Noyob 2-ma'ruza



Download 148,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana18.07.2022
Hajmi148,23 Kb.
#822580
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Noyob 4-maruza



4 – Ma’ruza: Qushlar sinfi turkumlarining noyob va yo’qolib
borayotgan vakillari bilan tanishish
Reja:
1.
Qushlarning amaliy ahamiyati o‘rni va kelib chiqishi
2.
Qushlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘payishi
3.
Qushlar 
е
kologik xususiyatlari
4.
Qushlar sinfi vakillari.
 
Tayanch tushunchalar: Ekologik sistema, ekotizim, ch
о
‘l, dasht,
tog‘-oldi, tog‘, b
о
‘yi ekotizimlari. va deltalar.
Qushlarning amaliy ahamiyati o‘rni va kelib chiqishi
Qushlarning inson xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. Uy parrandalari
qishloq xo‘jaligida g‘oyat katta ahamiyatga ega. Ovlanadigan qushlardan
olinadigan mahsulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik qushlar
zararkunanda hasharotlarni va kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Bir qator
kushlar qadim zamonlardan beri inson tomonidan xonakilashtirilgan va hozir ham
xonakilashtirilmokda. Hozirgi vaqtda er yuzida 100 milliardga yaqin qushlar
yashaydi. Ba’zi qushlar boshqa hayvonlarga oziq bo‘lib xizmat qiladi. Qushlar
o‘simlik urug‘ini tarqatishda ham katta ahamiyatga ega. Kolibirilar, nektarchilar
o‘simliklarning gullarini changlatadi. Ko‘pchilik yovvoyi qushlar (kaklik, bedana,
bulduruq, qur, karqur, qirg‘ovul), suvda suzuvchi qushlardan - o‘rdak va g‘ozlar
katta ov ahamiyatiga ega. Gaga yirik dengiz o‘rdagi bo‘lib, dengiz qirg‘og‘iga uya
quradi. Ular o‘z uyasiga qalin qilib momiq patlarini to‘shaydi. Gaga momig‘i juda
yumshoq va issiqni kam o‘tkazadi. Qushlarning azotli va fosforli tezagi ham o‘g‘it
sifatida foydalaniladi.
Madaniyat tarixida qushlar pati juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki,
Rim imperiyasi davridan to o‘tgan asr o‘rtalarigacha qush patidan yozuv quroli
sifatida foydalanilgan.
Uy parrandalariga odam xo‘jalik maqsadlari uchun (go‘sht, tuxum, qush pati
va pari), uzoq masofalar o‘rtasida aloqa bog‘lash uchun (kaptar havo pochtasi
vazifasini bajaradi) yoki estetik talablarni qondirish uchun (dekorativ qushlar,
ishqibozlik uchun asraladigan qush zotlari) qo‘lga o‘rgatilib ko‘paytiriladigan
qushlar kiradi. Xo‘jalik maqsadlarida boqiladigan uy parrandalariga tovuqlar,
g‘ozlar, o‘rdaklar, kurkalar va chillar kiradi.
Chorvachilikning boshqa tarmoqlariga qaraganda parrandachilikning bir
qator afzalliklari bor: birinchidan, qush ko‘p tuxum qo‘yadigan, tez o‘sib
etiladigan bo‘lgani tufayli uni, xususan inkubatsiya yo‘li bilan sun’iy ravishda jo‘ja
ochirib, tez ko‘paytirish mumkin. Ikkinchidan, uy qushlari oziq tanlamaydi, ozgina
oziq bilan ham qanoatlanadi va erkin yurib oziqni o‘zi topib eydi, shu bilan birga
qishloq xo‘jalik chiqindilari, o‘rim - yig‘imdan keyin dalada qolgan don – dunlarni
yeydi, zararli hasharotlar bilan oziqlanib, juda katta foyda keltiradi. Uchinchidan,
qush boqish uchun juda katta maydonning keragi yo‘q, qush uchun oddiygina va


arzon xona qilib bersa bo‘ldi. Nihoyat, qush ot go‘ngiga qaraganda 3-4 barobar 
kuchli go‘ng beradi. 
Qushlarning kelib chiqishi to‘g‘risida masala umuman hal qilingan bo‘lsada, 
lekin ularning yaqin ajdodlari hozirgacha topilgan emas. Qushlarning ajdodlari 
qadimgi kaltakesakchanoqli sudralib yuruvchilar-arxeozavrlardan kelib chiqqanligi 
hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Qushlar mezozoy erasining uchlamchi va yura 
davrlarida vujudga kelgan bo‘lib, ular qadimgi sudralib yuruvchilarning 
daraxtlarda hayot kechirishga moslashgan psevdozuxiyalar (Pseudosuchia) yoki 
tekodontlarga (Tecodontia) yaqin turadir. Ma’lumki, psevdozuxiyalardan 
dinozavrlar, timsohlar va boshqa sudralib yuruvchilarning vakillari ham kelib 
chiqgan.
Psevdozuxiyalarning ornitozuxiyalar (Ornitosuchus) degan vakillari mor-
fologik jihatdan ayniqsa qushlarga o‘xshab orqa oyoqlari bilan yurgan, dumi uzun 
bo‘lgan, oyoqlari esa oziq tutishga xizmat qilgan. Ular daraxtlarga o‘rmalab chiqa 
olgan, bunda orqa oyoqlariga tayanib, oldingi oyoqlaridagi barmoqlari bilan 
shoxlarni ushlagan. Keyinchalik ular bir shoxdan ikkinchi shoxga sakray olgan. 
Oldingi oyoqlari ustida joylashgan shox tangachalari uzaygan va asta-sekin pat-
parlar paydo bo‘la boshlagan, chunki og‘ir tangacha ularni havoda uchishiga yoki 
sakrashga halaqit bergan. Pat va parlar bu qushlar uchun nafaqat uchishga yordam 
beradigan organ, balki termoizolyatsiya vazifasini ham bajaradi, ya’ni qushlarning 
issiqqonli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Qushlarning hozirgi turlaridan 
Janubiy Amerikada yashovchi goatsin misolida qush qanotini qanday paydo 
bo‘lganligini tushunib olish mumkin. Ular avvalo daraxtga barmoqli qanoti bilan 
chiqqan. Dastavval ularning qanotida va dumida patlar hosil bo‘lib, keyin butun 
tanasida pat va parlar paydo bo‘lgan. Goatsin jo‘ja ochuvchi qush bo‘lib, uyasini 
daraxtga qo‘yadi. Jo‘jalarining tuzilishi daraxtda yashashga moslashgan, oldingi 
oyog‘i - qanotida tirnoqlari bo‘lib, daraxtda harakatlanishga imkoniyat tug‘diradi. 
Paleontologik tekshirishlar natijasida ayrim qazilma hayvonlarning iz koldiqlari 
topilganki, ularni o‘rganish natijasida qushlar bilan sudralib yuruvchilar o‘rtasidagi 
oraliq hayvonlar ekanligi aniqlangan. Bunday iz qoldiqlari 1861-1877 yillarda 
Germaniyada (Bavariyada) topilgan, ya’ni yer po‘stlog‘ining yura qatlamlaridan 
noma’lum mavjudodning toshga aylangan 5 ta skelet suyaklari, yonida esa 
patlarining izlari topilgan. Shu topilmalar asosida olimlar ularning taxminiy 
qiyofasini tiklaganlar va arxeopteriks (Archaeopteryx lithographica) deb 
nomlaganlar. Arxeopteriks dastlabki qush demakdir. Arxeopteriks shubhasiz qush 
bo‘lgan. Uning hajmi hakkadek bo‘lib, gavdasi pat -parlar bilan qoplangan, oldingi 
oyoqlari o‘zgarib qanotga aylangan. Arxeopteriksning kurak suyagi qilichsimon 
bo‘lgan. O‘mrov suyaklari qo‘shilib ayri suyak hosil qilgan. Orqa oyoqlari 
qushlarnikiga o‘xshab 4 barmoqli, uchtasi oldinga va bittasi orqaga qaragan. 
Patning bo‘lishi, tana haroratining yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Taxminlarga ko‘ra bu qushlar o‘rmonda yashab, daraxt mevalari bilan oziqlangan. 
Ularning jag‘ida tishlari rivojlangan. Arxeopteriksda reptiliyalar uchun xos bir 


qancha belgilar bo‘lgan. Masalan: dumi sudralib yuruvchilarnikidek uzun 20 ta 
amfitsel tipdagi umurtqalari bo‘lgan.
Ularning ko‘krak umurtqalari bir-biriga qo‘shilmay qolgan, to‘sh suyagida 
ko‘krak toj suyagi taraqqiy etmagan. Suyaklari pnevmatik emas, kovurg‘alari bitta 
boshchali bo‘lgan. Bosh skeleti sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga o‘xshash, 
lekin suyaklari yupqalashgan, ko‘z kosasi yiriklashgan. Arxeopterikslar 150 mln 
yil ilgari yashagan. Arxeopteriks qadimgi qushlarning primitiv yon shoxchasi 
bo‘lgan (16).
Birlamchi qushlardan hozirgi qushlar kelib chiqqan. Ammo birlamchi 
qushlar bilan hozirgi uchuvchi qushlar o‘rtasidagi bog‘lovchi vakillari to‘liq 
aniqlanmagan. Keyingi yillarda ham olimlar tomonidan hayvonlarning bir qator 
qazilma suyaklari topilgan. Ular arxeopterikslar avlodiniki bo‘lsa kerak. 
Arxeopteriksning ko‘plab qadimgi turlari yaqin vaqtlardagina yo‘qolib ketgan. 
Masalan: 500 yil ilgari Yangi Zelandiyada Moa degan qush yashagan. U Afrika 
tuyaqushlaridan ikki marta katta bo‘lgan. Uning terisi va skeleti hozirgacha 
saqlangan. XVII asr boshlarida juda yirik Dodo degan qush Mavrikiya orolida 
yashaganligi aniqlangan. Bu qush yirik bo‘lganligidan ucha olmagan. Bu orolga 
evropaliklar kelib, ularni yo‘qotib yuborgan. Evropaliklarga ulkan tuyaqushlar 
o‘tgan asrdagina birinchi marta ma’lum bo‘lgan. Ular bu qushlarni epiornis deb 
atagan. Uning bo‘yni ilonday uzun, boshi kichkina, oyoklari yo‘g‘on, katta, 
qanotlari o‘rnida esa o‘smay qolgan qo‘llari bo‘lgan. Bu qushlarning bo‘yi 3-5 
metrga va og‘irligi ho‘kizdan sal engilroq bo‘lgan.
Bo‘r davri qatlamlaridan ham 2 ta guruhga kiruvchi qushlarning qazilma 
qoldiqlari topilgan, ular ixtiornislar (Ichthyornis) va gesperornislar (Hesperornis) 
deb atalgan.
Gesperornislar suv qushlari bo‘lgan, qanoti bo‘lmagan, ucholmagan, 
jag‘larida mayda tishlari bo‘lgan. To‘shida ko‘krak toj suyagi yo‘q, bosh miyasi 
hozirgi qushlar bosh miyasiga nisbatan kichikroq bo‘lgan, to‘rtta barmog‘i ham 
oldinga qaragan, orqa oyoklari yordamida suvda suzib hayot kechirgan. Bu qush 
hozirgi gagaralarni eslatadi. Ular baliqlar bilan oziqlangan.
Ixtiornislar esa yaxshi ucha olgan. Chunki, ularning uzun qanotlari, to‘shida 
ko‘krak toj suyagi va jag‘larida tishlari bo‘lgan. Kaynozoy erasida qushlar turlari 
juda ko‘p bo‘lgan. Bu erada yopiq urug‘li o‘simliklar bilan hasharotlar ham ko‘p 
bo‘lgan va ular qushlarning asosiy ozig‘i hisoblangan. Bu davrda yashagan qushlar 
hozirgi qushlarga juda yaqin bo‘lgan. Masalan: eotsen davrida chumchuqsimonlar, 
qizilishtonlar, ko‘kqarg‘alar paydo bo‘la boshlagan. Oligotsen va miotsen 
davrlarida esa hozirgi qushlardan ukkilar, boyo‘g‘lilar, flamingolar, karqaralar, 
chibislar, chillar, gagaralar, baliqchilar, g‘ozlar va boshqa ko‘plab qushlar paydo 
bo‘lgan. Demak, qushlarning ajdodi mezozoy erasida yashagan reptiliyalar bo‘lib, 
sistematik jihatdan psevdozuxiyalarga yaqin turgan. Ularning uchishga moslanishi 
tuzilishlaridagi progressiv belgilarini keltirib chikargan. Bu belgilari, jumladan 


uchishga moslanishi ularni qisqa vaqt ichida dunyoning hamma burchaklariga 
tarqalishiga imkon bergan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, birlamchi qushlarning ajdodlari asosan
o‘rmonlarda daraxtlarda yashagan. Hozirgi kunda ham qushlar sinfining ko‘pgina 
turlari o‘rmonlarda yashaydi.
Qushlarning qadimgi ajdodlarida parvoz qilish ko‘nikmalari shakllana 
borgan sari, ular bir muncha kechroq dasht hamda cho‘llarda, suv havzalari 
qirg‘oklarida va boshqa joylarda yashashga moslasha borgan. Uchishga moslashish 
organlarining shakllana borishi bilan qushlarning boshqa organlarida ham 
o‘zgarishlar bo‘lgan. Qushlarning terisi pat va parlar bilan qoplanishi ularni issiq 
qonli bo‘lishiga olib kelgan. 

Download 148,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish