5–9 sinflar toshkent 2010



Download 0.91 Mb.
bet4/15
Sana11.01.2017
Hajmi0.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Ko‘nikmalar:


  • miloddan avvalgi davrlar bo‘yicha yil hisobini bilish,

  • xronologik jadvallar tuzish ko‘nikmasini hosil qilish;

  • aholi guruhlari, qatlamlarining eng muhim belgilarini bilib borish,

  • jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallarni tuza olish;

  • bir turdagi tarixiy hodisalar, jarayonlarni taqqoslash, tarixiy voqealarning sabablari, ahamiyatini umumlashtira olish;

  • arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatika tushunchalarini farqlay olish;

  • matnlarni qo‘shimcha manbalardagi misollar bilan sharhlay olish;

  • tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish,

  • moddiy va ma’naviy madaniyatni bir biridan farqlay olish, ularni tarix fanidagi ahamiyatini aniqlash.

Malakalar:

- hodisalar, jarayonlarning jahon tarixining muayyan davriga taalluqli ekanligini aniqlash;

- mavzularga doir sinxron jadvallar tuza olish;

- darslik matni bo‘yicha murakkab reja tuzish;

- darslik va hujjatlar asosida ayrim tarixiy hodisalarga tavsif berish, ularni baholash;

- tarixiy dalillarni bayon qilish va ko‘rgazmali aks ettirish asosida tahlil qilish;


- Jahon tarixi davrlarini Vatanimiz tarixi bilan taqqoslash, bog‘lay olish.



Jahon tarixi fani bo‘yicha 7-sinf o‘quvchilari egallashi zarur

bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

Bilimlar:

  • Xronologik jadval va xarita. G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Buyuk ko‘chish (xunnlar, germanlar, slavyanlar). Qabila, elatlar, Sharqiy slavyanlar, ularning hududiy joylashuvi (V-VII asrlar) haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • Salb yurishlari va uning oqibatlarini bilish;

  • o‘rta asrlarda Osiyo, Afrika, Amerika xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • qishloq xo‘jaligi, feodal yer egaligi, dehqonlar kurashini bilish;

  • Markaziy va Sharqiy Yevropada ijtimoiy tuzum. Shaharlar hayoti, ularning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy markazlar sifatidagi o‘rni. Savdo, hunarmandchilik, xalqaro savdo-sotiq, ijtimoiy rivojlanish. Turli ijtimoiy guruhlar ahvoli va turmushi. Shaharliklarning hayot tarzi, mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Hindistonda kastalarga bo‘linish. Yevropada (o‘rta asrlarda) davlatchilik rivojlanishi (monarxiya, respublika), feodal tarqoqlikdan markaziy davlatchilikka o‘tilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Rusda markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi.

  • o‘rta asr kishisining ongi, dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, katolik, pravoslav cherkovlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Islom dini va uning mazhablarini bilish;

  • Yevropada o‘rta asrlar madaniyati, ilmiy bilimlar. Musiqa, me’morchilik, rassomchilik, kitobat san’ati, xattotlik, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Yevropa xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarini bilish;

  • normandlar, arablar, turklar, mo‘g‘ullarning harbiy yurishlari. Qilichbardorlar va Tevton ordenligi yurishlari. Oltin O‘rda xonligi. Rusda Oltin O‘rda hukmronligining tugashi - unda Amir Temurning buyuk xizmatlari. Rossiyaning Volga, G‘arbiy Sibir hududlariga harbiy yurishlari. Livoniya urushi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, diplomatik aloqalarini bilish.

Ko‘nikmalar:

  • tarixiy hodisalarni ularning mohiyati va sabablarini, ahamiyatini baholagan holda tahlil etish hamda umumlashtira olish;

  • tarixiy voqeaning sodir bo‘lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish;

  • aholi hayotidagi tub o‘zgarishlar, yerga egalik qilishning yangi shakllari bilan bog‘liqligini aniqlash;

  • mamlakatimizdagi hududiy o‘zgarishlarni xarita asosida tushunib olish, hozirgi hududlar nomlarini farqlay olish;

  • tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish.

Malakalar:

  • darslik matni, hujjatlar va ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;

  • tarixiy hodisalarga, atoqli arboblar faoliyati va shaxsiga, madaniy yodgorliklarga ta’rif bera olish;

  • tarixiy voqea va hodisalarning sabab va oqibatlarini tahlil qilishda xarita mazmunidan foydalana olish;

  • tarixiy voqea va hodisalarni umumlashtirish, ularni hozirgi kun bilan bog‘lay olish;

  • jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish;

  • tarixiy voqealarni aks ettiruvchi sinxron jadvallar tuza olish va tarixiy dalillarni tahlil etish.


O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 7-sinf

o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:

  • Ilk o‘rta asrlarda Vatanimiz hududida yashagan aholining ijtimoiy hayotidagi tub o‘zgarishlar. Yerga egalik shakllari, mulkiy munosabatlar. Ilk o‘rta asr davlatlari. Eftaliylar davlati, uning ijtimoiy va madaniy hayoti, inqirozi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Turk xoqonligi, xo‘jaligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti, me’morchilik, yozuv, din va san’at to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari. Islom dinining yoyilishi. Arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari. Arablarning soliq siyosati. Xalq qo‘zg‘olonlari. Mulk shakllari. Arab xalifaligi hukmronligining zaiflashuvi. Qorluqlar, O‘g‘uzlar, Tohiriylar va Somoniylar davlatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti (IX-X asrlar) to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish;

  • Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari, ularning siyosiy, iqtisodiy ahvoli. Yer-mulk egaligi xususiyatlarini bilish;

  • IX-XIII asr boshlarida fan va madaniyat, san’at, din to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • o‘rta asrlarning buyuk olimlari: Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, tasavvuf ta’limotining yetuk namoyandalari: Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro. Ularning ma’naviy merosi. Turkiy madaniyatning ulug‘ allomalari: Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, tarixchi Narshaxiy. Etnik jarayonlar, san’at, me’morchilik, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • mo‘g‘ullar istilosi va Xorazmshohlar saltanatining yemirilishi. Xo‘jand, O‘tror, Buxoro, Samarqand, Termiz shaharlarining qamali va xalqning qahramonligi. Temur Malik jasorati. Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdi - Vatanga sadoqat ramzi. Ko‘hna Urganch mudofaasi, xoinlar va milliy qahramonlarni bilish;

  • Niso, Nishopur, Isfahon, Parvon janglari. Sheryurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • siyosiy, iqtisodiy tanazzul. Movarounnahr va Xorazm mo‘g‘ullar zulmi ostida. Chig‘atoy ulusining vujudga kelishi. Ulusdagi ijtimoiy vaziyatlarni bilish;

  • Amir Temurning harbiy-siyosiy maydonga chiqishi. Saltanatning vujudga kelishi. Harbiy yurishlari. G‘arbiy Yevropa bilan savdo va diplomatik aloqalarini bilish;

  • Amir Temur - buyuk harbiy sarkarda va davlat arbobi. Amir Temur - buyuk islohotchi, fan va madaniyat homiysi bo‘lganligini bilish;

  • temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Mulk shakllari, hunarmandchilik, savdo, pul muomalasi, fan, madaniyat, me’morchilik, hunarmandchilik, san’at to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • temuriylar saltanatining inqirozi va parchalanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish.

Ko‘nikmalar:

  • tarixiy voqealarning sabablari va oqibatlarini tahlil qilishda xaritalardan foydalanish;

  • tarixiy voqealarning sodir bo‘lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish;

  • aholi hayotidagi tub o‘zgarishlar, yerga egalik qilishning yangi shakllari bilan bog‘liqligini asoslash;

  • mamlakatimizdagi hududiy o‘zgarishlarni xarita asosida tushunib olish, hozirgi hududlar nomlarini farqlay olish.

Malakalar:

  • O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealar, jarayonlarni jahon tarixining muayyan davri bilan taqqoslash, Vatan tarixi va jahon tarixining o‘xshash jarayonlari va voqealarini belgilagan holda solishtirma jadvallar tuza olish;

  • darslik va hujjatlar matni, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchining tushuntirishi asosida tarixiy hodisalarga, atoqli arboblar faoliyati va shaxsiga, madaniy yodgorliklarga ta’rif berish;

  • tarixiy voqea va hodisalarni umumlashtirish, ularni hozirgi kun bilan bog‘lay olish;

  • darslik matni, hujjatlar, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;

  • tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish;

  • munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;


Jahon tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi zarur

bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:

  • Yevropada uyg‘onish davrining vujudga kelishi, gumanst allomalarning hayoti va faoliyati xususida bilimlarga ega bo‘lish;

  • Xronologik davr va uning asosiy bosqichlari. Jahon mamlakatlarining notekis rivojlanish xususiyatlari va uning sabablarini bilish;

  • mamlakatlar, davlatlar, xalqlarning siyosiy xaritasi (yangi tarix boshlanishi, o‘rtalari va oxirgi davriga oid), yangi taraqqiyot bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Sharq va g‘arbning yangi tarix davri manzarasi. Umumiy va ziddiyatli jihatlar. Buyuk geografik kashfiyotlar (XVI-XVII asrlar). Amerika, Osiyo, Afrika qit’alari mamlakatlarini mustamlakaga aylantirilishining boshlanishi. XVIII-XIX asrlarda Rossiya siyosiy-iqtisodiy hayoti, og‘ir sanoati. Rivojlangan davlatlarda ekologik muammolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • yangi davr kishisi ongining o‘sishi va dunyoqarashi. Turmush tarzi va faoliyatidagi o‘zgarishlar, yangiliklar. Inson hayoti va faoliyatiga ilmiy- texnika kashfiyotlarining ta’siri. Sharqda an’anaviy munosabatlarning saqlanib qolishi. G‘arbda moddiy ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi. Sanoat to‘ntarishining yuz berishi. Ishlab chiqarish sohalarida mehnatga munosabatning o‘zgarishi, ko‘pukladlilik. Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Amerikada agrar munosabatlar sohasidagi o‘zgarishlar. Rossiyada krepostnoy tuzumning bekor qilinishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • elatlar, xalqlar, etnik guruhlar. Millatning vujudga kelishini bilish;

  • Rossiyada millatchilik va buyuk davlatchilik shovinizmi. XVIII-XIX asrlarda mustamlakachilik siyosati. Rossiyaning imperiyaga aylanishi, ruslashtirish siyosati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Yevropada milliy davlatlarning vujudga kelishini bilish;

  • Absolyut monarxiyaning cheklanishi. Respublika tuzumining vujudga kelishi. Rossiyada va Sharq mamlakatlarida cheklanmagan monarxiya tuzumining saqlanib qolishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Lotin Amerikasi xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari. Gaitidagi inqilob. Milliy ozodlik harakatlarining yakunlari va ahamiyatini bilish;

  • Yevropa mamlakatlari ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni bilish;

  • Niderlandiya, Angliya, Fransiya, AQShdagi burjua inqiloblari. Boshqarishning konstitutsion shakliga o‘tilishi. Parlamentchilikning rivojlanishi. Fransiya, Angliya, Rossiya, Prussiya, Yaponiya mamlakatlarida liberal islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Rossiya samoderjaviyasi XVIII-XIX asrlarda. Ijtimoiy inqilobiy harakatlar (dekabristlar, slavyanofinlar, g‘arbchilar, narodniklar, sotsialistlar) to‘g‘risidagi bilimlarga ega bulish;

  • G‘arbiy Yevropada ishchilar sinfining shakllanishi, utopik sotsializm g‘oyalarini bilish; Yevropa va Sharq mamlakatlari. Osiyo, Afrika mamlakatlarida dehqonlar harakati (XVIII-XIX asrlar);

  • Rossiyada sotsialistik partiyalarning vujudga kelishi. Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevropada milliy-ozodlik harakatlari. XIX asr fan, madaniyat, gumanistik g‘oyalarning kuchayishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Yevropada maorif, muhim ilmiy kashfiyotlar, ularning texnika taraqqiyotiga ta’siri (tarix, matematika, biologiya, kimyo, tarix, mashinasozlik, konchilik, metallurgiya, adabiyot, musiqa, tasviriy san’at) to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa