5–9 sinflar toshkent 2010



Download 0.91 Mb.
bet2/15
Sana11.01.2017
Hajmi0.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim

maktablarining o‘quv rejasi



T\r


O`quv fanlari

Sinflar





Hafta- lik umumiy

soat

Jami yil-

lik soat

lar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11







Davlat ixtiyoridagi soatlar

20

22

24

24

30

32

33

34

35

33

33

320

10860

1.

Ona tili va adabiyot

8

8

10

10

9

7

5

5

5

4

4

75

2542

2.

Yozbek tili/rus tili




2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

20

680

3.

Xorijiy til













3

3

3

3

3

2

2

19

646

4.

Tarix













2

2

3

3

3

3

3

19

646

5.

Davlat va huquq

asoslari
























1

1

1

1

4

136

6.

Inson va jamiyat































1

1

34

7.

Iqtisodiy bilim

asoslari
























1

1

1

1

4

136

8.

Matematika

5

5

5

5

5

5

5

5

5

4

4

53

1797

9.

Informatika






















1

2

2

2

7

238

10.

Fizika, astronomiya
















2

2

2

2

4

4

16

544

11.

Kimyo



















2

2

2

2

2

10

340

12.

Biologiya













1

2

2

2

2

1

2

12

408

13.

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

1

1

2

2

2

2

2




15

509

14.

Odobnoma

1

1

1

1






















4

135

15.

Vatan tuyg‘usi













1

1
















2

68

16.

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari



















1

1

1







3

102

17.

Musiqa madaniyati

1

1

1

1

1

1

1













7

237

18.

Tasviriy san’at

1

1

1

1

1

1

1













7

237

19.

Chizmachilik






















1

1







2

68

20.

Mehnat

1

1

1

1

2

2

2

1

1

1

1

14

475

21.

Jismoniy tarbiya

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

22

746

22.

Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash




























2

2

4

136




Maktab ixtiyoridagi soatlar

2

2

2

2

2

2

2

2

2

6

6

30

1018




Umumiy soatlar

22

24

26

26

32

34

35

36

37

39

39

350

11878




Amaliy mehnat mashg‘uloti (kun hisobida)













6

6

10

16




20











Tarix fanidan

Davlat ta’lim standarti

O‘quvchilar tarix ta’limi jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:



  • jahon va O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlar, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • asr va yil hisobini bilish, tarixiy voqea va hodisalarning davomiyligini, ularning qaysi davrga mansubligini ayta olish, eramizdan oldingi asrlarni hisoblay olish;

  • insoniyat doimo oldinga intilganligini, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo‘lganligini anglash;

  • jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish;

  • tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;

  • tarixiy jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va qiyosiy tahlil qila olish;

  • bobomiz Amir Temurning o‘zbek xalqi va jahon xalqlari tarixida tutgan o‘rni haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklaridagi feodal munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • Podsho Rossiyasi bosqini va ularga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik harakatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

  • milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir tushunchalarga ega bo‘lish;

  • jahon va O‘zbekiston tarixining yangi davri haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

  • xarita ustida ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;

  • darslik, qo‘llanma, xarita, tarixiy hujjat matni ustida hamda ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;

  • tarix ta’limi jarayonida egallagan bilimlarini erkin bayon eta olish, o‘z sinfdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish;

  • o‘z maktabi, ko‘chasi, tumani, qishlog‘i, shahrining o‘tmishi, buguni to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix ta’limining

maqsadi va vazifalari:

  • o‘quvchilar ongiga insoniyatning eng qadimgi davrlaridan XX asr boshlariga qadar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi bilimlarni singdirish;

  • o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirish orqali tarixiy jarayonga yagona hodisa sifatida qarab (o‘tmish va bugun, kelajak uyg‘unligi), ularda tarixiy bilimlar vositasida ijodiy yondashuv malakalarini hosil qilish;

  • o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularni o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

  • o‘quvchilarga tarix o‘z millati va boshqa millatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanish qonuniyatlarini izchil o‘rganish quroli ekanligini anglatishdir.

Tarix fanining o‘rganish obyekti xalqlarning o‘tmishi, bashariyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy (inson-tabiat- jamiyat) hayotini o‘rganishdan iborat.

Ushbu obyekt quyidagilarni o‘z ichiga oladi.



Chunonchi:

  • tarixiy makon, tarixiy davr, tarixiy-ijtimoiy harakat, uni harakatga keltiruvchi kuchlar: ijtimoiy guruh, tabaqa, urug‘, qabila, xalq, millatlar va ularning taraqqiyot bosqichlari;

  • siyosiy tarix, davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, etnoslar tarixi: qabila, urug‘, xalqning vujudga kelishi, turmush tarzi, o‘lka tarixi.

  • maktab tarix ta’limining asosiy mazmuni Vatan va jahon tarixida o‘z ifodasini topadi.

  • Vatan tarixi tarkibida o‘lka, shahar, tuman, qishloqlar tarixi, ya’ni o‘lkashunoslik muhim ahamiyat kasb etadi.

  • tarix fanini o‘rganish obyektiga yuqorida berilgan tavsifdan kelib chiqqan holda;

maktabda tarix ta’limining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilanadi:

  • tarixiy davr, tarixda yillar hisobi, taqvimlar va tarixiy hodisa hamda jarayonlarning (yil, asr, ming yilliklar) tadrijiylik, izchillikda sodir bo‘lishi;

  • tarixiy makon, tarixiy voqealar sodir bo‘lgan joy, makonni ko‘rsatuvchi xaritalar, mamlakat, aholi, urug‘, qabila, xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishlari, o‘troqlashuvini aks ettiradigan xaritalar (ekologik, siyosiy, iqtisodiy, hududiy va harbiy harakatlarga doir).

  • tarixiy-ijtimoiy harakat:

  • tarixiy davrlarda insoniyatning rivojlanishi, o‘sha davr ehtiyojlari, talablari, manfaatlari, dunyoqarashi, hayot sharoiti va odamlarning turmush tarzi;

  • bashariyatning evolyusiyasi tarixiy, tabiiy sharoitda taraqqiy etib rivojlanishi, moddiy hayoti, mehnat qurollari, ishlab chiqarish munosabatlari va kuchlarining o‘zgarish darajalari, mulkiy munosabatlar, o‘zaro va tashqi aloqalari;

  • insoniyatning etnik rivojlanishi (urug‘, qabila, xalq, millat darajasiga yetishi), bunda oddiylikdan yuksaklikka qarab taraqqiy etishi, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, sinflarning vujudga kelishi;

  • davlatlarning tashkil topishi va ularning tarixiy shakllari; Vatanimiz va jahondagi siyosiy jarayonlar;

  • inson va jamiyat, davlatlararo munosabatlar, inson ongidagi o‘zgarishlar, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalarning bu jarayonga ta’siri;

  • Vatan va jahon tarixi, xalqlar madaniyati, iqtisodiyoti, ma’naviyati, qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon madaniyati rivojida tutgan o‘rni;

  • tarixda xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, milliy-ozodlik kurashlari, bosqinchilik urushlari va ularning ijtimoiy oqibatlari.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, tarix fani konsepsiyasi, dasturlari ishlab chiqilishi, davlat ta’lim standarti mavzulari va talablari asosida tarixiy hodisalar, voqealar xronologik izchillikda, adolatli va xolisona o‘z bahosini topishi lozim.

O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar

Tarixdan hikoyalar fani bo‘yicha 5-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa