Publitsistik uslub. Publitsistika (lotinga «publikus-«ijtimoiy» so‘zidan olingan) keng manoda ijtimoiy siyosiy hayot masalalarini yuritadigan barcha turdagi asarlarini o‘z ichiga oladi. Publitsistik uslub o‘zbek adabiy tilining nutq stillari sistemasida asosan XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘la boshladi. Chunki bu davrga kelib ya’ni 1883 yilning boshlaridan boshlab o‘zbek tilida to‘ng‘ich gazeta «Turkiston viloyatining gazeti» chiqa boshladi.
XX asr boshida esa nashriyot va vaqti matbuot ishlari doirasining doirasining yanada kengayishi hamda o‘zbek demokratik yozuvchilar ijodida badiiy publitsistikaning keng o‘rin olishi kabi omillar o‘zbek adabiy tilida publitsistik stilning paydo bo‘lishi va shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Yangi demokratik publitsistika stili Furqat, Hamza, Sattorxon, singari yozuvchilar ijodida yanada rivojlandi. Publitsistik stil o‘zining yozma hamda og‘zaki ko‘rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy –siyosiy masalalariga bog‘ishlangan publitsistik bosh maqolalar murojaatnomalar, chaqiriqlar publitsistik stilning yozma turdagi asarlaridir.
Publitsistik stilning og‘zaki turiga esa notiqlik kiradi. O‘tmishning mashhur notiqlari kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo‘lgan tildan ma’lum g‘oyaviy maqsadni ifodalash hamda estetik ta’sir etish vositasi sifatida mohirona foydalanib kelganlar. Publitsistik stilning og‘zaki turiga kundalik voqealarga doir maqolalar yoki halqaro obzor bilan radio va televideniyada chiqayotgan sharhlovchilarning nutqlari kiradi.
Publitsistik stilning yozma va og‘zaki ko‘rinishlari o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lsa-da, ular publitsistik stilning umumiy talablariga bo‘ysunadi. Chunonchi, bu stilning ikkala turida publitsistikaga xos siyosiy aktivlik, xozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salovat, tashviqot va targ‘ibot kabi xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Publitsistikaga xos umumiy belgilarga avtor munosabatining oshkora va aniq ifodalanish xususiyati ham kiradi. Avtorning voqelikka munosabati faktlarni tanlashida, ularni o‘z dunyo qarashi va estetik tamoyili asosida mantiqiy tahlil qilishida va nihoyat, tilning emotsional-ekspressiv vositalaridan foydalanishida o‘z ifodasini topadi.
Publitsist katta (yoshdagi) hayotiy masalalarni mantiqiy mulohaza, dalil, asoslar bilan tushuntirishi, isbotlashi bilan birga o‘quvchi yoki tinglovchini bunga ishontirishi uning iroda va xis tuyg‘ulariga ta’sir etishi lozim. Shuning uchun publitsistik stil o‘zida yozuv nutqi stillariga xos xususiyatlarini ham (masalan, maxsus ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohaga Amaliy mashg’ulotlar
oid terminologiyaning ishlatilishi), badiiy adabiyot stiliga xos xususiyatlarni ham (masalan, obrazli ifodalarni ishlatish, emotsional bo‘yoqqa ham ega bo‘lishi) birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |