Quruqlikdagi suvlar



Download 155,5 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2022
Hajmi155,5 Kb.
#467081
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Quruqlikdagi suvlar

Daryolar. Yer yuzasi quruqlik qismiga tushayotgan yog'inning bir qismi to'planib, soy va daryolarni hosil qiladi, binobarin, tabiiy chuqurlikda harakat qiladigan doimiy suv oqimiga daryo deyiladi. Daryolarni suv oladigan (boshlanish) joyini manbai yoki boshlanish joyi, ma'lum joyga (okean, dengiz, ko'l, va boshq.) borib quyilishi mansabi yoki quyilish joyi deyiladi. Daryo oqadigan soylik daryo vodiysi, daryo vodiysining suv to'lib oqadigan qismini daryo o'zani, suv ko'payganda uning tagida qolgan qismini qayri deb yuritiladi. Daryolarning suv yig'adigan hududini havzasi, havzada oqadigan asosiy daryo va uning irmoqlarini daryo tizimi deb ataladi. Bosh daryoning oqish tomoniga qarab turilsa, o'ng tomondan quyilgani o'ng irmoq, chap tomondan quyilayotgani chap irmoq hisoblanadi. Daryo vodiysi yonbag'rida zinapoya shaklida ko'hna qayir (terrasa)lar joylashgan. Bular daryoning qadimiy qayirlarining qoldiqlaridir. Terrasalar daryo o'zanining chuqurlashishi natijasida hosil bo'ladi. Bir daryo havzasi bilan ikkinchi daryo havzasi ajralib turadigan joylar suv ayirg'ichlari deb ataladi. Daryoning boshlanish yeridan quyar yerigacha bo'lgan umumiy masofa uning uzunligi deb ataladi. Daryoning boshlanish yeridan quyar joyiga tomon to'xtovsiz harakati uning oqimi deb ataladi.
Daryolar to'yinishi, ya'ni qanday manbalardan suv olishi jihatidan quyidagi turlarga bo'linadi: yomg'irdan, qorlarning erishidan, muzlarning erishidan, yer osti suvlaridan, aralash manbalardan to'yinadigan daryolar.
Yomg'ir suvlaridan to'yinadigan turga, asosan, ekvator mintaqasidagi (Amazonka, Kongo, Niger) hamda musson iqlimli hududlardagi (Amur va boshq.) daryolar kiradi. Bu daryolar suvi, xususan, Amazonka, Kongo suvlari yil bo'yi sersuv bo'ladi. Chunki ularning havzalariga hamma fasllarda yomg'ir ko'p yog'adi.
Qorlarning erishidan to'yinadigan daryolar turiga Volga, Missisipi, Yukon va boshqalar kiradi. Bu daryolarning suvi bahorda va yozning boshlarida qorlarning erishi hisobiga ko'payib, qishda va kuzda kamayadi.
Qorlarning erishidan to'yinadigan turga yana Qozog'iston past tog'laridan boshlanuvchi Nura, Sarisuv, Ayaguz, To'rg'ay kabi daryo­lar kiradi. Lekin bu daryolar bahorgi erigan qor suvlaridan to'yinganligi tufayli yillik oqimining 60-80 foizini bahorda oqizib, yozda suvi juda kamayib ketadi. Shu jihatdan Volga, Missisipi, Yukon daryolaridan bir oz farqlanadi.
Muzlarning va doimiy qorlarning erishidan to'yinadigan turga baland tog'lardan (Himolay, Hindikush, Pomir, Tyanshan, Kavkaz, Alp va boshqalar) boshlanuvchi daryolar (Amudaryo, Zarafshon, Norin, Kuban, Terek va boshqa) kiradi. Bu daryolarning suvlari yozda tog'lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishi tufayli to'lin suv davri yozga to'g'ri kelib, qishda suvi ozayib qoladi. Yer osti suv­laridan to'yinadigan daryolar, asosan, yer ostidan sizib chiqayot-gan suvlardan, buloqlardan to'yinadi. Bu daryolarning suvi yil bo'yi kam o'zgaradi. Bunga O'zbekistondagi Siyob daryosi misol bo'lib, xalqimiz bunday daryolarni «Qora suv» deb ham atashadi.
Aralash manbalardan to'yingan daryolarga Rossiya tekisligidan boshlanuvchi daryolar kiradi, ular yomg'ir, qor va yer osti suvlari­dan to'yinadi, binobarin, boshqa tur daryolarga nisbatan yil fasllari bo'yicha suvi kam o'zgaradi.
Daryolar geografik qobiqda modda va energiya almashinuvida ishtirok etib, har yili okean va dengizlarga 47000 km3 suv olib borib quyadi. Yer sharidagi eng muhim daryolar haqidagi ma'lumotlar quyidagi 5- jadvalda berilgan.
5- jadval

Download 155,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish