Mavzu: Suv hayot manbai.
Quruqlikdagi suvlar geografik qobiqda muhim ahamiyatga ega boiib, «okean - quruqlik -atmosfera» suv aylanish zanjirini tashkil etadi. Yer yuzidan ko'tarilgan bug'lar atmosferada yog'inga aylanib, Yer yuziga tushadi. Uning bir qismi yana bug'lanib ketsa, bir qismi shimilib, yer osti suvlariga va botqoqliklarga aylanadi, yana bir qismi soy va daryolar tarzida dengiz va okeanlarga quyiladi, yana bir qismi materik va tog' muzliklariga qo'shilib ketadi.
Shunday qilib, quruqlikdagi suvlarga yer osti suvlari, daryo, ko'l, botqoqlikdagi suvlar, doimiy qor va muzliklardagi suvlar va boshqalar kiradi. Ular Yer sharidagi umumiy suv (gidrosfera)ning 3,5 foizini tashkil etadi.
Yer osti suvlari. Yer po'sti qatlamlari ichida bo'lgan hamma suvlar yer osti suvlari deb ataladi. Ular qattiq (muz va qor), suyuq, bug' holatida bo'ladi. Yer osti suvlarining umumiy hajmi 32400 ming km3 bo'lib, dunyo suv zaxirasining 1,7 foizini tashkil etadi. Yer osti suvlari yog'inlarning shimilishidan, daryo, soy, ko'l, kanal va boshqalardan bo'lgan filtratsiyadan to'yinadi. Bunday yo'l bilan vujudga kelgan yer osti suvlarini vadoz (yuzadagi) suvlar deyiladi. Vadoz suvlarini grunt suvlari deb ham yuritiladi.
Yog'in va yer osti suvlari yerga singib tuproqdan, qum, shag'al kabi jinslar orasidan o'tib ketadi. Bunday qatlamlarni suvo'tkazadigan qatlamlar deyiladi. Suvlar gil, granit, qumtosh gili, slanes kabi suvo'tkazmaydigan qatlamga borib to'planadi va suvli qatlamni vujudga keltiradi.
Yer osti suvlari joylashishi va to'yinishi jihatidan grunt (sizot), qatlamlar orasidagi bosimli suvlar va mineral-termal suvlarga bo'linadi.
Grunt suvlari Yer yuzasiga yaqin qatlamlar orasidagi suvlar bo'lib, chuqurligi 30-40 metrga yetadi. Grunt suvlari, asosan, yog'in, daryo, ko'l, botqoqliklar suvining shimilishi asosida to'yinib turadi. Ular Yer yuzasiga yaqin bo'lganligi tufayli iqlim sharoitlariga qarab yil fasllarida o'zgarib turadi. O'zbekiston sharoitida grunt suvlari sathi bahorda (qorlar eriganda, yomg'ir yoqqanda) ko'tarilib, buloq tariqasida yer betiga chiqib tursa, aksincha, yozda haroratning yuqoriligiga va qurg'oqchilik tufayli pastga tushib, ba'zi buloqlar qurib qoladi.
Qatlamlar orasidagi suvlar grunt suvidan to'yinib turadi. Ular relyefga bog'liq holda bosimsiz va bosimli bo'lishi mumkin. Agar relyef nishob bo'lmasa, yer osti suvlari qatlamlar orasida to'planaveradi. Bunday joy qazilsa (bug'lansa), ikki tomondan bo'ladigan bosim ta'sirida yer betiga suv favvora kabi otilib chiqadi. Bunday joylarni artezian havzasi deb yuritiladi. Shunday quduq birinchi marta Fransiyaning Arteziya viloyatida qazilganligi uchun artezian qudug'i deb nom olgan. Agar qatlamlar orasidagi suvning bosimi kuchsiz boisa, ular so'rg'ichlar orqali Yer yuzasiga tortib chiqariladi. Qatlamlar orasidagi suvlar 200-600 metr chuqurliklarda joylashgan bo'lib, aksariyati chuchuk, ichishga yaroqli bo'ladi.
Yer osti suvlarining bir qismi, asosan, magmadan ajralib chiqqan suv bug'larining (yoriqlar orqali) yuqoriga ko'tarilib sovishdan hosil bo'lgan yuvenil suvlaridan to'yinib turadi. Bunday yer osti suvlari mineral-termal suvlar deb yuritiladi. Mineral suvlar ancha chuqurdan (2500-3000 m) chiqqanligi uchun harorati yuqori (40-70 foiz atrofida) bo'lib, tarkibida har xil minerallar erigan holda uchraydi. Shuning uchun bunday suvlarnirTg aksariyati shifobaxsh xususiyatga ega. Bunga Teshkent, Farg'ona, Chortoq, Jayronxonadagi mineral suvlar misoldir. Yer osti suvlarining ahamiyati katta bo'lib, ulardan ekinlarni sug'orishda, aholini chuchuk suv bilan ta'minlashda, maishiy-kommunal xo'jalikda, tibbiyotda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |