Erishilgan natijalar. Takomillashuvning mavjud darajasi, faoliyat sifati va uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi jarayonning tashkil qilinishini baholash yaxshilash ishlarining asosi hisoblanadi. Shuning uchun, har bir bajarilgan ishning natijalarini baholash uchun miqdoriy ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Ko‘p korxonalarda ishlab chiqarish va iste’molchiga xizmat ko‘rsatish miqdoriy texnik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan yagona soha hisoblanadi.
Korxonalarning katta xarajatlar talab qiladigan faoliyat sohalarida bu ma’lumotlami tadqiq qilish, erishilgan natijalarga asoslanib xulosa chiqarish va shu tariqa boshqaruv kengashini boshlang‘ich ma’lumotlar bilan ta’minlash kerak. Vaqt o‘tgan sayin takomillashuv darajasining ko'rsatkichlari, mezonlarini korxonaning barcha faoliyat sohalari uchun ishlab chiqish zarurati tug'iladi.
Faoliyatni takomillashtirishning quyidagi ko'rsatkichlarini tavsiya qilish mumkin:
Ishlab chiqarish: nuqson va qayta ishlashlar hajmi; ishchi vazifalami bajarishdagi xatoliklar; nuqsonli mahsulotlar foizi; ishlab chiqarish potogidan dastlabki chiqqan mahsulotlarning sifati.
Sifatni ta’minlash: xatolik sababli yaroqsiz deb topilgan komplektlar foizi; loyihani tahlil qilish natijasida konstruksiyalarga kiritilishi lozim boigan o‘zgarishlar soni; schyotlarni hisoblash va rasmiylashtirishdagi xatoliklar; tuzatish choralari ko'rilguncha xatoliklaming davom etish davrining davo- miyligi.
Buxgalteriya hisobi: kechiktirilgan to‘lovlar foizi, iste’molchilaming ma’Iumot olish uchun bergan so‘rovlarining bajarilish muddati; schyot — fakturalardagi xatolar; hisob-kitob hujjatlarini toidirishdagi yanglishishlar; to‘lov qaydnomalaridagi xatolar.
Axborot xizmatlari: programma qatoridagi xatolar soni; tartib bo'yicha e’lon qilinmagan hisobotlar; qayta ishlangan matnlar soni; dasturni iste’molchilar qabul qilib olishganidan so‘ng aniqlangan xatolar; dastuming yakuniy loyihasi ishlab chiqilguncha unga kiritilgan tuzatishlar va qo'shim- chalar soni.
Buyumlarni konstruktsiyalash: bitta chizmaga to‘g‘ri keladigan konstruksiyadagi o‘zgartirishlar soni; loyiha tahlilida aniqlangan xatolar soni, konstruksiyani sinovdan o'tkazishda aniqlangan kamchiliklar soni.
Sotib olish faoliyati: yuklaming qiymatiga pul o'tkazmalari; dastala- nuvchi buyumlarning yetishmasligi oqibatida ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi; texnik talablarga javob bermaydigan, lekin ishlab chiqarishga kiritilgan detallar soni; ta’minotchilarga ariza berishdan boshlab buyurtmalarm qabul qilishgacha bo'lgan vaqt; ortiqcha zaxiralar miqdori.
Marketing: bashoratlarining yuqori ehtimollik darajasi; tayyorlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan buyurtmalarning soni; ishlab chiqarilgan mahsulotlarning to‘planib qolishi; shartnomalardagi xatoliklar.
Bunday baholashning ahamiyati juda katta, chunki o‘lchash imkoniyati ta’minlanmasdan turib, jarayonni boshqarib va yaxshilab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |