O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet32/36
Sana25.01.2017
Hajmi2,48 Mb.
#1106
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bu sahifa navigatsiya:
  • REJA

ADABIYoTLAR:


  1. Karimov I., «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «Sharq» matbaa nashriyot konserni, T-1998 yil.

  2. Mallaev N., O‘zbek addabiyoti tarixi, «O‘qituvchi» nashriyoti, T-1965 y. 5-28-betlar.

  3. Istoriya Uzbekskoy literaturы, v 2 tomax, tom I, izd. «Fan», T-1987 g. Str. 7-19.

  4. Literaturnыy ensiklopedicheskiy slovar, M-1987 g. Str. 452-453.

  5. Izzat Sulton., Adabiyot nazariyasi, T-1986 y. 5-14-betlar.

ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR

REJA:


  1. Eng qadimgi davr o‘zbek adabiyotining O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganilishi.

  2. Xalq og‘zaki ijodi – milliy adabiyotimizning ilk namunasi.

  3. Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos qonuniyatlari.

  4. Asotir va afsonalar xalq adabiyotining eng qadimgi turi sifatida.

  5. Qadimgi xalq adabiyotining kelajak avlodga yetib kelishiga xizmat qilgan manbalar.

  6. Eng qadimgi yozma yodgorliklar: «Avesto», «O‘rxun-Enasoy» bitiklari, «Ta’birnoma», «Irq bitigi» kabilarning milliy adabiyotimiz shakllanishidagi ahamiyati.

  7. Turli manbalar orqali yetib kelgan qahramonlik eposlari va ertaklarning milliy-badiiy tafakkurimizdagi o‘rni.

Qadimgi O‘rta Osiyoning tarixi va madaniyati haqida grek, xitoy, hind va arman tarixchilarining kitoblarida, Avesto, Bexustun, Bundaxishn, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari kabi turli manbaalarda, Beruniy, Forobiy, Narshaxiy va boshqa olimlar hamda tarixchilarning asarlarida ko‘pgina qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bu manbaalardan keng foydalanish, ularni ilmiy asoslash natijasida xalqimizning moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklarini qidirib topish, ularni tekshirish va o‘rganish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib, qadimgi O‘rta Osiyo madaniyati tobora kengroq va to‘laroq yoritib borilmoqda. Hozirgi paytga kelib, qadimgi O‘rta Osiyoning ijtimoiy taraqqiyoti, xo‘jalik hayoti va antik madaniyati kabi masalalar ancha oydinlashib qoldi. O‘rta Osiyo kishilik madaniyati tarixining eng qadimiy beshiklaridan biridir. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalaridagi O‘rta Osiyoning iqtisodiy-geografik va etnografik kartalari Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari, Parkana (Farg‘ona) va boshqa joylarni o‘z ichiga oladi. Bu joylarda massagetlar, xorazmiylar, so‘g‘dlar, saklar, parfyanlar va boshqa qabila va elatlar yashaganlar.

Til va yozuv. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda O‘rta Osiyo aholisining ko‘pchilik qismi eron tillari guruhiga kiruvchi shevalarda gaplashganlar. Grek tarixchisi Strabon Baqtriya, Sug‘diyona, Eron va Midiya aholisining tili biri-biriga o‘xshaganini qayd qilgani kabi, Xitoy sayyohi Si-Ma Syan (eramizdan avvalgi II-I asrlar) ham Davan (Farg‘ona)dan to Parfiyagacha bo‘lgan hududda yashagan qabila va xalqlarning tillari bir-biriga o‘xshash va tushunarli ekanligini ta’kidlaydi. Eron tillari guruhiga kiruvchi lahjalar Grek-Baqtriya davlati hukmronligi davrida va O‘rta Osiyo ahamoniylar tomonidan istilo qilingan davrda ham saqlanib qoladi va rivojlanib boradi. Ammo saroyda davlat tili sifatida mahalliy tillar emas, balki grek tili qo‘llanilar edi.

O‘rta Osiyo hududida turkiy tillar guruhlarining keng qo‘llanilishi bu yerlarga hunnlarning ko‘chib kela boshlashi bilan bog‘liqdir. Yozma manbaalarda O‘rta Osiyo chegaralarida hunnlarning paydo bo‘lishi birinchi marta eramizdan avvalgi ikkinchi asrda eslatib o‘tiladi. Hunnlar eramizdan avvalgi II-I asrlarda Yettisuvga va Sirdaryo bo‘yidagi cho‘llarga ko‘chib kelib, mahalliy xalq va qabilalar bilan aralashib keta boshlaydilar. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyoda turkiy tillar guruhi keng tarqala boshlaydi va turk xoqonligi davlati davrida Shimoliy Enasoydan tortib Mo‘g‘ulistonga qadar bo‘lgan yerlarda asosiy tillardan biri bo‘lib qoladi



Iqtisodiy-madaniy aloqalar. O‘rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan boshlab turli o‘lka va xalqlar bilan: Ural, Sibir va Volgabo‘yi, Xitoy, Gretsiya, Eron, Suriya, Mesopotamiya, Vavilon, Misr va boshqa o‘lkalar bilan iqtisodiy - madaniy aloqada bo‘lgan. Shu bilan birga G‘arb va Sharqning savdo-sotiq, madaniy aloqalarida bir markaziy chorraha sifatida ham katta ahamiyatga ega O‘rta Osiyo bilan Greksiya o‘rtasidagi aloqalar qadimdan boshlangan, ayniqsa, Ellin madaniyatining o‘zaro bir-birlariga ta’siri asrlar davomida aks etib kelgan Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar ham juda boy va qadim zamonlarga borib qadaladi. Masalan, Hindistondagi Taksila va Madura qadimgi yodgorliklarida, Sharqiy Yevropa qadimgi yodgorliklarida bo‘lgani kabi, Kushon imperiyasi ( I-IV asrlar ) madaniyatining izi ravshan ko‘rinadi. Ajoyib hind eposi «Panchatantra» ( «Besh kitob» ) juda qadim zamonlardanoq Eron va O‘rta Osiyo xalqlari orasida mashhur bo‘lib, g‘oyat nom taratgan edi. Keyinroq esa bu asar O‘rta Osiyoda «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘ldi.Hozirgi paytda qayta tiklanayotgan «Ipak yo‘li» eramizdan avvalgi II asrda ochilgan Xitoy yo‘lidir. Bu yo‘l o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyo orqali o‘tgan bo‘lib, uning rivojlanishida ham yurtimiz markaziy o‘rin egallagan va chorraha vazifasini bajargan. Xitoy O‘rta Osiyodan paxtachilik, tokchilik, vinochilik, shisha quyish ishlarini o‘rgangan bo‘lsa, O‘rta Osiyo xalqlari Xitoydan ipakchilik, qog‘oz ishlash kabilarni o‘rganganlar Og‘zaki adabiyot yodgorliklari. Tabiiyki, badiiy so‘z san’ati yozuv va yozma adabiyotdan ancha ilgari og‘zaki ijod shaklida paydo bo‘ladi hamda yozma adabiyotning vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlarga oid ayrim og‘zaki adabiy yodgorliklari ba’zi bir manbalar orqali bizga qadar saqlanib qolgan. Antik tarixchilardan Gerodot, Kteziy, Polien, Xores Mitilenskiylar; o‘rta asr tarixchilaridan Hamza Isfaxoniy, Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy, Saolibiy, Bal’amiy kabilarning asarlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ma’lumotlar bor. «Avesto», Bexustun yodgorliklarida, Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida qadimgi qo‘shiq, lirik she’r va maqollardan namunalar o‘rin olgan.

Asotir va afsonalar ham O‘rta Osiyo xalqlari ijodida katta o‘ringa ega. Bu turdagi ijod mahsuli yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashlarga bag‘ishlangan bo‘lib, Mitra, Anaxita, Qayumars, Jamshid, Gershasp, Elikbek va boshqa obrazlarda mujassamlantirilgan. Shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlari ijodida qahramonlik eposlari katta va muhim o‘rin tutadi. Bu janr asarlari ba’zi aniq tarixiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lib, chet el bosqinchilariga qarshi kurashlar vatanparvarlik ruhida sug‘orilgandir. Bunday eposlardan eng mashhur va aniq manbalarga asoslangani «To‘maris» va «Shiroq»lardir. Eramizdan avvalgi VI asrda ahamoniylar shohi Kir O‘rta Osiyoga bostirib kiradi. To‘maris boshchiligidagi massaget qabilalari unga qarshi kurashadi. Kir 529 yilda o‘ldiriladi. Shu voqealar «To‘maris» tarixiy-qahramonlik eposining mazmunini tashkil etadi. Bu voqea mazmuni grek tarixchisi Gerodot(484-425)ning «Tarix» kitobida hikoya qilinadi. «Shiroq» eposining mazmuni grek tarixchisi Polien(eramizdan avvalgi II asr)ning «Harbiy hiylalar» kitobida keltirilgan. «Zarina va Striangiya» qissasining mazmuni sitsiliyalik tarixchi Diodor ( eramizdan avvalgi I asr)ning «Kutubxona» asarida tarixchi Kteziy (430-354) kitobidagi bayon asosida hikoya qilib qoldirilgan. «Zariadr va Odatida» qissasi ham tarixchi Xores Mitilenskiy (eramizdan avvalgi IV asr) asari orqali yetib kelgan. «Rustam» haqidagi dastlabki asarlar so‘g‘dlarda paydo bo‘lgan. Avvaliga devlar, jinlar bilan yovuzlik va yomonlikka qarshi kurashgan pahlavon sifatida ilohiylashtirilgan Rustam obrazi, keyinchalik takomillashib, hayotiylashib, endi devlarga emas, bosqinchilarga, zolim shohlarga qarshi kurashadi, xalqning osoyishtaligi, baxt-saodatini ta’minlaydi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida bosh qahramon Rustam obrazidir.

Siyovush («Avesto»da Siyovarshan deb atalgan) mifologik xudo sifatida tasvirlangan. Bu tasvirlar «Shohnoma»da ham, Beruniyning asarlarida ham, ayniqsa, X asr tarixchisi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida ham xalq og‘zaki ijodi namunalari kabi hikoya qilinadi. Ammo Narshaxiyning aytishicha, afsonaviy Siyovush Buxoro yaqinida ko‘milgan degan ma’lumotlar bor. «Avesto» zardushtiylik (zaroastrizm) dinining muqaddas kitobi. Shu bilan birga u uzoq asrlar tarixi, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, madaniyati, tili, yozuvi va xalq og‘zaki ijodining manbai sifatida qadimgi O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va boshqa mamlakatlarning o‘tmishini o‘rganishda nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xazinadir.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri - VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning muqaddas kitob sifatida to‘la shakllanishi esa eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bizga qadar saqlanib qolgan nusxasi 1324 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, u Kopengagenda saqlanadi. «Avesto»ning vujudga kelgan joyi munozaralidir. Bu munozaralarning biri: zardushtiylik Midiyadan boshlangan deb hisoblovchi «G‘arbiy» nazariya bo‘lsa, ikkinchisi: u dastlab O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan degan «Sharqiy» nazariyadir. Zardushtiylikning asoschisi Zardusht – Zaratushtraning tug‘ilgan mamlakati ta’rifida «Avesto»da bunday deyilgan: « U shunday mamlakatki, u yerda son-sanoqsiz qo‘shinlarga bahodirlar sardorlik va yo‘lboshchilik qiladi, o‘tloqlar va suvga serob baland tog‘lar chorvachilik uchun zarur bo‘lgan barcha narsani yetkazib berib turadi. U yerda sersuv chuqur ko‘llar bor, kema qatnaydigan keng daryolar o‘zlarining to‘lqinli suvlarini shiddat bilan Iskat (assuriycha «Ishkuzan»-Skifiya), Pourut (Qobul daryosi vodiysi), Mour (Marv) , Xareva (Ariya), Gav (So‘g‘ddagi bir viloyat), So‘g‘da (So‘g‘d), Xvayrizm (Xorazm) mamlakatlari ekan»Bizgacha yetib kelgan «Avesto» nusxalari ikki variantdir. Birinchi variant faqat «Avesto»nigina o‘z ichiga oladi. Ikkinchi varianti esa pahlaviy tilidagi sharhli tarjimani ham o‘z ichiga olib, u kitoblarga, boblarga, paragraflarga ajratilgan. Shu ikkinchi variant bo‘yicha «Avesto» quyidagilardan iborat:



  1. Vendidod 22 bobdan iborat bo‘lib, asosan Axura Mazda bilan Zaratushtraning savol-javobi yozilgan. Boblar turli yomon ruhlarni, devlarni yengish voqealarini, gunohlardan pok bo‘lish qoidalarini va qisman mifologik elementlarni o‘z ichiga oladi.

  2. Visparad. 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlarini o‘z ichiga oladi.

  3. Yasna. 72 bobdan iborat bo‘lib, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo‘shiqlarni, xudolar madhiyasini va boshqa diniy marosimlarga xos rasm-rusumlarni o‘z ichiga oladi. 17 bobi gotlar-gimnlar deb ataladi. Bu boblar «Avesto»ning eng qadimgi qismlari hisoblanadi

4 YaShT. Zardushtiylik xudolari va ma’budalariga aytilgan 22 qo‘shiqdan iborat. Yashtda mifologik elementlar «Avesto»ning boshqa qismlariga qaraganda ko‘proqdir.

5. Kichik Avesto. (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Varxran va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga aytilgan qo‘shiqlar.

O‘rxun-Enasoy» yodgorliklari. Bundan ko‘p asrlar muqaddam Enasoy daryosi bo‘ylarida noma’lum yozuvlarga ega toshlar topilgan. Ular to‘g‘risida Remezev, Iogann Stralenberg, Messershmidt kabi tadqiqotchilar xabar berganlar. XIX asrning birinchi yarmida Grigoriy Spasskiy bu yozuvlar to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni yig‘ib «Sibirskiy vestnik» jurnalida e’lon qilgan.

1889 yili N.M.Yadrinsev O‘rxun ( Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysidan o‘tib, Selenga daryosiga, Selenga esa Baykal (Boyko‘l) ga quyiladi ) daryosi qirg‘oqlarida ham shunday yozuvlar bitilgan toshlarni topgan. Bu yozuvlar yonida xitoy tilidagi bayoni ham bo‘lib, undan bu toshlarning o‘rnatilgan vaqti 732 yil ekanligi aniqlangan. Bu yozuvlar topilgan joy nomlari bilan «O‘rxun-Enasoy» va ba’zan runiy yozuvda bo‘lgani uchun «Turk-runiy yozuvlari» atamalari bilan nomlana boshlangan.

Qadimiy turkiy yozuvlarning kalitini topgan va ularni birinchi bo‘lib o‘qigan olim daniyalik professor V.Tomsendir. Shu asosda rus olimlari V.V.Radlov, S.Ye.Malov, V.Steblevalar turk-runiy yozuvidagi yodgorliklarni rus tiliga tarjima qildilar. Bu yozuvlar asosidagi tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishda akademik V.A.Bartold va L.N.Gumilevlarning xizmatlari katta. V.Bartoldning «O‘rta Osiyo turkiy xalqlari tarixidan o‘n ikki leksiya», «Turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixi» (Moskva, 1968 yil), L.Gumilevning «Qadimiy turklar» (Moskva, 1967 yil), V.Steblevaning «VI-VIII asr turklar pozitsiyasi» (Moskva, 1965 yil) kabi asarlari muhim ahamiyatga egadir.

VI asr o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyoda turk xoqonlarining hokimiyati hukm surgan edi. Bu xoqonlikning chegaralari g‘arbda Vizantiya, janubda Eron, Hindiston, sharqda Xitoygacha borib yetar edi. Dastlab Tyurkyurt davlati deb atalgan bu davlatning tarkibiga Azov dengizidan tortib to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan yerlar kirgan bo‘lib, u siyosiy jihatdan bir necha mahalliy hokimiyatlarning uyushmasi sifatida qaror topgan edi.

604 yili bu davlat ikki qismga – Sharqiy va G‘arbiy xoqonlikka ajraldi. 745 yilga kelib esa Turk xoqonligi barham topdi.

O‘zbek xalqining qadimiy madaniyati ildizlari o‘tmish davrlarning eng chuqur qatlamlari sari boradi. Ko‘hna O‘rta Osiyo yerlarida ne-ne xalqlar, ne-ne madaniyatlar yuzaga kelmadi. Bu madaniyatlar barpo bo‘lib, yuksalib, yemirilib o‘tdilar. Ammo har biri xalq tarixida o‘zining ma’lum izini qoldirdi, kelgusi taraqqiyotga zamin hozirladi va hissa qo‘shdi.


A D A B I YOT L A R:

  1. Mallaev N., O‘zbek adabiyoti tarixi, «O‘qituvchi» nashriyoti, T-1965 yil. 29-85-betlar.

  2. Istorii Uzbekskoy literaturы, v 2-x tomax, tom I, izd. «Fan», T-1987 g. Str. 23-52.

  3. Qayumov A., Qadimiyat obidalari, G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti T-1972 yil.

  4. Istoriya narodov Uzbekistana, izd. «Fan», T-1992 g. Str. 3-17.

  5. Fazыlov E. I., «S. Ye. Malov-issledovatel istorii tyurkskix yazыkov», jurnal «Sovetskaya tyurkologiya», Baku-1975 g. Str. 60-68.

IX-XII ASRLAR ADABIYOTI SHARQ UYG‘ONISH DAVRI

REJA:

  1. Arab xalifaligi inqirozi va O‘rta Osiyoda markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi

  2. Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davridagi O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati.

  3. Ilm-fanning rivojlanishi.

  4. Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniylar kabi daholar davri.

  5. Fors-tojik adabiyotining yuksalish davri. Ro‘dakiy, Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy va boshqalar ijodi.

  6. Jahon adabiyotining buyuk obidasi «Shohnoma»ning yaratilishi.

  7. Tasavvuf ilmi. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniylarining adabiy meroslari.

  8. Didaktik adabiyot. Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning mumtoz asarlari haqida.

  9. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning ilmiy ahamiyati

IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati taraqqiyotida katta o‘rin egallaydi. Bu davrda O‘rta Osiyo jahon madaniyati taraqqiyotining markazlashgan o‘choqlaridan biriga aylandi. O‘rta Osiyo olimlari jahon

ilm-fanini o‘z kashfiyotlari va o‘lmas ilmiy asarlari bilan boyitdilar, uning bir necha asrlik taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatdilar. Shuningdek, arxitektura, tasviriy san’at, naqqoshlik, o‘ymakorlik va musiqa kabi boshqa sohalarda ham benihoya katta yutuqlarga erishdilar.

VIII asr boshlarida O‘rta Osiyoni arab istilochilari bosib olgan edi. Asrlar davomida yaratgan madaniy boyliklarni yakson qiladilar, mahalliy yozuvlarni yo‘q qila boshlaydilar, davlat ishlarida va yozuvda arab tili va yozuvini qo‘llaydilar. Beruniy arab lashkarining boshlig‘i Qutayba haqida: «...Xorazm yozuvini bilgan, Xorazm afsonalarini saqlagan kishilarni, ular orasida bo‘lgan olimlarning hammasini turli yo‘llar bilan ta’qib ostiga oldi va yo‘q qilib yubordi», -deb yozgan edi. Mahalliy aholi, ayniqsa, qishloq aholisi uzoq vaqt islom dinini qabul qilmay, o‘z diniy e’tiqodlarini davom ettirdilar, so‘g‘diylar, xorazmiylar va boshqalar o‘z nomlarini saqlab qoldilar. Arab bosqinchilariga qarshi birin-ketin qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi: 722 yilda Divastich rahbarligidagi Samarqand va Panjakent, 750-751 yilda Sharik boshchiligidagi Buxoro, 755 yilda Sharqiy-Shimoliy Eronda Sunbod, 776-784 yillarda Buxoro, Samarqand, Qashqadaryoda Muqanna rahbarligidagi qo‘zg‘olon va xalq harakatlari mahalliy aholining arablarga qarshi noroziligini bildirar edi.

Halifalardan imtiyoz olib, o‘z siyosiy mavqeini mustahkamlayotgan mahalliy boyonlar xalq ozodlik harakatidan foydalanib arab halifaligini tugatishga, davlatni o‘z qo‘llariga olishga intildilar. Natijada sekin-asta arab halifaligi yemirilib, avval yirik va markazlashgan Somoniylar davlati, keyinroq esa Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolasi vujudga kela boshladi.

O‘rta Osiyo olimlari mahalliy xalqlarning arab bosqinchilari istilosiga qadar ilm-fanda erishgan yutuqlari an’analarini davom ettirib, rivojlantirdilar. Shuningdek, ular grek, hind, arab va boshqa xalqlarning ilmiy tajribalaridan ijodiy foydalanib, ular bilan hamkorlik ham qila boshladilar. Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Bag‘dod, Shom va boshqa shaharlar Sharq olimlari hamkorligining markaziga aylandi. Sharq mamlakatlarida arab tili ilm-fan sohasidagi halqaro tilga aylana boshladi.

O‘rta Osiyo olimlaridan al-Xorazmiy, Forobiy, al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi bir qancha buyuk mutafakkirlar o‘rta asrning ulug‘ ensiklopedistlari bo‘lib, ularning ilmiy faoliyati fanning turli sohalarini qamrab olgan edi. Bulardan tashqari tarixchi va adabiyotshunos Marvaziy Dinovariy «Kitob-maorif», Abusaid Gardiziy «Zaynul-axbor», Abulfazl Bayhaqiy dariy tilida 30 tomlik kitob yozgan, Narshaxiy «Buxoro tarixi», Zamahshariy, Qoshg‘ariy kabi tilshunos va adabiyotshunos olimlar yetishib chiqdilar. Ular o‘z asarlarida fanning barcha sohalarida

ilg‘or g‘oyalarni ishlab chiqqan bo‘lsalar, bu g‘oyalar asta-sekin Yevropaga o‘tib Uyg‘onish davrini g‘oyaviy jihatdan tayyorlashda va oxir-oqibatda XVIII asr materializmini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Abunasr Forobiy. IX asrning 70-yillarida (873 yil) Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlog‘ida tug‘ildi. Bag‘dodda o‘qidi, arab, grek va bir necha tillarni mukammal o‘rgandi, falsafa, mantiq, astronomiya, matematika, tibbiyot, musiqa bilan shug‘ullandi. «Sharq Arastusi» va Aristoteldan keyingi ikkinchi ustoz - «Muallim-as-soniy» nomlari bilan shuhrat qozondi. Aristotelning «Metafizika», «Fizika», «Meterologiya» kabi asarlariga sharhlar yozdi. Ptolemey, Aleksandr Afrozinskiy, Porfiriy va boshqalarning axloq, psixologiya, tabiatshunoslikka doir ko‘p asarlarini sharhlab chiqdi va Platon, Galen kabi faylasuflar haqida qimmatli asarlar yaratdi. Shuningdek, «Falsafa manbalari», «Aql haqida risola», «Falsafani o‘rganishga qadar nimalarni bilish kerak», «Substansiya», «Davlat haqida risola», «Ajoyib shahar aholisining fikr-qarashlari ibtidosi haqida kitob» kabi qimmatli asarlar yozdi, o‘rta asr falsafasi rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Ibn Sino. Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ildi. X asr tarixchisi Abu Bakr Narshaxiy bu qishloqni ta’riflab: «Afshina katta bir shahar bo‘lib, qal’asi bor, bir necha qishloqlar unga qarashlidir. Odamlar u joyni tabarruk deydilar, haftaning muayyan bir kunida u yerda bozor bo‘ladi», degan. Ibn Sino 980 yilda shu yerda dunyoga kelgan. U mustaqil mutolaaga berildi, tibbiyot, falsafa, mantiq, fizika va boshqa fanlar bilan shug‘ullanadi. «Kechqurunlari oldimga chiroqni qo‘yib olib, to uyqu bosguncha o‘qish va yozish bilan band bo‘lar edim», degan edi Ibn Sino o‘z tarjimai holida. Amir Nuh ibn Mansur qattiq betob bo‘lib qolganida uni davolab, oyoqqa turgizgani uchun Ibn Sinoga mamlakatning eng boy kutubxonasi bo‘lgan saroy kutubxonasiga kirib foydalanishga ijozat beradi.

«Men ko‘p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada kitob sandiqlari, bir-birining ustiga taxlangan kitoblar bor edi. Men bu yerda shunday kitoblarni ko‘rdimki, ko‘pchilik xalq ularning nomlarini hatto eshitmagan ham edi. O‘zim ham ularni bundan oldinlari ko‘rmagan edim, keyin ham ko‘rmadim. O‘sha kitoblarni o‘qib, ulardan foydali fikrlarni egalladim, kitobni yozgan har bir kishining ilmiy darajasini aniqladim» deb xotirlaydi Ibn Sino. U Buxoroning eng bilimdon olimi, mohir tabibi bo‘lib yetishdi. «Yoshim o‘n sakkizga borganida bor ilmlarning hammasini egallab bo‘lgan edim», deb eslaydi. U Xorazm, Abevard, Jurjon, Mozandaron, Ray, Kazvin, Nishopur, Isfaxon, Hamadonda bo‘ladi. Umrining oxirgi yillarini Hamadon shahrida o‘tkazgan, 1037 yili o‘sha yerda vafot etadi.Ibn Sino 300 tacha asar yozgan: «Tib qonunlari» va «Kitob ash-shifo» uning eng yirik asaridir. U o‘z asarlarida zamonasining ilg‘or va ilmiy mulohazalarga boy g‘oyalarini yaratgan. Bu mulohazalarni uch guruhga ajratsa bo‘ladi: birinchisi - o‘zidan ilgari o‘tgan olimlarning, asosan, qadimgi yunon olimlarining ayrim to‘g‘ri fikrlarini ma’qullash va Sharq olamiga tarqatishga doir mulohazalar; ikkinchisi - o‘zidan burun o‘tgan olimlarning ayrim noto‘g‘ri fikrlarini tanqid qilish va o‘zining to‘g‘ri fikrlarini olg‘a surishga doir; uchinchisi - o‘z kuzatishlari natijasida O‘rta Osiyo, Xuroson, Eronda to‘plangan mahalliy tajribalar asosida tug‘ilgan yangi fikrlar.



Aburayhon Beruniy. 973 yilning 4 sentabrida Xorazmning Kat shahri yaqinida tug‘ildi. Beruniy ensiklopedist olim, zo‘r astronom, geolog, tarixchi, faylasuf, filolog va shoirdir. Muqanna haqidagi birinchi asaridan keyin 27 yoshida yaratgan «O‘tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar» asarida ko‘p xalqlarning yil hisobi, taqvimi, ilm-fan, urf-odati va boshqalar haqida juda qimmatli ma’lumot va faktlar beradi. Sharqshunoslarning eng so‘nggi hisobiga ko‘ra Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid asari - 70 ta; matematikaga oid - 20 ta; geografiya-geodeziyaga oid - 12 ta; kartografiyaga oid - 4 ta; iqlim va ob-havoga oid - 3 ta; falsafaga oid - 4 ta; fizikaga oid - 1 ta; dorishunoslikka oid - 2 ta; tarix, etnografiyaga oid - 15 ta; adabiyotga oid asari - 28 tadir.

Beruniy Sharq va G‘arb olimlarining diqqat - e’tiborini o‘ziga jalb eta oldi, uning ilmiy dahosi yuksak baholandi. Yevropa olimlaridan Zaxau, Rozen, Sarton, Karrado-Bon uni Leonardo da Vinchi bilan teng deb tan oldi.

Beruniy 1048 yilda G‘aznada vafot etdi.

Muhammad al-Xorazmiy. VIII asrning ikkinchi yarmida Xorazmda tug‘ilgan Abuja’far Muhammad ibn Muso-al-Xorazmiy o‘rta asrning ulug‘ olimi, astronomi, matematigi va geografidir. U «Zij» astronomiya jadvali, «Hind raqamlari hisob-kitobi», «Al muxtasar fil-jabr val-muqobala», «Tenglama va qarshilantirish hisobi muxtasari», «Kitobu surat al-arz» («Er shakli haqida kitob») kabi mashhur asarlarni yaratdi, yer kurrasini turli iqlim va hududlarga bo‘ldi, geografik kartalar tuzdi, bir necha ekspeditsiyalarda qatnashdi. Xorazmiyning «Hind raqamlari kitobi» XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Matematikaga oid ikkinchi kitobi «Al-muxtasar fil-jabr val-muqobala» matematikani yangi soha - tenglama bilan boyitdi. Keyinchalik shu asarning nomidan olingan so‘z bilan matematikaning maxsus bir sohasi - al-jabr «algebra» ataldi.

Xorazmiy nisbasi (taxallusi) lotincha kitoblarda Algoritmus, Algorismus, Alxorismus, Alkauresmus, Alxoxaritmus va hokazo shakllarda

yozilib, yangi arifmetika - algoritm (algorizm) nomiga asos bo‘ldi. Bu nomlar aslida «Xorazmiy»dan kelib chiqqanligin sharqshunos J. Reyno 1849 yildayoq aniqlab bergan edi.

IX-XII asrlardagi fors-tojik adabiyoti ham juda katta muvaffaqiyatga erishdi. Tojik, eron, va ozarbayjon xalqlari vakillaridan Ro‘dakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Robiya, Maxastixonim, Asadi Tusiy, Nosir Xisrav, Umar Hayyom, Rashidaddin Vatvot va Nizomiy Ganjaviy kabi ulkan so‘z san’atkorlari yetishdi.

O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari xalqlari hamkorlikda shunday bir adabiyot yaratdilarki, u bashariyat badiiy fikr xazinasiga noyob durdonalar hadya eta oldi. Ming yillik tarixga ega bo‘lgan bu adabiyot hozirgi kunda fors-tojik adabiyoti deb ataladi. Ammo bu adabiyotni yaratishda turkiy vakillar ham faollik ko‘rsatishgan, buning natijasida ko‘p shoir va faylasuflarning tilida qaytarilib turadigan: «Turkoni forsiygu baxshandagoni umrand», ya’ni «Forsiyda so‘zlovchi (yozuvchi) turklar kishiga umr baxsh etuvchilardir», degan ibora paydo bo‘lgan.

Darhaqiqat, turkiy xalqlar vakillaridan chiqqan Afzaliddin Hoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Hisrav Dehlaviy, Mirzo Abdulqodir Bedil, Zebuniso kabilarning asarlari dillarga huzur baxsh etadi. Mushtarak madaniyat egalari shunday ajoyib adabiyotni totuv qo‘shnichilik va hamkorlikda yaratganlarki, shuning uchun ham «ittifoq ila jahonni olsa bo‘ladi» degan edi Hofiz Sheroziy.

Bu adabiyotning olamni zabt etgan jahonshumul shuhratga ega ekanligi, jahon adabiyoti shakllanishi va taraqqiyotida tutgan mavqei undagi yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan belgilanadi.



Ro‘dakiy. Fors-tojik adabiy tili va adabiyotining asoschisi, dunyo adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir. U bolalik chog‘larida Abulabbos Baxtiyor ismli sozandadan rud va chang chalishni o‘rganib, xalq she’rlarini kuyga solib, mohirlik bilan ijro etadi. Arab tili va adabiyoti bilan shug‘ullandi, she’rlar yozdi. Uning shuhrati Buxoroga yetib borishi bilan Somoniy hukmronlaridan Nasr II ibn Ahmad Ro‘dakiyni saroy sozandasi va shoiriga aylantirish maqsadida chaqirib oladi. Saroy a’yonlariga munosabati o‘zgara boshlagan shoirning ko‘zlariga nil tortishadi va uni xoru zorlikda yashashga majbur qilishadi. Ammo bu munosabatlar shoir irodasini yenga olmaydi. Uning she’rlari xalq she’rlari kabi ravon va ohangdorligicha yangrayveradi. Ro‘dakiy hind masallaridan ijodiy foydalanib, «Kalila va Dimna» axloqiy-ta’limiy dostonini yaratadi. Afsuski, Gomer va Firdavsiy kabi sermahsul Ro‘dakiyning faqat ayrim she’rlari hamda «Kalila va Dimna»ning bir necha baytlarigina saqlanib qolgan. Ro‘dakiy 941 yilda o‘z qishlog‘ida vafot etadi.

Abulqosim Firdavsiy. 940 yilda Tabaron viloyatining Tus shahridan uzoq bo‘lmagan Boj qishlog‘ida dunyoga keldi. Firdavsiy arab va pahlaviy tillarini mukammal o‘rganadi, O‘rta Osiyo, Eron, Gretsiya, Hindiston, Arabiston olimlarining asarlarini o‘rganib chiqadi.

Ro‘dakiyning zamondoshi Daqiqiy she’riy «Shohnoma» yozishga kirishib, ming baytdan iborat Zardusht, Gushtasp, Arjasp dostonlarini yozishga ulguradi, xolos. Firdavsiy Daqiqiy boshlagan ishni davom ettirishga qaror qiladi va qariyb 20 yil - 994 yilda «Shohnoma»ni tugatadi. Somoniylarga taqdim etish niyatida bo‘lgan Firdavsiy somoniylar sulolasi yemirilishi bilan asarni qayta ishlashga, ya’ni mustabid Sulton Mahmud G‘aznaviyga moslashtirishga kirishadi va uni yana 10 yil mobaynida tahrir qiladi, ammo bu tahrir asarning tub mohiyatini o‘zgartirmaydi. 30-35 yillik mehnatning natijasi bo‘lgan «Shohnoma» - jahon adabiyotining eng yirik eposlaridan biri bo‘lib qoldi. 60000 baytdan iborat adabiy durdona Sulton Mahmudga taqdim etiladi. Firdavsiyning vatanparvarlik va xalqchillik ruhida yozilgan bu qahramonlik eposi bosqinchi va johil Sulton Mahmudga ma’qul kelmaydi.

«Shohnoma» dagi ijobiy va salbiy obrazlarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: mifologik obrazlar - Kayumars, Xushang, Taxmuras, Jamshid va boshqalar; afsonaviy qahramonlar - Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshqalar; tarixiy personajlar - Mazdak, sosoniylar sulolasiga mansub Anushirvon, Bahrom Go‘r, Hisrav Parvez va boshqa podsholar. Firdavsiy o‘zining «Shohnoma» asarida Mazdakka xayrixohlik bilan yondoshadi, Zahhokka qarshi xalq farzandi temirchi Kova obrazini yaratadi, Anushirvon adolatli shoh sifatida, Bahrom Go‘r pahlavon, Xisrav Parvez shavkatli shoh va oshiq sifatida gavdalantiriladi. Bu dunyo adabiyotining noyob durdonasi hisoblangan «Shohnoma» o‘z o‘rnida keyingi paytlarda yaratilgan «Xamsa»chilikning asosi deb qaralsa xato bo‘lmas. Chunki, uning keng qamrovli ta’sir doirasi hayotning barcha jabhalarini o‘zida mujassam qilgan.

G‘iyosiddin Abdulfatih Umar Hayyom 1040 yilda Nishopurda tug‘ildi. Otasi Ibrohim haymaduz (chodirdo‘z) bo‘lgani uchun u Umar Hayyom nomi bilan shuhrat topgan.

Umar Hayyom 20 yoshlaridayoq birinchi ilmiy asari - «Mushkilot-ul-hisob» («Matematika shakllari») bilan mashhur bo‘lgan edi. Keyinchalik u astronomiya, falsafa, matematika, musiqa va boshqa sohalarda qimmatli asarlar yaratdi. Hayyomning adabiy faoliyati ilmiy faoliyatiga jo‘r va hamohangdir, u o‘z ruboiylari bilan davrning atoqli gumanisti va ma’rifatparvari sifatida gavdalanadi. U inson va hayotni sharaflaydi, tarkidunyochilik va badbinlikka qarshi kurashadi, mutaassib shariat peshvolarini fosh qiladi. Hayyom ko‘pgina ruboiylarida may haqida

kuylaydi. Biroq Hayyomdagi «may» hayotga muhabbat, shodlik va quvnoqlikning ramziy obrazidir. Umar Hayyom 1123 yilda Nishopurda vafot etadi.

ShARQ UYG‘ONISh DAVRI. 711 yili islom dini bayrog‘i ostida arablar Yevropa qit’asi - Ispaniyaga bostirib kirdilar va oz vaqt ichida yarim orolni deyarli to‘liq zabt etdilar. 794 yili ispanlar uchun arabcha maktablar ochildi, IX asrda esa Yevropa qit’asida birinchi KORDOVA (Korduba) dorilfununini ham arablar tashkil etdilar, bu madaniyat va ma’rifatga erishish o‘zidan-o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Chunki arablar Ispaniyaning katta bir qismini bostirib olgandan keyingi eng hayrli ishlaridan biri yunon madaniyatiga taalluqli bo‘lgan barcha kitoblarni arabchaga tarjima qildirdilar. Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasi, fani, adabiyoti Sharq xalqlari madaniyatini larzaga keltirdi, uyg‘otdi va so‘ngra Yevropa xalqlari tarixida yangi bir davrni, taraqqiyot bosqichini belgilab berdi.

Arablar tomonidan tashkil qilingan maktab, dorilfunun va kutubxonalar Sharq va G‘arb o‘rtasida madaniy aloqalar o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Kordova halifasining kutubxonasida 400000 jild kitob saqlangan. Yevropaning ilmga intilgan ahli avval arab tilini o‘rganib, keyinchalik o‘sha maktab va kutubxonalarda shug‘ullanganlar. Ular Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (Algoritmus), Abunasr Muhammad al-Forobiy (Farabus), Ibn Sino (Avitsenna), al-Farg‘oniy (Alfraganus), Abu Ma’shar al-Balxiy (Albumasar), Ar-roziy (Razis), Ibn Ro‘shd (Averroes) kabi Sharq olim, faylasuflarining asarlari va ular orqali qadim yunon fani, falsafasi bilan tanishganlar va o‘z navbatida o‘z yurtlariga tarqatganlar.

Sharqning Yevropaga ta’siri faqat fan, falsafa sohasida bo‘lmay, badiiy ijodda ham muhim o‘rin egallagan. Provansal poeziyasi vazn jihatidan Ispaniyada rivoj topgan arab she’riyati, uning keng tarqalgan turlari muvashshah va zajalga juda yaqin turadi. Provansal she’riyatida poetik o‘lchovlar nihoyat ko‘p bo‘lganidek (900ga yaqin), Ispaniyadagilarning ham turi ko‘p bo‘lgan (muvashshahniki 250 ga yaqin). Akademik I.Yu.Krachkovskiy o‘zining «Ispaniyada arab poeziyasi» asarida provansal poeziyasi va «yangi yoqimli uslub»ga xos bo‘lgan bu xususiyatni arab qabilalarida keng tarqalgan ishqiy lirikaga bog‘laydi.

Qadimgi yunon falsafasini o‘zlashtirib, uni yanada yuqoriroq bosqichga ko‘targan Sharq olimlari, faylasuflari tomonidan yaratilgan ta’limot bir tomondan Platon va Plotin idealizmini tanqid qilsa, Aristotelning materializmini kamolotga yetkazdi, bu bilan uning materializmi o‘zining asl mohiyatini ko‘rsatdi. Sharq faylasuflari ta’limotiga asoslanib ijod etgan Sigeriy de Brabant G‘arb Uyg‘onish davri materializmi va uning Yevropa fani poydevorini yaratdi


Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish