juda past darajada edi: korrespondensiya juda kech muddatlarda
egalariga yetkazib berilgan, yetqazish yo‘llari orqali yurishda ko‘p
qiyinchiliklar mavjud.edi. Shuning uchun pochtani joylarga yetkazish
maqsadida asosan otli, tuyali aravalardan foydalanilgan.
Aravalar
orqali
yuborilayotgan
korrespondensiyalarning
maxsusligiy muhimligi va qiymatiga qarab, 2 tadan 10
tagacha
qurollangan so‘qchilar aravalarni qo-riqlab borishgan. Bu xizmat turi
bilan 1865-yildan 1888-yilgacha pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatilgan.
O'zbekiston hududida, 1888-yiIdan boshlab, pochta aloqasi temir yq‘l
transporti orqali ham amalga oshirilgan.
Pochta aloqa xizmati rivojlana boshlagan bir vaqtlarda bosqichma-
bosqich telegraf aloqasi ham rivojlana boshladi. 1873-yil iyun oyida
Turkistonda Toshkent- Orenburg yo‘nalishi bo'yicha birinchi xalqaro
telegraf aloqasi ishga tushirildi. 1876-yiida Turkistonning katta
shaharlaridan: Samarqandda, Yangi Marg‘ilonda, Kattaqo‘rg‘onda
telegraf aloqasi tashkil etildi. 1884-1900-yillarda Buxoro amirligi va
Xiva xonliklarida ham telegraf liniyalari ochildi. 1901-yilda Qo‘qon-
Andijon, Namangan-Chust shaharlari o‘rtasida
telegraf aloqa liniyalari
ishga tushirildi.
Telegraf aloqasi rivojlanayotgan bir vaqtda aloqa uskunalarini
o‘rtanish imkoniyatiga ega bo'lmagan togTiklarda hamda bir-birlari
bilan
kesishgan
vodiylarda
aloqaning
boshqa
turidan-
geliografikaloqadan foydalanish imkoniyatlari ochildi. Mazkur aloqa
xizmati faqat bir-birini to‘g ‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyatlari bo‘lgan
vaqtlarda, ya’ni bahor-yoz oylarida qo‘llanilgan. Chunki shu aloqa
xizmatini tashkil etish uchun kunduz kunlari quyosh nuridan, kechalari
esa ochiq alanga yoki oyning yoruqlik nurlaridan foydalanilgan. Morze
telegraf alifbosiga monand bo‘lgan yoruqlik dastasi 60 vyorst
masofagacha bo‘lgan maxsus aylanma uskunasiga o‘rnatilgan
oynalar
yoki oynaga tushyotgan tasvirlar orqali yuborilgan.
Turkistonda iqtisodiyotning sezilarli o‘sishi, shaharlarda sanoat,
bank-moliyaviy tashkiiotlari, tijorat korxonalari faoliyat ko‘rsata
boshlashi o‘lkada shahar va shaharlararo telefon aloqasining asta-sekin
rivojlanishiga asos bo‘ldi. 1887- yiIda Okrug boshlig'i xonadoni bilan
Toshkent pochta-telegraf idorasi o‘rtasida telefon aloqasi tashkil etildi.
1891-yil iyulda Turkiston pochta-telegraf okrugi boshlig'i bilan
Turkiston general-gubernatori o‘rtasida g ‘aznadagi mablag‘lar hisobidan
Toshkent telefon tarmog'ini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib
o‘tdi
va
1891-yilda Toshkent shahrida
umumiy
foydalanish
121
imkoniyatlarini beruvchi telefon tarmogi tashkil etildi. Shu tufayli,
1901-yilga
kelib,
Toshkentda
telefon
aloqasi
xizmatidan
foydalanuvchilar soni 55 nafarga etdi.
1904- yil 7- sentabrda 200 raqamii “Simens va Galske”
tizimidagi
birinchi qo‘l bilan boshqariladigan telefon stansiyasini ekspluatatsiyaga
qabul qilish bo‘yicha kerakli hujjatlar imzolandi. 1904- yilgakelib,
Toshkent shahrida birinchi davlat telefon stansiyasi ishga tushirildi,
Toshkent shahridan keyin shunday telefon stansiya Samarqand
shahrida qurildi. 1907-yilda esa telefon tarmog‘ida va telefon
apparatlarda boMayotgan nosozliklami bartaraf etish uchun Toshkent
shahrida shaxsiy telefon ustaxonasi ochildi. 1895-yilda Xiva xoni
Muhammad Rahimxonning topshirig'iga ko‘ra, Xiva shahrida birinchi
shaxsiy telefon stansiyasi
ishga tushirildi. Ushbu qo‘l bilan
boshqariladigan stansiya 20 nomerli bo‘lib, mahalliy batareyali,
“Eriksson” Shved ftrmasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. 1917-yilga
kelib, Xiva shahrida 100 ga yaqin telefon nomerlaridan foydalanish
imkoniyatlari ochildi.
1901-yil 2 6 -iyulda Turkiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan
xususiy tadbirkorlarga shahar telefon stansiyalarini qurish, ishga
tushirish va ekspluatatsiya qilish huquqi berish haqidagi farmoyishi
imzolandi. 1914-yilga kelib, Toshkentda 942 abonent va 5 telefon-
aVtomat bo‘lib, telefon-avtomatlar yuqorida ko‘rsatilgan
joylardan
tashqari, Tovar idorasiga ham o‘matildi. 1915-yilda shahar eski
chegarasini telefon aloqasi bilan ta’minlash maqsadida qo'shimcha
telefon stansiyasi qurildi.
XX asr birinchi yarmiga kelib, telegraf aloqasi xizmatini
ko‘rsatayotgan
korxonalar aholi tomonidan tushayotgan
oddiy
buyurtmalami ham bajara olmay qoldilar. Q‘sha davrda oMkaning har
bir aholisiga o‘rta hisobda 0,25 ta telegramma to‘g ‘ri kelib, ushbu
ko‘rsatgichni Markaziy yevropa regionlaridagi ko‘rsatgichlar bilan
taqqoslaganda, ancha miqdorda kam edi.
Katta hududlar, jumladan,
Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Surxandaryoda yashayotgan aholi
telefon aloqasi xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edi
1917- yil boshlarida 10 ta ishlayotgan telefon stansiyalaridan 9 tasi
xususiy shaxslarga tegishli bo'lib, ular asosan aloqa xizmatlaridan tijorat
ishlarint olib borishda foydalanishgan. O'rtacha hisobda, bitta telefon
aloqa stansiyasi 6400 kv.km maydonda istiqomat qilayotgan 150
minggacha bo‘lgan aholiga xizmat ko‘rsata olgan.
122