0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Sifatning pastligi oqibatida yuzaga keladigan xarajatlar



Download 0,88 Mb.
bet50/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   264
Bog'liq
sifat

Sifatning pastligi oqibatida yuzaga keladigan xarajatlar. Takomilla­shuv darajasini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarni jamlash va rahbariyatga tushunarli bo'lgan umumiy ko'rsatkichga keltirish kerak. Sifatning pastligi oqibatida yuzaga keladigan xarajatlar ko‘p hollarda shunday ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Yuqori sifatga erishish qo'shimcha xarajatlarni talab qilishiga qaramay, pul mablag'laridagi behuda yo'qotishlarning oldini oladi.

Afsuski, ishlab chiqarish tartibi va tannarx masalasini oqilona hal qilish hisobiga yuqori sifatga erishishni rahbarlar amaliyotda chuqur anglamaydilar. Xarajatlar hisobiga nazar tashlasak, past sifatning sifat ko'rsatkichlarida qanday aks etishini ko'ramiz. Bu esa korxonani nochor ahvolga solib qo'yishi tabiiy. Shu sababli, sifatni oshirish muammosi mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish tartibini yaxshilash kabi bugungi kunning dolzarb masalalari qatoridan o'rin olgan.

Sifatning pastligi oqibatida yuzaga keladigan xarajatlarni quyidagi besh guruhga ajratishimiz mumkin:


  1. Profilaktika xarajallari: ishning xatosiz bajarilishini ta’minlash xarajatlari, masalan, kadrlarni tayyorlash xarajatlari; jarayonlarni tadqiq qilish xarajatlari; ta’minotchilarni tekshirish xarajatlari.

  2. Sifatni baholash xarajatlari: ishlab chiqarilgan mahsulotning nuqsonsizligini tasdiqlashga qaratilgan uni baholash bilan bog'liq xarajatlar, masalan, nazorat qilish va sinovdan o'tkazish xarajatlari; nazorat — sinov jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish xarajatlari; nazorat ma’lumotlari va sinov natijalarini qayta ishlash xarajatlari; loyihalarni tahlil qilish xarajatlari; xarajatlar hisobini tekshirish xarajatlari.

  3. Nuqsonlar va qaytarilishlar oqibatida ichki yo ‘qotishlar: mahsulotlarni yetkazib berishgacha yoki ichki iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishgacha nuqsonlarning aniqlanishi tufayli yuzaga keladigan xarajatlar, masalan, nuqsonning yuzaga kelishi va uni tuzatish bilan bog‘liq xarajatlar; kechiktirilgan to'lovlarga bog‘liq xarajatlar; mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi o'zgarishlar bilan bog'liq tovar — moddiy zaxiralariga xarajatlar; loyihadagi xatolami tuzatish uchun konstruksiyaga o'zgartirishlar kiritish xarajatlari; hujjatlami qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar.

  4. Nuqsonlar va qaytarilishlar oqibatida tashqi yo‘qotishlar: mahsulot yoki xizmatlarni tashqi iste’molchi qabul qilganidan so‘ng aniqlangan nuqson oqibatida yuzaga kelgan xarajatlar, masalan, kafolat muddati mobaynida ta’mirlash xarajatlari; xizmat ko‘rsatuvchi personalni tayyorlash xarajatlari; mahsulotning qaytarilishi oqibatida yuzaga keladigan xarajatlar; mahsulotdan foydalanish jarayonida iste’molchiga yetkazilgan zarar ustidan sud hukm chiqargan jarimalar; shikoyatlarni ko‘rib chiqish bahosi.

  5. Nazorat — о ‘Ichash jihozi: sifatni baholash uskunasining qiymati.

Xizmatchilar ish vaqtining 20—35% ini ish natijalarining to‘g‘riligini

tekshirish va noto‘g‘ri bajarilganlarini qayta ishlashga sarflashini tadqiqotlar ko'rsatmoqda.

Bevosita o‘lchab, buxgalteriya hisobining registrlarida ro‘yxatga olish mumkin bo‘lgan xarajatlardan tashqari iste’molchilar va korxona past sifat oqibatida bilvosita xarajatlarni to‘laydilar. Kafolat muddati davomida iste’molchining buyumini ta’mirlash xarajatlari shunday xarajatlarga misol bo‘la oladi.

Bilvosita xarajatlaming yana bir ko'rinishi mavjud — ular «qoniqmagan indamas iste’molchi» deb nomlanadi. Biz uni mahalliy korxonalarimiz uchun asosiy xarajat deb hisoblaymiz. Bunday iste’molchi ustingizdan shikoyat qilmaydi va o'zining qoniqmaganini bildirmaydi, lekin hech qachon Sizning mahsulotingizni sotib olmaydi va xizmatingizdan foydalanmaydi. Hisob- kitoblarga ko'ra, har bir shikoyat qiluvchi iste’molchiga 20 tadan ko‘p «qoniqmagan indamas iste’molchi» to‘g‘ri keladi.

Sifatning pastligi oqibatida yuzaga kelgan xarajatlar bo‘yicha hisobot foyda olish imkoniyatlarini aniqlashga yo‘l ochadi. Past sifat oqibatida sarflanadigan xarajatlarga faoliyat sohasi, tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari, mahsulotning yangiligi va hisobga olinayotgan xarajatlaming ro‘yxati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xarajatlar sotilgan mahsulot qiymatining 5 dan 50 % igacha o‘zgarishi mumkin.

Past sifat oqibatida sarflanadigan xarajatlarni ikki asosiy kategoriyaga ajratish mumkin: bartaraf qilib bo'ladigan va muqarrar. Bartaraf qilinadigan xarajatlar — profilaktika, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini aniqlash xarajatlaridir. Nuqsonli mahsulotni qayta nazoratdan o'tkazishda xarajatlaming katta qismi amaliy samarani bermaydi. Shuning uchun, ularni minimal darajaga keltirish kerak.



Sotish uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini ta’minlash xarajatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: profflaktika xarajatlari 10%, sifatni baholash xarajatlari 35%, nuqsonlar va yaroqsiz mahsulotlar oqibatida ichki yo'qotishlar 45%, tashqi yo‘qotishlar esa 10%.

Korxonada past sifat oqibatida sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish tizimim yaratish boshqaruv kengashining asosiy vazifasiga aylanishi lozim.

Targ‘ibot va o‘qitish


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish