Ko‘nikmalar: -
tarixga oid bilimlarning turli manbalari, o‘quv adabiyoti, davlat hujjatlari, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, vaqtli matbuot materiallari bilan ishlay olish;
-
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning tarixiy jarayonlarga ta’sirini tushunib olish;
-
jahon tarixi va O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;
-
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish.
Malakalar: -
tarixiy davrlashtirish haqidagi bilimlar asosida tarixiy voqealar, jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilash;
-
tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;
-
manbalarni har tomonlama o‘rganish va tarixga oid bilimlarni tadbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish;
adabiyotlarni mustaqil tanlagan holda konspekt va tezislar tuza olish, referatlar va ma’ruzalar tayyorlay olish; -
xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, hamda ulardan tarixiy voqealarni, sotsial-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tavsiflashda foydalana olish;
-
Jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish;
-
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;
-
tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil qilish.
O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 9-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar: -
O‘rta Osiyo xonliklarining XIX asr ikkinchi yarmi siyosiy xaritasi. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti. Xonliklarning siyosiy tuzumi. Davlat boshqaruvi, harbiy ahvoli, soliq to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar, ularning hududiy joylashuvi, turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarida madaniy hayot, maorif, adabiyot, tarixnavislik, san’at, me’morchilik, mashhur san’atkorlar va me’morlar. Milliy qadriyatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi haqida bilish;
-
Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Rossiya-Angliya raqobati. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olish strategiyasi, maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Rossiya bosqinining boshlanishi. Qo‘qon xonligiga hujum. Oqmachit uchun jang. 60-yillar boshlarida Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Qo‘qon xonligi hududlarini bosib olish harakatining yanada kuchaytirilishi. Xonlikning mag‘lubiyati. Toshkent uchun jang va uning oqibatlari haqida bilish;
-
rus bosqinchilarining Buxoro amirligiga qarshi yurishi. Jizzax va Yerjar uchun janglar. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Samarqandning bosib olinishi. Zirabuloq jangi. Amir qo‘shinlarining mag‘lubiyati va uning Rossiya vassaliga aylantirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Amirlikda xalq qo‘zg‘olonlari to‘g‘risida bilish;
-
Xiva xonligiga qilingan hujum. Gandimiyon shartnomasi. Turkmanlarning jazolanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Qo‘qon xonligida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari. Chor Rossiyasining Qo‘qon xonligini tugatish uchun hujumga o‘tishi to‘g‘risida bilish;
-
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy sistemasi. Shahar va qishloqlarni
-
boshqarish, chorizmning agrar siyosati. Turkistonning xom ashyo manbaiga aylantirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda o‘lkani boshqarish Nizomi to‘g‘risida bilish;
-
chorizmning xalqlarni ko‘chirish siyosati va uning shovinistik mohiyati. Rus qishloqlarining paydo bo‘lishi, temir yo‘llar qurilishining boshlanishi, yollanma mehnatga asoslangan dastlabki korxonalar. Milliy qadriyatlarning toptalishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
ruslashtirish siyosatining boshlanishi haqida bilimlarga ega bo‘lish;
-
Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari va bu harakatlarning milliy-ozodlik harakatiga aylanishi. Milliy qahramonlar va vatanparvarlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik harakatlari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda maorifni isloh qilish talablari. Sotsial-demokratik harakatlar. Jadidlarning yirik namoyondalari. Jadidlar teatri, adabiyoti to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
O‘lkada tashkil etilgan rus-tuzem maktablari, jadid maktablari faoliyati haqida bilish;
-
Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Xonliklardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar, ularning milliy-ozodlik harakatiga aylanishi;
-
O‘lkada madaniy hayot, xalq maorifi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda adabiyot, jurnalistika, matbuot, tarix, arxeologiya, sharqshunoslik. Bu sohalarning yirik vakillari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
rus olimlarining o‘lkani har tomonlama ilmiy o‘rganishga safarbar etilishi. Ularning natijalaridan shovinistik maqsadlarda foydalanilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda ilmiy jamiyatlarning tuzilishi, ularning Rossiya imperiyasi manfaatlariga bo‘ysundirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz)ning tibbiyot va xalq tabobati, san’at, me’morchilik, musiqa, fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi. Dostonchilik va teatr to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Ko‘nikmalar: -
ijtimoiy hodisalarni aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqqan holda sabab va oqibatlarini bilish;
-
tarixga oid bilimlarning turli manbalari: o‘quv adabiyoti, davlat hujjatlari, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, vaqtli matbuot materiallari bilan ishlay olish;
-
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning tarixiy jarayonlarga ta’sirini anglab olish;
-
O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;
-
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |