3 BOB. OSHQOZONOSTI BEZINING OROLCHA APPARATI
KASALLIKLARI
Oshqozonosti bezining orolcha apparati anatomiyasi va fiziologiyasi
Oshqozon osti bezi (lotincha pancreas) –turli gormonlar (endokrin qism) va
fermentlar sintezlovchi bez bo‘lib, (ekzokrin qism) retroperitoneal joylashgan toq
a’zo. Oshqozon osti bezi qorin bo‘shlig‘ida joylashgan me’da ortida 1–2–bel
umurtqa pog‘onasi ro‘parasida joylashadi. Uning o‘rtacha hajmi 80–100g, uzunligi
14–18 sm, kengligi 3–9 sm, qalinligi 2–3 sm ni tashkil qiladi. Bez yupqa
biriktiruvchi to‘qima kapsulasiga ega bo‘lib, tashqi tomondan qorin parda bilan
qoplangan. U bosh, tana,dumdan iborat.
Oshqozon osti bezining endokrin qismi oshqozon
osti bezining ekzokrin
parenximasida diffuz tarqalgan Langergans shoxchalaridan iborat. Shoxchalar
diametri 50 mkm dan to 400 mkm (shoxchalarning ko‘p qismi 200 mkm) gacha
boradi. Katta odam oshqozon osti bezida taxminan 1 mln shoxchalar jamlangan.
Rivojlanish jarayoni boshida insulyar apparat oshqozon
osti bezining katta
qismini tashkil qiladi. Embrionda 20 sm uzunlikdagi insulyar apparat va mezenxima
vazni bezning 2/3qisimini tashkil qiladi, ya’ni bu
qism oshqozon osti bezining
endokrin qismi xisoblanadi. Tug‘ilgandan keyin o‘sish jarayonida keksalarda 1-1,5
% kamayib inkretor qism 30% ni tashkil qiladi.
Tug‘ilgandan keyin bolalarda bez vaznining sezilarli katta foizini tashkil
qiluvchi biriktiruvchi to‘qimani sekin asta jipslashtirib, ekzokrin apparati rivojlanib.
Faqat bola hayotining 2- yilda oshqozon osti bezining gistologik tuzilishi
kattalarnikiga o‘xshash bo‘ladi.
Bolalarda oshqozon osti bezi rivojlanish xususiyatlari tug‘ilgandan
keyin
ekzokrin qismning nisbiy yetilmaganligi va faoliyat ko‘rsatayotgan endokrin
apparatining kuchli erta rivojlanishinidir.
Bezning qon ta’minotini old va orqa yuqori pastki hamda pastki pankreat-
duodenal arteriyalar, shuningdek, taloq arteriyasining pankreatik tarmoqlari amalga
oshiradi. Ularda qon oqimi bezning ekzokrin qismiga nisbatan 5-10
marta yuqori
bo‘ladi. Qon aylanishi glyukagon sekretsiyalovchi α hujayralari tomonidan
glyukagon sekretsiyasini tormozlash uchun insulinni orolcha periferiyasiga
tushishiga mo‘ljallangan. Vena qon oqimi
taloq orqali yuqori va pastki,
shuningdek, chap qorincha venasidan o‘tadi.
Bolalarda oshqozon osti bezining limfatik tizimi hech qanday anatomik
xususiyatga ega emas. Bu tugunlardan limfa oshqozon, jigar, o‘t pufagi, katta charvi,
paraaortal tugun va boshqa organlarning limfa tizimiga tushishi mumkin.
Oshqozon osti bezi innervatsiyasini parasimpatik va simpatik tolalar amalga
oshiradi.
Langergans oroli quyidagi hujayra turlarida ; A(£), B(β), D(δ), P(γ), F yoki
RR da berilgan. A(£) hujayralar orolchadagi hujayralarning tarkibidan 20-25 %ni
tashkil etgan bo‘lib, glyukagon ishlab chiqaradi. Orolning asosiy (75-80 %)
tarkibini insulin sintezi va deponirlash vazifasini bajaruvchi V (β)- hujayralar tashkil
qiladi. (δ) hujayralar ko‘plab bezlar faoliyatini tormozlovchi somatostatin
sekretsiyasini amalga oshiradi.
Undan tashqari, oshqozon osti bezida o‘zlarining
sekretsiya granulalari kabi farqli xususiyatlariga ega bo‘lgan RR-hujayralar mavjud.
Ular pankreatik polipeptid manbai (oshqozon osti bezini funksiyasini susaytiradi va
me’da soki sekretsiyasini stimullaydi) hisoblanadi.