Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. ME'DA VA O`N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI
TA'RIFI.
Qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo`lib, me'da va o`n ikki barmoqli ichakda yara illati sodir bo’lishi bilan ifodalanadi
TARQALISHI.
Balog’atga yetgan axolining 2-5 foizi yara kasalligiga chalingan, ko’pincha 25-30 yoshlardagi erkaklarda uchraydi. Duodenum yarasi me'daga nisbatan 3 marta ko’p. Yara kasalligi ko’payishini urbanizatsiya, tartibsiz ovqatlanish, tashki muxitning ifloslanishi va to’kima gipoksiyasining rivojlanishi bilan bog’laydilar
ETIOLOGIYASI
A) Alimentar omil - odatdagi ovkatlanish ritmining o`zgarishi, o`tkir ta'sirlovchi (qovurilgan, achchiq, sho’r, dudlangan) taomlarni iste'mol kilish
B) Alkogol
V) Dori-darmonlar
G) Davomli yoki tez-tez kaytalanuvchi asab-ruxiy taranglanish, bosh miyaning mexanik shikastlanishi (chaykalishi), nerv sistemasining distrofik o`zgarishlari.
D) Buyrak usti, miya ortig’i (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi xastalikning vujudga kelishida aloxida o`rin egallaydi
D) Buyrak usti, miya ortig’i (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi xastalikning vujudga kelishida aloxida o`rin egallaydi
Ye) Irsiy omillar:
(1) yaqin qarindoshlarda xastalikka chalinish xavf-xatari 10 martadan ortiq
(2) O (I) gurux qonli odamlarda yara kasalligiga duchor bo’lish extimoli 30-40 foizdan yuqori
Me'da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi ba'zan belgisiz kuzatiladi. Xastalikning mazkur turida jarayon to`satdan qon qusish yoki yara teshilishi ko`rinishi bilan ifodalanadi. O`n ikki barmoq ichak «soqov» yarasida najas qora rangda bo`ladi (tarkibida qon mavjudligi xisobiga), ko`pincha bexushlik sodir bo`ladi.
SHIKOYATLAR:
(1) Og’riq - xastalikning zo`rayishi davrida yetakchi belgi xisoblanadi. Og’riq sezgisini vujudga keltiruvchi sabablar quyidagilar:
a) me'da va pilorus muskullarining qisqarishi;
b) tomir devori qisqarishi natijasida vujudga keluvchi ishemiya;
c) yalliglanish jarayoni
Qusish - yara kasalligida ko`ngil aynishisiz, og’riqning eng kuchaygan davrida sodir bo`ladi
Qusish - yara kasalligida ko`ngil aynishisiz, og’riqning eng kuchaygan davrida sodir bo`ladi
Gastrofibroskopiya - yara nuqsoni shaklini, xajmini chuqurligini asoratlar borligini aniqlaydi.
QIYOSIY TASHXISI
(1) Surunqali giperatsidli gastrit
(2) Surunqali xoletsistit
DAVOSI.
konservativ va jarroxlik usullari bilan bajariladi.
Davoni individualizatsiyalash
Xastalikni davolashda muxim-sharoyitlarda xisoblanadi.
(1) Jiddiy yotoq tartibi 1-2 xafta qo’llaniladi,
(2) Davoli ovqat .
(3) Dori-darmonlar bilan davolash patogenetik tamoyil (prinsip) asosida bajariladi:
parda himoya faoliyatini, xujayralar regeneratsiyasini va mahalliy qon aylanishni sozlash, xelikobakter piloriga qarshi antibakterial moddalarni qo’llash tavsiya qilinadi.
Н2 receptorlar antogonistlari
(1) Cimetidin (tagamet)
(2) Ranitidin
(3) Famotidin.
(4) Omeprol
(5) Ranisan
Antacidlar.
(1) Eriydigan antacidlar:
(a) magniy oksidi.
(b) magniy karbonati.
(c) magniy triksilikati.
(d) vikalin, vikair yoki rotor.
(2) Erimaydigan antacidlar:
(a) almagel yoki flatugel
(b) fosfalugel
Reparantlar – to’qima modda almashinishini sozlaydi