Mavzu: Bank buxgalteriya hisoblash



Download 19,71 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,71 Kb.
#247067
Bog'liq
4-Mavzu bank


Mavzu: Bank buxgalteriya hisoblash

Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g’ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o’z vazifalarini to’g’ri bajarishini, mavjud va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta'minlaydi.

Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo’lga qo’yish usullari to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ulami nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo’yicha javobgarlik belgilangan. Shuningdek, quyidagilami ta'minlash maqsad qilib qo’yilgan:


  • hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to’g’ri bajarish hamda ulami buxgalteriya hisobi va hisobotida o’z vaqtida va aniq aks ettirish;

  • bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o’zgarishlar to’g’risida ishonchli ma'lumotlar to’plash;

  • bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o’zgarishlar va moliyaviy natijalari to’g’risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlami tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;

  • bank ish kuni tartibiga qat'iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko’rsatish;

  • hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish;

  • bankdan chiqayotgan hujjatlami tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko’rsatuvchi mijozlaming operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;

  • bankdagi pul mablag’lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo’l qo’ymaslik hamda belgilangan tartibda ulaming saqlanishini tashkil etish;

  • operatsiyalaming qonuniyligi hamda to’g’riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o’tkazish, ulaming natijalari bo’yicha ma'lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;

  • zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag’ sarfini qisqartirish.

Amalga oshirilgan operatsiyalami amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish to’g’risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir.

Banklar belgilangan asosiy qoidalar doirasida o’zlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki buxgalteriya hujjatlapini yuritish tartibini belgilashlari mumkin.Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid ma'lumotlami O’zbekiston Respublikasining "Bank siri to’g’risida"gi qonuni talablariga qat'iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim.Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g’ri tashkil etilishi va nazorat qilish maqsadi quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:



  • bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bo’lib, bankka kelib tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;

  • bank buxgalteriya apparati - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini ichki nazoratdan o’tkazish hamda ulami hisob registrlarida qayd etish bilan shug’ullanuvchi xodimlar guruhi;

  • bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o’matilgan ish vaqti;

  • bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ulaming qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlaming ishonchliligini ta'minlash tizimi.

Ichki nazorat ma'lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g’inlarida kunlik bank operatsiyalaming boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.
Download 19,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish