Yer sharidagi eng muhim daryolar
№
|
Daryolar
|
Uzunligi, km
|
Suv yig'adigan maydoni, ming km2
|
O'rtacha
yillik suv sarfi: m3/sek
|
Yillik o'rtacha oqim, km3
|
1.
|
Amazonka
|
6400
|
7180
|
120000
|
3160
|
2.
|
Missisipi
|
6420
|
3238
|
19000
|
600
|
3.
|
Nil
|
6671
|
2870
|
3100
|
98
|
4.
|
Yanszi
|
5800
|
1808
|
2200
|
690
|
5.
|
Konga
|
4320
|
3690
|
43000
|
1260
|
6
|
Papana
|
4700
|
3100
|
14880
|
—
|
7.
|
Mekong
|
4500
|
810
|
12000
|
—
|
8.
|
Gang
|
2700
|
1125
|
10000
|
1120
|
9.
|
Yenesey
|
4092
|
2580
|
17400
|
548
|
10.
|
Hind
|
3180
|
960
|
—
|
—
|
11.
|
Ob
|
3680
|
2975
|
12600
|
—
|
12.
|
Lena
|
4400
|
2490
|
16400
|
—
|
13.
|
Amur
|
4416
|
2490
|
1150
|
350
|
14.
|
Volga
|
5700
|
1950
|
8600
|
250
|
15.
|
Dunay
|
2850
|
871
|
5500
|
203
|
16.
|
Amudaryo
|
2540
|
465
|
1990
|
68,1
|
17.
|
Sirdaryo
|
2982
|
463
|
1177
|
37,2
|
18.
|
in
|
950
|
112,7
|
460
|
14
|
19.
|
Zarafshon
|
751
|
17,7
|
190
|
3,27
|
Daryolar geografik qobiqning tabiiy holatiga ham ta'sir ko'rsatadi. Chunki daryolar Yer yuzasida eroziya jarayonini bajarib, tog' jinslarini yemiradi, o'zani qirg'oqlarni yuvadi. So'ngra o'sha yemirgan jinslarni quyi qismida to'playdi, ya'ni akkumulyatsiya qiladi, natijada allyuvial tekisliklar vujudga keladi. Daryo quyar yerida tarmoqlarga bo'linsa, uni daryo deltasi deb ataladi. Daryolar o'z yo'lida har xil to'siqlarga duch kelib, o'zining to'g'ri yo'lini o'zgartiradi va ilon izi boiib oqadi. Daryolarning bunday ilon izi bo'lib oqishini meandra deyiladi. Daryo o'zanida qattiq jinslar bilan yumshoq jinslar aralash uchrasa, zinapoya kabi o'zan vujudga keladi. Bu zinapoyalar kichik va qiya bo'lsa, ostonalar, aksincha, katta va tik bo'lsa, sharsharalar hosil bo'ladi. Dunyodagi eng katta sharshara Afrikaning Zambezi daryosidagi Viktoriya sharsharasi (balandligi 120 m, kengligi 1800 m), Shimoliy Amerikadagi Niagara shovvasi (balandligi 51 m, kengligi 1237 m), Orioko daryosidagi Anxel (balandligi 1054 m) sharsharasi.
Mavzu: O`zbekistondagi suv havzalari.
Daryolar muhim tabiiy resurs bo'lib, ulardan sug'orishda, energiya olishda, transportda, aholini va sanoatni suv bilan ta'minlashda, maishiy kommunal xo'jalikda, baliq ovlashda hamda rekratsiya (dam olib, hordiq chiqarish) maqsadida foydalaniladi.
Dunyo bo'yicha 200 mln gektar yerni sug'orish uchun yiliga 2300 km3 atrofida suv sarflanmoqda. O'rta Osiyoda 6,5-7 mln gektar atrofidagi yerlarning sug'orishga taxminan 105-110 km3 suv sarflanmoqda. Sug'orishga olingan suvning 20-25 foizi qaytarma suv sifatida zovurlarga kelib qo'shilmoqda, bir qismi daryo yoki ko'llarga tashlab yuborilmoqda, oqibatda daryo suvlari ifloslanmoqda.
Daryolarning energetik ahamiyati juda muhim. Yer sharidagi daryolarning umumiy potensial energiya resursi 3750 mln kVt bo'lib, shuning 35,7 foizi Osiyo, 18,7 foizi Afrika, 45,6 foizi Shimoliy va Janubiy Amerika, 64 foizi Yevropa, 4,5 foizi Avstraliya daryolari-ga to'g'ri keladi. Lekin hozir dunyo bo'yicha gidroenergiya resursining 11-12 foizi foydalanilmoqda. O'rta Osiyo daryolarining potensial energiya miqdori 63-64 mln kVt atrofida bo'lib, shundan 34,9 mln kVt Sirdaryoj/a uning irmoqlariga to'g'ri keladi. Lekin hozircha O'rta Osiyo daryolari potensinal energiyasining faqat 11-12 foizi-dangina GESlar qurib foydalanilmoqda.
Dunyo bo'yicha sanoat va maishiy kommunal xo'jaliklari yiliga 420-450 km3 atrofida suv iste'mol qilmoqda. Lekin shu 45-50 km3 suv ifloslanib, daryolarga oqizilmoqda.
O'rta Osiyo sanoat va maishiy kommunal xo'jaligi uchun yiliga 10-12 km3 suv sarflanmoqda. Shuning bir qismi tozalanmasdan tabiiy suv havzalariga tashlab yuborilmoqda, natijada suv ifloslanmoqda.
Dunyo bo'yicha o'rtacha har bir kishi sutkasiga 350-400 litr suv sarflamoqda. O'rta Osiyoda sharoitni hisobga olgan holda 80-100 litrdan (qishloq joylarida), aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda jon boshiga sutkasiga 500 litrgacha suv iste'mol qilish ko'zda tutilgan.
Lekin amalda bu ko'rsatkich (Toshkent shahrida) 750-800 litrni tashkil etmoqda.
So'nggi yillarda daryo suvlaridan xalq xo'jaligining turli sohalarida noratsional foydalanib, ishlatilgan iflos chiqindi suvlarni tozalamasdan yoki chala tozalab, tabiiy suv havzalariga tashlab yuborish oqibatida dunyodagi ko'p daryolarning suvi ifloslanib, ichishga yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Natijada Yer shari aholisining uchdan bir qismi chuchuk suv tanqisligini boshidan kechirmoqda. Ayniqsa, Afrika, Oldi Osiyo, Yevropada joylashgan davlatlarda, AQSHda chuchuk suv tanqisligi sezilmoqda.
Yer sharida, jumladan, O'zbekistonda chuchuk suv zaxirasini ifloslanishdan saqlash hamda muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni o'tkazish zarur:
1. Qishloq xo'jaligi uchun olinayotgan suv miqdorini kamaytirish zarur. Buning uchun sug'orishning ilg'or usullaridan (tomchilab, tuproq ostidan sug'orish, shlanglar yordamida sug'orish, kanallar tubini betonlab, foydali ish koeffitsiyentini oshirish va boshqalar) foydalanib, daryo suvini tejashga erishish kerak.
2. Suvdan foydalanishda kooperativlashgan tizimga o'tish kerak. Bunda bir korxona foydalangan suvni tozalab, sovitib, ikkinchi, so'ngra uchinchi korxona foydalanishi mumkin.
3. Suvlarni toza saqlab, iqtisod qilish uchun sanoat korxonalarida suvdan foydalanishni berk (aylanma) tizimiga o'tish zarur. Bunda ishlatilgan suvni sovitib, qayta foydalaniladi.
4. Chuchuk suvni tejash uchun sanOat korxonalarida sovitish ishlarini suv yordamida emas, havo yordamida amalga oshirish kerak.
5. Chuchuk suvni toza saqlash uchun korxona va tashkilotlarda olayotgan chuchuk suv uchun emas, balki daryo, kanal va boshqa joylarga chiqarib tashlanayotgan iflos suvning miqdori uchun haq to'lashga o'tish.
6. Chuchuk suvni iqtisod qilib ishlatish uchun suv quvuriga suv o'lchagich o'rnatish kerak.
7. Chuchuk suvni tejash uchun quvurlarning murvatlarini sozlab, bekorga oqib ketishiga chek qo'yish zarur. Agar bitta vodoprovod krani ochiq qolsa yoki buzuq bo'lsa, 10 soniyada bir litr, 2 soatda bir kub metr chuchuk suv bekorga oqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |