1. Kirillcha o‘zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940- yilning 4- iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan62 va shu yilning o'zida ≪Birlashgan o'zbek alfaviti va orfografiyasi≫ nomli to'plamda e'lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952-, 1953-, 1955- yillarda ≪O'zbek orfografiyasining asosiy qoidalari≫ loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida O'zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) o'zbek yozuvining imlosi ana shu ≪... qoidalar≫ga asoslangan. U quyidagi 5 bo'limni o'z ichiga oladi:
1. Ayrim harflaming imlosi (1-30- § qoidalari).
2. OVak-negiz va qoshimchalar imlosi (31—55- § qoidalari).
3. Qo'shma so'z va so'z birikmalari imlosi (56—58- § qoidalari).
4. Bo'g'in ko'chirilishi (59—62- § qoidalari).
5. Bosh harflaming yozilishi (63—72- § qoidalari).
2. Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24- avgustida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan va shu yilning o'zida ≪O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari≫ nomi bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo'limni o'z ichiga oladi
1.Harflar imlosi
2.Asos va qo’shimchalar imlosi
3.Qo’shib yozish
4.Chiziqcha bilan yozish
5.Ajratib yozish
6.Bosh harflar imlosi
7.Ko’chirish qoidalari
Morfologik tahlil.
МОРФОЛОГИК ТАҲЛИЛ
Морфологик таҳлил дейилганда, сўзни туркумларга ажратиш, ҳар бир туркумга хос грамматик категория- ларни, сўз формаларини аниқлаш кўзда тутилади. Сўз туркумларини таҳлил қилиш тартибини англаш жуда му- ҳимдир. Ҳар бир сўз туркумига алоқадор белгиларни| санаш тартиби тасодифий бўлмаслиги керак. Ҳар бир туркумнинг хилма-хил белгиларн ичида, уларнинг бутун сўзга, унипг ҳар қандай формасига ҳам тааллуқли бўл- ган доимий белгилари ҳаммадан аввал ажратилиши за- рур. Мас., от туркумига хос атоқли ёки турдош, конкрет ёки фикрий бўлиш; ким?, н и м а? сўроғини олиш фа- қат отгагина тегишли бўлиб, булар унинг доимий белги- си ҳисобланади ва от туркумининг умумий характерис- тикасини ташкил этади.
Танлаб оли;нган бирор контекст (гап, гаплар)даги маълум бир сўз туркумига тегишли сўзлар таҳлил қи- линганда, контекстда бир хил 45
хусусиятли, бир хил ту- зилишли сўзлар бирдан ортиқ бўлса, улардан бири оли- ниб таҳлил этилади. Бошқалари ҳақида «бу сўзларнинг характеристикаси ҳам юқоридаги сўз характеристика- сига ўхшайди» деб айтиб ўтилади, холос. Борди-ю, улардан бирида юқорида таҳлил этилган сўздан фарқ қиладиган бирор хусусият бўлса, уни алоҳида олиб, характеристика берилади.
O’zbek tilining boyish manbalari.
Ona tilimiz boshqa tillardan oʻzining lugʻat tarkibining boyligi bilan ajralib turadi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham oʻzining bir necha asarlari orqali buni yaqqol isbotlab bergan. Navoiy tilimizdagi soʻz tovlanishlarini boshqa tillar bilan qiyosiy tarzda oʻrgangandir.
Oʻzbek tilining leksikasi fan-texnika, sanʼat,ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bogʻliq holda boyib boradi.
Oʻzbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni eng avvalo,ikkita katta guruhga ajratish mumkin:
1)ichki imkoniyat;
2) tashqi imkoniyat.
Til lugʻat tarkibining ichki manba asosida boyishi deganda sheva-lahjachalardan soʻz olish,yangi soʻzlar yasash asosida boyishi tushuniladi. Masalan,buvi,buva soʻzlari adabiy tilga Andijon shevasidan olingan, bildirishnoma, dalolatnoma, maʼruzachi soʻzlari yasama soʻzlardir. Chet tillaridan soʻz oʻzlashtirish asosida til lugʻat tarkibining boyishi tashqi omil asosida boyishi deyiladi. Bunda oʻzbek adabiy tiliga fors-tojik, arab, rus va boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirishi tushuniladi.¹ Oʻzbek tiliga boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirish turli davrlarda turlicha boʻlgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan , undan ham keyinroq esa rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan soʻz oʻzlashtirish faollashgan. Oʻzlashgan soʻzlar ham oʻzbek leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini soʻz yasashdan koʻra boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirish hisobiga boyishi yetakchilik qilmoqda.
Boshqa tillardan soʻzlar ikki usul bilan oʻzlashtiriladi:
1)soʻzni aynan olish yoʻli bilan;
2) kalkalab olish yoʻli bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |