Xalqaro hisob-kitoblar va ularning asosiy shakllari
Reja:
Xalqaro hisob-kitoblar haqida tushuncha. Tashqi iqtisodiy shartnomalardagi valuta-moliyaviy va to‘lov shartlari
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakllari a ularning tavsifi.
Xalqaro hisob-kitoblarda SWIFT tizimi
B5I5L5O5L5
1. Xalqaro hisob-kitoblar haqida tushuncha. Tashqi iqtisodiy shartnomalardagi valuta-moliyaviy va to’lov shartlari
Xalqaro hisob-kitoblardagi o’zgartirishlarning paydo bo’lishi hamda ularning yanada takomillashuvi tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi hamda baynalmilallashuvi bilan bog’liq. Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish davrlarining o’zaro muvofiq kelmasligi hamda iste’mol bozorlarining uzoqligi tufayli xalqaro muomaladagi qiymatlar harakatining nisbatan mustaqil bo’lib qolgan shakli xalqaro hisob-kitoblarda o’z aksini topadi. Xalqaro hisob-kitoblar tovarlar va xizmatlar bilan tashqi savdo hamda notijorat operatsiyalar, kreditlar va mamlakatlararo kapitallar harakati bo’yicha hisob-kitoblarni qamrab oladi.
Xalqaro hisob-kitoblar – turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni muvofiqlashtirishdir.1 Xalqaro hisobkitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va xalqaro hujjatlar hamda qoida bilan mustahkamlangan to’lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tomondan, ushbu hisobkitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o’z ichiga oladi. Hisob-kitoblarning eng katta hajmi bank hisobvaraqlarida yozuvlarni amalga oshirish orqali naqdsiz pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda jahonning eng yirik banklari xalqaro hisob-kitoblarda yetakchilik mavqeyiga ega bo’ladi. Mazkur banklarning xalqaro hisob-kitoblarga bo’lgan ta’sir darajasi ular joylashgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy valutasining ishlatilish ko’lami, ixtisoslashganligi, moliyaviy ahvoli, ishbilarmonlik mavqeyi, vakil-banklar tizimiga bevosita bog’liq.
Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o’zlarining xorijiy bo’limlari va xorijiy banklar bilan o’rnatilgan vakillik munosabatlaridan foydalanadi. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilganda «loro» (xorijiy banklarning mazkur bankda ochilgan hisobvarag’i) va «nostro» (mazkur bankning xorijiy banklarda ochilgan hisobvarag’i) hisobvaraqlari ochiladi. Vakillik munosabatlari hisob-kitoblar tartibi, vositachilik haqining hajmi, ishlatib bo’lingan mablag’larni to’lash uslublarini belgilab beradi. Xalqaro hisob-kitoblarni o’z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun banklar, odatda, kutilayotgan to’lovlarning tarkibiy tuzilishi va muddatlariga muvofiq ravishda zarur bo’lgan va turli valutalarda ifodalangan valuta pozitsiyalarini ta’minlaydi va o’z valuta zaxiralarini diversifikatsiyalash siyosatini o’tkazadilar. Banklar nisbatan yuqori foyda olish maqsadida o’z valuta aktivlarini jahon ssuda kapitallari bozorida, shu jumladan yevrobozorda joylashtirishni afzal ko’rgani holda «nostro» hisobvaraqlaridagi minimal qoldiqlarni ta’minlashga harakat qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblar borasidagi banklar faoliyati, bir tomondan, milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtiriladi, boshqa tomondan esa – o’rnatilgan qoidalar va tartiblar yoki alohida hujjatlar bilan mustahkamlangan ko’rinishda mavjud bo’lgan, shakllangan amaliyot bilan belgilanadi.
Xalqaro hisob-kitoblarda asosan milliy valutalarning ishlatilishi ulardan foydalanish samaradorligini kurs tebranishlari hamda ushbu valutalar emitentlari bo’lmish mamlakatlarning iqtisodiy va valuta siyosatiga bog’liqligini kuchaytiradi. Xalqaro hisobkitoblarning holati qator omillarga bog’liq: mamlakatlar orasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, valuta qonunchiligi, xalqaro savdo qoidalari va tartiblari, bank amaliyotlari, tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |