O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2.48 Mb.
bet24/36
Sana25.01.2017
Hajmi2.48 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36


3-ilova

1-ekspert varagi.

  • Shoirning hayot yo`li.(Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)


2-ekspert varagi

- Merosining o`rganilishi.Ogahiy devoni: janr va tematik xususiyatlari.

mohiyatini tushuntiring. (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)
3-ekspert varagi

- Ogahiy lirikasining yetakchi obrazlarini tushuntiring. (Klaster, insert texnikasidan foydalangan holda)



-ilova

Guruhlarda beriladigan qo’shimcha savollar.


  • Muxammadrizo Ogahiy hayoti va ijodi.

  • Muxammadrizo Ogahiy tarjimai holi.

  • Ogahiyning «Ta`viz ul-oshiqin» devonining tuzilishi

  • Muxammadrizo Ogahiy asarlarining mavzu doirasi.

  • Ogahiyning badiiy san`atlardan foydalanish mahorati.

  • Ogahiy va Navoiy.

  • Ogahiyning ilmiy tarixiy asarlari.

  • Muxammadrizo Ogahiy izdoshlari.

2-ilova

Ogahiy o`zbek mumtoz adabiyotining eng ko`zga ko`ringan vakillaridan biridir. U ko`p qirrali ijodkor bo`lib, tarixiy asarlar yaratgan, tarjimalar ham qilgan. Lirik merosining salmog`i ham Navoiydan keyingi o`rinda turadi.

Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy 1809 yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog`idagi miroblar oilasida tug`ildi. Kichikligidayoq otasi vafot etganligi sababli amakisi shoir Munisning qo`lida tarbiya oldi. Demak, biz uni qanday muxitda ulg`ayib borganligini tasavvur qila olamiz. Munis tarbiyasini olgan bola uning o`ziga o`xshab shoir va olim bo`lib yetishadi.

Munisga o`xshab miroblik faoliyatida ham hamma vaqt adolat tomonida turadi. Saroyga yaqin edi. Ayniqsa Munisning vafotidan so`ng uning o`rniga miroblik vazifasiga ko`tarilgach, mamlakatning barcha ariq va daryolarida suzib yuradigan kemalargacha barcha bosh mirobga bo`ysunar edi.

Ammo, shunga qaramasdan u g`oyat kamtar, kamsuqum, qanoatli, ta'magirlikni bilmaydigan, hammaga yaxshilik istaydigan kishi edi. Negaki, Ogahiy chinakam shoir edi. U hamma narsa-hodisalarga, odamlarga shoirning ko`zi bilan qarar edi. Hammaning g`ami tashvishlarini birinchilar qatori o`ziniki qilib olar, ular bilan teng qayg`urar edi.

Ogahiy fors-tojik tilini mukammal bilar edi. Sharq durdonalarini o`zi o`qiy olgan. Yurtdoshlarini, butun o`zbeklarni o`shanday asarlaridan baxramand qilish uchun 19 ta asarni fors-tojik tilidan o`zbek tilida tarjima qildi.

Ogahiy 1839 yilda «Firdavs-ul-iqbol» voqealarini Muhammad Rahimhon I hukmronligining oxirigacha tugatib, 1844 yilda «Riyozud-davla» tarixiy voqeanomasi, 1846 yilda, «Zubdat ut-tavorix», keyinchalik Muhammad Amin davri voqealarini bayon etuvchi «Jome ul-voqeati sultoni» asarini yozdi. 1857 yilda xastalanib qoldi. Shu xastalik bahonasida bosh miroblik vazifasidan ozod qilishlarini so`raydi. Chunki Ogahiy saroy amaldorlari bilan u yerdagi nohaqliklar bilan kelisha olmaydi.

Ogahiyning she'riy merosi 20 ming misra atrofidadir. XIX asrning ikkinchi yarmida Xorazmda tuzilgan bayozlarning deyarli hammasida Ogahiy she'rlari uchraydi. Ogahiy o`z she'rlarini yig`ib, ikkita to`plam tuzganligi ham ma'lum. Ulardan biri shoir madrasalarda o`qib yurganida tuzilgan bo`lib, «Bayozi mutafarriqai forsiy» deb atalgan. Unga Sharqning taniqli shoirlari asarlaridan keyin o`z asarlarini ham kiritgan. To`plamda Ogahiyning 15ta g`azali, 2 muxammasi bor. Ikkinchi Ogahiyning «Ta'viz-ul-oshiqin» devonidir. Bu devonning 4 qo`lyozma nusxasi mavjud bo`lib, ular Toshkent va Sankt- Peterburg shaharlarida saqlanadilar. Bulardan tashqari Xivada litografiya usuli bilan ko`p nusxada bosilib chiqqan.

Sharq she'riyatida murakkab usullarining san'atkorlik sirlarini mukammal egallagan Ogahiy o`z ijodida o`zining imkoniyatlaridan mukammal foydalanadi. Uning lirik merosida g`azal, muxammas, murabba, musaddas, masnaviy, shuningdek, fard, tuyuq, qit'a, ruboiy, muammo singarilarning favqulodda san'atkorona yaratilgan namunalari ko`plab uchraydi. Ogahiy faxriya tarzida bir necha o`rinlarda mana bunday baytlar ham yaratgan edi.

Ogahiy she'rin o`qi, gar xushdil o`lmoq istasang,

Kim tarab mazmunidir jonparvar ash'orimga xos.

yoki


Ogahiy, dilso`z nazmingni eshitsa ahli oshq,

Bo`yniga ta'vizdek aylar ash'oringni band.

Ogahiyning olti jilddan iborat asarlari chop etilgan bo`lib, uning 1 va 2 jildlari lirik she'rlardan iborat.

Ogahiy o`zidan oldingi shoirlardan ko`p o`rganadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy she'riyatidan ko`p bahra oldi, o`rgandi, shu boisdan tan olib mana bu baytni yozgan edi.

Ogahiy, kim topg`ay erdi so`zi nazmingdin navo,

Bahra gar yo`qdir Navoiyning havosindin sanga.

Ogahiy tarixchi va tarjimon sifatida maqtovga sazovor bo`lgudek darajadagi faoliyat ko`rsata oldi. Yuqorida aytilganlardan tashqari, Said Muhammadxon davriga tegishli «Gulshani davlat», Muhammad Rahimxon davri haqidagi «Iqboli davlat» asarlarini yaratdi.

O`zi tarjima qilgan asarlari haqida shunday yozadi:

«Faqirning turk tili bilan tarjima qilgan kitoblari «Ravzat us-safo»ning ikkinchi daftaridan chaxor yori uzom voqeasi va uchunchi daftari va «Nodiranoma» va «Zafarnoma» va «Zubdat ul-hikoyat» va «Miftoh ut-tolibin» va «Axloqi Muxsiniy», Vosifiy va «Nasixatnomai Kaykovus» va «Salomanu Absoli», «Jomiy va Ravzat us-safoi» Vosifiyning birinchi daftari va «Daloil ul-Muqimxoniy» va «Taboqati Akbarshohiy» va «Xaft paykari Nizomiy» va «Xasht bihisht»i Xisraviy va «Yusuf Zulayxo»i Jomiy kim manzum bo`ldi va «Shohi gado»i Xiloliykim manzum bo`ldi»

Ogahiy tarixiy va badiiy asarlarni tanlab tarjima qilganligi ko`rinib turibdi. Aniqsa, Sa'diy «Guliston»i, Jomiyning «Bahoriston»i sof didaktik asarlar bo`lib, aynan shuning uchun ham Ogahiy ularni tarjima qildi.



Adabiyotlar

1. Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik, 1-6 jild. T.,1971-80 y

2. Ogahiy. Ta'vizul oshiqin. T., 1960 y

3. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi, 2-kitob. 1980 y

4. Zohidov V. O`zbek adabiyoti taridan. T., 1961 y

5. Majidiy R. Ogahiy lirikasi. T., 1963 y

6. Munirov K. Ogahiy. T., 1959 y

7. Jo`raxonov A Insonparvarlik –o`zbek adabiyotining yetakchisi g`oyasi.

Andijon. 1987 y

Amaliy mashg‘ulotlar uchun

1- mavzu.

Islomgacha bo`lgan davr adabiyoti






Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik