6-ma’ruza: mo‘G‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddii manguberdi mard va jasur ajdodimiz reja



Download 1,46 Mb.
bet1/6
Sana06.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#746371
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 ma’ruza Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash Jaloliddii


6-MA’RUZA: MO‘G‘ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDII MANGUBERDI - MARD VA JASUR AJDODIMIZ


REJA:



  1. Chingizxon (Temuchin) davlati. Chingizxon va Sulton Muxammad Xorazmshox munosabatlari.

  2. Chingizxon istilosi. Mo‘g‘ullar istilosiga qarshi xalq harakatlari.

  3. Jaloliddin Manguberdi jasorati.

  4. Chig‘atoy ulusi xukmronligi davrida siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot.



Tayanch iboralar: Yasoq qonunlari, Qipchoq urug‘i, O‘tror fojeasi, Urganch fojeasi, Jaloliddin Manguberdi jasorati, Chig‘atoy ulusi.


Chingizxon (Temuchin) davlati. Chingizxon va Sulton Muxammad Xorazmshox munosabatlari..
Mo‘g‘ullar haqida juda ko‘plab ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular menu (menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bora tilga olinadi. Mo‘g‘ul atamasi haligacha o‘zining ilmiy isbotiga ega emas. Ular Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarga yaqin va qondosh bo‘lganliklari ehtimoldan xoli emas. Bu xususda olimlar turli fikrlarni bildiradilar. Mo‘g‘ul etnogenezi ham murakkab masala bo‘lib, har holda elat sifatida ular XIII asrda yuzaga kelgan bo‘lishlari kerak. X-XI asrlarda esa asli Amur daryosi bo‘ylarida yashagan 16 ta urug‘-aymoqlarga bo‘lingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug‘idan alohida, moxe (mo‘g‘ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. Bu qabila tezda kuchayib, 1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi. Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili mo‘g‘ullar bilan ittifoq tuzishga ham majbur bo‘lishadi.
XII asr o‘rtalariga kelib Baykal ko‘li atrofi, hozirgi Mo‘g‘uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko‘pchiligi mo‘g‘ullar rahnomasi Esugay bahodir ta’siriga o‘ta boshlaydilar. Lekin unga qarshi turgan tatar, markit qabilalarni bo‘ysundirish osonlik bilan kechmaydi. Esugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona o‘ldirishgandan so‘ng, uning o‘g‘li bo‘lmish Temuchinning ta’siri mo‘g‘ullar ichida ko‘tarila boshlaydi. Temuchin (1155-1227) (mo‘g‘ulcha, temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo‘lib, parokanda qabilalarni turli yo‘llar bilan o‘z qo‘li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi. 1186 yilda u boshqa bir mo‘g‘ul sarkardasi Jamuxa yordamida o‘zining eski raqibi markitlarni bo‘ysundiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra bu g‘alabadan so‘ng mo‘g‘ul no‘yon (harbiy boshliqlar)lari va navkarlari uni olqishlab, mo‘g‘ul hukmdori-xon deb e’lon qilishgan. XIII asr boshida esa yana bir boshqa kuchli qabila tatarlar ustidan ham g‘alaba qozoniladi. Temuchin 1203 yili kerayitlarning xoni O‘ngxonni mag‘lub etib, qo‘ng‘irot va naymanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi.
Mo‘g‘ullarni birlashtirish chog‘ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etdi. Unga ko‘ra mo‘g‘ul qabilalari mingliklarga bo‘lingan bo‘lib, u butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga to‘g‘ri kelar edi. Okruglar tepasiga sadoqatli kishilar qo‘yilar edi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o‘tajangovar harbiy tuzilmalarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ularni boshqarishni esa avvalo, o‘z o‘g‘illari-Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘gedey, Tuli, xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi. O‘z hokimiyatini to‘liq mustahkamlab olgach Temuchin 1206 yili mo‘g‘ullarning umum qurultoyi (qurultoy halq xohishi degan ma’noni anglatgan) ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy mo‘g‘ul hukmdori-xon deb tantanali e’lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy "Chingizxon " degan faxriy nom beradi. Chingiz so‘zi tarixchi Rashididdinning yozishicha, kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi.
Qurultoyda odat bo‘yicha Chingizxon o‘z tug‘i-bayrog‘ini ko‘tardi, 10 ta lavozim joriy etib uni o‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini markaziy poytaxt deb belgiladi. O‘z qo‘li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo‘lib, ularga aniq vazifalari bo‘lib berdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma’sul bo‘ldilar. U o‘z qo‘shinlarini ham isloh etdi. Butun Mo‘g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy birlikka bo‘lindi. Yangi mo‘g‘ul davlati - Eke Mo‘ng‘ul ulus (buyuk mo‘g‘ul davlati) deb atala boshlandi. Qurultoydan avvalroq 1203-yildayoq hali bir tizimga ega bo‘lmagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihat)larni olgan edi. "Yasoq" bizgacha to‘liq etib kelmagan bo‘lib, u turli ko‘rinishlarda, manbalarda qayd etiladi. "Yasoq" o‘z ichiga quyidagilarni kiritgan: xalqaro, shaxsiy, savdo va sud huquqlari. Chingizxon tayin etgan davlat bosh hakami Shiki-Xutuxuga "Yasoq"qa qarab ish tutishni qat’iy belgilab bergan edi. "Yasoq" qonunlari mo‘g‘ullarning qadimiy urf-odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patrlarxal harbiy tuzumni o‘zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. "Yasoq" qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan bo‘lgan:
1. Hukmdor (xon) "Yasoq"qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilish, amal qilmagudek bo‘lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo‘ladi;
2. Chingizxon mo‘g‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to‘la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi;
3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‘lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim;
4. Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash;
5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.
Chingizxon shaxsiy gvardiyasi sonini (keshiktan) 9000 kishigacha etkazdi. Ular har 3 kunda navbatchilik qilar, ularning ish’ini shaxsan xon nazorat qilar edi. 1204-yili uyg‘ur alifbosi mo‘g‘ul yozuvi uchun qabul qilindi. Shuningdek , mustaqil davlat belgisi bo‘lgan muhr(tamg‘a) hamda-taqvim qabul qliindi. Chingizxon 1209 yilda tang‘utlarni, 1211-yilda uyg‘urlarni, 1215-yilda esa Shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) bilan birgalikda o‘ziga tobe qilib oldi. Xitoydagi Sin sulolasi tugatilib, juda katta o‘lja olindi. Xitoy yurishi vaqtida yuksak harbiy mahorat va urushning yangi usullari qo‘llanildi. Madaniy jihatdan ancha qoloq mo‘g‘ullar ko‘p jihatdan uyg‘ur va musulmon ahli tajribasidan keng foydalanishdi. Sharqiy uyg‘urlarning boshlig‘i Ediqut (Saodatbek) Chingizxonning do‘sti va maslahatchisi, sobiq naymanlar xoni Tayanxonning muhrdori uyg‘ur Tatatun esa mo‘g‘ullarni savodga o‘rgatar edi. Musulmon savdogarlarini zehni, tadbirkorligiga Chingizxon doimo yuqori baho bergan edi. Shu bilan birga ulardan ko‘pincha ayg‘oqchilar sifatida ham foydalanar edi.
Xitoyni zabt etgan Chingizxon shu bilan kifoya etib qolmasligi aniq edi. Badavlat Movarounnahr savdo ahli, o‘lkamiz bchisob boyilklari, yuqori madaniyatli ajdodlarimiz yaratgan ajoyib me’moriy binolar, qolaversa qadimiy yurtimizning fayz-u tarovati mo‘g‘ullarni anchadan beri o‘ziga jalb qilayotganligi ma’lum edi. Musulmon mamlakatlarining behisob boyiliklari to‘g‘risidagi afsona-rivoyatlarni eshitib, tekin o‘lja va boyish istagida bo‘lgan mo‘g‘ul harbiy zodagonlari Chingizxon boshchiligida zimdan harbiy yurish qilish istagida turar edilar. Chingizxon davlati g‘arbda Qipchoq cho‘llari, qoraxitoylarning ko‘chmanchi G‘arbiy Lyao (Si Lyao) va xorazmshoh-anushteginiylar davlati bilan chegaradosh edi. Shubhasiz uning g‘arbdagi eng yirik va kuchli qo‘shnisi hamda raqibi buyuk Xorazmshoh-anushteginiylar davlati (1097-1231) edi.
Sulton Qutbiddin Muhammad Oloviddin Xorazmshoh (Muhammad Xorazmshoh) (1200-1220) davriga kelib mamlakatning hududlari behad kengaya boshladi. Sulton o‘z onasi bo‘lmish «Xudovandayi-jahon, dunyo va din sahovatpeshvosi Ulug‘ Turkon- - ikki dunyo ayollari malikasi (Ismat ad-dunyo va ad-din Ulug‘ Turkon)» unvonini unga pesh qilib olgan qipchoq xoni Jonkishining qizi Turkonxotun harbiy ko‘magi hamda qo‘llab-quvvatlashi natijasida o‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga, zafarli yurishlar qilishga muvaffaq bo‘ldi. U 1203-yili G‘ur davlatini, 1204-yili Hirotni, 1207-yili Buxoroni qo‘lga kiritadi. Sulton Otsiz (U27-1156) davridan boshlab xorazmshohlar qoraxitoylarga o‘lpon to‘lab turar, aks holda ko‘chmanchilar mamlakatga bostirib kirib, uni xonavayron qilishlari turgan gap edi. Muhammad Xorazmshohning qoraxitoylar bilan birinchi janggi 1207 yili muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi. Sulton 1209 yili navbatdagi o‘lpon yig‘ish uchun kelgan qoraxitoylar elchisi Tushi olib kelgan yorliqni namoyishkorona yirtib tashlab, uni o‘limga mahkum etadi. 1210 yili sentabr oyida Sirdaryo bo‘yidagi Ilamish dashtida qoraxitoylar bilan bo‘lgan hal qiluvchi jangda esa qoraxitoylar to‘liq mag‘lubiyatga uchrab, ularning lashkarboshchisi Tayangu o‘ldiriladi. Movaraunnahr butkul Xorazmshoh qo‘liga o‘tib, hamma joylarda sadoqatli kishilar hokim etib tayinlandilar. Qoraxoniylar xoni Usmonxon xorazmshohlar vassaliga aylanib, Sultonning qizi Xon-Sultonga uylanadi. Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati Sharq ning eng buyuk davlatiga aylanib, o‘z ichiga Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Iroqi Ajam, Ozarbayjon, Seiston, G‘azna, Balx, Qandahor o‘lkalarini olgan edi.
Qoraxitoylar ustidan qozonilgan g‘alaba musulmonlarning «g‘ayridinlar» ustidan «buyuk g‘alabasi» deb ta’riflanib. sulton farmoniga ko‘ra musulmon olamining hamma o‘lkalariga bu xususda maxsus xitobnomalar tarqatildi. Mazkur g‘alabadan o‘ta ruhlangan Sulton Muhammad Xorazmshoh o‘ziga «Iskandari Soniy (ikkinchi Iskandar)» va saljuqiylarning buyuk sultoniga taqlid qilib «Sulton Sanjar» unvonlarini oladi. Davlat muhriga esa «zil Allohi til ard» (Ollohning yerdagi soyasi) deb «kamtarona» yozdirishni buyuradi.
1212 yili xorazmlik noib Do‘stobaning zo‘ravonligiga qarshi Samarqandda qoraxoniylar xoni Usmonxon boshchiligida isyon ko‘tardilar. Isyonni qattiqqo‘llik bilan bostirgan xorazmshoh Muhammad Usmonxon va 10000 dan ziyod kishini qatl ettirib, O‘zgangacha bo‘lgan hududda yashayotgan barcha qoraxoniylarni qirg‘in-barot qildiradi.
1215 yili Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g‘ullarning Jo‘chi boshchiligidagi harbiy qo‘shiniga duch keladi. Mo‘g‘ullar bu erlarda Chingizxon ning buyrug‘iga ko‘ra markit qabilalariga zarba berish uchun yurish qilgan edilar. O‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng mo‘g‘ullar Chingizxon dan Xorazmshohlar davlatiga nisbatan yurish qilish xususida hech qanday ko‘rsatma oimaganliklari uchun orqaga chekindilar. Jurjoniyning yozishicha, sultonni har vaqt undan Sharq da joylashgan davlatlar qiziqtirar va uning Xitoy tomoniga harbiy yurish qilish niyati ham bo‘lganligi aniq edi. Lekin Xitoy Chingizxon tomonidan o‘sha yili olinganligini eshitgan sulton bu holni tasdiqlatish va qolaversa Chingizxon davlati xususida aniq ma’lumot olib kelish maqsadida sayidlar avlodidan bo‘lmish taniqli zot Bahovuddin Roziyni o‘z elchisi sifatida xon huzuriga jo‘natadi.
Bahovuddin Roziy boshchiligidagi elchilik guruhini Chingizxon Pekinda qabul qilib, ularga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Xorazm davlati elchilariga Chingizxon o‘zaro ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik hukmdorlik qilishi lozimligini uqtirib, o‘zini "Sharq hukmdori", Xorazmshoh Muhammadni "G‘arb erlarining egasi" deb ta’kidlaydi. Xitoy erlariga endilikda yurish qilish nojoiz ekanligini anglagan Xorazmshoh o‘z diqqat-e’tiborini yana janub hamda g‘arb erlariga qaratadi.
1217-yili Bag‘dod xalifasi an-Nosir (1180-1225) sultonning Bag‘dodni unga topshirishi va uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qishini qat’iy rad etgach, Muhammad Xorazmshoh 100 000 kishilik qo‘shin bilan abbosiylar xalifaligiga yurishni boshlab yuboradi. Xorazmshohlar tangalari va xutbalardan xalifa nomi chiqarib tashlanadi. Sulton farmoniga ko‘ra, termizlik shayx Olamulk at-Termiziy xalifa etib tayinlanadi. Sultonning yuqoridagi hatti-harakatlari ko‘pchilik ulamolar, din peshvolari tomonidan ma’qullanmaydi. Ular sultonga barcha musulmonlar diniy rahnamo xalifa ustiga yurish qilish, islom dunyosida xorazmshohga nisbatan salbiy munosabat keltirib chiqarishini tushuntirmoqchi bo‘ladilar. Ulamolar noroziligini hisobga olmagan Sulton ularning ko‘pchiligini jazoga tortadi, hatto taniqli shayx Majididdin Bag‘dodiyni qatl ettiradi. Bu hol diniy ulamolar, ruhoniylar, darveshlik guruhlari oldida sulton obro‘ e’tiborining pasayishiga va unga qarshi muxolif kuchlar safining kengayishiga olib keladi. Bag‘dod yurishi tabiy ofatlar tufayli muvaffaqiyatsiz yakun topadi.
Abbosiylar xalifaligiga muvaffaqiyatsiz yurishdan so‘ng, 1218-yili Muhammad Xorazmshoh o‘zining yangi poytaxti deb e’lon qilgan Samarqand shahriga kirib keldi va xutba, tangalardan esa xalifa nomini chiqarib tashlash xususida farmon berdi. O‘sha yili Muhammad Xorazmshoh Chingizxon huzuriga yana o‘z elchilarini yuboradi. Bunga javoban Chingizxon kechiktirmasdan qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini xorazmshohlar sultoni huzuriga yuboradi. Sultonga mo‘ljallangan qimmatbaho sovg‘alar ichida Chingizxon o‘lja olgan tuya o‘rkachidek keluvchi o‘tin bo‘lagi ham bor edi. Elchilarga xorazmlik taniqli savdogar Mahmud Yalavoch (Mahmud al-Aromiy) rahbar etib tayinlanib, yana 2 ta odam, buxorolik savdogar Alixo‘ja va o‘trorlik Yusuf qanqalar elchilik rutbasiga ega edilar.
Sulton Muhammad bu elchilarni 1218-yil bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Chingizxon sultonning zafarli yurishlaridan xabardor ekanliklari, uni qudratli podshoh sifatida tan olib "o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida" ko‘rishini bayon etishadi. Chingizxon o‘z nomasida kuch-qudrati zafarini ko‘rsatish ma’nosida Xitoy va qo‘shni mamlakatlarni qanday kuch bilan egallaganligini ham aytib o‘tadi. Elchilar nomasi shubhasiz sultonga ma’qul bo‘lmaydi. Ayniqsa, mo‘g‘ul davlatining xonini, uni o‘zining "o‘g‘li" qatorida ko‘rish, bu Sharq ustamonligida qaram qilish yoki o‘z homiyligini olish degan ma’noni anglatishni Sulton yaxshi tushunadi. Elchilarga
S ulton javobi ma’lum emas, lekin o‘sha tunda u o‘z yoniga Mahmud Yalavochni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga o‘tib, maxfiy josus bo‘lib xizmat qilishni buyuradi. O‘z hayotidan xavfsiragan Mahmud Yalavoch, muarrih an-Nasaviyning yozishicha, "Sulton eshitishni xohlagan" ma’lumotni aytib, Sulton taklifiga ko‘nadi. Xorazmshoh unga qimmatbaho javohir sovg‘a qilib, Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi.
Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to‘plangan ma’lumotlardan mamnun bo‘ladi. Zero Yalavoch soxta "josus" rolini o‘ynab, bor haqiqatni Chingizxon ga etkazgan edi. O‘sha yiliyoq, ya’ni 1218-yili, Chingizxon Sulton Muhammadga o‘z minnatdorchiligini izhor etish va o‘zaro shartnoma tuzish maqsadida katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Ulkan savdo karvoni 450 ta musulmon savdogari va 500 ta tuyaga ortilgan qimmatbaho mollardan iborat edi. O‘z davlati qudratini namoyon etish niyatida Chingizxon Tang‘ut va boshqa davlatlardan o‘lja olingan, janubiy Sibir va Xitoydan talab keltirilgan ajoyib, sara mollar bilan xurjunlarni to‘ldirgan edi. Karvon bilan, Shuningdek , Chingizxon elchisi, mo‘g‘ullardan bo‘lgan Uxuna ham bo‘lib, u Xorazmshohga Chingizxon nomasini olib kelayotgan edi. Noma jahon fotihligiga da’vo qilayotgan Chingizxon nomidan buyruqnamo ohangda yozilgan edi. Unda jumladan, "... biz bundan buyon davlatlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishini buyuramiz..." deyilgan edi. Noma Chingizxon ochiq-oydin jahon egasi bo‘lishga ishtiyoqi baland ekanligidan dalolat berar edi.
Ushbu karvonda asli Movarounnahrlik bo‘lmish Umarxo‘ja O‘troriy, hammol Merokiy, Fahruddin Dizaqiy Buxoriy, Aminuddin Haraviy singari savdogarlar karvon sarbonlari hamda o‘rda elchilari edilar. Karvon Urganch tomon yoi olgan edi. Lekin xorazmshohlarning chegara viloyati O‘tror erlariga kirib kelishi bilanoq bu karvon ushlab qolindi. O‘tror hokimi Inalxon (Inolchiq, uning forsiy laxallusi G‘oyirxon edi) Turkon xotunning yaqin qarindoshi, Xorazmshohga yaqin shaxs bo‘lgan. Inalxon, arab tarixchisi ibn al-Asir, an-Nasaviylarning yozishicha, Xorazmshoh ijozati bilan bu karvonlarni talashga buyruq berib, karvon a’zolarini josuslikda ayblaydi va ularni qirib tashlaydi. Talab olingan mollar Samarqand va Buxoro savdogarlari o‘rtasida taqsimlanib, Xorazmshoh ushbu savdo mollari pulini o‘ziga oladi. Ba’zi Tarixiy manbalarda esa, Inalxon garchi karvonni to‘xtatish buyrug‘ini olgan bo‘lsa ham, o‘z holicha uni qirib tashlagan deb ham aytiladi. Nima bo‘lganda ham, Xorazmshohlar qo‘pol siyosiy xatoga yo‘l qo‘yib, elchilarni qirg‘in-barot qildiradilar. O‘tror fojeasidan so‘ng Chingizxon Ibn Kafrojiy Bug‘roni ikki mulozim bilan Xorazmshoh huzuriga elchi etib jo‘natdi. As-Subqiyning yozishicha, Chingizxon O‘tror fojeasining aybdori Inalxonni tutib mo‘g‘ullar qo‘liga topshirishini, elchilar o‘limining sabablarini keskin tarzda so‘raydi. Mo‘g‘ullar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslik uchun O‘tror hokimini Chingizxon qo‘liga topshirish kerak degan taklifni ko‘targan Jaloliddinning fikrini sulton rad etadi. Sulton buyrug‘i bilan elchi bo‘lmish Ibn Kafroj Bug‘ro o‘ldirilib, ikki mulozimning soqol-mo‘ylovlari sharmandali tarzda qirib tashlanadi. Xorazmshoh mo‘g‘ullar bilan ertami-kechmi, urush bo‘lishini yaxshi anglagan edi. Qolaversa, mamlakatda mo‘g‘ullar bostirib kirishi xususida turli mish-mishlar ham avj olgan edi. Nima bo‘lganda sulton ham Chingizxon ga shu yo‘sinda dag‘dag‘ali javob berishga qaror qildi. Tarixchi Rashiddin o‘zining «Jome at-Tavorih» asarida yozishicha Xorazmshohning ushbu dag‘dag‘asi va qilmishi «Chingizxon ning yuragiga shunday ta’sir qildi-ki, unda ortiq chidam va toqat qolmadi. Nafrat o‘ti bilan yonib u bir o‘zi tepalikka ko‘tarildi, bo‘yniga belbog‘ini tashlab, bosh yalang erga yotib ibodat qildi. Uch kungacha yig‘lab xudoga nola qilib yordam so‘radi...»
Chingizxon islom olamining dushmani bo‘lib qolmaslik uchun shunday yo‘l tutdi-ki, urush boshlanishiga rasman Xorazmshoh sababchi bo‘lib qoldi. O‘zini esa "Olijanob xaloskor" deb hisobladi. Aslida esa urush bo‘lishini u har jihatdan xohlar edi. Albatta Xorazmshoh ham katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi, lekin urushning sababchisi va boshlovchisi u emas edi.
Mo‘g‘ullar Xorazmshoh ustiga harbiy yurish qilishdan avval, xonning buyrug‘iga ko‘ra harbiy sarkarda Jebe Ettisuv va Qashg‘ar ustiga 1238 yil harbiy yurishlar qilib, Kuchluk davlatini tor-mor keltirdi. Musulmonlarni doimo ta’qib etib kelgan Kuchlukka qarshi bosh ko‘targan Sharq iy Turkiston islom ahli Jebeni naymanlar zulmidan ozod etuvchi «xaloskor» deb qabul qildi. Zero, Jebe musulmonlar uchun din erkinligi kafolattamshini e’lon qilib, mo‘g‘ullar hukmronligini mustahkamlagan edi. SHunday qilib mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoga harbiy yurish qilishdan avval zahira kuchlarini mustahkamlab Talas vodiysigacha bo‘lgan erlarni o‘z imperiyalari tarkibiga qo‘shib oldilar. SHunday qilib ular bevosita Xorazmshohlar bilan chegaradosh bo‘lib qoldilar.
XIII asr boshlaridan Xorazmshoh Anushteginiylar davlati yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z hududining kengligi, saltanat egasining nufuzi, xalqning salohiyatligi, madaniyatliligi, xo‘jalik hayotining yuqori saviyaligi bilan musulmon olamida buyuk davlat sanalar edi. O‘zining ko‘proq qang‘li-qipchoq hamda turkmanlardan iborat muntazam qo‘shiniga ega edi. (Ma’lumotlarga ko‘ra umumiy qo‘shinning soni 400.000 ga qadar yetib, bu mo‘g‘ullar qo‘shiniga nisbatan 2 barobar ortiq edi.) Davlat musulmon olamida qabul qilingan qonun chiqaruvchi-dargoh hamda ijroiya-devonlar tizimida boshqarilar, davlat boshlig‘i sulton hokimiyatining huquqlari hech bir qonun-qoida bilan chegaralanmagan edi. Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aslzoda guruhlar, mustavfly (daftardor hisobchilar), qozilar, sadrlar va boshqa ko‘plab saroy mansablaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turar edi.
Hokimlar ko‘p holda o‘z bilganicha ish tutishar, soliqlar to‘plashning ham aniq tizimi yo‘q edi. Hashar yo‘li bilan biron-bir uy, ko‘prik, qal’a va boshqa inshootlarni qurish (suhra giriftan) keng tarqalgan edi. Davlat ahvoli tang bo‘lganda ko‘p holda iqtodorlarga ishonch qolmas edi. Ayrim viloyat hokimlari shaxsan Turkon xotunga bo‘ysunib, o‘z bilganlaricha ish tutar edilar. Sulton Muhammadning volidasi Turkon xotunning qo‘shin oliy sarkardalari bo‘lmish qipchoq sarkardalari bilan aloqasi mustahkam, o‘zi shu qabilaga mansub bo‘lganligi uchun ularni hamisha qo‘llab-quvvatlab turar edi. Sarkardalar, qo‘shin boshliqlari, vazirlar, hokimlar ko‘p holda uning ijozati va ko‘rsatmasi ila tayin etilar, ular ham o‘z navbatida, Turkon xotunga avvalo bo‘ysunar edilar. Turkon xotun boshqa turkiy qabiladan bo‘lmish kelini Oychechak va uning o‘g‘li, nabirasi Jaloliddinni yoqtirmas, bu ikki ayol o‘rtasida davlatda ichki siyosiy ihtilof kuchli edi. Xorazmshoh "farzandlik mehri va hokimiyatga olib kelgan shaxs" sifatida onasini so‘zini ikki qilmas, hamisha uning fikrlariga xohlasa-xohlamasa qo‘shilar edi. Xorazmshohning onasi Turkon xotun aslida davlatdagi birinchi darajali shaxs hisoblanar, uning shiori «e’tasamtu Billohi Vahda» (ya’ni, yolg‘iz Ollohdan panoh so‘rayman) muhriga yozilgan bo‘lib, hukmdor farmoniga shu muhri bilan u birinchi imzo qo‘ysa, uning farmoni vojib hisoblanar edi. Turkon xotun amri bilan taxt vorisi etib o‘z qavmidan bo‘lgan nevarasi O‘zloqshoh tayin etilgan edi.

Muhammad Xorazmshoh o‘zining yon-atrofdagi (G‘ur, Xuroson, Movarounnahr, Mozandaron, Ozarbayjon va boshqalar) uncha kuchli bo‘lmagan erlarni tezlik bilan o‘z qo‘l ostida birlashtirib, o‘z g‘alabalariga juda berilib ketgan edi. Qoraxitoylar ustidan qozonligan g‘alabadan (1210) so‘ng esa u o‘zini mutloq engilmas ("Iskandari Soniy", "Sulton Sanjar", "Ollohning yerdagi soyasi" va boshqa unvonlarga ega) deb hisoblab, islom olamiga egaligini ham da’vo qila boshladi. Uning armiyasi soni garchi son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etsada, bu qo‘shin harbiy intizomi uncha mustahkam bo‘lmagan, salohiyati ancha past, ko‘proq janubliklardan olingan yollanma qo‘shin edi. O‘z navbatida bu qo‘shin vatan mudofaasi uchun emas, balki ko‘proq istilo, talon-taroj, o‘lja olish uchun mo‘ljallangan qo‘shin edi. Haqiqatda Xorazmshoh kuchli, o‘ziga munosib keluvchi raqib bilan kurash olib borgani yo‘q hisobi, bu esa yuqorida qayd etilganidek, o‘z harbiy mahoratiga ulkan ahamiyat berishiga olib kelgan edi.
Joylarda noib va hokimlik lavozimidagi Xorazmdan bo‘lmish amaldorlar oddiy xalqqa nisbatan ko‘pincha zo‘ravonlik, tayziq ila munosabatda bo‘lar, bu esa Xorazmshohlar davlatiga nisbatan aholinining noroziligiga sabab bo‘lar edi. Soliqlar miqdori bir me’yorda turmas, mehnatkash ommaning ahvoli ancha og‘ir edi. Masalan, 1219-yili Xorazmshoh xiroj solig‘ini bir yoki uch marotabagacha undirib olishga buyruq bergan edi. 1206, 1212-yillarda Buxoro va Samarqanddagi xalq g‘alayonlari zo‘ravonlik va soliqlar oshib ketishiga qarshi qaratilgan edi. Soliqlar va zo‘ravonlikdan ezilgan xalqning Sulton Muhammadga e’tiqodi va ishonchi mo‘g‘ullar bosqini arafasida susayib ketdi. Shuningdek , sultonning Bag‘dod xalifaligiga yurishi va o‘z holicha termizlik sayidlardan bo‘lmish Shayx Olamulk Termiziyning xalifa deb e’lon qilinishi Movarounnahr ulamolari ichida haqli norozilikka sabab bo‘ldi. Taniqli Movarounnahrlik din arbobi Shayx Majididdin Bag‘dodiyning ta’qib etilishi esa Sulton bilan ruhoniylar orasida munosabatlarni mutloq keskinlashtirib yubordi.

Chingizxon o‘zining yaxshi tizimga asoslangan ayg‘oqchilar tarmog‘i orqali Xorazmshohlar davlatidagi ushbu ahvoldan boxabar edi. Shuningdek, u ushbu qadimiy madaniyat va yuqori salohiyatga ega Movarounnahr ahlini osonlikcha bo‘ysundirib bo‘lmasligini ham yaxshi bilib, bo‘lajak mahorabaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. O‘tror voqeasidan avvalroq Chingizxon qo‘shinlarining Yettisuvga qilgan harbiy yurishlari sulton Muhammadni tashvishga solib qo‘ygan edi. Garchi Xorazmshoh katta qo‘shinga ega bo‘lsa-da, o‘zaro ihtiloflar, sarkardafarga ishonchsizlik, o‘z hokimiyatidan xavfsirash Xorazmshoh qo‘shinining zayiflashuvi, intizomning pasayishiga olib kelgan edi. Muhammad Xorazmshoh mo‘g‘ullarga zarba berish xususida Urganchda harbiy kengash chaqiradi. Unda ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari, aslzodalar, harbiy sarkardalar ishtirok etadilar.
Asli xivalik mashbur fiqhshunos hamda davlat arbobi Shahobiddin al-Xivaqiy bor qo‘shinni Sirdaryo bo‘yiga to‘plab, uzoq yo‘l bosib kelayotgan mo‘g‘ul qo‘shiniga chegara bo‘yidayoq hal qiluvchi zarba berish to‘g‘risida yagona va harbiy jihatdan haq fikrni bildirdi. Shahzoda Jaloliddin ham aslida shu fikrga qo‘shilgan edi. Lekin Xorazmshoh o‘z sarkardalariga, ayniqsa qipchoq harbiylariga ishonchsizlik bilan qarar, katta qo‘shinni bir joyga to‘plashdan, qo‘shin yig‘ilganda esa o‘zini taxtdan ag‘darib tashlashlari mumkin ekanligidan cho‘chir edi. SHuning uchun sulton va uning onasi tazyiqi bilan Kengash mudofaa usuliga o‘tishni ma’qul deb topdi. Jami 450 taga yaqin shahar (qal’a) va viloyatlardan iborat bo‘lmish davlatda qo‘shin katta jangga kirib vatan sharafini himoya qilish o‘rniga shahar va qal’alarga bo‘lib tashlandi. Ba’zi markaziy shaharlar, jumladan Buxoro va Samarqand mudofaasini mustahkamlash zarur degan fikrga kelindi, xolos. Ammo bu mudofaa ham yaxshi tashkil etilmadi.


    1. Download 1,46 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish