O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 7-sinf
o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar: -
Ilk o‘rta asrlarda Vatanimiz hududida yashagan aholining ijtimoiy hayotidagi tub o‘zgarishlar. Yerga egalik shakllari, mulkiy munosabatlar. Ilk o‘rta asr davlatlari. Eftaliylar davlati, uning ijtimoiy va madaniy hayoti, inqirozi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turk xoqonligi, xo‘jaligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti, me’morchilik, yozuv, din va san’at to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari. Islom dinining yoyilishi. Arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari. Arablarning soliq siyosati. Xalq qo‘zg‘olonlari. Mulk shakllari. Arab xalifaligi hukmronligining zaiflashuvi. Qorluqlar, O‘g‘uzlar, Tohiriylar va Somoniylar davlatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti (IX-X asrlar) to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish;
-
Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari, ularning siyosiy, iqtisodiy ahvoli. Yer-mulk egaligi xususiyatlarini bilish;
-
IX-XIII asr boshlarida fan va madaniyat, san’at, din to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
o‘rta asrlarning buyuk olimlari: Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, tasavvuf ta’limotining yetuk namoyandalari: Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro. Ularning ma’naviy merosi. Turkiy madaniyatning ulug‘ allomalari: Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, tarixchi Narshaxiy. Etnik jarayonlar, san’at, me’morchilik, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
mo‘g‘ullar istilosi va Xorazmshohlar saltanatining yemirilishi. Xo‘jand, O‘tror, Buxoro, Samarqand, Termiz shaharlarining qamali va xalqning qahramonligi. Temur Malik jasorati. Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdi - Vatanga sadoqat ramzi. Ko‘hna Urganch mudofaasi, xoinlar va milliy qahramonlarni bilish;
-
Niso, Nishopur, Isfahon, Parvon janglari. Sheryurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
siyosiy, iqtisodiy tanazzul. Movarounnahr va Xorazm mo‘g‘ullar zulmi ostida. Chig‘atoy ulusining vujudga kelishi. Ulusdagi ijtimoiy vaziyatlarni bilish;
-
Amir Temurning harbiy-siyosiy maydonga chiqishi. Saltanatning vujudga kelishi. Harbiy yurishlari. G‘arbiy Yevropa bilan savdo va diplomatik aloqalarini bilish;
-
Amir Temur - buyuk harbiy sarkarda va davlat arbobi. Amir Temur - buyuk islohotchi, fan va madaniyat homiysi bo‘lganligini bilish;
-
temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Mulk shakllari, hunarmandchilik, savdo, pul muomalasi, fan, madaniyat, me’morchilik, hunarmandchilik, san’at to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
temuriylar saltanatining inqirozi va parchalanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |