QATOR UNDOSH VA QO’SH UNDOSH
Bir bo‘g‘inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar qator undoshli so‘zlardir.M: Dars, barg, do‘st, fikr, go‘sht, g‘isht, baxt, taxt,pand,sport,daraxt. So‘z boshidagi qator undoshlar o‘rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi. Masalan: traktor, broker, krem, stakan, stol. Go‘sht, do‘st, barg kabi so‘z oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o‘simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo‘g‘inda bo‘lmagani uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. Shuningdek, alifbomizdagi bir tovushni ifodalash uchun ishlatiladigan harf birikmalari ham qator undoshli so‘zlar sanalmaydi. Masalan, dengiz so‘zida qator undosh mavjudmas, chunki bu so‘zdagi ng harf birikmasi bitta tovushni ifodalashga xizmat qilgan. Ingliz, kongress so‘zlarida esa qator undosh mavjud, chunki bu yerdagi n va g harflari alohida-alohida tovushlarni ifodalab kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |