Reja: Xalqaro hisob-kitoblar haqida tushuncha. Tashqi iqtisodiy shartnomalardagi valuta-moliyaviy va to‘lov shartlari Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakllari a ularning tavsifi



Download 358,52 Kb.
bet5/24
Sana22.07.2022
Hajmi358,52 Kb.
#835343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1493309300 68059

Inkasso ta’rifi. Umumlashtirilgan qoidaga muvofiq inkasso bu bank operatsiyasi bo’lib, u:

  1. akseptni yoki to’lovni qabul qilish;

  2. qarshi tomondan aksept yoki to’lov amalga oshirilsaginahujjatlarni taqdim etish;

  3. boshqa shartlarda hujjatlarni taqdim etish maqsadida hujjatlardagi olingan ko’rsatmalarga asoslangan holda amalga oshiriladi (har bir holat uchun alohida).

Boshqacha aytganda, inkasso bu hisob-kitob bank operatsiyasi bo’lib, bunda emitent-bank o’z mijozining ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilgan holda va mijozi taqdim etgan hujjatlariga ko’ra qarzdordan (importyordan) akseptni yoki to’lovga qarshi tijorat hujjatlarini berish yoki har bir holat uchun alohida o’zga shart bilan hujjatlarni berish va operatsiyani amalga oshirish bo’yicha o’z zimmasiga olgan majburiyatdir.
Odatda, emitent-bank mijozining ko’rsatmalarini bajarish uchun boshqa (inkassolovchi) bank xizmatidan foydalanadi. Mijozning ko’rsatmasida belgilangan bank, agar bunday ko’rsatma berilmagan bo’lsa, emitent-bank tanlagan ixtiyoriy bank yoki aksept va to’lov sodir bo’layotgan mamlakatda joylashgan boshqa bir bank inkassolovchi bank sifatida faoliyat ko’rsatishi mumkin.
Inkassolovchi bank qarz to’lovchiga hujjatlarni bevosita taqdim qiladi va shuning uchun taqdim qiluvchi bank deb ham yuritiladi.
Bank mijozining ko’rsatmasini bajarish uchun boshqa bir bankning xizmatidan foydalanar ekan, u inkassolovchi bankning xizmat haqini o’z mijozi hisobidan to’lab beradi. Bundan tashqari, agar chet el qonun-qoidalariga va odatlariga ko’ra muayyan majburiyatlar mijozning topshirig’ini bajaruvchi bank zimmasiga yuklatilsa, u holda mijoz bu majburiyatlarni pul ko’rinishida qoplab berishi shart.
Inkasso operatsiyasida qo’llaniladigan hujjatlar Umumlashtirilgan qoidalarda ikki guruhga ajratiladi:

  1. Moliyaviy hujjatlar (o’tkazma veksel (tratta), oddiy veksel(solo), chek, to’lov tilxati va to’lovni amalga oshirish uchun ishlatiladigan boshqa hujjatlar).

  2. Tijorat hujjatlari (yukni ortish hujjatlari, mulkka egalikhuquqini beruvchi hujjatlar, sifat sertifikati, kelib chiqish sertifikati, sug’urta polisi va boshqa moliyaviy hujjat xarakteriga ega bo’lmagan hujjatlar).

Shu sababli inkassoning 2 turi mavjud:

  • «sof» inkasso, ya’ni faqat moliyaviy hujjatlar qo’llanila-digan inkasso;

  • «hujjatlashtirilgan» inkasso, ya’ni moliyaviy hujjatlar bi-lan tijorat hujjatlari birga yoki faqat tijorat hujjatlarining o’zi qo’llaniladigan inkasso.

Umumlashtirilgan qoidalardan foydalanishning qulayligi shundaki, u inkasso bo’yicha hisob-kitob operatsiyasini bajarish amaliyotida yuzaga keladigan ko’pgina masalalar va atamalarni yagona talqin qilish imkonini yaratadi.
Xalqaro Savdo Palatasi qoidalariga amal qilish majburiy hisoblangan mamlakatlarda inkasso shaklidagi hisob-kitoblarni qo’llashda banklar va ushbu banklarning mijozlari uchun ham umumlashtirilgan qoidalarga rioya qilish majburiydir.
Inkasso bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi quyidagicha (7-chizma):

  1. Eksportyor va importyor o’rtasida shartnoma tuziladi. Mazkur shartnomada, odatda, qaysi banklar vositasida hisob-kitob amalga oshirilishini tomonlar kelishib oladilar.

  2. Bitimga muvofiq eksportyor tovarlarni jo’natish uchunyuklatadi.

  3. Eksportyor yuk tashuvchi tashkilotdan transport hujjatlarini oladi va o’zining banki orqali importga yuboriladigan hujjatlar to’plamini tayyorlaydi. Ushbu to’plamga, agar bitim shartida ko’zda tutilgan bo’lsa, xaridor tomonidan akseptlanishi zarur bo’lgan o’tkazma veksel ham kiritiladi.

  4. Eksportyor hujjatlar to’plamini inkasso topshirig’i bilano’z bankiga taqdim qiladi. Umumlashtirilgan qoidaga ko’ra inkassoga hujjatlarni taqdim qilgan eksportyor – «ishonuvchi», eksportyorning banki esa remitent-bank deb yuritiladi.

  5. Remitent-bank dastlab taqdim qilingan hujjatlarni inkassotopshirig’i va shartnoma shartlariga mos kelishini tekshiradi, so’ngra hujjatlarni topshiriq bilan birga xorijiy vakil-bankka jo’natadi. Inkasso topshirig’ida remitent-bank importyordan olinadigan mablag’larni o’tkazish va agar shartnomada trattaning ishtirok etishi qayd qilingan bo’lsa) o’tkazma vekselni akseptlash xususida importyorning bankiga ko’rsatma beradi.

  6. Inkasso operatsiyasida qatnashuvchi importyorning banki(«inkassalovchi bank») importyorga («to’lovchiga») hujjatlarni tekshirish hamda bitimga muvofiq to’lovni amalga oshirish yoki vekselni akseptlash maqsadida inkassa topshirig’ini va hujjatlar majmuyini taqdim qiladi.

Agar eksportyorning banki bilan importyorning banki o’rtasida bevosita vakillik munosabatlari o’rnatilmagan bo’lsa, eksportyorning banki importyorning mamlakatida joylashgan va vakillik munosabatlari o’rnatilgan boshqa bir uchinchi bankka murojaat qiladi. Bunday holatda uchinchi vositachi bank «inkassolovchi bank» hisoblanadi va u bevosita o’zi yoki importyorning banki orqali hujjatlarni to’lovchiga taqdim qiladi. Hujjatlarni to’lovchiga taqdim qilgan bank «taqdim qiluvchi bank» deb yuritiladi.
5)




Remitent
bank









Inkassolovchi bank






Download 358,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish