi shilliq modda yoki mutsin quyidagi ahamiyatlarga ega.

  1. Himoya funksiyasi, me'da devorini fizikaviy va ximiyaviy ta'sirotlardan saqlaydi.

  1. Shira fermentlarini absorbsiya qiladi.

  2. Vitamin V va S larni o’ziga biriktirib oladi, ya'ni ularni shira ta'sirida parchalanmasligiga olib ke­ladi.

  3. Me'daning sekretorlik funksiyasini kuchaytiradi.

Ovqatga nisbatan me'da bezlarining javob reak­siyasi.


Odam va ba'zi bir sut emizuvchilarda me'dada ovqat bo’lmagan payti neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, shira kam miqdorda ajralib turadi. Ovqatlanish boshlanishi bilan shira ajralishi kuchayadi va uning latent davri o’rtacha 5-10 minut (go’sht yeyilsa 8 minut, karbonsuvlar iste'mol qilinganida 6-5 minut, yog’ yeyilganida 9 minut). Me'da shira­sining qancha va qanday tarkibda ajralishi iste'mol qilinadigan ovqatlarning miqdori va tarkibiga bog’liq. Shira ajralish aralash ovqatlar yeyilganida 6-10 soat davom etishi mumkin. shira ajralishi ikki xil fazada ya'ni murak­kab reflektor va nerv gumoral fazada boradi. (Me'da shira­sining shartsiz va shartli reflektor yo’llar bilan ajrali­shini ko’rgazmalar asosida tushuntirish). Shu narsa muhimki, har bir ovqatning hidi, ranggi aynan shu taom yeganda qanday tarkibli shira ajralsa, xuddi shunday shira ajralishiga olib kelar ekan. Bu hol ovqatning ko’ngildagidek hazm bo’lishida muhim.
Bevosita ovqat yeyish jarayonining o’zi shira ajralishida muhim ekan, uni kuchaytiradi, (yolg’ondakam ovqatlanish taj­ribasini tushuntirish). Agar ovqat me'daga to’g’ridan-to’g’ridan fistula orqali quyilsa shira ajralishining latent davri anchaga cho’ziladi (o’rtacha 30 minut) va kam miqdorda bo’ladi.
Shira ajralishining ikkinchi fazasini (nerv gumoral faza) kuzatish uchun Geydngayn usulida (nerv tolalari kesil­gan me'dacha) tashqarida me'dacha yasash kerak. Unga ovqat fis­tula bilan yuborilsa ham shira ajraladi, biroq kam miqdorda albatta.
Me'da sekretor funksiyasining idora qilinish me­xanizmi. Me'daning asosiy sekretor nervi bu adashgan ner­vdir. Yana bu jarayonda o’ng diafragma nervi ham qatnashadi. Me'dadan shira ajralishi jarayonida miyacha, gipotalamus, bo’yin simpatik nerv tolalari ham qatnashadi (A.A.Orbeli va boshqalarning ishlari).
Miya yarim sharlarining po’stloq qismi olib tashlansa, shartli reflektor hamda shira ajaralishi yo’qoladi (bataf­sil tushuntirish kerak). Me'da shirasining ajralishi quymich nerv qitiqlanganida, to’g’ri va ko’r ichak, siydik pufagi re­septorlari qitiqlanganida biron og’riq paydo bo’lganida tormozlanadi. Adrenalinsimon moddalar shira ajralishini tormozlasa, atsetilxolinsimon moddalar kuchaytiradi. Yog’li ovqat me'da shirasi ajralishini ancha-muncha sekinlashti­radi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish