0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUIS TA’LIM VAZIRLIGI
G‘. HOJIAHMEDOV, I. YAXYAYEVA,
M. UMAROVA, A. USMONOV
SIFAT MENEJMENTI
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan 5340200 — «Sifat menejmenti» ta ’lim yo ‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Tashkent — 2012
УДК: 338.24(075) КБК 30ц S-61
Taqrizchilar:
Yolldoshev N. Q. — iqtisod fanlari doktori, professor,
Yusupova D. Т., Molminov R. S. — iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar
S-61 Sifat menejmenti: darslik /G‘. Hojiahmedov [va boshq.]; 0‘z- bekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. -Toshkent: Choipon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. - 228 b.
ISBN 978-9943-05-512-4
Hojiahmedov, G‘.
Yaxyayeva, I.
Umarova, M.
Usmonov, A.
Kitob sifatni boshqarishning kasbga yo‘naltirilgan kursini o‘z ichiga oladi. U mahsulot, ishlar va xizmatlar, jarayonlar va boshqaruv tizimlari sifatini boshqarishning barcha masalalari va usullarining majmuini qamragan. «Menejment», «Standartlashtirish asoslari», «Korxonalarda iqtisodiyot va boshqaruv» mutaxassisliklari bo'yicha davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar hamda AQSH va Yaponiyaning universitetlarida o‘qitilayotgan kurslar dasturlarining asosiy talablariga javob beradi.
Harbiy-sanoat majmuasida, shuningdek, xalq xo‘jaligining turli sohalarida orttirilgan milliy va jahon tajribasini, jahon va respublika standartlaridagi ma’lumotlami umumlashtiradi, ularni amaliyotda qo'llash imkoniyatlarini ko'rsatib beradi. Faoliyatni takomillashtirish va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishni tashkil qiladi.
Darslik talabalar, ilmiy xodimlar, iqtisodiyotga yo'naltirilgan oliy ta’lim muassasalari va fakultetlarining professor-o'qituvchilari, xususiy tadbir- korlar, korxonalar va tashkilotlar, hokimiyat va boshqaruv organlari muassasalarining rahbarlari hamda mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
УДК: 338.24(075)
ISBN 978-9943-05-512-4 3°ч
© G‘. Hojiahmedov va boshq., 2012 © ChoMpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012
KIRIS Н
Darslik malakali menejerlarni tayyorlash, mahsulot, tovarlar, xizmatlar va ishlar, jarayonlar va boshqaruv tizimlari sifatini boshqarishning zamonaviy usullarini o'rganish va o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
Oliy ta’lim standartlari iqtisodiyot (OTM) fakultetlari talabalarining «Sifatni boshqarish» yoki «Mahsulot sifatini boshqarish» fanlarini o‘rga- nishlarini ko‘zda tutadi. Kitobda sifatni boshqarish sohasidagi mavzular, bo‘limlar va tushunchalar ifodalangan bo'lib, ular «Menejment», «Stan- dartlashtirish asoslari», «Korxonalarda iqtisodiyot va boshqaruv» mutaxas- sisliklari bo‘yicha ta’lim standartlari talablariga mos keladi, shuningdek, hozirgi davrda Yaponiya va AQSH OTMda menejerlarni tayyorlash uchun zarur hisoblangan masalalar ko'rib chiqilgan. ... .
0‘tgan asrning boshlarida yuzaga kelgan Teylor g‘oyalari o‘mini sifatni boshqarishning yangi konsepsiya va tamoyillari egalladi. Ularning aksariyat qismi xalqaro standartlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday konsepsiyalardan bin faoliyat, biznesni boshqarishning zamonaviy konsepsiyasi bo'lib, u ingliz tilidagi adabiyotlarda Total Quality Management (TQM) deb nomlanadi.
Hozirda dunyoda sifatni boshqarishning turli tizimlaridan foyda- lanilmoqda. Lekin bu tizimlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun ilg‘or xalqaro kompaniyalar tomonidan o'zlashtirilgan sifatni tizimli boshqarishning sakkizta asosiy tamoyiliga asoslanib tashkil etilishi kerak. Bu tamoyillar sifatni boshqarish sohasidagi ISO — 9000 seriyali xalqaro standartlarni yangilashga asos bo‘lib xizmat qiladi. _
Birinchi tamoyil - iste’molchiga e’tibor qilgan holda ish tutish Iste’molchilarning dididagi o'zgarishlarga tashkiliy, uslubiy va texnik jihatdan moslashish strategiyasini ishlab chiqish raqobatli bozor sharoitida faoliyat yuritayotgan har bir tashkilot va korxona uchun hayotiy jihatdan muhim.
Tkkinchi tamoyil - boshqaruvning o‘rni. Bunga ko‘ra rahbar sifatni boshqarishning barcha tamoyillariga tizimli yondashishi, ya’ni ularni o‘zaro uyg‘unlikda, aloqadorlikda tasawur qilishi lozim. Bu esa sifatni boshqarish ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanishiga xizmat qiladigan omillami aniqlash va ularning yuzaga kelishi uchun zarur sharoitlarru yaratishga asos bo ladi.
Uchinchi tamoyil - ishchilarni jalb qilish. Bu TQM ning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra har bir ishchi sifatni boshqarish faoliyatiga jalb qilingan bo‘lishi kerak. Ularning har birida yaxshilanishga ichki ehtiyoj vujudga kelgandagina mazkur maqsadga erishish mumkin.
To rtinchi tamoyil — jarayonli yondashirv va u bilan bog‘langan beshinchi tamoyil — boshqarishga tizimli yondashuv. Bu tamoyillarga ko‘ra mahsulotlami ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv o‘zaro bog‘Iangan jarayonlaming majmuidir. Har bir jarayonga o‘zining kirish va chiqishi, «ta’minotchilari» va «iste molchilari»ga ega bo‘lgan tizim sifatida qaraladi. Ushbu tamoyillarga amal qilish natijasida qaror toptirilgan iyerarxik tashkihy tuzilmaga tayangan holda boshqaruvni amalga oshirishni ko‘zlagan yondashuvlarda o‘zgarishlar yasaladi. Yagona jarayonlaming tashkiliy jihatdan ajratilgan bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishi oqibatida qiyinchiliklar va muammolar yuzaga kelishini amaliyot ko'rsatdi. Ulami bartaraf qilish yo‘lida guruhli yondashuv ishlab chiqildi.
^ Shuningdek, ISO — 9001 va QS — 9000 standartlaridan shunday me’yor o‘rin oldiki, unga ko‘ra ta’minotchi yangi yoki takomillashgan mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash uchun turli bo‘linmalardan mutaxassislar guruhini shakllantirish vazifasi qo'yildi. Bunday guruhlar konstruktorlar, texnologlar, sifat xizmati mutaxassislari hamda boshqa xizmatlar bo‘yicha mutaxassislami o‘z ichiga olishi zarur deb belgilandi.
Oltinchi tamoyil — doimiy yaxshilash. Yigirma yil avval sifat strate- giyasi optimal sifat konsepsiyasiga asoslangan edi. Kcyinchalik Yaponiya, so ngra Amerika va Yevropa sanoati tajribasidan ma’lum bo'ldiki, yaxshilash- ning chegarasi bo‘lmaydi, sifatni yaxshilash tadbirlari sistematik tashkil qilinishi va ularning o‘zi boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga, ya’ni tizimostiga aylantirilishi kerak.
Yettinchi tamoyil — ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish. Bu tamoyilni amalga oshirish asoslanmagan qarorlar qabul qilishdan voz kechishni targ‘ib qiladi. Hisobot ma’lumotlarini to‘plab, ulami tahlil qilish asosida qaror qabul qilish lozim. Shu maqsadda, bizgacha nazorat va tahlil qilishning, tartibga solishning statistik usullari ishlab chiqilgan va keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |