FONETIKA
Tovushlar, ularning hosil bo‘lishi, tovush o‘zgarishlari, urg‘u, bo‘g‘in kabi hodisalarni o‘rganuvchi fan fonetika deyiladi.
Nutq tovushlarining bosh vazifasi MA’NO FARQLASHdir: ko’z-kuz
Fonetika yunoncha “phone” – “tovush” so‘zidan olingan.
Tovush –nutqning fonetik jihatdan bo‘linmaydigan eng kichik birligi.
Harf –
tovushning yozuvdagi ifodasi, shartli belgisi.
Misol: kitob – китоб.
Fonema – so‘zdagi ma’no
farqlovchi tovush
Misol: maktab – maktub, a va u tovushlari fonemalardir.
Nutq a’zolari
Nutq tovushlari nutq a’zolari ishtirokida paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar (faol nutq a’zolarining ostiga chizib qo’yilgan):
( 3 ta bo’shliq) (4 ta T) (yodlashga osonroq bo’ladi)
Bo’g’iz bo’shlig’i Til O’pka
Og’iz bo’shlig’i Tish Lablar
Burun bo’shlig’i Tanglay
Tuvush(un)paychalari
Tovushlar ikki xil bo‘ladi: unli va undosh. Ular quyidagicha farqlanadi:
Unli tovushlar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay o‘tadi, undosh tovushlarni hosil qilishda esa o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi va shovqin hosil bo‘ladi.
Unlilarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi.
Unlilar hosil bo‘lishida un paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa titrashi ham mumkin (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham mumkin (jarangsiz undoshlarda).
4. Unlilar bo’g’in hosil qiladi. Undoshlarda bunday xususiyat mavjud emas.
5. Unlilar urg’u oladi. Undoshlarda bunday xususiyat mavjud emas.