Yangi davr arab adabiyoti


VI BOB  SURIYa ADABIYoTI



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

VI BOB 
SURIYa ADABIYoTI 
Arab adabiyotida XIX asrda Milliy uyg‘onish (an-Nahda) jarayoni yuzaga keldi. Bu davr 
feodal  munosabatlarning  tanazzuli,  milliy  -  ozodlik  harakati  va  ma’naviy  hayotdagi  jiddiy 
siljishlar  zamoni  sifatida  ma’lum.  XIX  asrning  oxirgi  o‘n  yilligida  Suriyaga  xorijiy  kapital 
ko‘plab kirib kelaboshladi. 
Suriyaning kapitalistik bozor munosabatlariga tortilishi, yangi ijtimoiy munosabatlarning 
qaror  topishi,  Suriya  xalqining  turklar  va  xorijiy  kapital  hukmronligiga  qarshi  kurashi 
mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  biqiqlikdan    qutilishiga  olib  keldi.  Ingliz,  rus 
missionerlari tomonidan ochilgan maktablar ham Suriya madaniy hayotida ijobiy rol o‘ynadi. 
Suriya  ma’rifatparvarlari  keng  xalq  ommasini  ma’rifatli  qilishni  asosiy  maqsad  qilib 
oldilar,  vatanlarining  ijtimoiy,  madaniy  rivojlanishi  omilini  shunda  ko‘rdilar.  "Arab  milliy 
burjuaziyasining  shakllanishi  va  milliy  o‘zini  anglashning  o‘sishini  qamrab  oladigan  bu  davr 
Suriya  va  Misr  uchun,  ta’bir  joyiz  bo‘lsa,  fikrlashga  qobil  aqli  butun  mavjudot  uchun  yagona 
o‘lchov bo‘lib xizmat qiladigan ma’rifatparvarlik davri vazifasini o‘tadi.”
52
 
Arab  ma’rifatparvarligi  va  maorifini  rivojlantirishga  Butrus  al-Bustoniy  (1819-1883) 
katta hissa qo‘shdi. U maktab ochib  yoshlarda o‘z madaniyatiga qiziqish hissini uyg‘otdi, arab 
tilining izohli lug‘atini tuzdi, ensiklopediya yaratdi. Grammatika, ritorika, poetika bo‘yicha qator 
qo‘llanmalar tuzgan Nasif al-Yaziji (1800-1871) ham xuddi shunday mavqega ega.  
Bu  davrda  publisistika  ancha  rivojlanib,  XIX  asr  arab  adabiyotining  mustaqil  janriga 
aylandi. Suriyaning bir qator ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvarlari - Adib Ishoq, Abdurahmon al-
Kavokibiy,  Muhammad  Kurd  Ali,  Abdulloh  Marrash  faoliyati  matbuot  bilan  bog‘liq  holda 
kechgan. 
Suriya  matbuoti  boshqa  arab  mamlakatlari  kabi  milliy  o‘zlikni  anglashni  uyg‘otib, 
Sharqning  G‘arb  bilan  bo‘lgan  aloqalariga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatdi.  Demokratik  ro‘znomalar  o‘z 
sahifalarida  o‘quvchiga  tushunarli  tilda  bayon  etilgan  dolzarb  muammolar  aks  ettirdilar,  tashqi 
istiloga, diniy ayirmachilikka qarshi chaqiriqlar bilan chiqdilar. 
Fransuz  ma’rifatparvarlari,  jumladan,  Russo  g‘oyalari  Fransis  Marrashga  (1836-1875) 
ta’sir  ko‘rsatdi.  U adolat,  erk,  aql  g‘alabasiga  ishonar,  vatandoshlarini  fikriy  yangilanish, 
tafakkurni o‘tmish sarqitlaridan poklashga chaqirar edi. 
Marrashning  qarashlarini  uning  singlisi  suriyalik  ayollardan  chiqqan  birinchi  publisist 
Maryana Marrash ham qo‘llab-quvvatlar edi. Uning maqolalari Xalil Sarkisning "Lison al-hol" 
gazetasi va Butrus al Bustoniyning "al-Jinon" jurnalida chiqib turar edi. Maqolalarda musulmon 
                                           
52
 Долинина А.А. Очерки истории арабской литературы нового времени. М.:1968.С.40. 


 
107 
oilalarida  hukm  surgan  eski  urf-odatlar  tanqid  ostiga  olinardi.  U vatandosh  ayollarni  oilada  va 
jamiyatda o‘z mavqeini tiklash uchun faolroq kurashga da’vat etardi. 
Antifeodal  kurashning  eng  ko‘zga  ko‘ringan  ideologi  Abdurahmon  al  -  Kavokibiy  edi. 
Uning  "Shaharlar  onasi"  va  "Istibdod  tabiati"  asarlarida  feodal  tuzum  sarqitlaridan  xoli  yangi 
jamiyat  qurishga  da’vat  qilinadi.  Al  -  Kavokibiy  birinchilardan  bo‘lib  arablar  birligi  g‘oyasini 
ko‘tarib  chiqdi.  U jamiyatni  yangilash  uchun  islohotlar  bilan  birgalikda  inqilobiy  yo‘lni  ham 
inkor qilmas edi. 
Mamlakatdagi ma’naviy hayotni junbushga keltirgan Uyg‘onish jarayoni adabiyotda ham 
jonlanishga olib keldi. 
Boshlanishda jur’atsizlik va qat’iyatsizlik bilan boshlangan adabiyot yangilanish harakati 
asta-sekin  barcha  sohalarda  yetakchi  o‘ringa  chiqib  oldi.  Bu  harakat  yangi  davrdagi  ijtimoiy  - 
iqtisodiy taraqqiyoti tufayli  yuzaga chiqqan keng miqyosdagi tarixiy  - adabiy jarayon doirasida 
davom  etdi.  Adabiyot  sekin  -  asta  o‘zining  elitar  xarakterini  yo‘qotib  bordi.  Vaqtli  matbuot, 
kitob  nashrining  yo‘lga  qo‘yilishi,  Yevropa  yozuvchilari  asarlaridan  qilingan  tarjimalarning 
ko‘payishi adabiyot  vazifalarining tubdan o‘zgarishiga olib keldi, uni ijtimoiy hayotning muhim 
omiliga  aylantirdi.  Adabiyotda  dunyoviylik  birinchi  o‘ringa  chiqadi:  hayotiy  tuyg‘ular,  voqeiy 
turmush haqidagi oqilona mulohazalar kitoblar sahifasidan mistikani, taqvodorlik kayfiyatlarini, 
mavhum  nasihatgo‘ylikni  siqib  chiqardi.  Adabiyotning  an’anaviy  janrlari  -  qasida,  maqola, 
g‘azal o‘z o‘rnini yangi - hikoya, roman, drama janrlariga bo‘shatib berdi. 
Hikoya  janri  arab  adabiyoti  uchun  yangi  va  uning  kelib  chiqishi  haqidagi  masala 
mubohasali  hisoblanadi.  Ba’zi  bir  arab  adabiyotshunoslari  va  tanqidchilari  arab  hikoyachiligi 
Qur’on va o‘rta asr maqollaridan boshlangan, deb hisoblashadi. Boshqalar (Yahyo Haqqiy, Saloh 
Dixniy) arab novellasining ildizini Yevropaga nisbat  berishadi. "Evropadan esgan shabadalar,  - 
yozadi  Yahyo  Haqqiy,  -  arab  tuprog‘iga  novellaning  ajoyib  urug‘larini  olib  keldi.  U bilan 
tanishuv dastlab tarjimalar orqali yuzaga keldi."
53
 
Bizningcha,  Suriyaning  taniqli  yozuvchisi  Abdussalom  al-Ujaylining  fikri  haqiqatga 
yaqinroqdir.  U Suriya  hikoyachiligiga  nafaqat  Yevropa  yozuvchilarining  novellalari,  balki 
maqoma,  "1001  kecha  ertaklari"  kabi  an’anaviy  janrlar  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatgan,  deb 
hisoblaydi. 
Suriya hikoyachiligining ilk boshlovchilari sifatida Fransis Marrash, Nu’mon al-Kastali, 
Shukri al-Asali, Antuan as-Sakala nomlarini zikr etish lozim. Ilk suriyalik novellistlar o‘z ijodida 
jamiyatning  dolzarb  masalalarini  qalamga  olar  edilar.  Ularning  asarlarida  tenglik,  Suriyaning 
siyosiy  istiqloli  haqidagi  ma’rifatparvarlik  g‘oyalari  o‘z  aksini  topdi,  ular  musulmon  ayolining 
oilada,  jamiyatda  tutgan  o‘rni  masalasini  kun  tartibiga  qo‘ydilar,  eski  urf  -  odatlar,  an’analarni 
qattiq  tanqid  qilib  chiqadilar.  Ularning  asarlari  shakl  jihatidan  o‘tish  davriga  xos,  an’anaviy 
bayon  uslubi  va  sajdan  asta  -  sekin  yangi  uslubga,  sodda  va  tushunarli  tilga  o‘tish  jarayonini 
o‘zida  aks  ettirar  edi.  Publisistik  uslub,  didaktika,  ochiqdan  -  ochiq  pandgo‘ylik  Marrashning 
ham, Kastalining ham, al-Asalining ham asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. 
Birinchi  jahon  urushidan  so‘ng  Suriya  Fransiya  tasarrufiga  o‘tdi.  Yangi  tarixiy  sharoit, 
madaniyat,  ideologiya  tizimidagi  o‘zgarishlar,  fransuzlar  ta’siridan  o‘zini  saqlashga  intilish, 
milliy o‘ziligini anglashning o‘sishi yozuvchilar oldiga yangi vazifalar qo‘ydi. Bu jihatdan "Arab 
akademik  yozuvchilarining  ilmiy  jamiyati"  (ar-Rabita  al-adabiya  -  1921)  faoliyati  diqqatga 
sazovordir.  
Jamiyat  a’zolari  arab  tili  muammolarini,  arablarning  ko‘p  asrlik  tarixini, ularning  ilmiy 
va  madaniy  merosini  o‘rganishga  alohida  diqqat  qilar  ekanlar,  bu  orqali  suriyaliklarning  milliy 
o‘zligini  anglashiga,  ularda  vatanparvarlik  tuyg‘ularini  mustahkamlashga,  arab  tilidagi 
adabiyotni  yoyishga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatdilar.  Adabiyotga  XX  asrning  20-30  -  yillarida  kirib 
kelgan  yozuvchilar  ularga  qarshi  turdilar.  Ammo  Yevropa  yozuvchilari  asarlari,  Suriya  - 
Amerika  muhojirlar  adabiy  maktabi  an’analari  ta’sirida  shakllangan  bu  adiblar  jamiyatni 
o‘zgartirish  haqidagi  inqilobiy  g‘oyalariga  ergashib,  qadimparastlarni  tanqid  qilishar,  ularni 
                                           
53
 Иностранная литература. 1960. №9. С.281. 


 
108 
dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqadigan yangi adabiy janrlarda asar yaratishga da’vat etardilar. 
Fuad  ash-Shaibning  realistik  hikoyalari  yaratilishiga  hali  ikki  o‘n  yillik  muddat  o‘tishi 
lozimligiga qaramay aynan ana shu davrda adabiyotning jamiyat hayotidagi vazifasini yangicha 
baholashga, voqelikni yangi shakllarda ifodalashga qaratilgan harakat yuzaga kelgan edi. 
Suriyada hikoya janrining rivojlanishiga Ma’ruf al-Arnaudt, Xalil Hindavi, Idvar Murkas 
va boshqalarning tarjimonlik faoliyati ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Suriyada realistik hikoya 
janrini  boshlab  bergan  Fuad  ash-Shaib  bunday  yozgan  edi:  "Men  yozishdan  ko‘ra  ko‘proq 
o‘qishni  xush  ko‘radigan  yozuvchilar  avlodiga  mansubman.  Oldiniga  biz  asotiriy  adabiyotni 
o‘qir  edik.  Keyin  Shekspirni,  Rasinni,  Kornelni  o‘qidik,  undan  keyingina  Volterni,  Russoni, 
Fransni,  Zolyani,  Mopassanni  o‘qishga  jur’at  etdik.  Axir,  M.Gorkiyni  bilib  Dostoyevskiyni 
bilmaslik mumkinmi? Axir, bizni Tolstoy, Turgenev, Pushkin tomonga yetaklagan shu emasmi? 
Axir,  arab  novellisti  jahon  adabiyotida  bu  janr  bosib  o‘tgan  yo‘l  bilan  tanishmasdan  turib 
arabcha hikoya yozishga kirishishi mumkinmidi?"
54
 
Suriyada  hikoya  janrining  tug‘ilishi  va  rivojlanishida  matbuotning  roli  katta  bo‘ldi. 
Aynan matbuot sahifalarida bu yangi janr sinovdan o‘tkazildi. O‘quvchilarning keng doiralariga 
mo‘ljallangan,  hajman  matbuotga  mos  hikoya  janri  Suriya  ziyolilarining  ilg‘or  qatlamlari 
g‘oyalarining  targ‘ibotchisiga  aylandi.  Gazeta  va  jurnallar  orqali  suriyalik  o‘quvchilar  Misr  va 
Livan yozuvchilari asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Suriyada hikoya janrining 
shakllanishiga sabab bo‘lgan omillar haqida so‘z yuritilidigan bo‘lsa, albatta, Suriya - Amerika 
maktabi  yozuvchilari  haqida  gapirishga  to‘g‘ri  keladi.  Jubron  Jalil  Jubron,  Amin  ar-Rayhoniy, 
Mixail  Nuayme  va  boshqalar  ijodi  yangi  arab  adabiyotining  rivojlanishiga  barakali  ta’sir 
ko‘rsatdi. 
Adabiyot 20-30 - yillarda romantik yo‘nalishda rivojlanib bordi va bu hol, so‘zsiz, g‘arb 
adabiyoti  ta’sirida  yuzaga  keldi.  G‘arbiy  Yevropa  modernizmi  Suriya  milliy  sharoitida 
romantizm xislatlarini o‘zida ifoda etdi. Romantik yo‘nalishdagi asarlar, odatda, o‘ta tushkunlik 
ruhida  edi.  Bunga  tarixiy  sharoit  ham  sabab  bo‘lgan  edi.  Jamiyatdagi  ilg‘or  kuchlar  umid 
bog‘lagan  1925-27  yillardagi  isyonning  mag‘lubiyati  liberal  millatchilikning  tanazzuliga  sabab 
bo‘ldi.  Uning  mafkurachilari  -  romantik  adabiyot  vakillari  vujudga  kelgan  sharoitdan  qutulish 
yo‘lini topa olmadilar va bu holat ularning ijodida aks etdi. 
Subhi  Abu  G‘anim,  Sami  al-Kayali  hikoyalarida  ishqiy-maishiy  mavzular  yetakchilik 
qildi.  Abu  G‘animning  "O,  tun",  "G‘am",  "Men  va  she’riyat",  "Yig‘lama"  nomli  asarlari 
qahramonlari irodasiz, bo‘shang, hayotdan bezgan odamlar. Ular o‘z shaxsiy kechinmalarining 
biqiq  doirasida  cheklanib  qolganlar,  atrofdagi  voqelik  ularni  faqat  iztirobga  soladi,  ularda 
yovuzlikka  qarshi  kurash  intilishni  qo‘zg‘atmaydi.  Ular  yoki  tabiat  qo‘ynida  taskin  topadilar 
yoki mavhum xayollarga beriladilar. 
Suriyalik  tanqidchilar  hikoya  janrida  realistik  unsurlarning  paydo  bo‘lishini  Ali  Xalqi 
nomi bilan bog‘laydilar. Ali Xalqi o‘z zamonasi adabiyoti haqida fikr yuritar ekan, o‘z ijodining 
ma’naviy va estetik manbalariga ishora qiladi: "Biz mamlakatning ruhiy ozodligi, siyosat haqida 
gapirdik,  adabiyotdagi  konservatorlar  va  novatorlar  kurashi  borasida  bahslashdik.  Biz  Taha 
Huseyn, Saloma Muso,  Ismoil Mazhar asarlarini berilib o‘qidik... Men Pushkin, Dostoyevskiy, 
Gorkiy, Bayron hayoti va ijodini chuqur o‘rgandim."
55
 
Ali Xalqiyning real voqelik manzaralarini haqqoniy tasvirlovchi hikoyalari sevib o‘qilar 
edi. «Qiz» hikoyasida ("Bahor va kuz" to‘plami, 1931) Ali Xalqi muhabbat asosida oila qurishni 
yoqlab  chiqadi,  «Tanus  amaki»  esa  hayot  haqida  qoloq  tasavvurlar,  sarqitlarning  tanqid  ostiga 
olinishi  bilan  qiziqarli.  Salaflaridan  farqli  ravishda  Ali  Xalqi  bosh  qahramon  obrazini  ochib 
berishga  ko‘proq  diqqat  qaratadi.  Buning  uchun  har  xil  badiiy  usullardan  (dialog,  monolog, 
portret  chizgilari)  foydalanadi,  ular  sekin  -  asta  Suriya  hikoyanavisligidagi  bayonchilik 
unsurlarini surib chiqaradi. 
Muhammad  an-Najjor  hikoyalarida  ("Damashq  koshonalarida",  1937)  burjuaziya  va 
ruhoniylarning riyokorligi, ikkiyuzlamaligi, konservativligi ochib tashlanadi. muallif o‘z davriga 
                                           
54
 Мустафо Шокир. Иккинчи жаҳон урушидан олдинги даврдаги  Сурия ҳикоянавислиги. Бейрут. 1958. Б.47.   
55
 Мустафо Шокир. Иккинчи жаҳон урушдан олдинги Сурия ҳикоянавислиги. Бейрут. 1958. Б.277. 


 
109 
nisbatan  jasorat  bilan  shaxs  erkinligi  haqidagi  g‘oyalarni  ilgari  suradi,  ayrim  zodagonlar  va 
burjuaziya qatlamlaridagi molparastlikni tanqid qiladi. 
Suriya  realistik  hikoyanavisligining  shakllanishida  Fuad  ash-Shaibning  ulushi 
salmoqlidir.  U ham  oldin  zikr  etilgan  adiblar  kabi  professional  yozuvchi  emas  edi.  Shunga 
qaramay  oz  sonli  hikoyalar  ("Jarohat  tarixi",  1944)  va  "Amaldorning  pullari"  romani  uning 
ajoyib yozuvchiligini ko‘rsatdi. 
Fuad ash - Shaib hikoyalarida ilk bor mehnat kishisi tasvirlandi. Bu och-nahor Hamidan 
va aravakash Juma ("Mashinaning o‘limi", "Ro‘za tugagunga qadar"). Ammo insonlarning azob 
-  uqubati  muammosi  yozuvchini  ijtimoiy  jihatdan  emas,  ko‘proq  psixologik  planda  qiziqtiradi. 
muallifni ko‘proq och - nahor Hamidanning ijtimoiy ahvoli, ehtiyojlari emas, balki ovqat topish 
ilinjida  sargardon  yurganidagi  ruhiy  holati  qiziqtiradi.  Ash  -  Shaibning  xizmati  shundaki,  u 
hikoya  janrini  mazkur  janrni  xarakterlaydigan  xususiyatlari  bilan  adabiyotga  olib  kirdi.  Uning 
asarlaridan  ilgarigi  adabiyotga  xos  didaktika,  safsatabozlik  yo‘qoldi.  Shaib  hikoyalarining 
kompozisiyasi ravon va uyg‘un. Voqealar tabiiy ravishda kechadi, qahramonlar xatti  - harakati 
mantiqan  o‘zaro  bog‘liq.  Asar  g‘oyasini  ochishda  yozuvchi  tashqi  detallar,  nafis  chizgilardan 
unumli foydalanadi. 
"Qariqiz"  hikoyasidagi  bosh  qahramon  -  Nur  deyarli  gapirmaydi.  Ammo  yozuvchining 
qisqagina replikalaridan o‘quvchi Nurning tanholigi, singlisiga hasad qilishini bilib oladi. "O‘lim 
farishtasi"  hikoyasida  bir  vaqtning  o‘zida  ham  eri,  ham  o‘g‘li  o‘lim  to‘shagida  yotgan  ayol 
obrazini  tasvirlar  ekan,  yozuvchi  uning  pala-partish  kechinmalarini  ochiq  tasvirlamaydi,  unga 
kim azizroq ekanini aytmaydi. O‘quvchi uning hayajon bilan goh eri, goh o‘g‘li to‘shagi yoniga 
yugurishidan ayolga eri ham, o‘g‘li ham birdek aziz ekanini anglaydi. "Ro‘za tugagunga qadar" 
hikoyasida  bozor,  loviya  solingan  qozon  va  boshqa  narsalar  tasviriga  ko‘p  o‘rin  ajratiladi.  Bu 
ashyolardan  och-nahor  Hamidanning  holatini,  bozorda  sandiroqlab,  ovqat  hidi  chiqqan  har  bir 
teshikka hirs bilan qaraganini tasvirlash vositasi sifatida foydalanilgan. 
Suriyalik novellistlar guruhi urushdan oldingi vaqtda kam sonli  edi.  Bu davrda ularning 
ijodiy  metodi,  dunyoqarashi  turli  bo‘lishiga  qaramay  o‘z  zamonasidagi  urf-odatlar,  feodalcha-
islomiy  an’analarni  tanqid  qilishda  bir  yoqadan  bosh  chiqarar  edilar.  Ularning  asarlariga 
zamonaviy  jamiyat  hayoti,  uning  barcha  axloqiy-maishiy,  ijtimoiy  muammolari  shiddat  bilan 
kirib  bordi.  Adabiyotda  sekin  -  asta  an’anaviy  janrlardan  chekinish,  yangi  shakllarga  murojaat 
qilish, tilni takomillashtirish tamoyillari namoyon bo‘lib bordi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  Suriya  adabiyoti  undan  keyingi  davrga  qaraganda  sust 
rivojlandi.  1935  yilda  Damashqda  K.Ayyad  boshliq  bir  guruh  ziyolilar  tomonidan  "at-Talia" 
("Avangard")  jurnali  nashr  etila  boshladi.  Bu  jurnal  1945  yilda  Bayrutda  chop  qilingan 
antifashistik mashhur jurnal "at-Tarix" ("Yo‘l")ning salafi edi. 
Mamlakatda 1925-1927 yillardagi isyondan keyin yuzaga kelgan publisistika taraqqiyoti 
va g‘oyaviy harakatlar natijasi o‘laroq paydo bo‘lgan "at-Talia" jurnali mamlakatda ilk bor izchil 
ravishda jamoatchilik fikrini mehnatkashlar ahvoliga qaratdi, uni o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatdi. 
Jurnal sovet madaniyatiga ham katta qiziqish bilan munosabatda bo‘ldi. 
O‘z salafi an’analarini davom ettirgan "at-Tariq" jurnali, o‘z sahifalarida ilg‘or Yevropa 
madaniyatini  o‘zlashtirishga  intilayotgan  yozuvchilar  asarlarini  bosib  chiqarar,  ayni  chog‘da, 
mumtoz milliy madaniyatning ilg‘or an’analari bilan ham aloqani uzmas edi. Shu sababdan ham 
bu  jurnal  bilan  hamkorlik  qilgan  yozuvchilarning  ko‘pchiligi  urushdan  keyingi  davrda  arab 
adabiyotidagi demokratik yo‘nalishning o‘zagini tashkil etdilar. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish