TOVUSHLARNING BIRLASHTIRUVCHI VA FARQLOVCHI BELGILARI
Tovushlarning zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilari farqlovchi belgilar, ularning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo‘lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi. Masalan, t va d tovushlarini olaylik. Birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga, ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi (til oldilik, portlovchilik belgilari), har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli – jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, birinchi va ikkinchi belgilar ular o‘rtasidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa farqlovchi belgi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |