*3-amaliy topshiriq uchun gaplar beriladi. Uni to’liq tahlil qilish talab qilinadi. Asosan, yuqori baho tahlilga beriladi


Adabiy til normalari haqida tushuncha



Download 196 Kb.
bet14/17
Sana21.07.2022
Hajmi196 Kb.
#832253
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Praktikum. Yakuniy savollar

Adabiy til normalari haqida tushuncha. Til-kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy hodisa bo‘lmish til nihoyatda muhim ahamityaga ega bo‘lgan ijtimoiy vazifani bajaradi. Tilning mana shunday muhim ahamiyati va mohiyati kishilarda aloqa va tafakkur qilishning qudrati va o‘tkir quroli bo‘lgan tilga e’tibor bilan, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Til me’yori katta ijtimoiy ahamiyatga ega: u tilda uni buzilishdan saqlaydi, avlodlar o‘rtasidagi aloqani, turli davrdagi madaniy ananalar izchilligini ta’minlaydi. Shuning uchun adabiy til normalari stabil (barqaror) va mustahkam bo‘lishi kerak. Ammo haddan ortiq barqarorlik ham tilning hayotiy va samarali rivojlanish jarayoniga to‘g‘anoq bo‘ladi.
Masalan, ish-harakatning kelasi zamonda bajarilishi o‘zbek adabiy tili tarixida, asosan, -ur formasi orqali ifodalanar edi: qilur, kelur, olur kabi. Hozirgi tilimizda bu formaning, asosan, -ar shakli qat’iylashdi.
Til normasini belgilaydigan belgi-xususiyatlardan biri me’yorning uzluksiz rivojlanib borishidir. Adabiy til normalari doimiy rivojlanib, o‘zgarib turadi. Meyorlarning o‘zgarib turishi til rivojining ichki taraqqiyoti tufayli sodir bo‘ladi. Ayni nutqning o‘zi, ya’ni tilning konkret xarakati til normasi o‘zgarishning manbai hisoblanadi. Ammo nutqda yangi fakt tilning e’tirof qilingan normasi bo‘la olishi uchun muayyan muddat o‘tishi zarur, boshqacha qilib aytganda, ushbu xodisa ma’lum malakaga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 30-yillargacha o‘zbek tilida qo‘llanib kelgan ba’zi so‘zlar o‘tkinchi bir hodisa bo‘lganidan normaga aylanmay, so‘ngi yillar davomida ishlatilishdan chiqib ketdi. Chunonchi (mehnatkash), mirg‘azab (turma nazoratchisi) kabi so‘z va terminlar hozir faqat o‘tmish lug‘atiga xos birliklar sanaladi.
Amaliyotda esa adabiy til normalari e’tiborli yozuvchilarning so‘z ishlatishlarini kuzatib borish yo‘li bilan belgilanadi. Adabiy misollarga tayanish, ularni dalil qilib keltirish u yoki bu so‘z va iboralarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi usuldir. Ammo, «adabiy til» va «Badiiy adabiyot tili» bir xil tushuncha emasligini unutmaslik kerak.
Badiiy adabiyot til va doirasidan birmuncha chetga chiqadi. Hayotning haqiqiy tasvirini berish maqsadida yozuvchilar o‘z asarlarida «adabiy bo‘lmagan» so‘z va iboralarni qo‘llaydilar, adabiy til normasidan asosli ravishda qilingan chekinishlarga yo‘l qo‘yadilar. Ba’zan yozuvchilar, hatto yetuk so‘z san’atkorlari tilida ham xato va nuqsonlar uchrab turadi. Bunday adabiy misollarni e’tiborli manba deb bo‘lmaydi va ular tilni normalashtirish ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Badiiy adabiyotda til normasi o‘ziga xos yo‘sinda hal qilinadi.
Klassik yozuvchilar xalqdan til o‘rganishdan tashqari, o‘zlari ham tilni ishlash, mukammallashtirishdek yuksak vazifaga do‘r xissa qo‘shganlar. Buyuk yozuvchilar o‘z mahoratlari va nufuzlari bilan, bir tomondan meyorni yaratish va tuzishga ko‘maklashsalar, ikkinchi tomondan, normaning kengayib, o‘zgarib, uning uzluksiz harakat-holatda bo‘lib turishiga ta’sir ko‘rsatadilar. Demak, biz ularning asarlarida xalq tilining boyligi va go‘zalligini ham, buyuk san’atkorning tilidagi individual o‘ziga xos belgilarni ham va nihoyat, ularning til normasiga ko‘rsatgan ta’sirini ham ko‘ramiz.
Mashhur yozuvchilarning normaga bo‘lgan ta’sirlari adabiy tilning tez taraqqiy qilayotgan davrida, ayniqsa sezilarni bo‘ladi. Masalan, XIV-XV asrlarda yashab ijod qilgan buyuk shoirlar: Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, xususan, Navoiyning bu boradagi xizmatlari juda ibratlidir. «Bu davradagi ijtimoiy fikr, adabiyot, ilm chuqur hayotiylik xarakteriga ega bo‘lib, asrlardan beri davom etib kelayotgan tarkidunyochilikni surib tashlaydi. Yuqorida nomlari zikr etilgan shoirlar til sohasida ham eski hokim ananani otib tashlab, paymol etilgan o‘zbek tilining mavqeini yuqori ko‘tardilar, o‘zbek tilida yozib, uning juda katta ilmiy adabiy imkoniyatlarga ega ekanligini, boyligini namoyish etdilar.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish