Ishni yaxshilashning asosiy qoidalarini o‘rnatish. Ko‘pchilik sifat va takomillashuvning mazmunini bilishini e’tirof etadi, lekin ularning kam qismi bu atamalar haqida umumiy tushunchaga ega. Quyidagi savollarga javob berish boshqaruv kengashiga takomillashtirishning asosiy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash imkonini beradi:
Sifatning ta’rifi qanday?
Faoliyatni yaxshilashning ta’rifi qanaqa?
Yakuniy natija nimadan iborat?
Takomillashuvga erishish strategiyasi qanaqa?
Unga erishish uchun qanday usullami qo'llash kerak?
0‘lchashning qaysi mezonlaridan foydalaniladi?
Birinchi qoida. Sifat — subyektiv tushuncha. F. Krossbi uni «talablarga mos kelish» deb ta’riflaydi. E. Deming «Sifatni boshqarish mukammallikka erishishni anglatmaydi. U bozor uchun maqbul sifat darajasiga erishishdir», deb hisoblaydi. J. Juran sifatga «foydalanishga qulaylik» sifatida ta’rif beradi. J. Xarrington sifatni «iste’molchiga ma’qul bo‘lgan narxda uning talablarini yetarli darajada yoki ortig‘i bilan qondirish» kabi tavsiflaydi.
Eng awalo, faoliyatni yaxshilash strategiyasini isloh qilishda boshqaruv kengashi tashkilotning sifat sohasidagi siyosatiga murojaat qilishi lozim. Sifat siyosati iste’molchilarni raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi va buning uchun har bir ishchiga mas’uliyat yuklashi lozim. Shuningdek, mazkur siyosat nafaqat tashkilot chegaralaridan tashqariga chiqadigan tayyor mahsulotlar va xizmatlarga, balki tashkilotdagi boshqa ishchilar qabul qiladigan xizmatlar va mahsulotlarga nisbatan ham tatbiq etilishi lozim.
Sifatning ta’riflaridan biri: iste’molchilarning talablarni shunday narxda yetarlicha yoki ortig'i bilan qondirish kerakki, natijada ularda sizning mahsulotlaringiz yoki xizmatlaringizga ehtiyoj yuzaga kelsin.
Ikkinchi qoida. Takomillashuvni iste’molchilar uchun maqbul narxda ularning talablarini oshirib yuborish va kelishuvlar yoki tuzatishlarsiz ularning barqaror xususiyatlariga erishish kabi tavsiflash lozim.
Uchinchi qoida. Takomillashuvning yakuniy maqsadini aniqlash. Butun dunyodagi transmillatli kompaniyalar o‘z oldilariga juda oddiy maqsadni qo‘yishgan: xatolarni bartaraf qilish va kamchiliksiz faoliyat yuritishni ta’minlash. Har bir korxona, tashkilot uchun bu vazifani hal qilishga intilish natija beradi.
«Xatolar» atamasini «nuqsonlar» atamasining o'rniga qabul qilish lozim, chunki xatolar hammaga — zavod ishchisi, sozlovchi, muhandis, hisobchi, huquqshunos, marketolog, rahbarga tegishli.
To'rtinchi qoida. Takomillashuvga erishish strategiyasini tavsiflash lozim. Takomillashtirish jarayoni alohida muammolarni hal qilish hisobiga doimiy
ravishda mukammallashib boradi. Shu tarzda, strategiyaning sifati ortib boradi.
Beshinchi qoida. Tako millashuv strategiyasiga erishish yo‘llarini belgilash darkor. Ko'plab korxonalarda muammolami bartaraf qilishga karnroq vaqt va mablag‘ sarflash uchun ularning oldini olishga ehtiyoj seziladi. Hamma xodimlami jarayonga jalb qilish usuli muammolaming oldini olish vositasi hisoblanadi.
Oltinchi qoida. Mas’ul shaxslami aniqlash lozim. Faoliyatni yaxshilash jarayonida sifatni ta’minlash hammaning majburiyati sanaladi. Hech bir ijrochi, bo'linma, tashkilot xatolardan sug‘urtalanmagan. Biroq muammolar yuzaga kelganda aybdorlami qidirish о ‘rniga ulami hal qilish yo ‘llarini izlash lozim.
Yettinchi qoida. Ishni yaxshilash darajasini baholash mezonlarini o‘matish Lozim. Yaxshilash iste’molchini birinchi darajali buyumlar va xizmatlar bilan ta’minlash uchun talab qilinadigan xarajatlami kamaytirish bo'yicha baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |