*3-amaliy topshiriq uchun gaplar beriladi. Uni to’liq tahlil qilish talab qilinadi. Asosan, yuqori baho tahlilga beriladi.
Fonetika.
Fonetika sо‘zi grekcha «phone» sо‘zidan olingan bо‘lib, tovush demakdir. Demak, fonetika tovush haqidagi ta’limotdir. Biroq tabiatda tovushlar kо‘p, ularning xili, turi cheksiz, chegarasiz, shuning uchun borliqdagi tabiiy to-vushlar, ularning xususiyatlari bilan «Fizika»ning maxsus sohasi (akustika) shug‘ullanadi, tilshunoslikning maxsus sohasi bо‘lgan «Fonetika» esa faqat nutq tovushlari, ularning xususiyatlarini о‘rganadi va о‘rgatadi.
Kо‘rinadiki, fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq jarayonida о‘zgarishi, о‘zaro almashinishi, nutqiy holat bilan aloqador bо‘lgan bо‘g‘in va uning turlari, sо‘z urg‘usi haqida nazariy va amaliy ma’lumot beradigan tilshunoslikning maxsus sohasidir.
Fonetika garchi nutq tovushlari bilan shug‘ullansa ham, tilshunoslikning leksika va grammatika sohalari bilan ham bog‘liq, chunki nutq tovushlari ma’noviy farqlantiruvchi til birligi bо‘lganligi uchun sо‘z bilan aloqador, sо‘zning tuzilishiga va ma’nosini farqlashga xizmat qiladi. Sо‘zning bu xususiyatlari bilan leksikologiya ham shug‘ullanadi, bu jihatda fonetika va leksika (leksikologiya) birbiri bilan aloqadordir. Grammatika ham sо‘z va uning tarkibi, о‘zgarishi (bu fonetik – tovush tarkibi va tovush о‘zgarishi hamdir) bilan shug‘ullanganligi sababli ham leksika, ham fonetika bilan aloqador. Bularning barchasi tilshunoslikning birbiri bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan maxsus sohalaridir.
Sо‘nggi paytlarda tilshunoslikda fonetika va fonologiya birbiridan farqlana boshlandi. Aslida bular – bir sohaning ikki tomoni bо‘lib, ularning farqi shundaki, fonetika nutq tovushlarining hosil bо‘lishi, artikulyatsion va akus-tik xususiyatlari bilan shug‘ullansa, fonologiya kо‘proq tovush, urg‘u va ohangning ma’no tomoni – ma’noni farqlantiruvchilik xususiyati bilan qiziqadi.
N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini о‘rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka qanday munosabatda bо‘lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bо‘ladi, degan.
Fonetik birliklarga tovush, bо‘g‘in, urg‘u, ohang kiradi; fonologik birliklarga esa fonema, sillabema, aksentema, intonema kiradi. Demak, fonetika aniq, fonologiya mavhum tushuncha ekan. Tovush, ayniqsa, nutq tovushlari ancha murakkab hodisadir. Shuning uchun uning о‘rganiladigan tomonlari kо‘p. Shu tufayli fonetika bir necha sohalarga bо‘linadi:
1. Umumiy fonetika nutq tovushlarirning turlari, о‘zgarishlari haqida ma’lumot beradi.
2. Tarixiy fonetika har bir nutq tovushining tarixan paydo bо‘lishi, uzoq tarixiy jarayonda ularning о‘zgarishi, boshqa tovushlar bilan almashinishi bilan qiziqadi.
3. Qiyosiy fonetika qarindosh tillarning tovush tizimini qiyosiy о‘rganadi.
4. Eksperimental fonetika har bir nutq tovushining paydo bо‘lish, talaffuz qilish jarayonidagi holatini maxsus asboblar vositasida tekshiradi, ilmiy xulosalar chiqaradi.
5. Tavsifiy fonetika nutq tovushlarining hozirgi holatini, nutq jarayoni-dagi turli о‘zgarishlarini tasvirlab beradi. О‘rta va oliy maktabda nutq tovushlarini о‘rganish ilmiy, tarixiy yoki eksperimental emas, balki tavsifiy (tasviriy) xarakterda bо‘ladi.
Fikr ifodalash vositasi bо‘lgan til dastavval tovush sifatida namoyon bо‘ladi. Shuning uchun tovush tilning qurilish materiali, moddiy tomoni hisoblanib, bu tovushlar faqat insonning nutq a’zolari vositasida hosil qilinadi. Nutq a’zolari vositasida hosil qilinadigan, ma’no ifodalaydigan sо‘zlarni shakllantirishda xizmat qiladigan tovushlargina nutq tovushlari deyiladi. Fonetikaning vazifasi ana shu nutq tovushlarini о‘rganish bilan chegaralanadi.
Gap bilan aloqaga kirishmaydigan bo’laklar.
Sintaktik tahlil.
Do'stlaringiz bilan baham: |