Sifat nazorati o‘tkazilayotgan buyumlarni tanlash usuliga ko‘ra yalpi (yuz foizlik) va tanlanma nazorat farqlanadi.
Katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda katta partiyadagi (bosh to'plam) buyumlarni nazorat qilish xarajatlarini qisqartirish uchun partiyalar- ning faqat bir qismi tanlanma nazoratdan o'tkaziladi.
Agar tanlanmadagi buyumlarning sifat darajasi o'rnatilgan talablarga mos kelsa, u holda butun to‘plamni yaroqli deb qabul qilish mumkin. Aks holda to‘plam yaroqsiz deb topiladi.
Bir qator holatlarda butun to'plamni yaroqsiz deb topishda xatolikka yo‘l qo‘yilishi mumkin, bu birinchi turdagi xato yoki ta’minotchining tavakkalchiligi hisoblanadi. Buning aksi bo‘lgan xato ikkinchi turdagi xato yoki buyurtmachining tavakkalchiligi deb yuritiladi. Har ikkala xato foizda ifodalanadi va savdo bitimlarini tuzishda kelishiladi.