Z
" n
bunda: qn — tanlanmadagi nuqsonli buyumlarning ulushi;
Z — yaroqsiz detallar soni; n — tanlanma hajmi.
Agar bosh to‘plam va tanlanma teng ehtimollik qonuni bo'yicha detallarning taqsimlanishiga ega bo‘lganda, u holda tanlanma nazorat sezilarli darajada osonlashar edi, lekin, afsuski, qonuniyatlar bir-biriga mos kelmaydi va umumiy holda:
>
Чп~Ч-
Bu esa tanlanma nazoratda ikkala turdagi xatolarning sababi hisoblanadi.
Agar qn> q bo‘lsa, u holda birinchi turdagi xato yuzaga keladi va aksincha.
Turli holatlarda tanlanmada yaroqli va nuqsonli buyumlar uchrab qolishining turli taqsimlanish ehtimolliklariga doir qonunlar namoyon bo'ladi. Shuning uchun, nazorat sifatini baholash uchun matematik apparatni to‘g‘ri tanlash lozim.
Tanlanma nazoratda asosan tarqalishning binominal, gipergeometrik, Puasson va normal qonunlari qo‘llaniladi.
Bulaming dastlabki uchtasi tasodifiy miqdorlaming tarqalish qonunlari hisoblanadi va seriyadagi har bir sinov faqat ikkita natijaga ega bo'lganda: buyum yaroqli yoki yaroqsiz bo‘lganda sifat belgisiga ko‘ra nazorat qilishda foydalaniladi. Normal qonun miqdoriy belgilar bo'yicha nazorat qilishda qoilaniladi.
Binominal taqsimot
n hajmli tanlanmada nuqsonli buyumlar soni z ning paydo bo'lish ehtimoli P(n,z) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |