Mavzu:Qushlarning ekologiyasi
Reja
1.Qushlarning yashash sharoiti va ekologik guruhlari.
2.Qushlarning migrasiyasi.
3.Qushlarning qishloq va o’rmon xo’jaligidagi axamiyati.
4.Ovlanadigan qushlar.
1.Qushlarning yashash sharoiti va ekologik guruhlari.Qushlarning har xil zararkunandalarga qarshi kurashdagi roli, sog’likni saqlashdagi roli, qushlar va aviasiya. Ovlanadigan qushlar.
Yashash sharoiti nixoyatda xilma-xil va yer sharida eng keng tarqalgan hayvonlar xisoblanadi. 81-810 Shimoliy kenglikda va Antraktidaning ichki qismlarida ham qushlar ushraydi. Osiyo tog’larining dengiz satxidan 4700 m balandligida baliqchilar va chig’irchilar, 7000 m balandlikda tasqaralar yashaydi. Pingvinlar esa 20 m chuqurlikkacha sho`ng’iydi. Uchish qobiliyatiga ega bo’lishligi va gavda temperaturasining yuqori hamda doimiy bo`lganligi sababli qushlar turli xil muxit sharoitlariga moslashgan. Shu bilan birga tashqi muxit faktorlariga kamroq bog’likdir.
Yashash sharoitiga qarab qushlar quyidagi ekologik gruppalarga bo`linadi:
Daraxtzorda yashovchi qushlar xayotining ko`p vaqtini daraxtlarda va bo`talarda o`tkazadi. Bu gruppaga aksariyat ko`pchilik mayda qushlar kiradi. Bularning gavdalari cho`ziq, yon tomonidan biroz qisilgan, oyog’i kalta, tirnoqlari o`tkir, barmoqlari to’rtta bo`ladi, uchtasi oldingi, bittasi orqа yoki ikkitasi orqаga qaratilgan bo`lib, orqа barmog’i doimo yaxshi rivojlangan bo`ladi.
Ochiq yerda yashovchi qushlar odatda ko`p vaqtini yerda o`tkazadi va qadam bosib yugurib xarakat qiladi. Bularning gavdasi katta, pishiq va keng bo`ladi. Ko`pchiligining qanoti kalta va serbar bo`ladi. Oyog’i kuchli orqа barmog’i ko`pincha yo`q, bo’yni uzun. Bulduruklarning oyog’i, bo’yni kalta, lekin qanoti uzun va o`tkir bo`ladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlarning pat qatlami siyrak pari deyarlik yo`q. Dum usti bezlari yo`q yoki kam rivojlangan. Ochiq yerda yashovshi qushlarga bulduruklar tuvaloklar, tuyaqushlar kiradi. Bularnining uyalari doimo yerda joylashadi.
Suvda suzuvchi qushlarning xayoti, albatta suv bilan bog’langan. Bular suvda yaxshi suzadi va sho`ng’iydi. Gavdasi yalpoq, oyoqlari tananing ancha keyingi qismida joylashgan. Barmoqlarining orasida suzgich parda bor. Dum usti bezlari yaxshi rivojlangan. Patlari zish bo`lib, pari juda kam bo`ladi. Dumi ancha kalta. Bu gruppaga o’rdaklar, g’ozlar, oqqushlar, qoravoylar, ko`ng’irlar, kayralar, pingvinlar, baliqchilar va boshqalar kiradi.
Ovqatlanishi. Qushlarning geografik tarqalishi, yashash joylariga taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo, ularning ovqatlanishiga bog’lik bo`ladi. Qushlarning ovqat eyishiga qarab shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin: yirtqichlar, o’limtikxo’rlar, baliqxo’rlar, xasharotxo’rlar, donxo’rlar va mevaxo’rlar.
Yirtkichlarga kunduzgi yirtqich qushlar bilan yapaloqqushlarning juda ko`p turlari xada chumchuqsimonlardan karkunoklar kiradi. Bularning tumshug’ining uchi qayrilib, ilmoq xosil qilgan va changalli tirnoqlari kuchli bo`lib, boshqa qushlarni sutemizuvchilarni va sudralib yuruvchilarni tiriklayin tutib eydi.
O’limtikxo’r qushlarga amerika tasqaralari, eski dunyo tasqaralari va jurchilar kiradi. Ba’zi burgutlar, buronqushlarning maxsus moslamalari bo’lmasa ham shartli ravishda shu gruppaga kiritiladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlar tabiat sanitarlari deb ataladi.
Baliqxo’r qushlarga pingvinglar, ko`ng’irlar, sakoqushlar, qoravoylar, baliqchilar, yirtqichlardan skopa va suv burgutlari kiradi. Qushlar suvdan baliq tutishga juda turlicha moslashadi.
Xashoratxo’r qushlar gruppasiga juda ko`p turlar kiradi. Masalan, kurkunaklar, tentakqushlar, jarg’aldoqlar, qizilishtonlar, juda ko`p chumchuqsimonlar (qaldirg’ochsimonlar, dumparastlar, moyko`tlar, chittaklar). Bularning tumshuqlari ingichka, ba’zan uzun, ba’zan esa kalta bo`ladi.
Donxo’r qushlarga, avvalo, chumchuqning tumshuqlari konussimon bo`lib, doni maydalashga moslashgan. Donxo’r qushlar bolalarini xasharotlar bilan boqadi. Nixoyat mevaxo’r qushlarga tropik o’rmonlarda yashaydigan to`tilar, tukanlar, ba’zi kaptarlar kiradi. Bularning ham tumshuqlari kuchli bo`ladi.
Yilning fasllariga va geografik tarqalishiga qarab qushlarning ovqat ob’ekti o`zgarib turadi. Masalan, butun yoz davomida xasharotxo’r bo`lgan ba’zi qushlar qish faslida don bilan ovqatlanishga o`tadi. Qizilqqum tog’larida yashaydigan kaklik yozda xasharotlar bilan ovqatlanadi va xokazo.
Ko`payishi har xil xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Ba’zi qushlarni o`zoq yillar davomida erkagi bilan urg’ochisi doimiy birga yashaydi, boshqalari faqatgina ko`payish davrida juft bo`lib yashaydi, boshqalari faqatgina ko`payish davrida juft bo`lib yashaydi. Bu xodisa ya’ni bitta erkagi bitta urg’ochisi bilan qo’shilishi monogamiya deb ataladi. Yana bir gruppa qushlarda poligamiya xodisasi kuzatiladi, ya’ni bitta erkagi bir gala urg’ochisi bilan yashaydi va ularni urug’lantiradi. Masalan, tovuqlar, qushlarda erkagi bilan urg’ochisi tashqi ko’rinishidan farq qilinadi. Bu xodisaga jinsiy dimorfizm deyiladi. Ba’zi qushlarning erkaklari urg’ochisiga nisbatan katta, rangi tiniq, har xil ranglarga bo’yalgan, boshqalarida urg’ochilari erkagidan katta bo`ladi, yana bir xillarida esa jinsiy demorfizm namoyon bo`lmaydi.
Ko`pchilik qushlarda ko`payishdan oldin va ko`payish vaqtida toq deb ataladigan xodisasi yo`z beradi. Bu vaqtda erkaklarining patlari o`zgaradi, har xil ovozlar chiqaradi, sayraydi, turli xil maqomda uchadi, o’yinlar qiladi. Bularning hammasi urg’ochisining e’tiborini o`ziga jalb qilishga muljallangan.
Qushlar odatda bir yilda bir marta ko`payadi, ba’zilari esa 2-3 marta ko`payada. Kayralar, yirik yirtqichlar bitta, kaptarlar, turnalar ikkita, baliqchilar, bulduruklar uchta, loyxuraklar to’rtta, chumchuqsimonlar 4-6 ta, tovuqsimonlar 16-26 tagacha tuxum qo’yadi. Agar inkubasiya davrining birinchi yarmida uyada tuxumlar xaloq bo’lsa, qushlar odatda yana tuxum qo’yadi, juda kam qushlar uya ko’rmasdan, o`z tuxumlarini to’g’ridan- to’g’ri yerga qo’yadi. Uyasini oddiygina chuqurcha shaklida quradigan qushlarga baliqchilar tovuqsimonlar kiradi. Ba’zi qushlar o`z uyalarini yerlarga quradi. Turg’aylar o`z uyalarini kosacha shaklida qurib yerga joylashtirsa, boshqa chumchuqsimonlar, yirtqichlar bo`ta va daraxt shoxlariga qo’yadi. Qizilishton, chittaklar, soglar o`z uyalarini daraxt kavaklariga qo’yadi. Poligam qushlarda tuxumlarni urg’ochisi bosadi, ko`pchilik qushlarda erkagi va urg’ochilari tuxumlarini navbatlashib bosadi. Amerika va Avstraliya tuya qushlarida esa faqat erkagi tuxumlarini bosadi. Bir gruppa qushlar oxirgi tuxumni qo’yib bo`lgandan keyin bosadi. Bu qushlarning jo’jalari inkubasiyaning oxirida bir kun davomida tuxumdan ochib chiqadi. Ikkinchi gruppa qushlar birinchi tuxumini qo’ygan kundan boshlab bosadi. Buning natijasida uyada jo’jalar har xil kattalikda bo`ladi. Tuxumni bosish yoki inkubasiya davri turli qushlarda turlicha, lekin xar bir tur uchun ma’lum inkubasiya davri bo`ladi. Kichik chumchuqsimon qushlarda inkubasiya davri 12-14 sutkaga teng. Karg’alar –17, mikkiy-28, burgut-42, qirg’ovul-21-25, o’rdaklar-28 kun davomida bosib yotadi.
Qushlar tuxum ochib chiqqan jo’jalarining nechog’li rivojlangan bo’lishiga qarab ikkita gruppaga bo`linadi: jo’jalilar va jish bolalilar. Jo’jali qushlarning bolalilari tuxumdan rosa yetilgan, ko`z-quloqlari ochilgan va terisi qalin par bilan qoplangan bo`ladi va ota-onasining orqаsidan yurib donlay oladi. Bu gruppaga tuyaqushlar, baliqchilar, tovuqsimonlar, g’ozsimonlar, tuvaloklar kiradi. Jish jo’jali qushlarning bolasi tuxumdan chiqkanda yetilmagan, ko`z qulog’i ochilmagan, terisi patsiz yoki siyrak pat bilan qoplangan, o`z xolicha ovqat eya olmaydigan va ota-onasining zo’r parvarishiga muxtoj bo`ladi.
Bularga chumchuqsimonlar, kaptarlar, kukkargalar kiradi. Baliqchilar, kunduzgi yirtqichlar va bulduruklar jo’jali va jish bolali qushlar o’rtasida oraliq xolatni egallaydi. Bolalari tuxumdan chiqqanda ko`zlari ochiq, terisi qalin par bilan qoplangan bo’lsa-da ota-onalarining parvarishiga muxtoj bo`ladi. Umuman, qushlar o`z bolalarini yaxshi ucha olguncha va mustaqil yashay olguncha o`z ximoyasidan olib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |