0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

9.5. Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi
mustamlakachiiik siyosatiga qarshi milliy-ozodlik harakati
Turkistonni Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olingach, uning 
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ma’lum o'zgarishlar 
amalga oshirildi. Rossiya Imperiyasining mustamlakachiiik siyosati 
unga qarshi xalqning noroziligi oshib borishiga, isyon va qozg‘olonlar 
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1880-1883- yillarda Xo‘jand, O’ratepa, 
Namangan, Olsh va Chustda ko‘tarilgan qozg‘olonlar bunga misol bola 
oladi. Manbalarda 1885-1892-yillarda Farg‘ona viloyatida mahalliy 
xalqning 205 marta norozilik chiqishlari qayd etilgan. Qozg‘oIonlarning 
harakatlantiruvchi ijtimoiy asosini dehqonlar, shahar hunarmand- 
kosiblari, kambag‘allar tashkil etdi. Bu harakatlarda mahalliy ruhoniylar, 
ziyolilar va ba’zi boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.
1892- yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda tarixga “Vabo 
isyoni” yoki “Toshotar voqeasi” sifatida kirgan qozg‘olon bo‘ldi. 1892- 
yilning iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati 
shoshilinch choralar ko‘rdi. Mustamlaka ma’muriyati tibbiyot nuqtai 
nazaridan tog‘ri boTgan tadbirlar haqida aholi o‘rtasida tushuntirish 
ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun- 
qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o‘miga 
faqat bittasi ochildi. Shahaming taniqli kishilaridan hisoblanmish 
Aziziyor Eshon, Abdulqosim xo‘ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad 
boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshligM polkovnik 
S.R. Putinsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub oldiga adolat 
talab qilib bordilar. Ammo ushbu amaldorlarning xalq talablarini 
mensimasligi, keskin norozilikka sabab bo‘ldi.
Mashhur “Toshotar” voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib 
hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putinsev esa o’zining
1 15


xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqoini berishni talab qildi. 
Putinsev ham muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal ko‘rib, 
to‘pponchasini g'ilofdan chiqarib dag‘dag‘aga o‘tdi. Sabr kosasi toMgan 
olomon, uzoq oylab o‘tirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan 
soldatlar etib kelgach, isyonni bostirdilar. Natijada ko‘p kishilar halok 
bo‘ldi yoki yaralandilar. Q olga olingan 60 kishi turli muddatlarga 
qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi.
Turkistonda ko‘tarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898- yilgi 
Andijon qozg‘olonidir. Qozg'olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa 
qish!og‘ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. 
Qozg‘olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy gornizoniga 
bostirib kiradi va bu yerdagi qurol-yarog‘larni egallashadi. Yordamga 
yetib kelgan qcfshinlar shaharrii o‘rab olib, qo‘zg‘olonni harbiy kuch 
bilan shafqatsizlarcha bostiradi.
Jazo qo‘shinlari Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga 
bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o‘tkazdilar. Nihoyat, 
Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko‘prikda qo‘lga tushirildi. Eshon va 
uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli 
qatag‘on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o‘ldirildi, uning 45 nafar 
yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi Eshon 
qozg‘oloni izsiz ketmadi. Butun Farg‘ona vodiysida mustamlakachilarga 
qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Marg‘ilon va 
boshqa tuman, qishloqlarda mustamlakachilarga qarshi harakatlar bo‘ldi.
Rossiya imperatori Nikolay II 1916- yil 25- iyunda Turkiston, Sibir 
va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklarni front 
orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish tog‘risida farmon chiqardi. 
Turkiston general-gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish 
buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, 
Farg‘ona zimmasiga 50 ming kishi yuborish majburiyati yuklandi.
0 ‘lkada safarbar qilinuvchilarning ro‘yxatlari tuzila boshlandi. 
Xalq bu tadbirga “mardikorlikka olish” deb nom berdi. Mahalliy 
ma’muriyat mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga 
aylantirdi. Boylarning o‘g ‘illari pul bilan qutulib qolar, hambag‘al 
oilalar esa yolg'iz og‘ildan, bo‘quvchisidan ayrilar edi. Bu hoi xalqning 
kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul oyida Xojand shahrida norozilik 
namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar, 
ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish “Mardikor 
bermaymiz!” shiori ostida o‘tdi. Politsiya namoyishni bostirishga 
kirishdi, ular ustiga tosh yog'ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib
П6


politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand 
uezdining Urgut qishlog‘ida g‘azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar 
olomoni volost boshqaruvining mahkamasi oldiga to‘p!andi. Mahkama 
xodimlari kaltaklandi. Olsha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, 
Xo‘ja Ahror va Angor volostlarida ham namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
11- ivulda 
Toshkentda 
hunarmandlar, 
ishchilar, 
shahar 
hambag‘allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog‘ochdagi politsiya 
boshqarmasi tomon yo’l oldilar. Namoy ishchilar «bolalarimizni 
bergandan kora ozimiz olganimiz yaxshiroq, podshoh o‘ lib ketsin» deya 
maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yolchi 
Ibrohimov (konchi), G‘ulom Kamolov (g‘isht teruvchi), ishchi ayol 
Zuhrabibi Musayeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi 
qat’iy kurash boshlashga da’vat etdilar.
Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib 
oldirishdi, 15 kishi yarador bo‘ldi. Noroziliklar Farg‘ona vodiysida 
tobora kuchaya boshladi. G‘alayonlar Qo‘qon shahri, Kattaqorg‘on, 
Rishton qishloqlarida ham bo‘lib otdi. Ulaming barchasi ayovsiz 
bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni oqib 
eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq safarbarlikni 
bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. 
Jazolovchilar qozg‘olonchilarga o‘t ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini 
yarador qildilar.
1916- yildagi qozg‘olonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda bo‘ldi. 
Shahar aholisi 13- iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab 
qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to‘p!andilar. Oqsoqolni 
oldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib 
yondirib tashladilar. Iyul oyiga kelib butun Turkiston o‘lkasida harbiy 
holat e’lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda 
katta huquq berildi. Qozg‘olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni 
Nazirxo‘ja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo 
otryadi bilan qozg‘olonchilar o'rtasida bo‘lgan toqnashuvda ikkala 
tomondan ham qurbonlar bo‘ldi.
Turkiston general-gubematori Jizzax qozg‘olonini bostirish uchun 
polkovnik Ivanov boshchiligida oltita top va 13 ta rota askar, 300 
kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlami safarbar etdi. Jazo I otryadi 
qozg‘olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi 
jazirama cho‘lga haydaldi. Jizzax ishi bo'yicha 1000 dan ortiq kishi 
hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916- 
yilgi qozg‘oion butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag‘allar
1 17 
-


qozg‘olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘ldi. Qozg'olon 
bostirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan 
ajraldilar. Shuning uchun ham, A. F. Kerenskiy “Urush frontlariga yangi 
bir front-Turkiston fronti qo‘shildi”, - deb vaziyatga jiddiy baho bergan 
edi. 
1916-yil 
qozg‘oloni 
o'lkadagi 
Rossiya 
Imperiyasi 
mustamlakachilik tizimining yemirilayotganidan darak berardi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish