6-ma’ruza: mo‘G‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddii manguberdi mard va jasur ajdodimiz reja


Chingizxon istilosi. Mo‘g‘ullar istilosiga qarshi xalq harakatlari



Download 1,46 Mb.
bet2/6
Sana06.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#746371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 ma’ruza Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash Jaloliddii

Chingizxon istilosi. Mo‘g‘ullar istilosiga qarshi xalq harakatlari.

Chingizxon 1219-yili o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Bu kuchlar yozni Irtish daryosi bo‘yida o‘tkazib, sentabr oyida chegaradan o‘tadi. Chingizxon ga uyg‘ur ediquti (xoni) Baurchak, qarluqlar xoni Arslonxon va Olmaliq hukmdori Sig‘noqteginlar ham o‘z qo‘shini bilan kelib qo‘shildilar. Chegaradan o‘tgan Chingizxon o‘z qo‘shini bilan janubiy qozoq cho‘llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O‘tror shahri yaqinida to‘plab uni 4 qismga bo‘ladi.
Chig‘atoy va O‘qtoy qo‘shinning bir qismi bilan O‘trorni qamal etib, egallash uchun qoldirildi. Ikkinchi qism esa Jo‘chi boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig‘lig‘kent. Sig‘noq shaharlarni bosib olish uchun yuborildi. Uchinchi qismidagi besh ming chog‘li qo‘shinga Uloq no‘yon va Suketu Cherbi bosh bo‘lib O‘trordan janubga, Xo‘jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi.
Chingizxon o‘zi bosh bo‘lgan to‘rtinchi, asosiy qism (uning tarkibida taniqli sarkardalar Jebe va Subutoy ham bor edi) Zarafshon vohasi tomon-Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yo‘l oldi.

Chegaradagi O‘tror mustahkam shahar qal’a bo‘lib, mo‘g‘ullarga mardonavor qarshilik ko‘rsatgan edi. O‘tror hokimi Inalxon (G‘oyirxon) qo‘lida 20.000 chog‘li suvoriy bo‘lib, Xorazmshoh unga yordam tariqasida 50.000 kishilik "Lashkari birun"ni ham yuborgan edi.
Qamal davomida qo‘shimcha tarzda yana Qoracha Hojib boshchiligidagi 10.000 kishilik qo‘shin ham yuborilgan edi. O‘tror hokimi jasur va mard sarkarda Inalhon unga mahorat bilan boshchilik qilar edi. Ammo ayrim zotlarning xiyonatkorligi tufayil besh oylik qamaldan so‘ng Inalxon deyarli bir oy davomida o‘z qo‘shini bilan shahar qal’asida qarshilikni davom ettiradi. Oxir-oqibatda Inalxon deyarli bir o‘zi qolib, qal’a tomiga chiqib, qo‘liga tushgan narsasi bilan mo‘g‘ullarga hujum qilgan. Mard sarkardani mo‘g‘ullar tiriklayin qo‘lga tushirib, Samarqandga Chingizxon huzuriga yuborganlar. Chingizxon esa manbalarning yozishiga ko‘ra, "kumushni eritib o‘z huzurida sarkardaning quloq va ko‘ziga quyishni buyurgan". Inalxon shu tariqa vahshiyona ravishda o‘ldirilgan. O‘tror shahri o‘z jasorati evaziga mo‘g‘ullar tomonidan butkul buzib tashlandi. Buxoro yo‘nalishida ketayotgan Chingizxon ga esa Zarnuq (Zerinuh) va Nur qal’alari jangsiz taslim bo‘ladilar.
Chingizxon 1220-yilning fevral oyi boshlarida (ba’zi adabiyotlarda 7 fevralda deyiladi) Sharq ning qadimiy go‘zal shahri, Sharq dagi islom dini gumbazi, "butun musulmon shaharlari onasi" nomini olgan "Islomiy ilmlar markazi" Buxoro yaqinida paydo bo‘ldi. Uch kunlik shahar qamali boshlandi. Buxoroda bu paytda 12.000 lik shahar garnizoni va 20.000 kishilik "Lashkari birun" mavjud edi. Lashkarlarga nufuzli sarkardalar Ixtiyoriddin Qo‘shlu, Inanchxon Og‘ulhojib, Hamid Riga Qoraxitoy, Suyunchxon, mo‘g‘ullardan qochib o‘tgan uyg‘ur sarkardasi Ko‘kxon (Go‘rxon) bosh edilar.
Sarkardalardan Inanchxon bazo‘r Amudaryodan o‘tib qutulishga muvaffaq bo‘ladi, Hamid Riga Qoraxitoy mardonavor jangda halok bo‘ladi, qolgan-qutgan harbiylar Buxoroga qaytib chekinishga majbur bo‘ladilar. Ahli Buxoro o‘z himoyachilaridan ayrilgandan so‘ng, shahar ahli jonini salomat saqlab qolish niyatida shaharliklar maslahatlashib, Buxoro qozisi Badriddin qozi boshchiligidagi bir guruh oqsoqollarni Chingizxon huzuriga yuboradilar. 10 fevral kuni Buxoroga mo‘g‘ullar kirib keladilar. Buxoroga kirib kelgan Chingizxon ning hatti-harakatlari xususida Rashididdin shunday deb yozgan edi: «Chingizxon otda masjidi jome oldiga kelib to‘xtadi va shaharning kazo-kazolarini o‘z huzuriga chaqirtirdi. Mo‘g‘ullar shahar omborxonalarini ochib, g‘allalarni tashib oldilar. Qur’on nusxalari saqlanadigan sandiqlarni otlarga oxur qildilar, masjidlarga meshlarda sharob keltirib joylab qo‘ydilar, shahar hofizlari va o‘yinchilarini chorlab, raqsga tushirdilar. Mo‘g‘ullar dol-guliga keltirib o‘z ashulalarini aytar edilar. Oqsuyaklar, ulamolar va shayxlar otboqarlar o‘rnida otlarni qo‘riqlash uchun otxonalarda turar va amr-farmonlarini bajo keltirish balan mashg‘ul edilar.» Buxoro talon-taroj xususida muarrih ibn Attor shunday yozgan edi: «Ul kun haqiqatda dahshatli kun bo‘ldi. Bori manguga ketgan erlarining, xotinlarning, bolalarning tovushlarigina eshitilib turdi. Vahshiylar xotinlarni. qizlarni ham o‘zlarining birodarlari ko‘z oldida tahqirladilar. Bu taxqirlarga ularda ko‘z yoshlaridan o‘zga qurol topilmadi. Ko‘plar dahshatli manzaralardan ko‘ra o‘limni ortiq ko‘rdilar. Qozi Badriddin, Imom Rukniddin va uning o‘g‘li bu nomussizlik manzaralariga chiday olmay, g‘azablanib, o‘zlari teng bo‘lmagan dushmanga hujum qilib, halokat topdilar.».
Aksariyat shaharliklar o‘z qarshiliklarini davom ettirdilar, tunda esa yashirincha askarlarga yordam berib, mo‘g‘ul askarlariga qarshi hujumlar uyushtirdilar. Chingizxon bunga javoban shaharni yoqib yuborishga buyruq berdi. Ko‘kxon boshchiligidagi 400 ta mudofaachilar Buxoro arkida yana 12 kun qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Arkni egallash uchun qilingan mo‘g‘ullar hatti-harakatlari zoe ketdi. Qal’adagi chuqurliklar odam va hayvon o‘liklari bilan to‘lib ketdi. Ko‘kxon va u boshchiligidagi mudofaachilar qahramonona halok bo‘lganlaridan so‘nggina ark egallandi. Buxoroliklar qarshiligi mo‘g‘ullarni qattiq g‘azablantirdi. Bu jasorat evaziga mo‘g‘ullar shahar ahlidan 30000 chog‘li kishini qirib tashladilar. Kelib chiqishidan qat’iy nazar qolgan aholi qullikka mahkum etildi. Ma’rifatli, nozik ta’b, madaniyatli va ilmli Buxoro ahli sahroilar tomonidan zulm va tahqirlanish girdobiga tortildi.
Buxorodan so‘ng Chingizxon Samarqand tomon yo‘l oldi. 1220-yil mart oyi boshida u Samarqandga etib kelib, yon-atrofdagi qishloqlarni er bilan yakson qildi. Chingizxon Samarqandni egallashga alohida ahamiyat berdi. Samarqandning Movarounnahr uchun, Xorazmshohlar uchun ahamiyati beqiyos ekanligini Chingizxon yaxshi bilar edi. SHuning uchun uni egallashga katta e’tibor bilan qaradi. Shaharda 110.000 kishilik harbiy garnizon (undan 60.000 tasi turkiy, 50.000 tojiklar edi.), 20 ta harbiy ilmga o‘rgatilgan fil ham mavjud edi. Sulton Muhammadning tog‘asi To‘g‘ayxon shahar noibi bo‘lib, shahar mudofaaga birmuncha tayyor ham edi.
SHahar oziq-ovqat zahirasi, mudofaa istehkomlarining puxtaligi jihatidan bir necha yillik qamalga ham chidash mumkin edi. O‘z qarorgohini mo‘g‘ullar bosqini boshlanishi bilanoq sarosimada Balxga ko‘chirgan Sulton Muhammad ham Samarqand mudofaasiga umid ko‘zi bilan boqar edi.
Chingizxon ning o‘zi shahar tashqarisidagi Ko‘ksaroy qo‘rg‘onidan turib shahar qamaliga boshchilik qildi. 1220-yilning mart oyining boshlarida shahar qattiq qamal qilinib, to‘xtovsiz hujum boshlandi. Qamalning 3-kunidan boshlab shahar qamaliga Chingizxon ning shaxsan o‘zi boshchilik qila boshlaydi. Qamalning beshinchi kuni ulamo, zodagon, shahar harbiy boshliqlari keyingi qarshilik maqsadga muvofiq emas va ommaviy qirg‘in borotini oldini olish kerak, degan maqsadda mo‘g‘ullarga taslim bo‘lishga qaror qiladilar. Shahar qozisi va shayxulislom boshchiligida Chingizxon huzuriga Samarqand ahli nomidan elchilar tashrif buyuradilar. Mo‘g‘ullar Samarkand bosh suv inshooti - «Jo‘yi arziz - «Qo‘rg‘oshli novasi» ni buzib tashlab, shaharni tashnalik girdobiga giriftor qildilar. Shahar istehkomi buzib tashlandi. 20 000 chog‘li shahar mudofaachilari suv toshqini bois taslim bo‘lishga majbur bo‘ldilar. Taxminan 1000 nafarli mudofaachilar esa, sulton tomonidan 1211-1214 yillarda qurilgan Jome - masjidiga kirib, dushmanga zarba bera boshladilar. Mo‘g‘ullar masjidiga o‘t qo‘yib, mudofaachilarni tirik o‘lumga mahkum etdilar. Shahar qozisi va shayxulislom vakolati bilan tashqariga olib chiqib ketilgan 50000 nafar kishidan boshqa barcha aholi qatlamlari behad talon-taroj qilindi. 30000 nafar hunarmand ahli Chingizxon qarindosh-urug‘lariga taqsim qilib berildi. Tirik qolgan shahar ahliga 200000 dinor o‘lpon majburiyati yuklatildi. Samarqandda jami aholinining faqat 1/4 qismigina tirik qoldi. Mo‘g‘ullar tomoniga xiyonatkorona o‘tib ketgan sobiq shahar noibi To‘g‘ayxon tez orada o‘zining 30000 kishisi bilan Chingizxon buyrug‘iga ko‘ra qirib tashlandi. Taslim bo‘lgan shaharda mo‘g‘ullar qilgan talon-tarojliklar tufayil "sayqali ro‘yi zamin ast» deb ulug‘langan, Sharq ning buyuk shaharlaridan biri hisoblangan, bir paytlar gullab-yashnab turgan Movarounnahr poytaxti huvillab qoladi va er bilan yakson qilinadi.
Hukmdorning subutsiz va ma’suliyatsizligi, harbiy boshliqlarning o‘zaro ittifoq bo‘lmaganligi xalq, mamlakat taqdirini o‘z holiga tashlab qo‘yishi oqibatida bu dahshatli voqea sodir bo‘lgan edi. Bu vaqtda Sulton Muhammad Xorazmshoh janubda, Balxdagi o‘z qarorgohida turib, voqelikni befarq kuzatuvchi sifatida harakatsiz turar edi. Mo‘g‘ullar kirib kelayotgan vaqtdayoq unga Iroqqa qarab chekinishni ba’zi amaldorlar maslahat berishgan edi. Ko‘pgina sargardonliklardan so‘ng sulton Kaspiy dengizining janubidagi Ashuradi oroliga borib o‘rnashadi. Ham jismoniy, ham ruhiy, ma’naviy ezilgan sobiq hukmdor bu yerda plevrit (o‘pka qobig‘iga suv yig‘ilishi) kasaliga chalinib, o‘z o‘g‘illarini yoniga chorlaydi. O‘z gunohlariga iqror bo‘lgan holda ushbu orolda xorlik va azob-uqubat bilan 1220-yilning dekabr oyida vafot etadi. Oradan birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng Jaloliddin otasining murdasini tog‘liq Ardahi qal’asiga olib borib dafn etadi. Ardahi mo‘g‘ullar tomonidan zabt etilgandan so‘ng, o‘z vaqtida sultonni tiriklayin qo‘lga tushira olmagan alamzada mo‘g‘ullar uning murdasini kavlab olib, O‘gedeyga (O‘ktoy) yuborishgan. O‘gedey esa uning murdasini yoqib yuborishni hamda kulini ko‘kka sovurishni buyurgan. Shuningdek, xorazmshohlarning o‘z. vaqtida sulton tomonidan Ardahiga yashirilgan eng qimmatbaho 10 ta sandiqqa joylangan javohirlari ham mo‘g‘ullarga o‘lja bo‘lib tushgan edi.
Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘chi boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilari reja bo‘yicha Sirdaryoning yuqori qismidagi yerlarni egallashi lozim edi. Bosqinchilar ma’lum muddatdagi qamaldan so‘ng Sig‘noq va Borchilig‘kent shaharlarini egallaganidan so‘ng mustahkam qal’a hisoblangan Xo‘jandga hujum boshlaydilar. Mo‘g‘ullar 20.000 nafar qo‘shin va 50.000 ming chog‘li asirga tushgan hasharchilarni Xo‘jand atrofiga yig‘adilar. Xo‘jand hokimi Temur Malik asli turkiy sarkardalardan bo‘lib, Xorazmshohlar davlatida nom chiqargan, sulton va uning oilasiga tanish bo‘lgan shaxs edi. Mo‘g‘ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur Malik (malik-hokim ma’nosida) taxminan 1000 nafar askari bilan Xo‘janddan bir kilometr naridagi Sirdaryoning mo‘jazgina orolida joylashib oladi. Qulay strategik ahamiyatga ega bo‘lgan orolga mo‘g‘ullar o‘qlari, palaxmon toshlari etib bormas edi. Temur Malik buyrug‘iga ko‘ra 12 ta qayiq yasatilib, o‘q o‘tmasligi, yonib ketmasligi maqsadida bu qayiqlarning usti namat bilan qoplanib, sirka bilan shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik uzoq vaqt mudofaa uchun endilikda orolchada turish maqsadga muvofiq emasligini tushunib, bor oziq-ovqat zahirasi va askarlarini 70 ta kemaga joylab, tunda daryoning quyi oqimi bo‘ylab suzib ketadi. Mo‘g‘ullar ikki sohil bo‘ylab Temur Malik kemalariga to‘xtovsiz hujumni uyushtirar edilar. Hatto Banokat bo‘yida daryoning u sohilidan bu sohiliga zanjir ham tortib qo‘yadilar. Uzoq, uzluksiz jang bilan ular Jandga qadar yetib keladilar. Mo‘g‘ul sarkardasi Ulus Idi Borchilig‘kent va Jand yaqinida manjaniqlar (tosh otar zambaraklar) o‘rnatib, qayiqlarni bir-biriga tutashtirib, jasur sarkarda yo‘lini to‘sadi. Uzoq janglardan so‘ng Temur Malik Urganchga yetib keladi va Urganch himoyasida qatnashib, Jaloliddinning ozodlik kurashida faol ishtirok etadi. Keyinroq, uzoq sargardonliklardan so‘ng sarkarda Temur Malik o‘z yurtiga darvesh sifatida kelib, qahramonona ravishda mo‘g‘ul harbiylari qo‘lida halok bo‘ladi. Chingizxon 1220-yilning yozini Movarounnahr janubida o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Chunki u janub shaharlarini egaltashga shaxsan bosh qo‘shgan edi. Zero, janubda hali bosqinchilar qadami etmagan bir qator boy viloyat va shaharlar mavjud edi. Avval u Nahshabga bostirib bordi. Shaharliklar mo‘g‘ullarning mislsiz zo‘ravonlik va bosqinidan yaxshi xabardor edilar. Nahshab ahli dahshatga tushib, shaharni mo‘g‘ullarga ixtiyoriy topshiradilar.
Chingizxon yozni Naxshabda o‘tkazib, 1220-yilning kuzida Termizga yurishni boshlaydi. Termiz Hindiston va O‘rta Osiyo savdo yo‘llari tutashgan bir qulay yerda joylashgan bo‘lib, uning Amudaryo sohiliga tutashgan qal’asi o‘z vaqtida mustahkam ravishda barpo etilgan edi. Termiz hokimi Faxriddin habash mo‘g‘ullar bosqiniga mardonavor turib javob berishga qaror qildi. Mudofaaning o‘n birinchi kuni shahar egallandi. Shahar butkul talon-taroj qilinib, xonavayron etildi. Shahar ahli esa dashtga haydab chiqilib qirib tashlandi. Movaraunnahrning asosiy qismlari-Sirdaryo havzasi, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari, Buxoro vohasi, Shosh va Farg‘ona vodiysi egallangach, Chingizxon endilikda o‘zining asosiy e’tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o‘lkasiga qaratdi. Bu yurishga o‘g‘illari Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘qtoy (O’gedey)larni mas’ul qildi. Ayniqsa, xon musulmon Sharqining eng katta shahri bo‘lmish, madaniyat, savdo gullab yashnagan boy-badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) istilosiga katta ahamiyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221-yilning boshida boshlandi.
1221-yilning boshida sulton deb e’lon qilingan Jaloliddin va shahzodalar Oqshoh, O‘zloqshohlar bilan Urganchga keladi. Lekin Urganchdagi siyosiy vaziyat, sobiq Jand noibi Qutlug‘xonning unga qarshi suiqasdi, qipchoq sarkardalarining xoinona o‘zlarining tutishlari, Jaloliddinni shahar mudofaasiga bosh bo‘lish fikridan qaytaradi. Qipchoqlar uni hokimiyat tepasiga kelishini xohlamas edilar. Bunday vaziyatda mudofaani tashkil etib bo‘lmasligi aniq bo‘lib qolgan edi. Ushbu voqealardan so‘ng Jaloliddin Temur Malik bilan birgalikda 300 ta kishi bilan shaharni tark etib Xurosonga yo‘l oladi. Uning ortidan esa, tez orada Oqshoh va O‘zloqshohlar ham yo‘l olishadi. Jaloliddinning faoliyatini alohida qayd etib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lgani uchun keyinroq bu buyuk shaxs faoliyati to‘g‘risida batafsil to‘xtalinadi.
Urganchda esa shahardagi qipchoq sarkardalari-O‘g‘ul Hojib, Erbuqa pahlavon, Ali Darug‘iyniy va boshqalar Turkon xotunning jiyani yosh Xumorteginni sulton deb e’lon qiladilar. Turkon xotunning o‘zi Mozandarondagi Ilol qal’asiga kelib o‘mashib, o‘z hayoti va boyilklarini saqlash taraddudiga tushadi. Qal’ada suvsizlikdan sillasi qurilgan sobiq malika mo‘g‘ullarga asirga tushib, xorazmshohlar xazinasini ular qo‘liga topshirdi. Qoraqurumda cho‘ri bo‘lgan Turkon xotun 1233 yili xor-u-zorlikda vafot etadi. Xumortegin layoqatsiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, qo‘rqoq shaxs edi. Urganchga Chingizxon ning o‘g‘illari Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘gedey, taniqli mo‘g‘ul sarkardalari Tulun cherbi, Ustun no‘yon, Qozon no‘yon boshqalar o‘z harbiy kuchlari bilan etib keladilar. Xorazm Jo‘chi boshqaruvi ilkiga tushganligi uchun ham, Jo‘chi shaharni tinchlik bilan mo‘g‘ullarga topshirishni talab etadi. Lekin nima bo‘lganda ham jasur shahar himoyachilari mudofaaga qat’iy tayyorgarlik ko‘rib jonajon shaharlarini mo‘g‘ullarga berishdan qat’iy bosh tortdilar. Poytaxt atrofini 100.000 dan ziyod mo‘g‘ullar qo‘shini bilan o‘rab olish boshlandi. Shahar devorlarini buzish uchun manjaniqlar o‘rnatiladi. Mo‘g‘ullar shaharni katta kuch bilan zabt etishga kirishdilar. Yangi "sulton" shahar mudofaasiga bosh bo‘la olmaydi. 1221 yili boshidan boshlangan Urganch qamali deyarli 7 oy davom etadi. Shahar ahli mo‘g‘ullar qurol-yarog‘i, palahmon toshlarni otuvchi manjaniqlar zambaraklardan cho‘chimay mardonavor kurashga kiradilar. Nayza o‘qlaridan qo‘rqmay shahar devorlarining buzilgan erlarini qayta tiklay boshlaydilar. Bir guruh urganchlik harbiy navkarlar shahardan deyarli 1 farsah uzoqlikdagi Bog‘i-Xurram degan joyda mo‘g‘ullarga zarba berishga harakat qilib, qahramonona Jang qildilar. Lekin Juvayniyning yozishiga ko‘ra, jangda qo‘shin va qurol jihatidan ustun mo‘g‘ullar shu erlik tinch aholi jangchilar bilan birgalikda 100.000 dan ziyod aholini qirib tashlaydilar. Sulton zobitlarining boshlig‘i Faridun G‘uriy o‘zining 500 kishilik harbiy otryadi bilan mardonavor shahar devorlari va darvozalari himoyasiga bosh bo‘ladi. Lekin qo‘rqoq "sulton" Xumortegin shahar darvozasini ochib berib, o‘z hayotini saqlab qolish maqsadida xiyonatkorona ravishda mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi. Istilochilar shaharga bostirib kira boshlaydilar. Urganchda tarixchilardan an-Nasaviy, Juvayniylarning yozishlariga ko‘ra, har bir ko‘cha, mavzeni jon-jahdlari bilan himoya qilganlar. Ko‘prik ustidagi jangda shaharliklar 3000 nafardan ziyod mo‘g‘ul askarlarini qirib tashlashga ham muvaffaq bo‘ladilar.
Shahardagi janglarda Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, "Kubroviya" tariqatining asoschisi Ahmad ibn Omar Abul Janob Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145-1221 yy.) ham faol qatnashdi. O‘ziga "Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim" degan g‘oyani shior qilib olgan bu 76 yoshdagi buyuk - shayx mo‘g‘ullarning taslim bo‘lish haqidagi takliflarini rad etib, o‘zining behisob shogird, do‘st-yoron, muxlis-safdoshlar bilan shahar ichki mudofaasida ishtirok etadi. Uning jangovar chaqirig‘iga muvofiq har bir qarich erni shaharliklar qahramonona tarzda, bir tomchi qonlari qolguncha himoya qiladilar. Najmiddin Kubro qahramonona tarzda jang qilib, o‘lim oldidan mo‘g‘ul navkariga tashlanib uni avval halok qilib, shahid bo‘ladi. SHahar mudofaasi cho‘zilib, hatto Chingiz o‘g‘illari Jo‘chi va Chig‘atoy o‘rtasida ham ihtilof chiqib, shaharni egallash boshqa bir o‘g‘il - Ugedeyga topshirildi. Behisob qon daryo bo‘lib oqib, bundan so‘nggi himoya befoydaligini sezgan shaharliklar qolganlarni jonini saqlab qolish maqsadida taslim bo‘lishdan o‘zga choralari qolmaydi. 100000 dan ko‘proq hunarmandlar ajratib olinib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natiladi. Shahar ahli dashtga haydab chiqarilib, bolalar va ayollar bo‘lib olinadi. «Ortiqcha» asirlar haqoratli o‘limga mubtalo etiladi. Juvayniyning yozishicha, har bir mo‘g‘ul askarga shaharliklardan 24 ta o‘ldirilgan askar to‘g‘ri kelgan ekan. Qolgan barcha narsalar beayov talon-taroj qilindi. SHahar qo‘lga olinganda uning asosiy qismi buzilgan, xonavayron bo‘lgan edi. Shundan keyin ham mo‘g‘ullar Amudaryo to‘g‘onini buzib, shaharni suvga bostiradilar.
Urganch qamali bilan bir vaqtda Chingizxon 1221-yilning bahorida o‘zining E’tiborini Amudaryodan janubdagi yirik savdo yo‘llari ustida joylashgan boy madaniyat markazlari bo‘lmish Balx, Hirot, G‘azna, Qandahor, Nishopur va boshqalarga qaratdi. Chingizxon shaxsan Balx yurishiga boshchilik qilib, shaharni zabt etdi. Balx aholisini esa qirib tashladi. Ba’zi bir janublik Xorazmshoh noiblari, jumladan Amin-al mulk ham mo‘g‘ullar tomoniga xiyonatkorona o‘tib ketdilar.
Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal’a, shaharlar qattiq janglar ila ishg‘ol qliindi (Bamiyon, G‘azna, Qandahor, Gardiz, Valiyon va boshqalar.) Ularning janubdagi oxirgi egallagan shahri Hindistonning Shimoliy g‘arbidagi Mo‘lton bo‘lib qoldi.
Manbalarda "Jahon sultonlari poytaxti" va "Insoniyat buyuk farzandlari beshigi" nomini olgan Urganch, Sharqdagi "islom tayanchi" Buxoro, qadimiy Afrosiyob vatani Samarqand, masjidlarning soni (1200 taga etgan) bilan mashhur "qubbat-ul islom" Balx, o‘z madrasalari bilan dong‘i ketgan Marv, o‘zining nozikta’b ilmli kishilari bilan ma’lum Nishopur va ko‘plab ma’lum va mashhur shaharlar talon-taroj etilib vayron qilindi. Mo‘g‘ullarning kuchli zarbasiga uchragan ba’zi shaharlar, masalan, O‘tror, Sig‘noq, Borchilig‘kent va boshqalar umuman uzoq vaqtgacha dasht-biyobonlarga aylanib qoldi. Shu davrda yashagan arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1244) mo‘g‘ul bosqini xususida shunday deb yozgan edi: "Ular (ya’ni mo‘g‘ullar) hech kimga shavqat qilmadilar, aksincha xotinlar, bolalar, erkaklarni o‘ldirdilar. homilador ayollarning qorinlarini yorib, tug‘ilmagan go‘daklarni nobud qildilar... Bu musibat to‘lqintari turli tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy bo‘lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg‘ar va Bolasog‘un kabi viloyatlarni, Movaraunnahrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarini vayron etib, qirg‘in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar ketayotib harama erni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o‘tgan bo‘lsalar o‘zlariga yoqmagan barcha narsalarga o‘t qo‘ydilar.




    1. Download 1,46 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish