balandligi, m
Kaspiy
|
Osiyoda
|
371,0
|
1025
|
28,5
|
Orol
|
Osiyoda
|
61,5
|
-
|
53
|
Baykal
|
Osiyoda,
|
35,5
|
1620
|
456
|
Balxash
|
Osiyoda
|
17,6
|
26
|
340
|
Issiqko'l
|
Osiyoda
|
6,2
|
668
|
1602
|
Ladoga
|
Yevropa
|
18,1
|
230
|
5
|
Onega
|
Yevropa
|
9,7
|
12,7
|
25
|
Yuqori ko'l
|
Amerika
|
82,4
|
393
|
183
|
Guron
|
Amerika
|
59,6
|
228
|
177
|
Michigan
|
Amerika
|
58,0
|
281
|
177
|
Eri
|
Amerika
|
25,7
|
64
|
175
|
Ontario
|
Amerika
|
19,5
|
236,0
|
75
|
Viktoriya
|
Afrika
|
68,0
|
80
|
1134
|
Tanganka
|
Afrika
|
34,0
|
1435
|
473
|
Nyasa
|
Afrika
|
30
|
706
|
472
|
Chad
|
Afrika
|
26
|
11,4
|
281
|
Suv omborlari
Suv omborlarining
nomi
|
Qaysi materikda joylashgan
|
Maydoni ming kvkm
|
Eng chuqur yeri, m
|
Dengiz sathidan balandligi, m
|
Koriba
|
Zambezi
|
5,2
|
35,2
|
185
|
Bratsk
|
Angara
|
5,5
|
57,2
|
179
|
Asvon
|
Nil
|
5,5
|
-
|
130
|
Krasnoyarsk
|
Yenesey
|
2,6
|
36,6
|
72,3
|
Sanminya
|
Xuanxe
|
3,5
|
18,6
|
73,7
|
Buxtarma
|
Irtish
|
5,5
|
10,5
|
065
|
Boulder-dam
|
Kolorado
|
0,6
|
61,0
|
36
|
Qayroqqum
|
Sirdaryo
|
5,1
|
-
|
-
|
To'xtako'l
|
Norin
|
0,3,
|
-
|
19,0
|
Chordara
|
Sirdaryo
|
0,9
|
-
|
5,7
|
Chorvoq
|
Chirchiq
|
0,4
|
162
|
2,0
|
Tuyamo'yin
|
Amudaryo
|
7,9
|
-
|
7,3
|
Kriosfera. Kriosfera - bu sayyoramizda harorati 0°C dan past bo'lgan hududlarda suv (nam)ning qattiq holda uchrashidir. Binobarin, kriosfera geografik qobiqda suv va energiya aylanishida ishtirok etib, Yer yuzasidagi muz, ko'p yillik muzloq yerlar kabi turlarni o'z ichiga oladi.
Yer shari yuzasidagi qor qoplamining umumiy maydoni 115 mln kv km bo'lib, sayyoramiz maydonining 22 foizini ishg'ol qiladi. Qorlar xususiyatiga ko'ra, mavsumiy va doimiy deb ataluvchi ikki turga bo'linadi. Qor qishda yog'ib, so'ngra erib ketsa, mavsumiy, aksincha, yerimasdan yildan-yilga o'tsa doimiy qorlar deb yuritiladi. Mavsumiy qorlarning umumiy maydoni 85 mln kv km bo'lib, shuning 61 mln kv km Yer sharining quruqlik qismida (59 mln kv km, shimoliy yarimsharda, 2 mln kv. km. janubiy yarim-sharda) qolgan 24 mln kv km qismi okean va dengizdagi muzliklar yuzasida o'rnashgan. Doimiy qorlarning umumiy maydoni 30 mln kv km bo'lib, 2 mln kv km shimoliy yarimsharda, 14 mln kv km janubiy yarimsharda, 14 mln kv km okean muzliklari yuzasida joylashgan.
Doimiy qorlar materik va tog' muzliklarining hamda Arktika, Antarktida, Grenlandiya, Frans-Iosif Yeri, Shpisbergen va Islandiyadagi muzliklarning vujudga kelishida, ularni to'yintirib turishda muhim ahamiyatga ega.
Dunyoda muz va muz qoplamlarining umumiy maydoni 16 ming kv km bo'lib, unda 24 mln kub km chuchuk suv zaxirasi mavjud. Bu esa butun Yer yuzasidagi chuchuk suvning 69 foizini tashkil etadi. O'rta Osiyo tog'laridagi muzliklarda 2244 km kub chuchuk suv mavjud bo'lib, Azov dengizi suvidan 7,5 marta ziyoddir. Dunyodagi muzliklar Yer shari bo'yicha quyidagicha joylashgan: Antarktidada 13,4 mln kv km., Arktika va Grenlandiyada 2,0 ming kv km., Osiyoda (Kavkaz bilan) 131,3 ming kv km, uning 18 ming kv km qismi O'rta Osiyo tog'larida), Amerikada 85,5 ming kv km, Yevropada (Islan-diya bilan) 20,5 ming kv km, Okeaniyada (Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya bilan) 1,0 ming kv km. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Yer yuzidagi muzliklar umumiy maydonning 87 foizi Antarktidada joylashgan.
Dunyodagi eng katta tog' muzliklari Osiyoda joylashgan. Bular Qoraqurum tizmasidagi Seagen (uzunligi 75 km), Pomir tizmasidagi Fedchenko (uzundigi 77 km), Tyasshandagi Inilchiq (uzunligi 65) muzliklaridir.
Dunyodagi qoplama muzliklarning eng qalini Antarktidada bo'lib, qalinligi 3,5-4 ming metrga yetadi. Bu muzliklarning bir qismi dengiz qirg'oqlariga yetib borgach, suv to'lqinlari ta'sirida sinib tushib, muz tog'lari- aysberglarni tashkil qiladi.
Kriosferaning yana bir turi ko'p yillik muzloq yerlar hisoblanadi. Ko'p yillik muzloq yerlar, asosan, harorat 0°C dan past bo'lgan hududlarda grunt muzlab qolishdan hosil bo'ladi. Bunday hududlar Yevrosiyo (asosan Sibirda) va Kanadaning shimoliy qismlarida, Arktika orollarida Grenlandiyada uchraydi. Ko'p yillik muzloq yerlar maydoni 21 mln kv km bo'lib, quruqlik maydonining 14,5 foizini egallaydi. Shuning 20 mln kv km Shimoliy yarimsharda, faqat bir mln kv km janubiy yarimsharda joylashgan.
Ko'p yillik muzloqlar, qorlar va muzliklar, daryolarni suv bilan ta'minlab turuvchi tabiiy laboratoriya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |