Qo‘sh undosh bir xil undoshning yonma-yon kelishidir. Masalan: achchiq, muammo, katta, muvaffaqiyat, tonna, tizza, jizza, jajji,quvvat, qattiq, ammo, katta, hassa, hissa, issiq, sodda, xuddi, pochcha kabi. Kilovatt, kongress, metall kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki undosh yoziladi. Bu so‘zlarga har qanday qo’shimcha qo‘shilsa (unli bilan boshlanadigan qo‘shimcha: metall + i metali; undosh bilan boshlanadigan qo‘shimcha: metall + ga metalga shu tovush bilan boshlanadigan qo‘shimcha: metall + lar metallar), oxirgi qo‘sh undoshdan biri tushiriladi: kilogramm + mi, kabi.
Ushshoq, yalla, qattiq, tilla, chinni, yo‘lla, sodda, silla, modda, billurkabi so‘zlar tarkibidagi qo‘sh undoshlardan biri tushirilsa, ma’noda o‘zgarish ro‘y beradi, ya’ni yangi ma’noli so‘z hosil qilinadi: ushoq, yala, qatiq, tila, chini, yo‘la, soda, moda, bilur kabi.
Unlilar talaffuzda o‘zgarmas tovushlar sanalib, chetdan o‘zlashgan ba’zi
so‘zlarda qator unlilar yoki qo‘sh unlilar shaklida ishlatiladi. Bu ikki shakldagi holatlaryonma-yon unlilar, ba’zan qator kelgan unlilardeyiladi.
Qator unlili so‘zlar boshqa tillardan kirib kelganligi uchun bunday so‘zlardagi qator unlilarni og‘zaki nutqda:
a) bir cho‘ziq unliga aylantiriladi: muallim=malimkabi.
b) qator unlilar orasiga ayrim undoshlarni qo‘shish yo‘li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. M: soat so‘zi Farg‘onada sohat,Toshkentda sog‘attarzida talaffuz qilinadi.
Qator unlilarQo‘sh unlilar
ao: maorif, saodataa: manfaat; taassuf
oa: soat, toatoo: inshoot
ia: tabiat,materialii:tabiiy, badiiy
ai: said, mozaikauu: vakuum, shuur
io: radio, stadion
oi: doim, oila
ea: teatr, okean
ae: aerostat
oe: poema
au: kauchuk
ua: burjua , majmua
uo: matbuot
TUTUQ BELGISI
Tutuq belgisining, asosan, ikki xil vazifasi bor: 1) unlidan keyin kelib uning cho‘ziqroq talaffuz etilishini ta’minlaydi: a’lo, a’zo, ra’no, ma’no, da’vo, ta’na, shu’la kabi.2) undoshdan keyin kelib unlini undoshdan ajratish uchun xizmat qiladi: san’at,in’om, qat’iy, sur’at kabi.
Is’hoq, Mus’haf, as’hob so‘zlarida so‘z ma’nosi o‘zgarishining oldini olish, shuningdek, s va h tovushlarning alohida tovush ekanligiga ishora qilib, ular o‘rtasida tutuq belgisi qo‘yiladi.
Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar, so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi
SEGMENT VA USTSEGMENT (SUPERSEGMENT) BIRLIKLAR
Tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga bo‘linadi:
1) segment birliklar;2) ustsegment birliklar.
Segment birliklariga nutq tovushlari va bo‘g‘in kiradi. Bunday birliklar so‘z yoki morfemalarda bir-biriga ulanib keladi, ya’ni bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar zanjirsimon tarzda ketma-ket joylashadi. Masalan, kollej so‘zida 6 ta tovush (k, o, l, l, e, j) va 2 ta bo‘g‘in (kol-lej) mavjud.Ustsegment birliklar so‘zga, gapga yoki nutqqa aloqador bo‘lgan, so‘z, gap va nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydigan ustama hodisalardir. Ustsegment birliklar segment birliklar qatori ustiga qo‘yilib, nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi. Ustsegment birliklarga quyidagilar mansub: 1) urg‘u; 2) to‘xtam (pauza); 3) melodika yoki nutqning emotsional bo‘yog‘i (darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon ohanglari). Mazkur birliklar nutq ohangini tashkil etadi.
BO‘G‘IN
Bir havo zarbi bilan hosil qilinuvchi so‘z qismi bo‘g‘in sanalib, so‘zda qancha unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. Bo‘g‘in qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi 2 guruhga ajratiladi: 1) ochiq bo‘g‘in; 2) yopiq bo‘g‘in. Agar bo‘g‘in unli bilan tugasa yoki yakka unlidan oldin va keyin hech qanday undosh bo‘lmasa bunday bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in deyiladi(o-ta). Agar bo‘g‘in undosh bilan tugasa yopiq bo‘g‘in sanaladi(mush-tum).
Agar so‘zda bo‘g‘in unli bilan boshlansa berkitilmagan bo‘g‘in(ol), undosh bilan boshlansa berkitilgan bo‘g‘in hisoblanadi(sa-bo).
BO‘G‘IN KO‘CHIRISH VA BO‘G‘INGA AJRATISH QOIDALARI
Bo‘ginga ko‘chirish va ajratish boshqa-boshqa tushunchalardir. So‘z boshida kelgan yakka unli bo‘g‘inga ajratiladi, lekin ko‘chirilmaydi. So‘z o‘rtasida kelgan qo‘sh unli va undoshlar, albatta ajratiladi va ko‘chiriladi. Masalan,ham-ma, ta-ajjub yoki taaj-jub.
Bo‘g‘inga ko‘chirishda doimo ikki qism bo‘ladi: mak-tab, oi-la, taassu-rot yoki ta-assurot yoki taas-surot. Bo‘g‘inga ajratish so‘zda qatnashgan unlilar soni bilan bog‘liq. So‘zda nechta unli bo‘lsa, bo‘g‘in ham shunchaga ajraladi. Demak, bo‘g‘inga ko‘chirishda unlilar miqdori asosiy rolni o‘ynamas ekan, balki satrga sig‘may qolgan so‘zning tarkibiy qismi muhim.
Bir bo‘g‘inli so‘zlar bo‘g‘inga ajralmaydi va ko‘chirilmaydi: nok, soz, bu. Ikki bo‘g‘inli so‘zlarda bo‘g‘inga ajratish va ko‘chirishda teng keladigan va teng kelmaydiga o‘rinlar mavjud. Masalan, mat-lab, rux-sat singari so‘zlarda bo‘g‘inga ajratish va ko‘chirish mos kelgan. Birinchi bo‘g‘ini bir unlidan iborat ikki bo‘g‘inli so‘zlarda bo‘g‘inga ajratish va bo‘g‘inga ko‘chirish teng kelmaydi. Masalan, o-lim (bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan), o-lim (to‘g‘ri ko‘chirilmagan), uning to‘g‘ri ko‘chirilgan shakli olim holatidir.
Uch va undan ortiq bo‘g‘inli so‘zlarda bo‘g‘inga ajratish va ko‘chirish umuman teng kelmaydi, sababi bo‘g‘in ko‘chirishda har doim ikki qism hosil bo‘lsa, bo‘g‘in ajratishda bo‘g‘inlarning soni ko‘paygan sari bo‘g‘inga ajralgan qismlar ham shunga mos ravishda ko‘payadi.
Sh, ch, ng harfiy birikmalar bo‘g‘inga ajratilmaydi, ular birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shana, mai-shat, pi-choq.Biroq sh va ng harfiy birikmalarini s+h, n+g shakldagi tovushlardan farqlamoq lozim. Buning uchun harfiy birikmalar qatnashgan so‘zlarni yodlamoq lozim.
Ng harfiy birikmasi qatnashgan shakllar va ularning bo‘g‘inga ajralishi: ko‘-ngil, ko‘ng-li-miz-da, u-ka-ngiz, ya-ngi, ya-nga, de-ngiz, si-ngil, o-ta-ngiz, ke-ling-lar, mang-lay, a-rang, o-hang, i-ngich-ka
N+g ko‘rinshidagi shakllar: men-ga, bun-ga, to-mon-ga,lan+gar,kon-gress, tan-gens, bu-gun-gi, mi-ting, ken-gu-ru.
Ng tovushi so‘z asosi ichida kelib, undan oldin va keyin unli kelsa, ng tovushi bo‘g‘inga ajratilganda bo‘g‘inning o‘ng tomoniga o‘tkaziladi: ko‘-ngil
Agar ng tovushi ishtirok etgan so‘z asosida ng dan oldin unli, undan keyin undosh kelsa, ng tovushi bo‘g‘inning chap tarafida unli bilan qoladi:ke-ting-lar
O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi; 2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.
Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi:DTM, BMT, ToshDU, 2014.
Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-»A» sinfi, 550 m, 80 sm.
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: «Tashabbus–2014»,«Boing–767» (samolyot), «Foton–774» (televizor).
A.I.Usmonov, G.G‘.Yusufjonova kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek,v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.
URG’U
So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishiga so‘z urg‘usi deyiladi. Urg‘u 2 xil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |